3.O`zbekistonda antimonopol siyosatining vujudga kelishi va uning natijalari .
Yuqorida monopoliyaning salbiy jihatlari bilan tanishib chiqdik . Umuman olganda monopoliyaning ijobiy tomonlari ham mavjud, biroq uning bozor iqtisodiyotiga va umuman iqtisod sohasiga yetkazadigan zararlari bir talay. Monopollizm avj olib ketgan sharoitda ayni amalakatdagi raqobat, narx-navo, ish haqi, bozorning amal qilish sikli, pul aylanmasi va shu kabi iqtisodiy jarayonlarga jiddiy zarar yetadi. Bundan ko’rinadiki, monopolistik faoliyat iqtisodiy rivojlanishga ancha jiddiy ta’sir ko’rsatishi, taraqqiyot yo’liga g’ov bo’lishi ham mumkin.Monmopoliyanig yo’liga to’siq sifatida davlatdan boshqa subyekt maydonga chiqa olmaydi.Shunga ko’ra, bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotida monopoliyalarni davlar tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari qo’llanilib, bu monopoliyaga qarshi siyosat deb ataladi.
Davlat monopoliyaga qarshi siyisat yurgizishda avvalo, qonun tashabbuskorligi va qonun chiqaruvchi huquqlaridan foydalanadi va monopoliya qarshi qonunlar ishlab chiqadi. Bu jarayon antimonopol qonunchilik deb ataladi.
Tarixdan ma’lumki antimonopol siyosat yurgizgan birinchi mamlakat AQSH hisoblanadi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti rivojlangan bir davrda esa deyarli barcha mamlakatlar monopoliyaga qarshi jiddiy kurash olib bormoqda(ba’zi davlatlar bundan mustasno).
Monopoliyagaqarshiqonunfirmalardajamiyatuchunxavflibo’lganmonopolistikhokimiyatnito’planishinicheklashgaqaratilgan.Monopolistik hokimiyat yuqorida aytganimizdek, monopolistning bozor narxiga ta’sir qilish kuchini bildiradi.Qaysi firma bozor narxiga ko’proq ta’sir qila olsa, u ko’proq monopolistik hokimiyatga ega bo’ladi. Davlatning antimonopol siyosati esa shunga o’xshash nohush holatlarning oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.
Iqtisodiyotda manopollashuv prinsiplari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi, shu sababli raqobatchilik muhititini vududga keltirishda davlat ham qatnashadi .Bu esa yuqorida ta’kidlaganimizdek, davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o’z aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya’ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi uning miqyosi va tavsifiga qarab, bu siyosat erkin raqobat mihitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo’lganda qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi.
Davlat monopolizmga йarshi siyosat yurgizishida, umuman olganda, bozorning "bir maromda" faoliyat ko’rsatishidagi to’siqlarni bartaraf etishdan jamiyat manfaatdorligining oshirilishi tushuniladi. Davlatning monopolizmga qarshi siyosati ra?obat munosabatlarini takomillashtirishda g’oyatda muhim vositadir. U, birinchidan ayrim firmalar tomonidan bozorning egallab olinishiga qarshi kurashni, ikkinchidan, firmalar o’rtasidagi bozor mexanizmlari harakatini cheklashi mumkin bo’lgan
yashirin kelishuvlarni bartaraf etishni, uchuinchidan, zaxiralarning
iqtisodiyotning bir tarmog’idan boshqasiga erkin o’tishi yo’lidagi g’ovlarni o’qotishni taqozo etadi.
Yetarli bo’lmagan yoki buzib ko’rsatilgan axborotlar muayyan an'analar, qonunlar, mayda tadbirkorlar uchun kredit yo’lining berkligi va hokazolar ana shunday g’ovlar jumlasiga kiritilishi mumkin.
Monopolizmga qarshi siyosat shart qilib qo’yilgan choralar, ko’pincha, erkin bozor iqtisodiyoti prinsiplariga zid keladi. Lekin, qanday g’ayritabiiy tuyulmasin, ular bozor stixiyasining o’z- o’zidan yemirilishidan (monopoliya bozor kuchlari harakatining qonuniy natijasi bo’lgan holda) va bozorni tashqaridan yemiruvchi omillar (raqobatning nomukammalligini tabiiy resurslarning cheklanganligi, xo’jalik faoliyati va qonunchilikning xususiyati, hukumat muassasalari, an'analar va hokazolarning harakatlari keltirib chiqargan holda)dan himoya qilishga yordam beradi.
Monopolizmga qarshi siyosatni amalga oshirishning ikkita asosiy usuli ma'lum: ma'muriy (qonun chiqaruvchilik) va raqobat munosabatlarini bilvosita tartibga solish.
|