Yig’ma chizmalarni o’qish
Yig’uv chizmani o’qish - demak bajaradigan vazifasi, tuzilishi, unda tasvirlangan birlikni ishlash prinsipi aniqlash. Bunda har bir buyumning shakli va biriktirish usuli, o’zaro harakatini aniqlanadi. Ishlab chiqarishda yig’ish chizmasi dastgohni, mashinani, asboblarni o’rganganda, shuningdek ularni tamirlaganda, montaj qilganda, hamda ularni yig’ganda o’qiladi. Konstruktorlik byurolarida yig’ma birlikni chizmasidan buyumning ish chizmasi bajariladi. O’quv amaliyotida yig’uv chizmani o’qish proeksiyalash chizmachiligini bajarishda olgan bilim va mahoratni mustahkamlaydi. Yig’uv chizmani o’qish aniq belgilangan ketma-ketlikda amalga oshiriladi, u beshta etapdan iborat:
1. Yig’ma birlik bilan tanishish. Asosiy yozuvdan birlikni nomi, tasvirning masshtabi va boshqalar aniqlanadi. Tushuntirish xati, ta‘rifi, texnik sharti, buyumning bajaradigan vazifasi uni prinsipial tuzilishi bilan tanishishga imkon beradi.
Yig’ma tasvirni o’qish. Bunda qanday ko’rinishlar, qirqim va kesim chizmada berilganligi va har bir tasvirni bajaradigan vazifasini aniqlanadi. Qirqim va kesim bajargan tekislik holatini, agar qo’shimcha va mahalliy ko’rinish bo’lsa tasvirlash yo’nalishi aniqlanadi.
Yig’ma birlikni tarkibiy qismini aniqlash. Spesifikatsiyadan ularni nomi, shakli, o’zaro holati va bajaradigan vazifasi chizmada aniqlanadi.
Birlikning tarkibiy qismi, pozitsiya nomerini tartibi bilan spesifikatsiyadan o’rganiladi. Buyumning tasviri avval pozitsiya nomeri ko’rsatilgan ko’rinishda, so’ngra boshqa ko’rinishlarda aniqlanadi. Agar chizmada qirqim bo’lsa, buyumni shaklini aniqlash bitta buyumning shtrix chizig’ini yo’nalish va ular orasidagi masofani bir xilligi yordam beradi.
Yig’ma birlikni konstruksiyasini aniqlash. Alohida buyumlarni o’zaro birikish harakteri aniqlanadi. Ajralmaydigan birikmalar uchun (payvandlangan, parchinlangan, kavshirlangan va shunga o’xshash) har bir elementlarni va ularni biriktirilgan joyini aniqlanadi. Ajraladigan birikmalar uchun hamma mahkamlanadigan buyumlar aniqlanadi. Harakatdagi birikma bo’lsa, qanday buyumlar joyni o’zgartiradi va qaysi sirt bilan buyumga tegib turishi belgilanadi.
Yig’ma birlikni yig’ish va qismlarga ajratish ketma-ketligini aniqlash chizmani o’qishni yakunlovchi bosqich. Birlikni yig’ma chizmasini o’qish misolini ko’ramiz (427-shakl).
Yig’ma chizmada kiritish klaponi tasvirlangan, bu asosiy yozuvdan ma‘lum. Nomi va chizmani formatda tushintirish yozuvidan klapon tormoz tizimiga havoni kiritishga xizmat qiladi. Havo bosim ostida magistraldan bu tizimni klapanni yuqori tomonidagi richagini mexanik bosish bilan beriladi.
Yig’ish chizmada uchta tasvir berilgan: qirqim, ustidan ko’rinishi va mahalliy ko’rinish. Qirqim yordamida birlikni ichki konstruksiyasini aniqlanadi, ustidan ko’rinish flanes qopqoqni va klaponni yuqori qismini shaklini ustidan ko’rinishidan tushinish mumkin. Ustidan ko’rinishda kesuvchi tekislikni yo’nalishi
belgilangan va uni yordamida siniq qirqim hosil qilingan. Mahalliy ko’rinishda korpusni pastki qismini shakli ko’rsatilgan. U strelka ko’rsatgan yo’nalishda harf bilan belgilab bajarilgan.
3) Birlik oltita buyumdan iboratligi spesifikatsiyadan aniqlanadi: bular korpus, klapon, qopqoq, tayanch, qistirma va prujinalar.
4-shakl
Qirqimda va mahalliy ko’rinishda korpus (1) ko’rsatilgan. Uning chap pastki qismidagi rezbalik teshik havo o’tkazuvchi quvirni birlashtirish uchun xizmat qiladi. K 3/8 yozuvi teshikdagi rezba konussimon va uni o’lchami 3/8 dyumligini bildiradi. U birikmani zichligini ta‘minladi. Mahalliy ko’rinishdan korpusni pastki qismi olti qirralik shakldan iboratligini aniqlashga yordam beradi. Bunday shakl qopqoqni burab qo’yishda korpusni ushlab turishi uchun zarur. Klaponni shakli uni bosh va ustidan ko’rinishida aniqlanadi.
Qopqoq qirqimda va ustidan ko’rinishda ko’rsatilgan. Qopqoqning flanesdan
to’rtta teshik birlikni tormoz tizimini korpus tizimiga mahkamlash usuli xizmat qiladi. Tormoz tizimi ingichka tutash chiziq bilan chegara buyum sifatida ko’rsatilgan. Prujina, tayanch va qistirma qirqimda ko’rsatilgan. Qistirma qopqoqni korpus bilan germetik birikishini ta‘minlaydi. Prujina tayanchni pastki ko’ndalang qismini sirtiga taqalib u orqalik kuchni klaponga uzatadi.
Qopqoq korpus bilan rezba yordamida biriktiriladi. Klponni ish sirti konus, u qopqoni konus siriga tegib turadi. Germetik yopish bu sirtlarni bir-biriga zich tegib turishi natijasida ta‘minlanadi. Bu sirtlarni yuqori klass g’adir-budirligi tufaylik amalga oshiriladi. Klapon uni yuqori sferik qismiga tormoz tizimini richagni mexanik bosish ta‘siri natijasida ochiladi. Richagni harakatidan u pastga tushayotib prujinani siqadi buning natijasida qopqoqdagi o’tish teshigi ochiladi va havo bosim ostida tormozlik tizimning korpusiga kiradi.
Birlik quyidagi ketma-ketlikda bo’laklarga ajratiladi. Qopqoq burab chiqariladi, qistirma olinadi va korpusdan klapon tayanch va prujina chiqarib olinadi. Birlikni yig’ish teskari ketma-ketlikda bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |