oldindan fahmlash deyish maqul. Bu mexanizim ishga tushganda
audiotekstning tuzilishini yoki uning mazmunini oldindan bilish imkoniyati
yaratiladi.
Yana bir mexanizmni audiotekstni mantiqan tushinish deyiladi.
Miya faoliyatining analitik – sentetik amali asosida va boshqa imkoniyatlar
doirasida anglash, ya’ni mantiqan tushunish ro’y beradi.
Mazkur mexanizmlarni shakl toptirish oqibatida o’quvchilarning
tingalab tushunish malakasi hosil qilinadi. Tinglab tushinish malakasi
chet tilida zaruriy mashqlarni bajarish tufayligina shakllanadi va rivojla
nadi. Nutqni tinglab tushinishni o’rgatishda nimalarga ahamiyat beramiz.
Birichidan nimani o’rgatish, ikkinchidan qanday qilib o’rgatish va nihoyat
tushunganlikni qaysi yo’l bilan aniqlashni bilish talab qilinadi. Bu uchala
masala alohida –alohida ko’rib chiqiladi.
Tinglab tushunishni o’rgatish bo’yicha turli yo’nalishlar amaliyotda
qo’llanilib keladi. Ulardan biri avvalo til materialini, keyin nutq faoliyatini
o’rganishdir. Bu metodik g’oyaga binoan so’z, so’z birikmasi gaplarni
bilib olishni mashq qilib, so’ngra o’quvchilar diqqati o’rganilgan materialning
mazmun tomoniga tortiladi. Ushbu yo’l bilan tinglab tushunishni
7
o’rgatish samarasi past bo’ladi, unda ortiqcha vaqt sarflanadi,
binobarin uni eng maqbul metodik usul deb topilmaydi.
O’qituvchilar qo’llaydigan ikkinchi yo’nalishga ko’ra, tinglab tushunish
nutq malakalarini shakllantirish bilan bevosita bog’liq holda olib
boriladi. Gapirish, o’qish va yozuvni o’rgatish jarayonida o’quvchilar
tinglab tushunish bilan shug’ullanishadi.
Tinglab tushunishga mo’ljallangan (auditiv) mashqlar sistemaci
maksadiga ko’ra ikki turga bo’linadi: maxsus va maxsus bo’lmagan
mashqlar.
Maxsus bo’lmagan mashqlarda tinglab tushunish yo’l-yo’lakay
o’rgatiladi. Masalan, dars boshlanishidagi nutqiy mashg’ulot, so’z ma’nosini
ochish chog’ida muallim hikoyasini eshitish; grammatikaning
taqdimotidagi muallim gaplarini tinglash, o’zga shaxs nutqini
magnit tasmasiga yozish kabilar maxsus bo’lmagan mashqlar
jumlasiga kiradi. Chet tilda dars olib borish ham tinglab tushunishni
o’rgatishda ajoyib ish uslubidir. O’quvchilar dars davomida
ishlatiladigan jumlalarni tushunishlari uchun muallim juda ko’p marta
takrorlamasligi, o’ta sekin, kam aytmasligi, har doim ona tiliga tarjima
qilavermasligi talab etiladi.
Maxsus mashqlar o’z navbatida tinglab tushunishga tayyorlov
va sof nutqiy mashqlarga bo’linadi. (Birinchisini ayrim mualliflar til
(materiali) ga oid mashqlar deyishsa, boshqalari shartli-nutqiy mashqlar
nomi bilan ham yuritishadi.)
Tayyorlov
mashqlarining
obyeki
akustik
signal
(ya’ni
quloqqa
yetkaziladigan so’z, jumla, gaplar majmui) bo’lib, nutqiy mashqlarda
esa o’quvchi mazmunni egallash bilan band bo’ladi. Nutq
mashqlarining uch bosqichli ekanligi fanda aniqlangan: axborotni eshitishga
tayyorgarlik,uni eshitish va eshitganini tahlil qilishni o’z ichiga oladi.
Tinglab tushunish mashqlarini amalda bajarish bo’yicha ayrim
tavsiyalar keltirish joizdir.
8
Tayyorlov mashqlari sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
ustundagi so’zlarni eshiting va takrorlang (muallim qiyin materialni tanlab
mashq tuzadi); so’zlarni eshiting (misol keltiradi) va quyidagi so’zlar
orasidan toping; qofiyadosh so’zlarni aniqlab, ularni raqam bilan belgilang;
gaplarni tinglab, o’xshash va farq qiladiganlarini + (plyus) yoki — (minus)
belgisi bilan aniqlang; buyruqlarni tez-tez bajaring; quyidagi sifat (fe’l)larni
tinglang va ular bilan ko’p qo’llanadigan otlarni ayting; tanish
o’zaklardan yasalgan yangi so’zlarni tinglang va tarjima qiling; tayyor
jumlalarni tinglang va qanday nutq vaziyatida qo’llanishini aytib
bering; mexanik yozuvdagi matnni tinglang, so’ngra yozma, variantdagi
bo’sh qoldirilgan joylarni to’ldiring, audiotekst mazmunida noto’gri deb
topgan fikringizni isbotlang; kim haqida gap borayotganini fahmlab
oling; tasvirlangan va tinglangan axborot farqini aniqlang; tushib qolgan
jumlani topib o’rniga qo’yib ayting; audioaxborotni ona tilida yozib
bering; alohida berilgan so’zlar ro’yxatini tinglang, ularni yodda
saqlang va muayyan mavzuga oidlarni ayting; ikki-uchta qisqa
jumlalarni tinglang va ulardan gap tuzib ayting; jumlani eshiting,
unga mazmunan mos yana bir gap qo’shib ayting.
Tinglab tushunish ham nutq faoliyatining turidir. U retseptiv
nutq faoliyatiga kiradi. Tinglab tushunish so’zlovchining nutqini
radiodan, magnitafondan, plastinkadan va muloqot paytida tinglab
tushunib, ma’lumot olishdir. Uni ba’zi adabiyotlarda audirovaniye deb
ham yurtiladi. U murakkab nutq faoliyatidir, chunki tinglovchi tezda
shaklni qabul qila olishi, tezda mazmunni tushuna olishi, xotirada
saqlab qolishi zarur, aks holda uni qaytadan ko’rib, o’qib, tushuna
olishi uchun manba, sharoit, vosita yo’q.
Do'stlaringiz bilan baham: |