Kurs ishi pulning mohiyati va asosiy vazifalari reja: kirish pulning kelib chiqishi va mohiyati Pulning vazifalari va ularga tavsif



Download 326,93 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/16
Sana05.06.2023
Hajmi326,93 Kb.
#948936
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Pulning to’lov vositasi vaz
ifasi.
Mavjud chet el itisodiy adabiyotlarida va 
keyinchalik,1 Rossiya olimlari tomonidan chop qilingan adabiyotlarda 
pulning muomala vositasi vazifasi uning to’lov vositasi ekanligidan dalolat 
beradi degan chalkash xulosalarni uchratish mumkin. Lekin, biz yuqorida 
keltirilgan muomala vositasi vazifasining xususiyatl
ari to’lov vositasi 
vazifasiga ham mos keladi deb ayta olmaymiz. Bu xususiyatlar pulning 
to’lov vositasi vazifasi muomala vositasi vazifasidan tubdan farq qilishini 
ko’rsatadi.
Tovarlar har doim ham naqd pulga sotilavermaydi. Tovar sotuvchi tovarni 
sotish uchun muomalaga olib chiqqan vaqtda tovarni sotib olish uchun 
ist’emolchining etarli naqd puli bo’lmasligi mumkin. Natijada tovarni 
kreditga sotishga zarurat tug’iladi, ya’ni tovarning pulini to’lash muddati 
kechiktiriladi. Tovar kreditga sotilganda, pul tovarning bahosini aniqlashda 
qiymat o’lchovi vazifasini bajaradi., lekin u muomalada vositasi bo’la 
olmaydi. Iste’molchi sotib olgan tovari uchun uning pulini to’lov muddati 
kelgandan keyingina to’laydi. Bu holda tovar va pulning
 harakati bir 
troektoriyada
, bir vaqtning o’zida, bir
-biriga qarma-qarshi tura olmaydi. 
Tovar harakati amalga oshgandan ma’lum vaqt o’tgandan keyin pul 
harakati sodir bo’ladi. To’
lov vositasi vazifasining asosiy xususiyati tovar va 
pul harakatining bir vaqtda amalga oshmasligi, harakatning bir 
tomonlamaligi va harakatda bo’linishlar mavjudligidadir.
Pulning to’lov vositasi sifatida ishlatilishi nafaqat tovar kreditga sotilganda 
sod
ir bo’ladi, balki barcha jarayonlarda tovarlar yoki ko’rsatilgan xizmatlar 
uchun to’lovlar o’sha zaxotiyoq
 naqd pulda amalga oshirilmasa, bunday 
iqtisod
iy munosabatlar pulning to’lov vositasi vazifasi yuzaga kelishidan 


13 
dalolat beradi. 
To’lov vositasida sotuvchi tovarning pulini olguncha tovar ist’emolchi 
ixtiyoriga kelib tushadi va u o’z ehtiyojini qondirish uchun tovardan to’la 
foydalanishi mumkin. Agar 
tovar uchun to’lov oldindan (avans) amalga 
oshiriladigan bo’lsa, tovar ma’lum vaqtdan keyin iste’molchi ixtiyoriga 
tushishi mumkin. 
Demak, ikkala holda ham tovar va pul harakati bir vaqtning o’zida amalga 
oshmaydi. Chunki, tovar aylanishi (T-P-T) uziladi va pul harakati tovar 
harakatiga nisbiy ravishda mustaqil bo’ladi. Pulning bu harakati to’lov deb 
aytiladi va bu erda pul to’lov vositasi sifatida ishtirok qiladi. Pulning to’lov 
vositasi vazifasi tovar ishlab chiqarish va muomala rivojlanishining yuqori 
bo
sqichlari ma’suli bo’lib, u pulning qiymat o’lchovi va muomala vositasi 
vazifalaridan keyinroq yuzaga kelgan deb xulosa qilish mumkin. 
To’lov vositasi vazifasining yana bir xususiyati shundaki, sotuvchi bilan 
ist’emolchi o’rtasidagi munosabat muomala vositasidagiga o’xshab qisqa 
muddatli bo’lib, tezda tugallanmaydi. To’lov vositasi vazifasida iste’molchi 
tovarga ega bo’lganidan keyin ham u bilan mol sotuvchi o’rtasidagi 
munosabat uzoq vaqt davom qiladi. Bu munosabat - kredit munosabati 
hisoblanadi va iste’m
olchi - qarzdor, sotuvchi - kreditor sifatida ishtirok 
qiladi. Ba’zi iqtisodchilarimiz veksel asosida o’tkaziladigan jarayonlarini ham 
muomala vositasi 
vazifasiga kiritishadi. Bu bizning fikrimizcha to’g’ri emas. 
Chunki veksel - 
ma’lum mablag’ni to’lash to’g’risidagi kredit majburiyat,
 u 
qiymatga ega emas, demak ayirboshlashning ekvivalenti sifatida ishtirok 
qila olmaydi. A sotuvchi bir million so’mlik tovarni B iste’molchining 
vekseliga almashtirdi deylik. B bir mln. so’mlik tovarga ega bo’ldi. A bo’lsa 
o’z qiymatiga ega bo’lmagan, sotib olish qobiliyati emitent to
monidan 
belgilanadigan vekselga ega bo’ladi. Sotuvchi A qachonki bir mln. so’mlik 
vekselni sotsagina pul mablag’iga ega bo’lishi mumkin. Shunga asosan biz 
veksel jarayonlarini muomala vositasiga kiradi deb to’liq ishonch bilan 
uqtira olmaymiz. Bu jarayonla
r ko’proq to’lov vositasi vazifasiga taalluqlidir.
Pulning to’lov vositasi vazifasi yana turli qarz va majburiyatlarni to’laganda:

korxona, tashkilotlar o’rtasida tovar va xizmatlar uchun to’laganda;

davlat byudjetiga va kredit tizimiga to’lovlarni ama
lga oshirganda 
(foydadan to’lanadigan to’lovlar, kredit bo’yicha qarz va foizlarni to’lash va 
boshqalar); 
-
ishchi xizmatchilariga ish xaqi to’lash va aholiga boshqa to’lovlarni to’lash 
(nafaqa, stipendiya va boshqalar)da; 


14 
- boshqa har xil qarz va majburiya
tlarni to’lash (masalan, kreditga olingan 
uchun to’lov, uy
-
joy, elektroenergiya va boshqa xizmatlar uchun to’lovlar) 
da amalga oshiriladi. 
Pulning to’lov vositasi vazifasining yana bir xususiyati shundaki, bu vazifada 
to’lovlar naqd pullik yoki naqd pulsiz
shaklda amalga oshirilishi mumkin. Bu 
xususiyati bilan ham pulning to’lov vositasi vazifasi muomala vositasi 
vazifasidan farq qiladi. Pulning bu vazifasi yordamida amalga oshiriladigan 
naqd - 
pullik va na naqd pulsiz to’lovlar birgalikda to’lov oborotinin

vujudga keltiradi. 
Pulning to’lov vositasi vazifasini biz ikkinchi darajali
 deb qarashimiz mumkin 
emas
, chunki bu vazifaning bajarilmasligi to’lovlarning o’z vaqtida 
amalga 
oshmasligiga, bu esa hozirgi kunda mavjud muammolar debitor-kreditor 
qarzlarning ko’payishiga, kredit bo’yicha va boshqa moliyaviy 
majburiyatlarning bajarilmasligiga
, xo’jalik jarayonlarining normal borishiga 
katta ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Download 326,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish