Boshqa tillardan kirib kelgan so’zlarning turlari, ularni o’zlashtirish, assimiliatsiya.
Assimilatsiya (lotincha assimilatio – «o'xshash bo'lish») deb tovushlarning bir-biriga ta'siri natijasida ulardan birining ikkinchisiga o'xshash bo'lish hodisasiga aytiladi. Odatda unlilar unlilarga, undoshlar undoshlarga assimilatsiya qilinadi. Agar o'zaro ta'sir natijasida tovushlar bir-biriga butunlay o'xshash bo'lib qolsa, to'liq assimilatsiya deyiladi. Agar tovushlarning biror artikulyatsion – akustik belgisi o'xshash bo'lib qolsa, to'liq bo'lmagan (qisman) assimilatsiya deb ataladi. (Masalan, ketdi (ketti) so'zida (t) va (d) oldingi (t) jarangsiz undosh ta'sirida o'xshash bo'lib qoladi).
Tovushlar bir-biriga ta'sirining yo'nalishiga ko'ra progressiv va regressiv assimilatsiya farqlanadi. Oldin kelgan tovush keyingi tovushga ta'sir qilib, o'ziga o'xshatsa – progressiv assimilatsiya, aksincha, keyingi tovush oldingisiga ta'sir qilsa – regressiv assimilatsiya deyiladi. Tovushlar artikulatsiya o'rni, usuli, jarangli-jarangsizligi va yumshoq-qattiqligi (bu hodisa rus tilida bor) bo'yicha assimilatsiya qilinadi. O'xshash bo'luvchi tovushlar yonma-yon bo'lsa – kontakt assimilatsiya, ular o'rtasida boshqa tovushlar bo'lib, o'xshash bo'luvchi tovushlar bir-biridan uzoq bo'lsa – distant assimilatsiya deyiladi. Assimilatsiya bir so'z ichida va so'z birikmalari oralig'ida ro'y berishi mumkin. Masalan, o'zbek tilidagi sotdi, otgan, rus tilidagi лодка, каробка, inglizcha goods /gudz/ – «narsalar», cats /kæts/ – «mushuklar», nemischa gibt /gi:pt/ – «olmoq», legt /lekt/ – «yotmoq» so'zlarida progressiv kontakt assimilatsiya jarangsizlanish bo'yicha amalga oshiriladi. Taqsimot (taxsimot), ulug'sifat (uluxsifat), o'taketgan (o'taketgan), o'qchi (o'xchi), tanbur (tambur) so'zlarida regressiv assimilatsiya uchraydi. Surnay (sunnay), karnay (kannay), tipirlatmoq (tipillatmoq), mahkam (makkam) (Toshkent shevasida) kabilar to'la regressiv kontakt assimilatsiyaga misoldir. Qantak (o'rik), qo'ltiqtayoq (qo'ltig'tayog'), to'g'nag'ich (to'nag'ich) kabilarda to'la distant assimilatsiya uchraydi. Rus tilida distant assimilyasiya ko'proq uchraydi: здравствуйте /zdrassti/, пятнадцать /petnadsat/ kabi.
Assimilatsiya hodisasi ham talaffuzini iqtisod qilishning bir turi hisoblanadi. Assimilatsiya natijasida so'zlar qisqarishi, undagi tovushlarning artikulatsiyasi o'xshash bo'lib qolishi talaffuzni osonlashtirishga yordam beradi. Turli tillarda assimilatsiyaning tabiati o'ziga xos xususiyatlariga ega. Xususan, nemis tilida jaranglilik belgisi bo'yicha assimilatsiya uchramaydi. Bunday assimilatsiya rus va o'zbek tillariga xosdir.
Distant assimilatsiya ko'proq unlilarning o'zaro ta'siri natijasida ro'y beradi va turkiy, fin-ugor, ba'zi german tillarida uchraydi. Masalan, nemis tilida otlarning ko'plik qo'shimchasidagi unli so'z o'zagidagi unliga o'xshash belgilariga ega bo'ladi. Bu hodisani umlaut deyiladi: Buch «kitob» – Bücher «kitoblar», Sohn «o'g'il» – Söhne «o'g'illar» kabi.
Progressiv assimilatsiyaning yana bir turi singarmonizm yoki unlilarning uyg'unlashuvi deb atalib, u so'zlarda (o'zak va affiksda) unlilarning o'xshash artikulyasion-akustik belgilarga ega bo'lishi bilan izohlanadi. Ba'zi afrika tillarida unlilar bir so'z yoki so'zlar birikmasi doirasida uyg'unlashadi. Ko'pgina urol va oltoy tillarida unlilar til oldi va til orqa, hamda lablangan-lablanmagan belgilari bo'yicha uyg'unlashadi. Masalan, turkiy tillarida, xususan, turkman, qozoq, qirg'iz, turk, qoraqalpoq tillaridagi so'zlarda til oldi yoki til orqa, lablangan yoki lablanmagan unlilar o'xshash holatda uchraydi. Bunda so'z o'zagidagi unli bilan uning affiksidagi unli uyg'unlashadi. Masalan, turkman tilida: galamlar – «qalamlar», gelinlar – «kelinlar» qozoq tilida: bashtar – «boshlar», koldor – «qo'llar», turk tilida: göllär – «qo'llar», gyzlar – «qizlar» kabi.
Singarmonizm urg'u bilan ham bog'liq bo'lib, ularning har ikkisi so'zning fonetik belgisi hisoblanadi. Nihoyat, assimilatsiya sinxronik (yangi paydo bo'lgan) va diaxronik (tarixiy shakllangan) bo'lishi mumkin. Yuqorida ko'rsatilgan umlaut va singarmonizm hodisalari tovushlarning tarixiy assimilatsiyasi natijasida kelib chiqqan.
Yana shunday neologizmlar borki, kundalik hayotda qo‘llanilishi uchun ehtiyoj paydo qilgan, lekin ―O‘zbek tilining izohli lug‘ati‖dan joy olmagan. Ulardan misol keltirib quyidagilarni aytolamiz: koka-kola, minimarket, gipermarket, chizburger, xot-dog, netbuk, sensor, fleshxotira, planshet va h.k.
Yana shu kabi qiziqarli o‘zlashma so‘zlar guruhi mavjudki, ular o‘zining asl lug‘aviy ma‘nosini yo‘qotib, etimologik ma‘no va semantik ma‘nosi bn aloqador bo‘lmay qo‘llaniladi. Ya‘ni ular asl ma‘nosi va o‘zlashgan tildagi ma‘nosi bilan bir xil yoki o‘xshash bo‘lmaydi. Ulardan bir nechtasini izohi bilan keltiramiz.
YUMOR [ingl. humour — xulq, fe‗l-atvor, kayfiyat ] - kamchiliklar, ayrim voqea va hodisalarni kulgili qilib, hazilomuz tasvirlash bilish.
< lot. humor — namlik, xo‘llik]
KOLLEJ [ingl., fr. college — o‘rtoq, birodar; o‘quv yurti] -
Fansiya, Belgiya, Shveytsariya va b. Ba’zi mamlakatlarda: o‘rta va to‘liqsiz
o‘rta o‘quv yurti. O‘zbekistonda: o‘rta maxsus kasb-hunar o‘quv yurti.
KOKTEYL [ingl. cocktail - xo‘rozning dumi] - spirtli ichimliklarning (konyak, rom va b.) ba‗zan qand, meva va turli ziravorlar qo‘shib tayyorlanadigan, sovitilgan aralashmasi.
Meva sharbati, sut va shu kabilarga shakar, rezavor qo‘shib tayyorlanadigan alkogolsiz ichimlik.
Shuni ta‘kidlash joizki, ingliz tilidan o‘zbek tiliga so‘zlar o‘zlashganda ularning tuzilishi yoki semantik mohiyati o‘zgarishini ham kuzatish mumkin. Ayrim so‘zlar o‘zining asl ma‘nosini saqlab qolgan holda o‘zgarsa, ayrimlarida esa ma‘no kengaygan, ma‘no toraygan yoki umuman ma‘nosi tubdan farq qilishi mumkin.
Bu o‘rinda tilshunos olim N.Mahmudov ta‘kidlaganidek, o‘zbek tilidagi xorijiy o‘zlashmalarning me‘yori va milliyligi malasalasi ma‘naviy-madaniy sohalar doirasida favqulodda ahamiyatga molik ekanligini hamisha yodda saqlash lozim. Ya‘ni har bir o‘zlashayotgan so‘z o‘zining milliyligi, ma‘nosi jihatidan o‘zbek mentalitetiga mos kelishi va haqiqatan ham bu so‘z o‘zbek tili lug‘atiga kerakligi jihatidan tahlil qilinishi kerak. Eski nashrdagi ―O‘zbek tilining izohli lug‘ati‖ ga 80 ga yaqin inglizcha o‘zlashmalar kiritilgan bo‘lsa, yangi nashrdagi ―O‘zbek tilining izohli lug‘ati‖da 500 dan ortiq inglizcha o‘zlashma so‘zlar izohlangan. Shuningdek, ―O‘zbek tiliga o‘zlashgan inglizcha so‘zlarning izohli lug‘ati‖da 350 dan ortiq so‘z, bundan tashqari, vaqtli matbuotda qo‘llanilayotgan neologizmlar, ―Ingliz, o‘zbek, rus axborot texnologiyalaribva internetga oid qisqacha atamalar lug‘ati‖ dagi inglizcha o‘zlashmalar hisobiga mingdan ortiq leksemalar qo‘shilgan. Quyida ulardan bir nechtasi keltirib o‘tilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |