Kurs ishini bajarishda quyidagi vazifalarga ahamiyat berilishi lozim:
- talabalarning izlanishga, tadqiqotchilik faoliyatiga, о‘quv–tarbiyaviy ishlarga ijodiy yondoshishni rivojlantirish;
- mutaxassislikka oid pedagogik–psixologik fanlarga oid о‘quv–tadqiqot kо‘nikma va malakalarni shakllantirish;
- adabiyotlar va boshqa ilmiy manbalarni о‘rganish va tahlil qilish qobiliyatlarini о‘stirish;
- talabalar bilan olib boriladigan ta’lim–tarbiyaviy ishlar, shuningdek mutaxassislik fanlari sohasidagi muammolarni kо‘ra olish va shu sohada ilmiy – tadqiqot ishlari olib borish kо‘nikma va malakalarini egallash;
- о‘z faoliyatini muvaffaqiyatli tashkil qilishda ilmiy–tadqiqot metodlaridan foydalanishga о‘rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |