3-bob. Korxona moliyaviy holati tahlili.
3.1.Moliyaviy koeffitsiyentlar, ular mazmuni va tahili.
5 - jadval
Ko’rsatkichlar nomi
|
Hisobot
|
Hisobot
|
Absolyut farqi
|
O’zgarish
|
davri
|
davri
|
(+, -)
|
sur’ati,
|
boshi
|
oxiri
|
|
%
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
1. Mavjud xususiy aylanma vositalar
|
9 702 905 938,00
|
9 937 162 441,00
|
234 256 503,00
|
102,41
|
2. Zaxira, xarajat va hisob - kitoblardagi vositalar
|
9 527 008 122,00
|
9 440 397 398,00
|
-86 610 724,00
|
99,09
|
3. Zaxira, xarajat va hisob - kitoblardagi vositalarning xususiy aylanma vositalarga nisbati (+, -)
|
- 175 897 816,00
|
- 496 765 043,00
|
|
282,42
|
4. Xususiy aylanma vositalar bilan zaxira va xarajatlarni qoplash ulushi, % .
|
101,85
|
105,26
|
3,41
|
|
5-jadval asosida ko’rsatkichlarni tahlil qiladigan bo’lsak, yil so’ngida mavjud xususiy aylanma vositalar 102.41%ga ko’payganini guvohi bo’lamiz. Zahira, xarajat va hisob-kitoblardagi vositalarning ulushi esa 0.91%ga kamaygani va yoki 86 610 724 ming so’mga pastlaganini bilib olish mumkin. Zaxira, xarajat va hisob - kitoblardagi vositalarning xususiy aylanma vositalarga nisbati esa yil so’ngida yil boshidagi ko’rsatkichga nisbatan 282.42% ga kamaygan. Lekin Xususiy aylanma vositalar bilan zaxira va xarajatlarni qoplash ulushi yil so’ngida 3.41% ga ko’paygan. Bu jamiyatdagi shakllanayotgan aylanma vositalarning o’z mablag’lari manbaalari hisobiga ko’payotganini bildiradi.
Buxgalteriya balansi ma’lumotlari (5-jadval) asosida hisob-kitob qilingan, moliyaviy koeffitsiyentlardan foydalaniladi . Bu moliyaviy koeffitsiyentlar quyidagilardan iborat:
To’lov qobiliyati yoki qoplanish Ktq koeffitsiyenti, bu ko’rsatkich miqdori korxona to’lov imkoniyatlarini ifodalaydi. To’lov qobiliyati yoki qoplanish koeffitsiyenti miqdori, hisobot yili oxirida agar 1 dan kichik bo’lsa, u holda korxona iqtisodiy nochor, deb qaraladi:
Ktq = A2 / ( P2- (Uzqk + Kqk +Av) )
bunda:
A2 - joriy aktivlar.
P2 - majburiyatlar.
Uzqk - uzoq muddatli qarz va kreditlar.
K qk - qisqa muddatli qarz va kreditlar.
Aav - buyurtmachi va xaridorlardan olingan avanslar.
Moliyaviy mustaqillik Kmm koeffitsiyenti, bu ko’rsatkich miqdori korxona moliyaviy mustaqilligining ortishi yoki kamayishini ifodalaydi. Moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti miqdori 0,5 dan kichik bo’lsa, u holda korxona nochor, deb hisoblanadi:
Kmm = P1 / B jami
bunda:
P1 — o’z mablag’ manbalari
B jami— buxgalteriya balansning jami
Xususiy va qarz vositalar nisbati Kx/k koeffitsiyenti, bu ko’rsatkich miqdori qisqa muddatli qarz manb’alari, xususiy vositalar bilan qoplash darajasini aniqlab beradi:
Kx/k = P1 / (P2 – (Uzqk + Kqk +Av) )
Bunda:
P1 — o’z mablag’ manbalari.
P2 - majburiyatlar.
Kqk - qisqa muddatli qarz va kreditlar.
Uzqk - uzoq muddatli qarz va kreditlar.
Aav - buyurtmachi va xaridorlardan olingan avanslar.
Xususiy aylanma vositalar bilan ta’minlanganlik Kxav koeffitsiyenti, bu ko’rsatkich miqdori aylanma vositalar, o’zlik manb’alar bilan ta’minlanganlik darajasini aniqlaydi va tavsiflaydi. Xususiy aylanma vositalar bilan ta’minlanganlik Kxav koeffitsiyenti miqdori 0,1 dan kichik bo’lmasligi tavsiya etiladi:
Kxav = ( (P1 + Uzqk) – A1 ) / A2
bunda:
P1 — o’z mablag’ manbalari.
Uzqk - uzoq muddatli qarz va kreditlar.
A1 – uzoq muddatli aktivlar
A2 - joriy aktivlar.
6-jadval
Moliyaviy koeffitsiyentlarning belgilangan parametrlari va haqiqiy miqdorlari
Koeffitsiyentlar nomi
|
Moliyaviy noloyiqlik xulosasi parametrlari
|
Koeffitsiyentlar miqdori
|
Farqi (+,-)
|
yil boshida
|
yil ohirida
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
1. To’lov qobiliyati koeffitsiyenti
|
1 dan yuqori
|
10,43
|
9,32
|
- 1,11
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
2. Moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti
|
0,5 dan yuqori
|
0,51
|
0,46
|
-0,05
|
3. Xususiy va qarz vositalar nisbati koeffitsiyenti
|
1 dan yuqori
|
14,73
|
12,44
|
-2,29
|
4. Xususiy aylanma vositalar bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti
|
1dan pastroq
|
0,85
|
0,83
|
-0,03
|
5. Xarakatchanlik koeffitsiyenti
|
0,5 dan yuqori
|
0,60
|
0,62
|
0,01
|
Ushbu 6-jadval orqali shuni anglash mumkinki, yuqoridagi xulosalarning izchilligi davomida jamiyatga jalb qilingan tashqi qarzlarning va yuqori darajada ko’payib borayotgan debitorlik qarzlarining hisobiga jamiyat o’zining mustaqillik koeffitsientlarini pasaytirib yuborgan. To’lov qobiliyati va moliyaviy mustaqillik koeffitsientlari yil so’ngida sezilarli darajada kamaygan. Aniqroq qilib aytganda, to’lov qobiliyati koeffitsiyenti 1.11%ga, moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti 0.05%ga, xususiy va qarz vositalar nisbati koeffitsiyenti 2.29%ga, xususiy aylanma vositalar bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti 0.03%ga va harakatchanlik koeffitsiyenti deyarli o’zgarishsiz qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |