Qaysi bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha ma'lumotni o‘rganish mumkin?
Omonatlar
Bank kartalari
Kreditlar
Xalqaro pul o‘tkazmalari
Valyuta kurslari
Axborot portalining afzalligi nimada?
Doimiy ravishda yangilanib boriladigan to‘liq ma'lumotlar bazasi;
Taqqoslashning aniqligi va haqqoniyligi;
Tanlangan shartlar va maqsadlar asosida iste'molchi uchun maqbul bo‘lgan moliyaviy xizmatni tanlash;
Hozirgi kun uchun eng yaxshi takliflar.
Milliy matbuot markazida Davlat soliq qo‘mitasi jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini hisoblash, undirish va ushbu soliq turlari bo‘yicha beriladigan imtiyozlar hamda joriy yildan boshlab bu borada soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan «Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash burchimiz» mavzusida matbuot anjumani tashkil etdi.
Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 272- va 287-moddalariga asosan, egaligida soliq solinadigan mol-mulki hamda yer uchastkalari bo‘lgan jismoniy shaxslar mol-mulk va yer solig‘i to‘lovchilari hisoblanadi. Bunda, agar ko‘chmas mulk mulkdorining joylashgan yerini aniqlash imkoni bo‘lmasa, bu mol-mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida bo‘lsa, o‘sha shaxs soliq to‘lovchidir.
Soliq kodeksining 273- va 288-moddalariga muvofiq soliq obektlariga jismoniy shaxs egaligidagi uy joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari, garajlar va boshqa imoratlar, joylar, inshootlar hamda qonunchilikda belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalari kiradi.
Jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari Soliq kodeksining 277- va 293-moddalariga asosan soliq to‘lovchining yashash joyidan qat'i nazar, soliq solish obekti joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organning ma'lumotlari va qonunchilik bilan belgilangan stavkalar asosida hisoblab chiqariladi.
Shuningdek, jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlarini to‘lash to‘g‘risidagi to‘lov xabarnomasi davlat soliq xizmati organi tomonidan soliq to‘lovchilarga imzo qo‘ydirilgan holda yoki to‘lov xabarnomasi olinganligini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usulda har yili 1 maydan kechiktirmay topshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjyeti parametrlari to‘g‘risida»gi PQ-2699-sonli qaroriga asosan, 2017 yilda jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi mol-mulkning inventarizatsiya qiymatiga nisbatan 1,7 foiz miqdorida belgilandi.
Shuningdek, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha alohida stavkalar shaharlarda joylashgan umumiy maydoni 200 kv.metrdan 500 kv.metrgacha bo‘lgan turar joy va kvartiralarga 1,8 foizdan 2,1 foizgacha, maydoni 500 kv.metrdan ortiq bo‘lgan turar joy va kvartiralar uchun esa 2,5 dan 2,9 foizga oshirildi. Bundan tashqari, 2017 yil 1 yanvardan boshlab boshqa aholi punktlarida joylashgan umumiy maydoni 200 kv.metrdan ortiq bo‘lgan turar joy va kvartiralar uchun jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari — 2,1 foiz miqdorida belgilandi. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq kadastr hujjatlaridagi inventarizatsiya qiymatidan, lekin 3 mln.so‘mdan kam bo‘lmagan miqdordan kelib chiqib hisoblanadi.
Jismoniy shaxslar mol-mulkini baholash organlari tomonidan belgilangan inventarizatsiya qiymati bo‘lmaganda, soliqni undirish uchun Toshkent shahri va viloyat markazlarida 20 328,0 ming so‘m miqdorida, boshqa shaharlar va qishloq joylarda esa 8 833,0 ming so‘m miqdorida mol-mulkning shartli qiymati qabul qilindi.
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni ro‘yxatga oluvchi organlarda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan yangi qurilgan turar joylar bo‘yicha jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq mol-mulkning shartli qiymatidan kelib chiqib ikki baravar miqdorida undiriladi.
Jismoniy shaxslarga hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari jismoniy shaxslar tomonidan soliq davri uchun hisobot yilining 15 oktabriga qadar to‘lanadi. Shu bilan birga, Soliq kodeksining 36-moddasiga asosan, soliq to‘lovchilar soliq to‘lash majburiyatlarini muddatidan ilgari bajarishga ham haqlidir.
Eslatib o‘tish joizki, Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tadbirkorlik sub'yektlari va fuqarolarga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni bankka bormasdan «CLICK», «U-PAY», «MBANK» va «PayMe» to‘lov tizimlari yordamida mobil telefon yoki internet orqali onlayn rejimda to‘lash imkoniyati yaratilgan. Ushbu to‘lov tizimidan foydalanish fuqarolar uchun bepul va amalga oshirilgan to‘lovlar uchun komission to‘lov olinmaydi. Shuningdek, to‘langan soliqlar haqidagi ma'lumotlar soliq to‘lovchilarning shaxsiy kartochkalariga avtomatik ravishda qayd qilinadi.
Soliq kodeksining 120-moddasiga asosan, belgilangan muddatdan kechiktirib to‘langan soliq summasiga har bir kechiktirilgan kun uchun 0,033 foiz miqdorida penya hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |