3. Informatsion tahdidlar. Bu turga kiruvchi tahdidlar insonning ijtimoiy ongini noto‘g‘ri shakllantirish va bu bilan o‘zligiga ega bo‘lmagan olomonni tarkib toptirishni ko‘zlaydi. Bugungi kunda informatsion tahdidlar Internet vositasida chetdan turib uyushtirilmoqda va uning asosiy ko‘rinishlari quyidagilardir: davlatning milliy siyosatini atayin tanqid qilish, soxta xabarlar tarqatish, kichik muammoni katta (yirik) muammo sifatida tasvirlash, muxoliflarni gij-gijlash, rahbarlarni zolim qilib ko‘rsatish, milliy qadriyatlarni noto‘g‘ri talqin qilish, yoshlarni chalg‘itish. Informatsion tahdidlar – ba’zida axborot xuruji deb ataladi – shaxsni ikkilantiradi, uni muammolar girdobiga tashlaydi. Natijada fuqarolarning ijtimoiy ongi zaharlanib, jamiyatda ijtimoiy xastalik tarkib topadi8.
Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda jamiyatimiz taraqqiyotiga xavf solib turgan ma’naviy tahdidlarning asosiy ko‘rinishlari quyidagilar:
1. Mutaassiblik.
2. “Ommaviy madaniyat”.
3. Giyohvandlik.
4. OITS illati.
Bu tahdidlar xorijdan eksport qilinayotgani bilan xavfli hisoblanadi. Ular orasida ayniqsa mutaassiblik ma’naviy tahdidi keng ko‘lamligi va salbiy ta’sirga egaligi bilan o‘ta xavfli hioblanadi.
Mutaassiblik deganda insonning biror g‘oya, aqida yoki odatlarga me’yoridan ortiq darajada ishonishi tushuniladi. Mutassib odam odatda o‘zining tushunchalarini va qarashlarini mutlaq haqiqat deb biladi. O‘zgalar fikr-mulohazalarini eshitishni ham istamaydi. “Men haqman, mening bilganlarim to‘g‘ri”, - deb o‘zini ishontiradi va ruhiy jihatdan aynaydi.
Mutaasiblik maqsadli va ongli ravishda g‘alamis va g‘arazgo‘y kimsalar, guruhlar tomonidan targ‘ib qilinadi. Ayniqsa, yoshlarning ongini zaharlab, o‘zlarining zararli maqsadlarini amalga oshirish uchun foydalaniladi.
O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot va o‘ziga xos rivojlanishini ko‘rolmaydigan kimsalar yoshlarning ongida mutaassiblikni shakllantirishga harakat qilmoqda. Chunki mutaassib odam ota-onasi, yaqinlari va o‘zi yashayotgan jamiyat a’zolarining gap-so‘ziga quloq solmaydi, o‘zi ishongan soxta g‘oyalar uchun harakatga tayyor turadi. Mutaassiblikning shakl va ko‘rinishlari juda ko‘p.
Masalan, diniy aqidaparastlik iymon-e’tiqodni noto‘g‘ri talqin qilishdan iborat. Unga ko‘ra, johil kimsalar iymon borasidagi o‘z tushunchalarini yoshlar ongiga singdiradilar. Haqiqiy diniy manbalarni o‘qitmaydilar. Yurtimizdan chiqqan mutafakkirlar asarlarini o‘qima, ota-onang yoki yoru-birodarlaring gap-so‘ziga quloq solma deya o‘rgatishadi.Mutaasiblikning zararli oqibatlari moddiy zararlardan o‘nlab barobar ustuvor turadi.
G‘arb madaniyatini ustuvor bilish aqidasi milliy madaniyatga bepisandlikka, ongsizlik va xalqona urf-odatlarni rad qilishga asoslanadi. Ochiq-sochiq kiyinish, jamoat joylarida axloqsizlik qilish, G‘arb turmush-tarziga havas bilan qarash kabi illatlar tabiiy qabul qilinadi. Ko‘r-ko‘rona taqlid “San’atda oshkoralikni pesh qilib, televizor, kino ekranlarida, matbuot vositalarida bo‘lmag‘ur lavhalarni aks ettirish, bema’nilik va hayosizlikni, ba’zan esa, hatto axloqiy buzuqlikni targ‘ib qilishlari ko‘payib qolgani9” bunga yordam bermoqda. Shu sababli G‘arbga ko‘r-ko‘rona taqlidchilik aqidasiga qarshi kurashish lozim.
“Ommaviy madaniyat” hodisasi milliy madaniyatga zid o‘laroq ayrim shaxslar tomonidan o‘ylab topilgan g‘oyalar, udumlar va odatlar majmuini qamrab oladi. “Biz yurtimizda yangi hayot asoslarini barpo etar ekanmiz, bir masalaga alohida e’tibor berishimiz lozim . . . Chetdan biz uchun mutlaqo yot bo‘lgan, ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlarini o‘z ichiga olgan “ommaviy madaniyat” yopirilib kirib kelishi mumkinligini unutmaslik kerak10”. Bu eng maqbul ta’rifdir. Zero “ommaviy madaniyat” asosini ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlari tashkil qiladi. Masalan, bizning milliy madaniyatimizda hayo, andisha, ibo kabi yozilmagan, ammo qat’iy amal qilinadigan qonuniyatlar bor. Lekin, “ommaviy madaniyat” jamoat joylarida yigit-qizning bemalol o‘pishib turishini tabiiy hol deb qabul qiladi. Shu sababli P. Byukenen Amerika xalqiga qarata deydi: “1950 – yillarda boshlangan “ommaviy madaniyat” harakati 1990 – yillarga kelib millatimizni naslsizlik balosiga duchor qildi11”. Shu ma’noda, “Ommaviy madaniyat” asta-sekin insonni hayvonga xos xususiyatlarini kuchaytirib boradi.
“Ommaviy madaniyat” san’at va madaniyatimiz sahnalariga daxl qilmasligi kerak. Shu ma’noda, avvalambor “milliy estrada” degan iboraning ma’no-mazmuniga alohida e’tibor bershimiz, uni har qanday begona ta’sirdan, ayniqsa, “ommaviy madaniyat” ruhidagi oqimlar ta’siridan himoya qilishimiz tabiiy12”. “Ommaviy madaniyat” yoshlarning madaniy ongining to‘g‘ri shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Uning real zararli oqibatlarini quyidagicha tasavvur qilish mumkin:
1. Shaxs madaniy ongini noto‘g‘ri shakllantiradi.
2. Milliy madaniyatni buzadi.
3. Umuminsoniy madaniy qadriyatlarni shubha ostida qoldiradi.
“Ommaviy madaniyat” tahdidining oldini olish uchun milliy g‘oyaga asoslanish muhim ahamiyatga ega. Bundan ayniqsa mazkur g‘oyamizning Komil Inson bo‘lish tamoyiliga suyanish kutilgan samarani beradi. Shu ma’noda “Ommaviy madaniyat”ning zararli ta’sirlaridan farzandlarimizning ongu tafakkurini himoya qilishda ilmu fan va madaniyat, ijod ahlining o‘rni katta13”. Negaki “Biz uchun axloqiy jihatdan noma’lum, milliy qadriyat va qarashlarimizga yot bo‘lgan, lekin hozirgi vaqtda hayotimizga kirib kelayotgan “ommaviy madaniyat” ko‘rinishlarini bamisoli yuqumli kasallik deb qabul qilishimiz lozim. Va ayni shu asosda bunday xurujlarning o‘ta xavfli holat ekanini anglashimiz zarur”. Anglash bilan birga ularni oldini olish chora tadbirlarini kechiktirmay amalga oshirishimiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |