Kurs ishi tdtu 108-19 (KB) guruh talabasi


Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish va undan foydalanish



Download 270,43 Kb.
bet11/13
Sana08.07.2022
Hajmi270,43 Kb.
#758611
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Исроилов Санжарбек 143

2.3.Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish va undan foydalanish.
Kapitalning samaradorlik darajasi turli omillarning ta’siri ostida shakllanadi. Ular orasida asosiy kapitalning tarkibi (tarmoq tarkibi, turlar bo’yicha tarkibi); asosiy kapitaldan foydalanish va uni taqsimlash samaradorligi, eskirgan mеhnat vositalarini yangilari bilan amashtirish yo’llari va usullari muhim ahamiyatga ega.
Asosiy kapitalning tarmoq tarkibi ularning ayrim tarmoqlar bo’yicha taqsimlanishi va har bir tarmoqning kapitalning umumiy qiymatidagi hissasi bilan tavsiflanadi. Agar asosiy kapital tarkibida ko’proq tеxnika taraqqiyoti va ishlab chiqarish samaradorligini bеlgilaydigan tarmoqlarning ulushi oshsa, ularning tarmoq tarkibining yaxshilanganligini bildiradi.
Asosiy kapitalning turlari bo’yicha tarkibi ular har bir turining kapital umumiy qiymatidagi hissasi va nisbati bilan tavsiflanadi.
Asosiy kapitalning ayrim turlari ishlab chiqarishda o’z ishtiroki bo’yicha bir xil rol o’ynamaydi. Agar binolar asosan ishlab chiqarish jarayonining bir mе’yorda borishini ta’minlab, mеhnatning umumiy sharoitini tashkil qilib, ishlab chiqarish samaradorligiga bilvosita tasir ko’rsatsa, mеhnat qurollari (ish mashinalari, uskunalar, va boshqalar) ishlab chiqarish jarayonida faol rol o’ynaydi va ishlab chiqarish samaradorligiga bеvosita ta’sir ko’rsatadi.
Asosiy kapitalning mulk shakllari bo’yicha tarkibi, kapitalning umumiy qiymatida har bir mulk shaklining hissasi bilan tavsiflanadi.
Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish o’zaro bog’langan ichki jarayonga:asosiy kapitalning qisqarishi ya‘ni amortizatsiya jarayoni va amortizatsiya fondidan mehnat vositalarini jismoniy shaklda tiklash uchun foydalanishga tayanadi.Mehnat vositalari jismoniy eskirishining ikki shakli mavjud: ularni foydalanish jarayonida va harakatsiz turishi natijasida, tabiiy kuchlarning ta‘sirida jismoniy eskirish. Mehnat vositalari jismoniy eskirish binoan birga ma‘naviy jihatdan ham eskiradi. 
Ma‘naviy eskirishning ikki xil turi mavjud bo’lib, u bir-biridan farq qiladi. Ma‘naviy eskirishning birinchi turi mehnat vositalari tayyorlanadigan tarmoqlarda mehnat unumdorligi oshganligi natijasida ular qiymatining pasayishida ifodalanadi. Bu ishlab turgan uskunalarni yangilari bilan almashtirishni zarur qilib qo’ymaydi, chunki ishlab turgan va yangi uskunalarning texnika darajasi bir xil bo’lib qolaveradi.
Ma‘naviy eskirishning ikkinchi turida ancha mukammal, arzon va unumli mashinalarning ishlab chiqarishga kirib kelishi bilan ilgari o’rnatilgan mehnat vositalaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo’lmay qoladi va yangilari bilan almashtiriladi.
Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlarning bir qismi amortizatsiya fondi yordamida qoplanadi. Amortizatsiya asosiy kapital eskirib borishiga qarab, uning qiymatini asta-sekin (qayta tiklash maqsadlarida) ishlab chiqarilgan mahsulotga o’tkazish, asosiy kapitalni keyinchalik qayta tiklash maqsadlarida mahsulotning amortizatsiya miqdoriga tng qismini jamg’arish jarayonidan iborat. Amortizatsiya normasi amortizatsiya ajratmalari yillik summasining shu asosiy kapital qiymatiga nisbatan aniqlanadi va foizda ifodalanadi. Amortizatsiya ajratmalarining umumiy normasi asosiy kapitalni takror ishlab chiqarishning o’ziga xos xususiyatlariga muvofiq ravishda ikki qismdan iborat bo’ladi: bir qismi asosiy kapitalni to’la qoplashga (qayta tiklashga), ikkinchisi ularni qisman qoplashga (kapital ta‘mirlashga) mo’ljallanadi.
Amaliyotda umumiy yillik amortizatsiya normalarini (An) belgilashda asosiy kapital qiymati (Kas) asosiy kapitalning harakat qilishi muddati davomida kapital ta‘mirlash uchun sarflar (Tk), eskirgan mehnat vositalarini tugatishdan olingan mablag’ (Mt) va shu vositaing xizmat davri (Xd) hisobiga olinadi.
Agar amortizatsiya normalari oshirib yuborilsa, mahsulot tannarxini sun‘iy ravishda o’stirib yuboradi, pasaytirilgan normalar esa asosiy kapital tiklanish davrini kechiktiradi. Bu esa taraqqiyotga to’siq bo’ladi. Jadallashtirilgan amortizatsiya ajratmalarining yuqori normalarini belgilash orqali asosiy fondlar qiymatini nisbatan qisqaroq vaqt ichida ro’yxatdan chiqrish imkonini beradi. Odamda, jadallashtirilgan amortizatsiyani qo’llash asosiy fondlarning aktif qismi uchun ruxsat etiladi. Ammo, bu holat nafaqat asosiy kapitalning tezroq yangilanishini, balki ishlab chiqarish xarajatlarini amortizatsiya ajratmalariga to’g’ri keluvchi qismining olib ketishiga ham olib keladi.
Asosiy kapitaldan foydalanish samaradorligini oshishi, avvalo qo’shimcha kapital mablag’ sarflanmasdan turib mahsulot hajmini ko’paytirishda o’z ifodasini topadi.
Bir tomondan, milliy mahsulot yoki milliy daromadning o’sish sur‘atlari bilan, ikkinchi tomondan, asosiy kapitalning o’sish sur‘atlari o’rtassidagi nisbat milliy iqtisodiyot miqyosida asosiy kapitaldan foydalanish samaradorligining umumlashuvi ko’rsatkichi bo’lib xizmat qiladi.
Asosiy kapitaldan foydalanish samaradorligi ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi bilan asosiy kapital qiymati o’rtasidagi aloqani aks ettirib, u o’zaro bog’liq ikki ko’rsatkich – kapitaldan olinadigan (Ks) va mahsulotning kapital sig’imi (K sig’) ko’rsatkichlari bilan ifodalandi.
Milliy iqtisodiyot miqyosida asosiy kapitaldan olinadigan samara darajasi ishlab turgan asosiy kapitalning har bir so’miga to’g’ri kelaigan yalpi ichki mahsulot yoki milliy daromadni, kapital sig’imi darajasi esa ishlab chiqarilgan milliy daromad yoki yalpi ichki mahsulotning bir so’mi hisobiga asosiy kapital qiymatining to’g’ri kelishini tavsiflaydi.
Korxona miqyosida kapitaldan olinadigan samara darajasi asosiy kapitalning bir so’mi evaziga korxona ishlab chiqaradigan mahsulot miqdori (M) bilan, kapital sig’imi esa korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotning (M) bir so’m hisobiga qancha asosiy kapital qiymati to’g’ri kelishi bilan ifodalanadi.
Korxonadagi mehnat vositalarining ayrim turlaridan foydalanish samaradorligi natural ko’rsatkichlar yordami bilan aniqlanadi. Masalan, bir to’quv dastgog’ida metr hisobida bir kunda to’qilgan mato, bir avtomobilda bir kunda tonna hisobia tashilgan yuk va hokazo.
Asosiy kapital (fondlar) harakati aylanma kapital va muomala mablag’lari harakati bilan uzviy bog’liq. Shu sabali aylanma kapital va (oshirish) aylanma mablag’lardan foydalanish samaradorligini aniqlash va uni oshirish omillarini ko’rsatib berish muhim ahamiyatga ega.
Aylanma kapitaldan foydalanishning umumlashuvchi ko’rsatkichi hisoblangan iqtisodiyot miqyosida mahsulotning material sig’imi (Msig’) mahsulot yaratishda iste‘mol chilingan aylanma kapital qiymatining yalpi ichki mahsulot (YaIM) yoki milliy daromadga (Md) nisbati orqali aniqlanadi.
Korxona miqyosidagi material sig’imi (Msig’.korx) unda iste‘mol qilingan aylanma kapital qiymatining ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga nisbati orqali aniqlanadi.
Sarflangan aylanma kapital birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori material sig’imi ko’rsatkichiga teskari miqdordir. Aylanma mablag’lardan foydalanish samaradorligi u bilan aylanma kapital o’rtasidagi nisbatga bog’liqdir. Bevosita ishlab chiqarish jarayonida band bo’lgan aylanma kapitalning salmog’i qanchalik ko’p bo’lsa, aylanma mablag’lardan shunchalik samarali foydalaniladi.
Ishlab chiqarishdagi ijtimoiy mehnat unumdorligining o’sib borishi:
mahsulot miqdorining ortishi, moddiylashtirilgan mehnat sarfining qisqarishi, yangi asosiy fondlar uchun kapital mablag’larning iqtisod qilib qolish, bular natijasi sifatida ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxining pasayishi va ishlab chiqarish rentabelligining ortishi orqali asosiy fondlar samaradorligini ifodalaydi.
Ishlab chiqarishda asosiy fondlardan qay darajada foydalanganligini tavsiflash uchun quyidagi ko’rsatkichlardan foydalaniladi.
- Fond samaradorligi. Bu ko’rsatkich asosiy fondlar­ning o’rtacha yillik qiymatining bir so’miga to’g’ri keladigan ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini ko’rsatadi va u quyidagicha aniqlanadi:
Fsm = M / Fa
bunda:
M — yil davomida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, so’m;
Fa — asosiy fondlarning yillik o’rtacha qiymati, so’m.
Fond sig’imi - fondning samaradorligiga teskari ko’rsatkich bo’lib, u quyidagicha aniqlanadi:

Ishlab chiqarishning fond bilan ta’minlanganlik ko’rsatkichi:
Fk = Fa / n
bunda:
n — ishchilarning soni.
Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligi ekstensiv, intensiv va integ­ral ko’rsatkichlar orqali aniqlanadi:
1. Asosiy fondlarning ekstensiv bandlik ko’rsatkichi ulardan vaqt bo’yicha foydalanish darajasini ko’rsatadi va quyidagicha aniqlanadi:

Kek = Thaq / Trej


bunda:
Thaq — dastgohlarning xaqiqiy ishlagan vaqti


Trej — dastgohlarning rejada ko’rsatilgan ishlash vaqti
2. Asosiy fondlarning intensiv bandlik ko’rsatkichi asosiy fondlardan quvvati bo’yicha foyda­lanishni ko’rsatadi, u quyidagicha aniqlanadi:

Kin = Mhaq / Mrej


bunda:
Mhaq — vaqt birligida ma’lum dastgohda haqiqiy ish­lab chiqarilgan mahsulot miqdori;


Mrej — rejaga asosan vaqt birligida mazkur dastgoh­da ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori.
Asosiy fondlarning integral bandligining ko’rsatki­chi bu ekstensiv va intensiv bandlik ko’rsatkichlarining ko’paytmasiga teng bo’ladi va quyidagicha aniqlanadi:

Kint = Kek * Kin


Asosiy fondlarning smenalik koeffitsientini oshirish samaradorlikni oshirishning eng muhim rezervi hisoblanadi. U quyidagicha aniqlanadi:





bu yerda:


NI, NII, NIII, — birinchi, ikkinchi, uchinchi smenada ish­lagan dastgohlar soni, Tum -korxona, sex, uchastkaga o’rnatilgan dastgohlarning umumiy soni
Ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish ko’rsat­kichi ishlab chiqarish bir kvadrat metr (1m2) maydonidan olingan mahsulot miqdorini ko’rsatadi va quyidagicha ifodalanadi:

d = M / S,


bunda:
M — ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori (kg, tonna, dona)


S — ishlab chiqarish maydoni (m2)
Asosiy fondlarni rejalashtirish va ulardan foydalanish amaliyotida ma’lum korxona yoki tarmoq uskunalaridan foydalanishni ifodalaydigan boshqa ko’rsatkichlardan ham foydalaniladi.
- Ishlab turgan uskunalardan foydalanish koeffitsienti shu turdagi uskunalar sonining korxonadagi uskunalar umumiy soniga nisbati orqali aniqlanadi.
Korxonada mavjud bo’lgan asosiy fondlarning miqdori mehnatning fondlar bilan ta’minlanganlik darajasi asosiy fondlarning yemirilish, ishdan chiqish va yangilanish koeffitsientlarini ifodalashi mumkin.
- Mehnatning fondlar bilan ta’minlanganlik darajasi bir yilda ishlab chiqarishda band bo’lgan bir xodimga yoki korxonaning bir ishchisi hisobiga to’g’ri keladigan ishlab chiqarish asosiy fondlarining qiymatini ko’rsatadi.
- Asosiy fondlarning yemirilish koeffitsienti ularning yemirilish qiymatining dastlabki qiymatiga nisbati orqali aniqlanadi.
- Asosiy fondlarning butunlay ishdan chiqish koeffitsienti bir yil ichida ishdan chiqqan asosiy fondlar qiymatining yil boshidagi fondlar qiymatiga nisbati ko’rinishida hisoblanadi.
- Asosiy fondlarning yangilanish koeffitsienti bir yil ichida kiritilgan asosiy fondlar qiymatining yil oxiridagi asosiy fondlar umumiy qiymatiga nisbati ko’rinishida ifodalanadi
XULOSA

Bugungi kunda jamiyatimiz hayotining hamma bo‘g‘inlarini qamrab olgan tub iqtisodiy islohotlar jarayonining asosiy negizini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivoji belgilab beradi. Xulosa, qilib aytish mumkinki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi bilan mamlakatimizda o‘rta mulkdorlar sinfini shakllantirish vazifasini bevosita hal qilishga erishamiz. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik aholi bandligini ta‘minlaydigan va uning asosiy daromad manbai bo‘lgan muhim sohaga aylanadi. Yana quyidagi xulosalarga ham kelish mumkin.


1. Bugungi kunda iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlardagi o‘zgarishlarning bosh yo‘nalashlarini belgilovchi tub iqtisodiy islohotlar jamiyat taraqqiyotiga zamin yaratadi. Bu islohotlar mohiyatini, tuzilmasini, davomiyligini va samarasini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati qonuniyatlari o‘zida ifoda etadi. Bu qonuniyatlar tizimi nazariya va amaliyotdagi sifatiy o‘zgarishlarning o‘zaro aloqadorligida, ularning samaradorligida, tadbirkorning jamiyatdagi bosh ―ichki kuchi‖ bo‘la olishi, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni yechishdagi roli, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishda, milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishda, rivojlanishda demokratik tamoyillarning mustahkamlanishida o‘zini namoyon qiladi.
2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatiga marketingni qo‘llanilishining xos qonuniyatlar tizimini bilish shuning uchun ham zarurki, ulardan foydalanishning samarali mexanizmini ishlab chiqish orqali bu faoliyatni rivojlantirish bilan bog‘liq tub iqtisodiy islohotlarni o‘tkazish mumkin bo‘ladi. Bunday mexanizmni shakllanib borishida asosiy yo‘nalishlar sifatida quyidagilarni kiritish mumkin: yuqori saviyadagi xizmatini tashkil etish, sanoatni afzal yo‘nalishlar bo‘yicha o‘sishini davlat tomonidan rag‘batlantirish va innovasion jarayonlarni, jumladan, kichik ishlab chiqarish loyihalariga investisiya ulushini ko‘paytirish, soliqqa tortish tizimidagi siyosatni yumshatish, aholi mablag‘larini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilishni rag‘batlantirish, tovar, moliyaviy va axborot texnologiyalari bozorlarini, tashqi iqtisodiy faoliyatni yengillashtiruvchi shart-sharoitlar yaratish va hakozalardir.
3. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish miqyosi jamiyatda amal qilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy xususiyatlarga bog‘liq ravishda olib borilishi lozim. Shu bilan birga, iqtisodiyotdagi modernizasiyalash sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning umumiy qonuniyatlari quyidagicha belgilanishi lozim:
- iqtisodiy hayotda davlatning ishtiroki shunday me‘yorda olib borilishi zarurki, bu holat kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ustunlikka erishib borishiga yordam bersin;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini istiqbolda rivojlantirish uchun davlatning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatiga bevosita aralashuvi qisqarib borishi lozim;
4. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda bu jarayonni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarishda bosh harakatlanuvchi kuch- bu tadbirkor shaxs hisoblanadi. Shuning uchun, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish asosan inson omilini faollashtirishdan, tadbirkorlik qonuniyatlarini chuqur anglagan va ulardan tub islohotlar uchun mohirona foydalana oladigan, jamiyatda tadbirkorlik ruhi bilan yangi sifatlar bag‘ishlay oladigan shaxslarning shakllanishi bilan bog‘liqdir.
5. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning hamma qonuniyatlari va unsurlari kashf etib bo‘lindi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yuritishga xos usullar o‘zlashtirildi va bu qonuniyatlardan ongli ravishda foydalanishning bakamu-ko‘st mexanizm yaratilgan deb xulosaga kelishga hali barvaqtdir. Mamlakatimiz iqtisodiyoti bu yo‘lning boshlanishida turibdi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati qonuniyatlarini yaxlit bir tizim sifatida tadqiq etish lozim.



Download 270,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish