2.1Movarounnahrda markazlashgan davlatlarning tashkil topishi hamda uning davlat boshqaruvidagi ishlari
Somoniylar davlatida markaziy va viloyatlar boshqaruvi tizimi yuzaga keldi. Markaziy boshqaruv dargoh (saroy) va devon (mahkama) orqali amalga oshirildi. Boshqaruvda amir (hukmdor)ning shaxsiy lashkari bo’lmish turk g’ulomlarining roli katta bo’lgan. Eng obro’li, iqtidorli g’ulomlar xiyolboshi (otliq askarlar boshlig’i), so’ng hojib lavozimini egallaganlar. Amirning hamma hukm va farmoyishlarini ijro etuvchi sohibi xaros yoki amiri xaros oliy siyosiy hokimiyatni boshqargan. Somoniylar saroyida ham devonboshilar, mirzaboshilar, miroxo’rlar va boshqa mansablar mavjud bo’lgan. Devonlarning eng kattasi vazir devoni hisoblanib, unga boshqalari bo’ysungan9.
X asr o’rtalarida Yettisuv va Qashqarda yashovchi Qarluq, chig’il va yag’mo qabilalarining ijtimoiy–iqtisodiy hayotida muhim o’zgarishlar sodir bo’ldi. Avvaldan asosan chorvachilik bilan shug’ullangan bu qabilalar endi o’troq hayotga o’ta bordi va dehqonchilik bilan shug’ullana boshladi. Shaharlar yuzaga keldi, yana bu davrda Issiqko’l janubi va Qashqarda yashagan yag’molarning o’zlaridan shimolda yashayotgan chig’il qabilalari bilan yaqinlashuvi tezlashdi. Ular Yettisuvdagi Qarluqlarni uyushtirib, o’zlariga bo’ysundirdilar. Yag’mo urug’idan chiqqan, o’z qavmi bilan islomni qabul qilgan Sotuq Abdul – Karim Qoraxon (Bug’raxon) 942 yili Bolasog’un hokimini mag’lub etib, o’zini xoqon deb atadi. Demak, Qoraxon davlati Yettisuv hududida Qarluq davlati o’rnida tashkil topdi. Bu davlatning vujudga kelishida chigillar, tuxsilar, arg’ular, yag’molar, turgashlar, Qipchoqlar, yabaqular, qaylar, o’g’uzlar, qirg’izlar singari urug’-qabilalar muhim rol o’ynagan. Bu davlatga yuqorida qayd etilgan Sotuq Abdul – Karim Qoraxon asos solgan. Xoqon nomiga ko’ra Qoraxoniylar davlati deb nomlangan. U o’zini Afrosiyob (Alp Er To’nga) ning avlodi deb hisoblar edi. «Qora» iborasi qadimgi turkiy tilda «buyuklik», «ulug’lik» ma’nolarini bildirgan. Odatda Qoraxoniylar hukmdorini «tamg’achxon», ya’ni, «xonlar xoni» deb yuritgan10. Sotuq zamonida Qoraxoniylar davlati ikkiga bo’linib ketadi. Birining poytaxti Bolasog’un bo’lib, oliy hokimiyat yoshi katta bo’lgan xoqon tomonidan boshqarilgan. Ikkinchi davlatning poytaxti Taroz, keyinchalik Qashqar bo’lib, kichik xoqon tomonidan boshqarilgan. Qoraxoniylar somoniylar davlatidagi ichki nizolardan ustalik bilan foydalandilar. Hasan Bug’roxonning 992 yili somoniylarga qarshi harbiy yurishi oldidan somoniylar lashkarboshisi Abuali Simjuriy u bilan muzokara olib borgan. Somoniylarning boshqa lashkarboshilaridan Balx hokimi Foyiq Raboti Malik yaqinidagi Bug’roxonga qarshi jangda, har tomonlama ustunlikka ega bo’lishiga qaramasdan taslim bo’ladi. Iloq hokimi Mansur ibn Ahmad esa xoqonga tobelik bildirib, uning nomiga pul zarb etadi. Shu bois Bug’roxon 992 yilgi birinchi hujumdayoq Buxoroni egallashga erishadi. Lekin Bug’roxon kasallangani tufayli Buxoroni tark etdi va yurtiga qaytish chog’ida yo’lda vafot etildi. Bundan foydalangansomoniylar vakili Nuh II ning o’g’li Nasr Somoniy Buxoro taxtini qayta egallaydi. Lekin Qoraxoniylar 996 yili Buxoroni to’liq ishg’ol qiladi. Butun Movarounnahr Qoraxoniylar tasarrufiga o’tadi. 1001 yildagi Mahmud G’aznaviy bilan tuzilgan shartnomaga ko’ra Amudaryoning janubidagi barcha yerlar Qoraxoniylar qo’liga o’tgandi. Shu tariqa Somoniylar davlati o’rnida ikkita turk davlati – Qoraxoniylar va G’aznaviylar davlatlari tashkil topdi. XI asr o’rtalarida tamg’ochxon unvonini olgan Qoraxoniy Ibrohim ibn Nasr g’arbiy Qoraxoniylar davlatining poytaxtini O’zganddan Samarqandga ko’chirdi11. 1068 yilda Movarounnahrda Ibrohim ibn Nasr o’g’illari o’rtasida taxt uchun bo’lgan kurashlarda Shamsulmulk g’alaba qozondi. 1080 yilda Shamsulmulk vafotidan keyin Movarounnahrda hokimiyat uchun kurash yana avj oldi. Bundan foydalangan saljuqiylar sultoni Malikshoh 1089 yilda Movarounnahrga bostirib kirib, Buxoro va Samarqandni zabt etadi. Ahmadxon asirga olinadi. Ahmad bilan sulh qilinib, uni o’z taxtida qoldiradilar. Lekin uning saljuqiylarga itoatkorligi amirlar va ruhoniylar noroziligiga sabab bo’ldi. Natijada Ahmadxon 1095 yilda o’ldiriladi. Undan keyin taxtga o’tirgan Arslonxon (1102-1130) davrida Qoraxoniylar garchi yarim mustaqillik sharoitida siyosat yurgizgan bo’lsalar ham, Samarqandning obodonligi bo’yicha ko’rinarli ishlar qilindi. Lekin Arslonxon siyosatidan harbiy qo’mondonlar va ruhoniylar norozi edilar. Arslonxon sog’ligi yomonlashgani uchun hokimiyat uning o’g’li Nasrga o’tadi. Lekin fitnachilar Nasrni o’ldiradilar. Arslonxon Marvdan Sulton Sanjarni yordamga chaqiradi. Bundan foydalangan Sanjar 1130 yilda Samarqandni egallaydi.
XII asr boshlarida Qoraxitoylar Bolasog’unni egalladilar. 1138 yilda Qoraxitoylar go’rxoni Sulton Sanjarning Qarindoshi, Samarqand hukmdori Mahmudni Xo’jand yaqinida mag’lub etdi. Shahar talanib, katta tovon undirildi. Lekin shahar bosib olinmadi. 1141 yilda Qoraxoniylar yana Movarounnahrga bostirib kirdilar. Bu galgi jang Samarqand yaqinidagi Katvon cho’lida bo’ldi. Jangda Sulton Sanjar va Mahmudning birlashgan qo’shnilari tor–mor qilindi. Qoraxitoylar Samarqand va Buxoroni egalladilar. So’nggi Qoraxoniylar Qoraxitoylarga tobelikdan qutulgan edilar. Lekin 1212 yilda Alovuddin Muhammad Xorazmshoh g’arbiy Qoraxoniylar davlatining xoqoni Usmonni o’ldirib, Samarqandni o’z mulkiga qo’shib oldi. Qoraxoniylar davrida Movarounnahr markazlashgan davlat tizimidan alohida mulk boshqaruv tizimiga o’tdi. Har bir viloyat ma’lum siyosiy mavqega ega holda xondan kichikroq unvonga ega elikxonlar tomonidan boshqariladigan bo’ldi.
Xorazmshohlar davlatining aholisi va uning tarkibidagi turli qatlamlari orasida sayyidlar, imomlar va olimlar, qozilar va hakimlar, tasavvuf vakillari, qishloq, kasaba, urug’-qabila boshliqlari, oqsoqollar, amaldorlar va sipohiylar, islom dini uchun kurashuvchi g’oziylar bo’lganki, hukmdorlar ularni asosiy tayanch sifatida foydalanganlar. Mamlakat mehnatkashlarining qatlami va martabalar o’rtasidagi farqlar somoniylar davlatidagi singari edi. Markaziy Osiyoda IX-XII asrlarda tashkil topgan markazlashgan davlatlar davrida Samarqand, Buxoro, Urganch, Marv, Termez va ko’plab shaharlar ma’muriy va madaniy markazlarga aylandi. Bu shaxarlarda ko’rkam madrasalar, machitlar, maqbaralar va karvonsaroylar qurildi. Ularga X asrda barpo etilgn Ismoyil Samoniy maqbarasi, Samarqand yaqinidagi Arab ota maqbarasi, XI asrda Marvda barpo etilgan Sulton Sanjar va boshqa o’nlab memoriy unshoatlarni aytish mumkin. Bu davrda Markaziy Osiyoda kulolchilikda ijobiy siljishlar ro’y berdi. Ayniqsa badiiy kulolchilik tez taraqqiy etdi12.
Do'stlaringiz bilan baham: |