Kurs ishi tekshirdi


Maqollarning bola tarbiyasidagi o‘rni va



Download 58,12 Kb.
bet3/6
Sana05.08.2021
Hajmi58,12 Kb.
#139390
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
doc

2.2 Maqollarning bola tarbiyasidagi o‘rni va
ahamiyati, uni qo‘llash imkoniyatlari

Maqol xalqning ko‘p asrlar mobaynida ijtimoiy-iqtisodiy,


siyosiy va madaniy hayotda to‘plagan tajribalari, kuzatishlari asosida
yuzaga kelgan ixcham, chuqur mazmunga ega bo‘lgan, og‘zaki ijod
janrlaridan biridir. Asrlar davomida og‘izdan-og‘izga o‘tib kelgan
maqollar, xalqimizning dunyoqarashi, jamiyatga bo‘lgan munosabati,
tarixi va ruhiy holatini ifodalaydi. Dunyoda o‘z maqollariga ega bo‘lmagan xalqning o‘zi yo‘q. Chunki har bir xalq hayotiy tajribalarini maqollar shaklida avlodlarga qoldiradi. Shuning uchun ham turli xalqlar og‘zaki ijodida mazmun va shakl jihatidan bir-biriga yaqin, hamda hamohang maqollar ko‘p uchraydi. Maqollar chuqur va mukammal mazmunga ega bo‘lib, ularda mehnatkash xalqning donoligi, milliy an’anasi, uzoq asrlik hayotiy tajribasi kasb etib turadi. Rus yozuvchisi Tolstoy "Har bir maqolda men shu maqolni yaratgan xalq siymosini ko‘raman" deb yozadi. Har bir davrda kasb-hunar juda ulug‘langan. Xalq donishmandlaridan biri: "Ey farzand agar oqil va dono bo‘lay desang,hunarmand bo‘lishni o‘yla. Hunarmandchilik sababidan izzat va
hurmatga erishasan, agar hunardan bebaxra bo‘lsang, quruq soyasiz
daraxtga o‘xshab qolasan. Ey, farzand, aqlli, farosatli va ilm-u hunarli
kishilar bilan do‘st bo‘l, hunarsiz kishida xosiyat bo‘lmaydi. Mehnatdan, ilm-hunar o‘rganishdan uzoqlashma", - deydi. Axloqshunos olim Majid Havofiy esa hunarmandchilik to‘g‘risida to‘xtalib "Kasb va hunarmandlarni e’zozla. Hunarmandchilikka ruju qo‘ygan xalqning hurmat va e’tibori oshadi" - deya o‘z xulosalarini bildirib o‘tadi.
Har kimning zari bo‘lmasada, ammo hunari bo‘lsa, dunyoda
hech bir qiyinchilikka uchramaydi. Hunarning qiymati haqida
donolarimiz shunday deb ta’kidlashgan.
Oltin topmagin-u o‘rgangin hunar,
Hunaring oldida xasdir oltin zar. (Jomiy)
Quyoshliq istasang kasbi kamol et,
Kamol gar kasb etarsan bemalol et. (Navoiy)
Xalq maqollarida esa Ilm- u, kasb - hunar shunday ta’riflanadi.
Bir yigitga qirq hunar ham oz; Yuzga kirsang ham hunar o‘rgan;
Hunar bo‘lsa qo‘lingda, non topilar yo‘lingda, Hunari yo‘q
kishining, mazasi yo‘q ishining; hunarli moy oshar, hunarsiz loy
oshar; Hunarni o‘rganib qo‘ysang, sendan osh-non so‘ramaydi
kabi maqollar, farzandni kasb -hunar egallashga turtki bo‘lgan. Xalq
doim o‘z bolasini hunarli bo‘lishi uchun ustozlar oldiga olib borganlar. Hunarning qadr qimmatini juda yaxshi tushunganlar. Bolalarni tarbiyalashda maqollarning ta’sirchan xulosalaridan foydalansak, ularni yod oldirsak, ularni o‘z ong-u shuriga singdirsak, undagi ibrat namunalariga hayotda amal qilishga chorlasak, hayotda qiyinchilik mashaqqatlarni yengishga orzulari va maqsadlariga yetishish uchun qadam qo‘yishga o‘rgatgan bo‘lamiz. Chunki maqollar butun tarbiya mezonlarini o‘z ichiga qamrab olganligini kuzatishimiz mumkin.
Oilada ota-ona o‘z farzandini tarbiya qilar, farzandlarning avvalo
bir biriga axil inoq bo‘lib munosabatda bo‘lishini xohlashadi. Ular o‘z
pand-u nasixatlarida, so‘zlarini maqollar vositasida ta’sirchanliklarini
oshirishlari mumkin. Chunki xalqning boshidan kechirgan xulosalari,
ibrat so‘zlari o‘z ahamiyatini oqlayotganini barchamiz ko‘rib turibmiz.
Masalan, kuch birlikda deyish bilan, ahil bo‘lishni, bir biriga
ko‘maklashishni, qo‘llab -quvvatlashni bildirib, barcha to‘siqlarni
yengish kuch qudratning birlashuvi natijasida erishilishi ta’kidlanadi.
Maqollarda insonning yaxshi fazilatlarini ulug‘lash bilan birga,
undagi xasislik, ochko‘zlik, o‘g‘rilik, manmanlik, yalqovlik, bezorilik
kabi hollar ayovsiz ravishda fosh etiladi. Maqollarda botirlik, saxiylik,
adolat, insof, otashin sevgi, vafodorlik, do‘stlik donolik kabi insoniy
xislatlar ulug‘lanadi. Maqollar xushyor bo‘lishga, do‘stni dushmandan
farq qilishga, insonparvar, xushfe’l, shirin so‘z, sadoqatli bo‘lishga,
ota-ona, qarindosh urug‘ va do‘stlarni qadrlashga kattalarni hurmat
qilishga, kichiklarga nisbatan izzatli bo‘lishga o‘rgatadi.
"Bug‘doy noning bo‘lmasin, bug‘doy so‘zing bo‘lsin";
"Yaxshi bilan yursang yetarsan murodga, yomon bilan yursang
qolarsan uyatga"; "Hurmat qilsang hurmat ko‘rasan";
Maqollarda shunchalik haqiqat rostlik ildizlari keng tomir otib
borganki, uni hech bir kuch joyidan siljita olmaydi.
Maqol shunday so‘zki, so‘zga husn beradi, fikrni tushunib
olishni osonlashtiradi, uni yorqin ta’sirchan qiladi. Shuning uchun
ham maqol odamlar nutqida har doim hamroh bo‘ladi. Kimki, uni
ko‘p ishlatsa o‘shaning nutqini shirali deydilar va diqqat bilan
eshitadilar. Yozuvchi va shoirlarimiz o‘z asarlarida yaratgan ijod
namunalarida maqollarning ta’sirchan kuchidan foydalanishadi. Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Rabg‘uziy, Lutfiy, Alisher Navoiy,
Bobur, Munis, Ogahiy, Nodira, Furqat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy,
Oybek G‘afur G‘ulom va boshqa ko‘plab ijodkorlarning asarlari
sinchiklab o‘rganilsa, maqollarning jozibasini his etishimiz mumkin.
Hatto yaratilgan asarning asosiy ma’no g‘oyasi, birgini maqolning
qarida jamlanganligini ham kuzatishimiz mumkin. Masalan Abdulla
Qaxxorning "O‘g‘ri"hikoyasida o‘zgalar baxtsizligini tirikchilik
manbayiga aylantirib olgan amaldorlar obrazi berilgan. Unga "otning
o‘limi - itning bayrami"
maqoli epigraf qilib olingan. Maqollar badiiy adabiyotda, she’r, doston, hikoya va romonlarimizda ham ko‘p ishlatiladi. Hatto boshidan oxirigacha maqol bilan yozilgan asarlarimiz ham bor. Masalan Gulhaniy butun bir asarini "Zarbulmasal" deb nomlagan. Unda Yapaloqqush va Bo‘yog‘lining quda-andachilik mojarolari tasvirlangan bo‘lib, ular tilidan 400 dan ortiq maqol keltiriladi. Hamza Hakimzoda Niyoziy o‘z asarlarining badiiy yuksak va ta’sirchan bo‘lishi uchun xalq maqollaridan barakali foydalandi. "Boy ila xizmatchi", "Maysaraning ishi" va boshqa asarlarida maqollardan unumli foydalangan. O‘zbek xalq yozuvchisi, Oybek, "Oltin vodiydan shabadalar" romanida maqollar ishtirokida, voqealarning borishi, qahramonlarning xatti-harakatlari, obrazlari, ichki va tashqi qiyofalarini ochishda juda qo‘l kelganligini ko‘rishimiz mumkin. Bugungi kunda maqollarning o‘rni va ahamiyati haqida gapiradigan bo‘lsak, oiladagi tarbiyada avvalo muhim kasb etishini aytib o‘tmoqchiman. Negaki, asosiy tarbiya oilada berilib, shakllantirilib boriladi. Oiladagi muhit, oiladagi tarbiyaviy sharoit bolaning xulq atvorida nomoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham dono xalqimiz "Qush uyasida ko‘rganini qiladi" deb ta’kidlaydi. Maqollar hayot maktabining asosiy darslik va qoidalaridir. Ularni zinxor unutmasligimiz, amalda joriy etishimiz talab qilinadi.
Oiladagi muhitda ota-onaning xalq donoligiga murojaat etishi
tarbiya qilinayotgan bola ongiga ta’sir qilib, tarbiyaning mukammal
olib borilishiga zamin yaratadi. Ota-onalar mehnat jarayonlarida,
suhbat chog‘larida, o‘z pand-u nasihatlarini berayotgan paytlarda,
maqollardan unumli, ustalik bilan foydalanishsa, o‘z tarbiyasining
ta’sir etish kuchini oshirishgan bo‘lardi. Har bir xonadonda o‘zbek
xalq maqollari, oilaviy kutubxona kitob javonidan joy olsa, nur ustiga
a’lo nur bo‘lardi. Bolalarni ushbu kitobni mutolaa qilishga chaqirish yod olishga o‘rgatish kerak. Ota-ona bolaning yod olgan maqollarini
so‘rab, uning mag‘zini chaqib, ma’no mazmuni nimadan iborat
ekanligini, farzandning o‘z tushungan tushunchalarini so‘rashi,
xulosaviy fikrlarni chiqarib, tarbiyaviy usul sifatida tushunchalar berib
o‘tishi lozim. Xalq maqollari eslab qolish uchun qulay shakl va tuzilishga ega. Xotirada mustahkam o‘rnashadi. Maqollarning asl vositasi tarbiyaga qaratilgandir. Xalq donishmandligining ibratli namunalari sifatida tarbiyaviy jarayonlarda xizmat qilib kelmoqda. Maqollarda, bolaning aziz ne’mat bo‘lib dunyoga kelishi-yu, uning barkamol farzand bo‘lib voyaga yetishidagi harakatlar nimadan iborat ekanligiga doir, tarbiyaning barcha ko‘rinishlarini ifoda etgan g‘oyalar
mujassamlashgan.Maqollar xalqning uzoq davrlar mobaynida, o‘z tajribasidan o‘tgan, ming karra sinalgan donolik qomusi bo‘lib, u kishilarni ezgulikka, olijanoblikka undashi; insonparvarlik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, sershijoat, serg‘ayrat intilish bilan, tinch-totuv yashashga chorlashi bilan, hamma vaqt hayot darsligi bo‘lib xizmat qilaveradi. Ota-onalar donishmand xalqimiz yaratib bergan to‘g‘ri yo‘lni o‘z farzandlariga ham ko‘rsata olsalar, ko‘zlangan maqsadga erishgan bo‘lardi. Ota - onalar farzandining tarbiyasidagi kamchilik va yutuqlarni sezib, kamchiliklarni yo‘q qilishda, farzandidagi noo‘rin harakatlarni bartaraf etishda, yaxshi xislat va fazilatlarni o‘stirishda maqollarimizning beminnat xizmatidan foydalanishi darkor.
Maqollarimiz har bir kishiga ibrat namunalari haqida so‘zlar ekan,
demakki, bolaning ham ertangi kelajak yo‘lida yaxshi ibrat ko‘rsatib
yashashga chorlashi haqiqatdir. Ular shunchaki to‘qima, o‘ylab chiqilgan so‘zlar emas, xalqning boshidan o‘tkazgan, o‘zi ko‘rib xulosa chiqargan, tajribalar sinovida toblangan xalq donishmandligining bizga qoldirgan buyuk me’rosidir. Uni asrab avaylash, qalbimiz to‘riga joylash, xalqimiz pand-u nasixatlariga quloq solib yashash, bizning hayot maktabida olayotgan ta’lim va tarbiyani mukammal egallashimizga zamindir. Maqollarni har bir farzand mutolaa qilar ekan u nafaqat yodida, balki qalbida o‘rnashib qoladi. Shuning uchun oilada bolalarga maqollarni yod oldirish, uning asosiy mazmun va mohiyatlarini tushuntiish kerak. Maqollarning tarbiyaviy kuchi asnosida ulg‘aygan bola o‘zining yo‘li va so‘zini to‘g‘ri belgilay oladi.

Download 58,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish