2.3.Fenilalanin va tirozin almashinuvi
Fenilalanini alishtirib bo’lmaydigan, tirozin esa shartli ravishda alishtirsa bo’ladigan aminokislotadir, nega deganda tirozin organizmda fenilalanindan hosil bo’ladi. Ana shu ikkala aminokislota ovqat oqsillaridan jumladan, o’simlik oqsillarida ham yetarli darajada bor. Fenilalaninning asosiy qismi ikki yo’l bilan sarflanadi- oqsillarga qo’shiladi va tirozinga aylanadi. Tirozin almashinuvi ancha murakkab bo’ladi: u oqsillar sintezi uchun sarflanishidan tashqari, katexolaminlar, melanin, tiroksin o’tmishdoshlari bo’lib xizmat qiladi, shuningdek katabolizmga uchrab, CO2 va O2 gacha parchalanishi mumkin.
Eksperimentlar bu jarayon davomida ikkita to‘rt uglerodli birikma — biri keton tana — sirkaatsetat kislotaga, ikkinchisi fumarat kislotaning kelib chiqishini tasdiqladi. Bu jarayonning umumiy yo‘nalishi quyidagi sxemada keltirilgan:
Birinchi bosqich tirozinning pereaminlanish reaksiyasi a-ketoglutarat kislota ishtirokida o‘tib, n-oksifenilpiruvat bilan birga glutamat kislota ham hosil bo‘ladi. Jarayonda ajoyib bosqich — yonshoxchaning ko‘chirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan n-oksifenilpiruvatning gomogentizat kislotaga aylanishidir. Bu reaksiya 1 mol kislorod iste'mol qilinib, aromatik halkaning gidroksillanishi, yonshoxchaning ko‘chishi va uglerod (IV)-oksidning ajralishi bilan boradi. Askorbat kislota (S vitamin) ning reaksiya kechishidagi funksiyasi yetarli darajada aniqlangan. Jigardan gomogenizat kislota halqasini uzib, fumarilatsetoatsetat kislota hosil kiladigan bu oraliq birikmani fumarat va sirkaatsetat kislotalargacha parchalaydigan ferment preparatlari ham olingan.
Aromatik aminokislotalar almashinuvining bir qator qiziq tug‘ma buzilish hollari, nuqsonlari ma'lum. O‘ziga xos ruhiy kasallik fenilpiruvatli oligofryeniya (aqli pastlik) bemor siydigida doim fenilpirouzum kislotaning ajratilishi bilan birga kuzatiladi. Shuning uchun bu kasallik fenilketonuriya deb ham ataladi. Qonda ham ma'lum miqdorda fenilpiruvat paydo bo‘ladi.
Agar ovqat bilan qabul qilinadigan fenilalanin miqdori kamaytirilsa, bemorning ahvoli ancha yaxshilanadi. Binobarin, kasallik organizmda fenilalanin almashinuvining buzilishidan kelib chiqadi. Ayni vaqtda bemorlarda tirozin almashinuvi buzilmay qolganligidan nuqson fenilalaninning tirozinga o‘tish bosqichi yetishmasligidan kelib chiqqan deb hisoblanadi. Haqiqatdan ham organizmga kiritilgan fenilalanin tirozinga aylanmay, transaminlanish orqali fenilpirouzum kislotaga o‘tadi, bu birikma esa fenilalanin almashinuvining yondosh mahsuloti bo‘lganidan organizmda to‘la oksidlanmay, siydik bilan chiqariladi.
Tirozinoz deb ataladigan tug‘ma kasallikda ham siydikda p-oksifenilpiruvat kislota ajralishi tirozin almashinuvi defektining o‘ziga xos boshqa shaklidir. Fenilalanin va tirozinning dekarboksillanishi natijasida biogen aminlar-feniletilamin va tiramin hosil bo‘ladi. Tirozin almashinuvining alohida yo‘nalishi tirozinga qo‘shimcha gidroksil gruppa kirishi va 3,4-dioksifenilalanin (DOFA)ning hosil bo‘lishidan kelib chikadi. DOFA organizmda katexolaminlarning hosil bo‘lishida, teri pigmenti — melanin sintezida asosiy oraliq modda sifatida ishtirok etadi. Melanin sintezida reaksiyalar tartibi to‘la aniqlangan bo‘lmasa ham u quyidagi bosqichlar orqali o‘tishi qabul qilingan:
Tirozindagi kabi, DOFA almashinuvida ham askorbat kislota ishtirok etadi. Binobarin, melanin pigmentining hosil bo‘lishida ham vitamin muhim rol o‘ynaydi. Ammo tirozin almashinuvi jigar bilan bog‘liq bo‘lsa, DOFA ning kelgusi o‘zgarishlari buyrakda o‘tadi. Normal hayvonlarning buyrak kirkimlarida DOFA ni tezda oksidlaydi. Singa kasalligiga duchor bo‘lgan dengiz cho‘chqalarining buyragidan tayyorlangan qirqimlar bunday reaksiyani ta'minlay olmaydi. DOFA oksidaza ta'sirida oksidlanganda melanin sintezi yo‘lidagi oraliq birikma gallaxromning paydo bo‘lishini kuzatish mumkin. Tirozin almashinuvining yana bir tug‘ma buzilishi — albinizm DOFA ning hosil bo‘lishi uchun zarur tirozinaza fermenti yetishmasligidan kelib chiqadi. Albinizmga uchragan kasallar (albinoidlar) terisi, sochlari, ko‘zi va boshqa to‘kimalarida tirozinaza fermenti bo‘lmaydi, ularda melanin pigmentlari ham hosil qilinmaydi. Tirozindan hayvon organizmida katexolaminlar — adrenalin va noradrenalin, qalqonsimon bez gormonlari — tiroksin va triyodtironin sintez qilinadi. Quyidagi sxemada fenilalanin va tirozin almashinuvidagi munosabatlar va bu metabolizm yo‘lida odamlarda uchraydigan spetsifik ximiyaviy reaksiyalarning nasliy nuqsonlari keltirilgan:
fanga va bu aminokislota dekarboksillanib, 5-oksitriptamin (serotonin)ga o‘tadi. Hayvon organizmida triptofanning boshqa almashinuv yo‘llari ham mavjud. O‘simliklarda triptofan almashinuvidan o‘simlik gormonlari, indolatsetat kislota kelib chikadi. Ba'zi hasharsgglarda triptofan xarakterli ko‘z pigmentlariga aylanadi. Umuman, triptofan almashinuvidan juda ko‘p xilma-xil metabolitlar hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |