1.2.Tarbiyachining pedagogik mahorati.
Barcha kasblar orasida tarbiyachilik kasbi o‘zgacha va muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Zero, tarbiyachi yosh avlod qalbi kamolotining memori, yoshlarga ta’lim-tarbiya beruvchi insondir. Bugungi kunda u voshlami g ‘oyaviv - siyosiy jihatdan chiniqtirib tabiat, jamiyat, ijtimoiy hayot, tafakkur taraqqiyoti qonuniyatlarini o ‘rgatadi, yoshlami mehnat faoliyatiga tayyorlab, kasb-hunar sirlarini puxta egallashlarida ko'maklashadi va jamiyat uchun muhim bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlami hal etadi. Ana shu mas’uliyat tarbiyachidan o ‘z kasbining mohir ustasi bo'lishni, tarbiyalanuvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko'rsatib, ularning qiziqishi, qobilivati, iste’dodi, e’tiqodi va amaliy ko'nikmalarini hai tomonlama rivojlantirish yo'llarini izlab topadigan kasb egasi bo'lishni talab etadi. Buning uchun doimo tarbiyachilarning kasbiy mahoratini, ko'nikm a va malakalarini oshirib borish, ularga har tomonlama g'am xo'rlik qilish, zarur shart - sharoitlar yaratish, kerakli moddiy va ilmiy - metodik hamda texnik yordam ko'rsatish, tarbiyachilarning ijodiy tashabbuskorligini muntazam oshirib borishga ko'maklashish lozim. Shunga asosan, ^Pedagogik mahorat» fani, mahoratli tarbiyachilami tavyorlashga xizmat qiladi, tarbiyachilar va tarbiyachilaming kasbiy faoliyati sirlarini, mohirligini o'rgatuvchi va uni takomillashtirish to 'g 'risida ma’lumotlar berib boruvchi fan bo'lib, tarbiyachilarda pedagogik mahoratning mohiyat mazmunini, hozirgi zamon talablari doirasida kasbiy faoliyatini rivojlantirishning yo‘llarini, vositalarini, shakllarini o'rganadi. Pedagogik mahorat tarbiyachilar va tarbiyachilarga pedagogik ijodkorlik, pedagogik texnika, ta’lim - tarbiya jarayonida tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning o'zaro hamkorligi, muloqot olib borish taktikasi, nutq madaniyati, tafakkuri, tarbiyachining ma’naviy - m a’rifiy va tarbiyaviy ishlarini tashkil etish va amalga oshirish, bu jarayonda xulq-atvomi va hissiyotni jilovlay olish xususiyatlarini o'rgatadi va o'z kasbini rivojlantirib boruvchi pedagogik faoliyatlar tizimi to'g'risida m a’lumotlar beradi. Pedagogik mahorat tarbiyachilarning pedagogik faoliyati zamirida takomillashib boradi Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun jamiyat oldida, davlat oldida javob beradigan, ta’lim-tarbiya berishda maxsus tayyorlangan tarbiyachilar mehnati faoliyatidir. Bo'lajak tarbiyachilar o 'z pedagogik faoliyati jarayonida faoiiyatning quyidagi tarkibiy qismlarini bilishi lozim: Pedagogik jarayonning mohiyatini anglamagan, bolaga nisbatan chuqur hurmatda bo'lmagan tarbiyachi ta ’lim-tarbiya samaradorligi va inson kamolotini ta’minlovchi fikrga ega bo'lmaydi. Pedagogik jarayonning vazifasi bilim berish, tarbiyalash, rivojlantirish bo'lib, tarbiyachilaming faoliyat mezonini begilab beradi. Tarbiyachilarning faoliyati pedagogik jarayonning harakat vositasidir. Pedagogik jarayonning obyektlari bo'lmish tarbiyalanuvchi insonga, tarbiyalanuvchilar guruhiga hamda alohida tarbiyalanuvchiga pedagogik jarayonning subyektlar— ota-onalar, tarbiyachilar, guruh jamoasi, pedagogik jamo mas’uldirlar va ular jamiyat talablari asosida ta’lim va tarbiya berish faoliyatini bajaradilar.
Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek muhim va faxrli shu bilan birga ma’suliyatli vazifani bajaradi.Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq va jamiyat oldidagi oʻz ma’suliyatini anglashga ta’lim –tarbiya ishlarini hal etishga ijodiy yondashishga oʻz mahoratini doimo faollashtirib borish va hamkasblarning ishdagi oʻsishiga koʻmaklashuviga yordam beradi.Tarbiyachi oʻzi yashab turgan oʻlka hayotini bilishi tabiat vajamiyat omillarini tushunishi uchun ijtimoiy faol boʻlishi kerak
Tarbiyachi maktabgacha yoshdagi bolalarga tabiat,jamiyat hodisalari, kattalarning mehnati haqida boshlangʻich bilim va tushunchalar beradi,ularga madaniy axloq,oʻz tengdoshlari va kattalar bilan madaniyatli munosabatda boʻlish odatlarini singdiradi,yaxshilik,haqiqatgoʻylik,adolat,jasurlik,kamtarinlik,kattalarga hurmat bilan qarash,tabiatga qiziqish,kuzatuvchanlik, oʻsimlik va hayvonlarga gʻamxoʻrlik bilan qarash, mehnatsevarlik,kattalar mehnati natijalarini asrab –avaylash kabi sifatlar tarbiyalaydi. MTT dagi murabbiy va tarbiyachilarning shaxsiy xislatlariga ularning bolalar jamoasidagi vazifalari, ularning ish faoliyatidagi fidoyiligi, bolasevarligi, bolaning istiqboliga qiziqishlari bilan aniqlanadi. Umuman olganda, MTT da faoliyat yurituvchi murabbiy va tarbiyachilar quyidagidek psixo-fizologik xususiyatlarga ham ega bo’lishi kerak: mustahkam sog’liq, sog’lom fikrlilik, jismoniy baquvvatlilik, irodalilik, chidamlilik, ishchanlik, g’ayratlilik, bayroqdor bo’lishga ishtiyoqlilik va hokazo. Shuningdek, ular konstruktiv, analitik va ijodiy fikrlashlarga ham qodir bo’lishlari kerak. Ularga konstruktiv fikrlash ishni oqilona rivojlantirish va odilona tashkil qilish uchun kerak bo’lsa, analitik fikrlash bolaning mehnat va rasm chizish ko’nikmalarini hosil qilishini nazorat qilish va ular natijalarini tahlil qilish uchun kerak bo’ladi va nihoyat ijodiy fikrlash – bu kasbiy faoliyat jarayonidagi har qanday topshiriq yoki vazifani mustaqil hal qilish hamda ularning istiqbollarini ko’ra bilishda juda kerak bo’ladi.
Mahorat -bu alohida qudrat.Yuqori va kichik darajada usta bólish mumkin emas.Mahoratga erishish ham ,erishmaslik ham mumkin.Haqiqiy usta mehnat faoliyati choģidagina gózaldir.
Pedagogik mahoratga erishish pedagogning muayyan shaxsiy sifatlari bilan amalga oshadi.Pedagogik mahorat yuksak darajada pedagogik faoliyatining taraqqiy etishini,pedagogik texnikani egallashni,shuningdek ,pedagog shaxsi,uning tajribasi,fuqarolik va kasbiy mavqeyini ifodalaydi.
Pedagogik mahorat kategoriyasi kasbiy faoliyat nuqtayi nazaridan kishi induvidualligini xarakterlaydi. ''Tarbiya va óqitishda yuqori darajaga erishish va uni doimo takomillashtirib pedagog imkonini ta'minlovchi san'at bólib , talabaga mehr qóygan va óz kasbini sevgan,har bir pedagogning qiladigan ishi.Óz ishining mohir ustasi bólgan pedagog –bu yuksak darajada madaniyatli,óz fanini chuqur biladigan,fanning yoki san'atning tegishli sohalarini tahlil eta oladigan,tarbiyalash va óqitish uslubiyatini mukammal egallagan mutaxasisdir''.
Nutq madaniyati — ijtimoiy madaniyatni, kishilik jamiyati madaniyatini aks ettiruvchi bir ko'zgudir. Nutq madaniyatiadabiy tilning har ikki shakli — yozma va og'zaki shakli uchun zarurdir. Nutq madaniyatiga e'tibor yolg'iz tarbiyachilardan emas, balki har bir fuqarodan ongli ravishda o'zlashtirish talab qilinadigan insoniy fazilatlardan biridir.
Uni egallash har bir tarbiyachining va shaxsning madaniy saviyasi va bilimiga bog'liq. Tarbiyachi pedagogik mahoratida nutq madaniyati,
Uni egallash har bir tarbiyachining va shaxsning madaniy saviyasi va bilimiga bog'liq. Tarbiyachi pedagogik mahoratida nutq madaniyati,
uning nafaqat ma'naviy va axloqiy jihatdan boyligini, balki bilimini, tafakkurini, ilmiy dunyoqarashini, fikr va mushohada yuritishini belgilovchi me'yordir. Tarbiyachining nutq madaniyati birdaniga shakllanib maromiga yetadigan jarayon emas,u pedagogik mahorat bilan, kasb faoliyati davomida, tajribali ustozlar o'giti natijasida yillar davomida takomillashib, sayqallanib boraveradi. Tarbiyachining nutqiy qobiliyati madaniy, kasbiy, pedagogik talablar asosida shakllanib boradi.
Mashg’ulotda tarbiyachi o’z ovozidan qurol sifatida foydalanishi mumkin.
Shuni alohida qayd etib o'tish zarurki, tarbiyachilik kasbi murakkal va mas’uliyatli jarayondan iborat. Ushbu kasbning sharafliligi va murakkabligi shu bilan belgilanadiki, tarbiyachi doimo ongning yagona sohibbo'lmish insonning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanib, u bilan muloqo olib boradi. Ongli va tirik jonzot esa aqliy, ruhiy hamda jismoniy jihatdan doimo rivojlanishda bo‘ladi. Shu sababli, boiajak tarbiyachilatarbiyalanuvchi bilan doimiy muloqotda bo'lishi, unga ta’sir ko'rsatisl uchun muntazam ravishda psixologiya va tarbiya nazariyasini mukamma o'rganib, o'z kasbiy faoliyatini muttasil rivojlantirib borishi kerak.Tarbiyachilarning shaxsiy fazilatlari sirasiga iymon-e’tiqodi, dunyo qarashining kengligi, faolligi, odob-axloqi, fuqarolik burchini his qilishi manaviyati, dilkashligi, talabchanligi, qat’iyligi va o'z maqsadlarig;intilishi, insonparvarligi, huquqiy bilimdonligi mamlakatimizning ijtimo iy-siyosiy talablariga o'z fikr-mulohazasi bilan faol ishtirok etishi kiradi.Tarbiyachilarning kasbiy xususiyatlariga: o'z kasbini, bolalarni sevishi, ziyrakligi, hozirjavobligi, vazminligi, pedagogik nazokati, tasawuri qobiliyati, tashkilotchiligi, notiqlik madaniyati, chuqur va keng ilmiy saviyasi, kasbiy layoqatliligi, ma’naviy ehtiyoji va qiziqishi, intellekti, yangilikni anglay va qo'llay olishi, kasbiy ma’lumotni mvintazam oshirishga nisbatan intilishi va boshqa fazilatlari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |