2.1. Qalqonsimon bez garmonlari
Qalqonsimon bez, asosan, tarkibida to‘rtta yod atomi tutuvchi tiroksin nomli gormonni ishlab chikaradsh Bu birikma va tarkibida yod tutuvchi yana bir nechta komlonent bez parenximasini tashkil qiladigan follikulalar kovagida saqlanadigan shaffof aarg‘imtir kolloid ichidagi oksil — tireoglobulin tarkibida bog‘langan shaklda bo‘ladi. Qalqonsimon bezda gormon ishlab chikarilishining buzilishi odamlarda bir qattar kasalliklarga sabab bo‘ladi. Bezning funksiyasi susayganda gormrn kam miqdorda chikariladi, organizmda gipotiryeoz holati paydo bo‘ladi. Agar bu kasallik yoshlikda bezning atrofiyasi natijasida yuz bersa, miksedyema va kretinizmga olib keladi. Bunday kasallarning o‘sishi va rivojlanishi orkada qolady, ular ko‘pincha xomsemiz bo‘lib teri osti kletchatkasida oqsilga^boi shilimshiq modda to‘planadi. Kasal bolalik yoshida paydo bo‘lsa, bolaning buyi past, tana tuzilishi noto‘g‘ri, atrofdagi voqyealarga befark, nutki yaxshi: taraqqiy qilmagan bo‘ladi.
Shunday qilib qalqonsimon bez tiroksin va triyodtironin gormonlarini ishlab chiqaradi. Ular kimyoviy tabiatiga ko'ra tirozinning hosilasi hisoblanadi.
Tiroksin sintezida yodning qondagi konsentratsiyasi ham alohida ahamiyatga ega. Suvda, oziq-ovqatda yod kam bo'lsa, qalqonsimon bezning hajmi kattalashib, buqoq (endemik buqoq, joyga xos buqoq) kasalligi kelib chiqadi. Lekin organizmga qo'shimcha yod berib, bu kasallikni oldini olish oson va davolash mumkin. Mazkur gonnonlarning yetishmasligidan miksedema kasalligi kelib chiqadi. Bu kasallik bilan kasallangan odamning terisi ostida suv to'planadi, semirib ketadi. Bu vaqtda suv, tuzlar va lipidlar almashinuvi buziladi. Bolalarda tiroksin yetishmasa, organizm o'sishdan to'xtaydi. Bolaning bo'yi past, tana tuzilishi noto'g'ri bo'lib, jinsiy va aqliy jihatdan rivojlanish orqada qoladi. Bu kasallik kritinizim deyiladi.
Qalqonsimon bezning faoliyati kuchayib, qonga tiroksin ishlab chiqarish ortsa, moddalarning oksidlanishi kuchayadi. ATF zarur miqdorda sintezlanmaydi. Hosil bo'lgan energiya, erkin energiyaga aylanadi. Bunday ho! davom etaversa organizm ozib, yurak urish kuchayadi, tana harorati odatdagidan yuqori bo'ladi. Odamning ko'zi chaqchayib, go'yo kosasidan chiqib turgandek bo'ladi.
Tireoid gormonlarining retseptorlari hujayra yadrosida bo'lib, gormon-retseptor komleksi DNK bilan bog'lanib, ayrim genlarning faoliyatiga ta'sir qiladi. Jumladan, bu gormonlar transkripsiya jarayonining induksiyasini faollashtirib, o·z navbatida oqsil sinteziga ham ta'sir qiladi. Bunday gormonlar ta'sirida Na+/K+ -ATF-aza nasosining faoliyati ham jadallashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |