Parchin mixli birikmalar hisobi
Bitta parchin mix bilan ikkita listni biriktirilgan holatni (6.2-rasm) ko‘ramiz. Hisob ishlarida listlar orasidagi ishqalanish kuchi e’tiborga olinmaydi.
4-rasm. Parchin mixli birikmada kesilish a) kesilish deformatsiyasida urinma kuchlanish; b) kesilish tekisligidagi
kuchlanish.
Parchin mixli birikmaning buzilishi kesish tekisligi deb ataluvchi A–A tekislik bo‘yicha ro‘y berishi mumkin (4.b-rasm).
Kesish tekisligida τdF ga teng elementar ichki kuchlar hosil bo‘lib, ularning teng ta’sir etuvchisi kesuvchi kuch Q ga teng bo‘ladi. Urinma kuchlanish τ kesish tekisligida tekis taqsimlangan deb hisoblanib, uni
Bu yerda F – F parchin mixning ko‘ndalang kesim yuzasi.
Urinma kuchlanish т parchin mix materiali uchun kesilishda ruxsat etilgan urinma kuchlanish [T]k dan kichik bo‘lishi kerak. [T]k - qiymatini 1-jadvaldan olish mumkin.
Agar parchin mixlar bitta emas n ta bo‘lsa u holda bir parchin mixda hosil bo‘ladigan kuchlanish ruxsat etilgan urinma kuchlanishlardan «n» marta kichik bo‘lishi kerak, chunki siljituvchi zo‘riqishlar birikmalar oralig‘ida tekis taqsimlanadi deb qabul qilinadi. Agar parchin mixli birikmalar 2 va undan ortiq paket deb ataluvchi listdan iborat bo‘lsa (6.3-rasm), u holda parchin mixda bitta emas «m» ta kesish tekisligi hosil bo‘lib, barcha kesish tekisliklarida kuchlanishlar o‘zaro teng deb faraz qilinadi. Kesish tekisliklarining soni «m», paketdagi bog‘lanuvchi listlar sonidan birni ayrilganiga teng bo‘ladi. Masalan 6.3-rasmda ko‘rsatilgan birikmada listlarning soni 4 ta, demak kesish tekisliklarini soni 3 ga teng bo‘ladi.
Parchin mixli va boltli birikmalar uchun kesilish va ezilishdagi ruxsat etilgan kuchlanishlarning qiymatlari
1-jadval
Birikma
turi
|
Kuchlanish
turi
|
Ruxsat etilgan kuchlanish
kgk/sm2
|
St. 2 (po‘lat)
|
St. 3 (po‘lat)
|
Parchin mixli, teshik parmalab teshilgan
|
Kesilishda
|
[T]k = 1400
|
[T]k = 1400
|
Parchin mixli, teshik siqib chiqarilgan
|
Kesilishda
Ezilishda
|
0 0 00 04 1 2 = = E 10
|
[T]k = 1000 [o]e = 2800
|
Sof boltli
|
Kesilishda
Ezilishda
|
[T]k = 1200 [o]e = 2800
|
Qora boltli
|
Kesilishda
Ezilishda
|
[T]k = 800 Me = 1700
|
5-rasm. Parchin mixli birikmadagi kesilish tekisliklari.
Yuqoridagilarni hisobga olib, kesilishga ishlovchi birikmalarning mustahkamlik shartini quyidagicha yozish mumkin:
Parchin mixli birikmalarni loyihalashda 2 xil variant mavjud: birinchisida birikmaning berilgan parchin mix diametri asosida biriktirish uchun kerakli bo‘lgan parchin mixlar soni mustahkamlik shartidan foydalanib topiladi; ikkinchisida ma’lum parchin mixlarning soni asosida uning diametri topiladi.
Parchin mixning list bilan tutashgan sirtida kesilishdan tashqari ezilish ham hosil bo‘ladi.
Ikkita bir - birini siquvchi jismlar tutashgan joyda hosil bo‘luvchi siqilish ezilish deb ataladi.
Tutashgan yuzalarning o‘zaro kontaktiga qarab, kichik yuzali ezilishga yoki katta yuzali ezilishga ajratish mumkin.
Birinchi holda tutashgan yuzada juda katta mahalliy (tutash) kuchlanishlar hosil bo‘lib, tutashgan joydan uzoqlashgani sari ular kattaroq yuzalarga taqsimlanadi. Shu sababli ezilishning bu turi yaqqol ajralib turuvchi mahalliy (lokal) xarakterga ega bo‘ladi.
Ikkinchi holda tutashgan joydan uzoqlashgan sari kuchlanish tez kamaymaydi, chunki bosim tarqalayotgan yuza keskin ko‘paymaydi.
Birikmada list bilan parchin mixning tutashish yuzalarida kuchlanishlar notekis taqsimlanadi, ammo hosil bo‘ladigan normal kuchlanishlarni parchin mix diametral tekisligi kmnl bo‘ylab yetarli darajadagi aniqlik bilan tekis taqsimlangan deb olish mumkin (6.4- rasm).
6-rasm. Parchin mixli birikmada kuchlanishning taqsimlanishi.
Bitta parchin mixda ezilishdan hosil bo‘ladigan normal kuchlanishni desak, mixlar soni «n» ta bo‘lsa, mos ravishda ga teng deb olish mumkin. Agarda biriktiriladigan listlarning qalinligi har xil bo‘lsa, u holda ularning eng yupqasini qalinligi, ya’ni tmin olinadi.
Ezilishdagi mustahkamlik sharti
deb ifodalanadi.
Bu yerda P - eng kichik qalinlikdagi (tmin) paket listiga ta’sir etuvchi kuch, [o]e-ezilishda ruxsat etilgan kuchlanish, uning qiymati odatdagi ruxsat etilgan kuchlanish [a] ga nisbatan 2 - 2,5 marta kattaroq qilib olinadi. [a]e qiymatlari 6.1-jadvalda keltirilgan.
Bitta parchin mix diametrini bilgan holda, birikma hosil qilish uchun kerakli bo‘lgan «n» ta parchin mixlar sonini topib, kesishdagi mustahkamlik shartidagi «n» soni bilan solishtirish mumkin. Albatta loyiha ishlarini bajarishda bu topilgan «n» lardan kattarog‘i olinadi.
Oddiy turdagi boltlar ham kesilish va ezilishga ishlaydi, ularni hisoblash ishlari parchin mixli birikmalarni hisoblashdan deyarli farq qilmaydi.
Yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan boltli birikmalarning hisoblash ishlari boshqacha o‘tkaziladi, chunki ular yordamida birikma hosil qilish uchun boltlar yuqori cho‘zuvchi kuchlanishlarga yetguncha mahkam qotiriladi. Bu holda biriktirilayotgan elementlar shu darajada bir-biriga yopishadiki, ular orasida hosil bo‘lgan ishqalanish kuchlari birikma elementlariga berilayotgan zo‘riqishni to‘la o‘ziga oladi. Shuning uchun yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan boltlar kesishga ham, ezilishga ham ishlamaydi.
Bu xildagi birikmalar hisobi bolt orqali berilayotgan tashqi kuchlar P va bog‘lanayotgan elementlar orasidagi ishqalanish kuchlari muvozanatini ta’minlashdan iborat bo‘ladi. Har bir boltdagi taranglik kuchi N va biriktiriluvchi elementlar orasidagi ishqalanish koeffitsienti f orqali birikma mustahkamlik shartini quyidagicha yozish mumkin,
Do'stlaringiz bilan baham: |