Kurs ishining maqsadi: Yahyo G’ulomovning O‘zbekistonda arxeologiya fani va uning rivojlanishidagi tutgan o’rnini o’rganishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari:
Mavzuga oid manbalarni tahlil qilish va umumlashtirish.
O‘zbekistonda arxeologiya ishi haqidagi ma’lumotlarni o‘rganish.
Yahyo G’ulomov faoliyatini ilmiy o’rganish.
“Xorazm sug’orilish tarixi” asarining o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish.
Amaliy arxeologik bilimlarimizni xulosalash.
Zamonbobo manzilgohi tarixini o’rganish. o‘rganish.
Ob’ekti: Zamonbob va Xorazm arxeologik manzilgohlari va manbalarga boy yodgorliklari.
Predmeti: “O’zFA Arxeologiya instituti” faoliyatini o‘rganish jarayoni.
Tadqiqotning nazariy ahamiyati: Yahyo G’ulomovning O‘zbekistonda arxeologiya fani va uning rivojlanishidagi tutgan o’rnini o’rganishdan iborat.
Arxeologiya fani va uning tadqiqot vazifalarini, arxeologik nazariy bilimlarning amaliyotda qo’llanilishini o’rganish. Shuningdek arxeologiya fanining O’zbekistonda rivojlanish tarixi va Xorazm viloyati arxeologiyasini ilmiy jihatdan tahlil etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish qismi, boblar, xulosa, adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat.
I Bob. Akademik Yahyo G’ulomovning faoliyati haqida
1.1. Yahyo G’ulomovning hayoti va faoliyati
G‘ulomov Yahyo G‘ulomovich — taniqli olim-arxeolog, tarix fanlari doktori, professor, O‘zbek SSR Fanlar akademiyasi akademiki (1966), O‘zbek SSRda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1950).U birinchi o‘zbek arxeolog-mutaxassis, ko‘plab ilmiy ekspeditsiyalarning faol ishtirokchisi bo‘lgan. Vaqt o‘tishi bilan, Ya.G.G‘ulomov O‘zbekistonning ibtidoiy madaniyati va O‘rta Osiyo qurg‘oqchiligi tarixi ishlari tufayli tanilgan va hurmat qozongan.Yahyo G‘ulomov G‘ulomovich 1908 yil 1 may kuni Toshkentda mudarris oilasida tug‘ilgan. 1919 yil otasining vafotidan so‘ng, qizlar maktabi o‘qituvchisi bo‘lgan onasining qaramog‘ida qoladi, 1921 yildan bolalar internat uyida tarbiyalanadi. O‘rta maktabning sakkizinchi sinfini tugаtib (1923 yildan 1926 yilgacha), Ya.G‘.G‘ulomov Toshkentdagi o‘g‘il bolalar o‘zbek ma’naviyat institutida ta’lim oladi.1930 yil Samarqanddagi O‘zbek davlat pedagogika akademiyasining ijtimoiy-iqtisod bo‘limini tamomlaydi. O‘qishni tamomlab, Ya.G‘.G‘ulomov Toshkentdagi boshlang‘ich maktablardan birida, 1928-1929 yillar — Samarqanddagi Markaziy sovet maktabida dars beradi. Keyingi uch yil davomida — O‘rta Osiyo tarix kabineti yordamchisi va O‘zbek SSR sovet iqtisod qo‘mitasining O‘zbek ilmiy-tadqiqot instituti aspiranti, 1931 yildan — Toshkentdagi pedagogika texnikumi o‘qituvchisi.Ya.G‘.G‘ulomovning ilmiy faoliyati 1933 yildan boshlangan: 1933-1940 yillar u O‘zbekiston qadimiy yodgorliklari va san’at asarlarini qo‘riqlash qo‘mitasi ilmiy xodimi va ilmiy kotibi. Shu vaqtdan e’tiboran, u arxeologik tadqiqotlarda qatnashadi, ilmiy ekspeditsiyalar va tekshirishlarda ishtirok etadi.1940 yildan Ya.G‘.G‘ulomov SSSR FA O‘zbekiston bo‘linmasida ishlaydi: avvaliga, Tarix, til va adabiyotshunoslik instituti arxeologiya bo‘limi mudiri, 1943 yildan umrining oxirigacha - O‘zSSR FA (1956-1959 yillar u shuningdek, ushbu institutda direktor vazifasini ham bajargan) tarix va arxeologiya institutining qadim va o‘rta asrlar bo‘limi mudiri. Ilmiy va pedagogik faoliyatini umumlashtirib, ko‘p yillar davomida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutida ishlagan (ma’ruza kurslari, O‘zbekiston tarixi va arxeologiyasi darslari).1943 yil “Xiva va uning yodgorliklari” mavzusida nomzodlik, 1950 yil “Qadimgi davrdan hozirgi kungacha Xorazm qurg‘oqchiligi tarixi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoyalagan. 1955 yil martda professor unvoniga tasdiqlangan. 1956 yilning oktabr oyida O‘zSSR FA muxbir-a’zoligiga saylangan, 1966 yilning fevralida - O‘zSSR FA akademiki.1958 yilning 18 iyunida O‘zbek SSR Oliy Kengashi Prezidiumi farmoni bilan, Ya.G‘.G‘ulomovda O‘zbek SSRda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi sharafli unvoni berilgan.
Ya.G‘.G‘ulomov — ko‘plab ilmiy nashrlarning mas’uliyatli muharriri: “Buxoro va Xivaning Rossiya bilan o‘zaro tarixiy aloqalariga oid ayrim manbalar” A.R. Muxamedjonov va T. Nig‘matovlar bilan birga (1957); “O‘zbek SSR tarixi”, bir boblik (1958); “XVI—XIX asrlarda O‘rta Osiyo va Sibir” X.Ziyoyev bilan birga (1962); “Varaxsha” V.A. Shishkina bilan birga (1963); “VIII — IX asr boshlarida Movaraunnahr va Xurosonda dehqonlar qo‘zg‘oloni tarixidan” T. Qodirov bilan birga (1965); “Zarafshon etagida ibtidoiy madaniyat va qurib borayotgan ziroatchilik” Ya.G‘.G‘ulomov, U.Islomov, A. Askarov (1966); “O‘zbekistonda muzey ishi” N.S. Sodiqov (1975); “XVI asrda Samarqand va Buxoroda hunarmadchilik tarixidan ocherklar” R.G.Mukmunov (1976) va boshqalar.
“O‘zbek SSR tarixi” to‘rt bobligi nashrining mualliflaridan va nashr jamoasidan biri (1967 — 1968), muntazam chop etiluvchi “O‘zbekiston moddiy madaniyati tarixi” to‘plami tashabbuskorlaridan biri. Ya.G‘.G‘ulomov ilmiy xodimlar tayyorgarligiga katta hissa qo‘shgan. Uning rahbarligi ostida 30 dan ziyod olimlar va OTM o‘qituvchilari O‘zbekiston arxeologiyasi va tarixi bo‘yicha dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli yoqlashgan.Bir necha yillar davomida Ya.G‘.G‘ulomov O‘zSSR FA tarix, til va adabiyotshunoslikdan dissertatsiyalarni qabul qilish va himoya qilish bo‘yicha Birlashgan Olimlar kengashi raisi bo‘lgan. Ko‘plab ilmiy kengashlar, anjumanlar va majlislar qatnashchisi. O‘zbekiston shahar va qishloqlarida ma’ruza, xabar va suhbatlari bilan katta omma oldida chiqishlar qilib, faol tarzda o‘z bilimi bilan keng ulashgan.Ya.G‘. G‘ulomov qalamida 135 ta risola va tarix hamda arxeologiyaning turli masalalariga oid maqolalar tegishli.1977 yilning 10 yanvarida Ya.G‘. G‘ulomov o‘z faoliyatini boshlagan Toshkentda vafot etgan.
Tarix taqozosi shunday bo’ldiki , O’rta Osiyo mintaqasida markaziy o’rinni egallovchi O’zbekiston hududi qadim zamonlardan boshlab , o’troq dehqonchilik va ularning chorvador ko’chmanchilar madaniyati bilan o’zaro tasirga kirishi jarayoni yuz bergan makonga aylandi . Mazkur sivilizatsiyasining moddiy yodgorliklarini o’zbek tuprog’i o’z bag’rida saqlab kelyapti .O’zbekistonda arxeologiya fani eng yosh ilmiy sohalardan biridir . Shuni qayd etish lozimki , o’lkani tadqiq etishga oid birinchi qadamlar XIX asrning oxiridan boshlab qo’yilgan edi . Avval bu ish bilan havaskor o’lkashunoslar va kalleksionerlar shug’ullanganlar . Faqat 1 marta , 1884-yilda bu yerda markazdan arxeolog olim N . I . Veselovskiy boshchiligidagi arxeologiya hay’ati yuborilgan edi . Ammo bu hay’at Osiyoning xom g’ishtlardan barpo etilgan murakkab inshootlarida qazish ishlari olib borishga tayyor emas edi va u qadimgi tarixning Afrosiyob qal’asidek nodir yodgorligi (qadimgi Samarqand) haqida salbiy taqrizni taqdim etdi . Ko’hna yodgorliklarning haqiqiy qiymati va ahamiyatini ko’rsatib bergan asosiy ishlar esa Turkiston arxeologiya havaskorlari to’garagi (THAT , 1895) V . L . Vyatkin , E . T . Smirnov , M . S . Andrev , N . G . Mallinskiy , A . A . Divayev va boshqalarning faoliyati bilan bog’liq .
1.2. Yahyo G’ulomovning arxeologik faoliyati
Taniqli rus sharqshunosi V . V . Bartold o’lkani o’rganish ishqibozlari va havaskorlarning faoliyatlarini qo’llab quvvatladi. Biroq bu asosoan , mutaxasis bo’lmagan , yolg’iz kishilarning say harakatlari edi . Ko’plab qadimgi yodgorlilar osori atiqalar bilan savdo qiluvchi savdogarlar tomonidan talon – taroj qilindi va chet – ellarga sotib yuborildi . Ko’hna obidalarning vayron qilinishi ko’p hollarda mustamlakachi mamuriyat tomonidan ham rag’batlantirar edi . Ularning bu sohada tutgan yo’li general gubernator Samsonovning quyidagi so’zlarida ham yaqqol o’z ifodasini topgan : “Rossiya davlatchiligi nuqtai nazaridan , ushbu qadimgi obidalarning tezroq buzulib ketgani yaxshi bo’lar edi” .1936 – yilda Tolstovning Yahyo G’ulomov faol ishtirok etgan Xorazm ekspeditsiyasining keng miqyosdagi ishlari asta – sekin fan olamiga qadimgi Xorazmning dehqonlari va ko’chmanchilarining hayratomuz sivilizatsiyasini ochib berdi . Masson boshchiligidagi Termiz arxeologik majmuaviy ekspeditsiyasi (TAME 1938 - 1940) O’zbekiston janubidagi katta hududni qamrab oldi va paleolit davridan to o’rta asrlargacha bo’lgan davrga mansub yangi yodgorliklarni aniqladi . Birinchi marta tosh asri odami hayotning izlari topildi. Okladnikov Teshiktosh g’oridan neandertal odamning jasadini topdi .TAME tomonidan olib borilgan ishlar yuksak rivojlangan san’atga va shahar qurish an’analariga ega bo’lgan qadimgi Baqriyaning ellinlashgan madaniyati ustidagi pardani ochib berdi . Moddiy madaniyat va san’atning noyob yodgorliklari milodning I – II asrlariga mansub Ayritom haykaltaroshlik frizidir . XII asrga mansub Termiz hukmdorlari saroyining xarobasi topildi . Turli davrlarga mansub ashyoviy materiallarning butun majmuasi O’rta Osiyo tarixini antic davrdan boshlab davrlashtrishi imkonini berdi . Garchi , davrlashtirish go’yo O’rta Osiyo quldorlik formatsiyasining ochilishi bilan bog’liq ravishda marksistik formatsiyali sxemaga asoslangan bo’lsada , unda 1 – marta tarixning eng qadimgi bosqichlari o’z aksini topdi . Arxeologiya va san’at tarixining rivojlanishida Shishkin tomonidan Varaxsha qal’asidagi saroy xarobalarida olib borilgan qazishlar (1937 – 1939) muhim ahamiyatga ega bo’ldi . Bu yerda 1 – marta asrlar davomida unitilib ketgan devoriy tasvirlar san’ati namunalari topildi . Ularda so’g’liklarnning arab istilosidan oldingi hayotidan olingan real ko’rinishlar va mifologiyaga oid tasvirlar aks ettirilgan edi . Ularning ochilishi mazkur san’atning keyinchalik O’zbekistonning ko’plab mintaqalarida topilgan namunalarning dastlabkisi bo’ldi . Yirik arrigatsi obyektlari - katta Farg’ona kanali(Masson , Yahyo G’ulomov , Jukov va boshqalar - 1939), Toshkent kanali (Terenotkin , Voronets - 1940) , Kattaqo’rg’on suv ombori (Shishkin , Suxarev - 1940) qurilishi davomida olib borilgan arxeologik kuzatishlar tufayli qimmatli natijalar qo’lga kiritildi . Grigorev tomonidan Sirdaryo bo’yi mintaqasi va Keles cho’lini tadqiq etish natijasida ham muhim xulosalar olindi . II jahon urushi yillarida yirik majmuaviy eksprdidsiyalar faoliyati deyarli to’xtab qoldi , ammo arxeologik ishlar davom ettirildi . 1942 – yilda Yahyo G’ulomov , Gerasimov Shimoliy Toshkent kanali qurilishida arxeologik kuzatishlar olib bordilar . Shishkin va Nilsen Buxoro vohasida qazish ishlarini amalga oshirdilar .Urush yillarida O’rta Osiyo arxeologiyasining ko’plab masalalarini yoritib borishda Moskva , Lelingrad va boshqa ilmiy markazlardan evakuatsiya qilingan taniqli olimlar ishtirok etdilar . Bu davrda Toshkentda S . P . Tolstov doctorlik disertatsiyasini , Yahyo G’ulomov va Shishkin nomzodlik desertatsiyalarini himoya qildilar . Shunday qilib , tarix va arxeologiya instituti tashkil etulgunga qadar O’zbekistonda arxeoogiyaning mazkur institute dargohida asosiy ilmiy yo’nalishlardan biri sifatidagi o’rinni oldindan belgilab bergan ulkan arxeologik material , dala tadqiqotlari tajribasi to’plangan edi . 1930 – 1940 – yillardagi ekspeditsiyalar tarkibida arxeologiya sohasi olimlarining asosiy o’zagi shakllandi , tadqiqotlar metodikasi sayqallashtrildi . 1 – mutaxasislarning ushbu turkumi garchi , urush yillarida bir qator mutaxasislarni yo’qotgan bo’lsada (Grigorev , Suxarev) , keyinchalik , 40 – yillarda paydo bo’lgan va respublikadagi arxeologik izlanishlarning asosiy og’irligini o’z zimmasiga olgan ilmiy tadqiqiot mussalarining tayanchi bo’ldi . 1940 – yilda O’rta Osiyo davlat universitetida arxeologiya kafedrasi tashkil etildi va unga Masson rahbarlik qildi . Uning vazifasi yangi arxeolog kadrlarni yetishtirishdan iborat edi . Zero , katta ekspeditsiyalarni tashkil etishda bunday mutaxasislarning yetishmasligi , ayniqsa , yaqqol sezilib qolgan edi . Kafedraning Albaum , Ilhomova , Levinna – Bulatova , Obelchenko singari bitiruvchilari respublikaning shakllanib bo’lgan tadqiqotchilari safini to’ldirdilar .1943 – yilda yagona fan markazining tuzulishi bilan metologik yondashuvlar va kadrlar tanlashda chinakam sifat o’zgarishlari boshlandi . Bu fan markazi O’zbekiston Fanlar akademiyasi edi . Shu paytdan boshlab , respublikaning yosh Fanlar Akademiyasi O’zbekistonning ilmiy nazariy muammolarini ishlab chiqishda , yirik majmuaviy ekspeditsiyalarni tashkil etishda yetakchi rol o’ynay boshladi . O’sha yilning o’zida uning tarkibida Tarix va arxeologiya instituti tashkil etildi . uning ikki bo’linmasi – Y.G’.G’ulomov boshchilik qilgn qadimgi va o’rta asrlar tarixi bo’limi va shu bo’lim tarkibiga kiruvchi , V.A. Shishkin rahbarlik qlayotgan arxeologiya sektori respublikada keng miqyosli arxeologik tadqiqotlarni tashkil etdilar hamda moddiy madaniyatni o’rganish uchun yosh mutasxassis kadrlar yurishtirish borasidagi ishlarni amalga oshirdilar.Yahyo G’luomovich G’ulomov birinchi mutaxassis arxeolog bolib , uning ilmiy faoliyati 1933 yilda O’zbekiston qadimiyat va san’at yodgorliklarini muhofaza qilish qo’mitasida boshlangan edi . so’ngra u SSSR fanlar akademiyasining O’zbekiston fillialida bo’lim boshlig’I bo’lib ishladi . 1956 yilda Yahyo G’ulomov O”zbekiston fanlar akademiyasining muxbir a’zosi , 1966 yilda esa haqiqiy a’zosi etib saylandi . tarix va arxeologiya institutining bo’lim bo’lim boshlig’I lavozimida u umrining oxiiga qadar(1977) ishladi . Respublikada arxeologiya sohasidagi barcha tashabbuslar , ekspeditsiyalarda va razveskalarda ishtirok etishlar unung nomi bilan bog’liq . institutda u ikkita asosiy iolmiy yo’nalishga rahbarlik qildi :Bu sohaga u o’zining beqiyos ulkan shaxsiyu hissasini qo’shdi. Uning qadimiy irrigatsiyani va yerdan foydalnishni o’rganish sohasidagi tadqiqotlarining natijalari , Zarafshon , Qashqadaryo kabi qadimgi suv manbalarining rejimini tadqiqot etishga oid xlosalari “o’z qimmatiga ko’ra tengi bo’lmagan , asos soluvchi” natijalar sifatida baholandi.
Vasiliy Afanas’evich SHishkin ma’lumotiga ko’ra sharqshunos , o’z ilmiy faoliyatni 1926 yilda O’rta Osiyo qadimiyat va san’at yogorliklarini o’rganish va muhofaza qilish qo’mitasining xodimi sifatida boshlagan. Keinchalik O’zbekiston qadimiyat va san’at yodgorliklarini o’ganish va muhofaza qilish qo’mitasida o’z ishini arxeologik va tarixiy arxeologik yo;nalishdagi dala tadqiqotlari bilan birga qo’shib olib brogan holda faoliyat ko’rsatdi (Buoro va Qashqadaryo viloyatlarida, Farg’ona vodiysida). 1943 yldan boshlab u yirik ilmiy ekspeditsiyalarda (Zarafshon, Termiz, Poykent) va Samarqanddagi Go’ri Amir maqbarasidagi Temur va Temuriylar qabrini o’rganishda ishtirok etdi (1941 Varaxshadagi Alibasterdan yasalgan haykalni va deviriy tasvirlarni topganligi unga shuhrat keltirdoi (1937) . Institut tshkl etilganidan so’ng Shishkin u yerda katta ilmiy xodim sifatida o’z faoliyatini boshladi va umrining oxiriga qadar (1966) Sektor boshlig’I bo’ldi . 1966 yil fevral oylarida u fanlar akademiyasining muxbir a’zosi etib sayandi.O’zbekiston hududida ibtidoiy madaniyatlar evalutsiyasining uzluksizligi borasida janubiy Farg’ona g’orlaridagi , Surxondaryodagi Machay , Obishir , Toshkentdagi Qo’shilishi , singari o’rta , yuqori paleolit va mezolit davrlariga mansub manzilgohlarning ochilishi va o’rganilishi guvohlik beradi . Shuningdek , tosh asriga mansub chaqmoqtosh ustaxonalari va ibtidoiy san’atning ko’plab namunalari ham topildi . Zarautsoy , Taketosh , Porongunsoy , Sarmish daralarida tadqiqotchilar ko’z oldida noyob “rasmlar galeriyasi” namoyon bo’ldi . Ularning o’rganilishi tufayli O’zbekistonda arxeologiya fanining mustaqil yo’nalishi qoyatoshlardagi ibtidoiy tasviriy san’at muamosini tadqiq etishga asos solindi (Kabirov , so’ngra Xo’janazarov) . Institut arxeologlarining tadqiqotlari natijasida toshdan metalga o’tish davri yoritib berildi . Surxondaryoda Eneolit qatlamlarini tadqiq etish shuni ko’rsatdiki , yangi tosh asrining boshiga kelib odam O’rta Osiyada tabiat mahsulotlarini o’zlashtirishdan tabiat olamiga faol tasir ko’rsatishga o’ta boshlagan . Bu hayvonlarni qo’lga o’rgatish va yovvoyi o’simliklarni madaniylashtirish orqali sodir bo;lgan hamda bunda janubiy mintaqadagi ibtidoiy jamoalar ustuvorlikga ega bo’lgan . Isttitutda olib brogan tosh asri yodgorlilariga oid tadqiqotlar O’zbekistonda ibtidoiy jamiyat tarixini tiklash va uni davrlashtirish uchun poydevor yaratib berdi . 50 – 60 – yillarda bronza davri yodgorliklarini qidirib topish va o’rganish ishlari ancha siljidi . Zarafshon vodiysi va Qashqadaryoda cho’l bronza davri qabilalarining ko’plab manzillari (Andronov Tazabog’yob madaniyati , milodgacha bo’lgan II asrning ikkimchi yarmi – I asr boshlari ) topildi . mana shu davrga mansub qabrlar va manzilgohlar Farg’ona viloyaytida ham aniqlandi. Ushbu davrda yashagan qabilalarning hayoti va madaniyatini tavsiflashda Yahyo G’ulomovning Ahmadali Asqarov va O’tkir Islomov tomonidan qabrdagi tadqiqotlari , keyinchalik Buxoro viloyatining g’arbiy qismidagi Moxandaryo manzillaridagi izlanishlari muhim ahamiyat kasb etdi . Ularning tadqiqotlari qadimgi dehqonlar va chorvadorlarning “Zamonbobo madaniyati” deb atalgan mustaqil arxeologik madaniyatini ko’rsatib berdi.2 Ushbu izlanishlar aralash chorvachilik – chorvachilik xo’jaligi rivojlangan adirlar zonasida hamda vohalarning chekkalarida , shunungdek , qadimda suv bosgan yerlarda yashovchi aholining , madaniy qiyofasi haqida tasavvur hosil qilish imkonini berdi. Biroq , ushbu zona aholisi O’rta Osiyoning janubida yashovchi qabilalarga xos bo’lgan quruvchilik va Fortifikatsiya ko’nikmalarini yetarli darajada egallamagan edi .3
60 – yillardayoq Surxandaryoda (Shimoliy Baqtriya ) bronza davrining yangi yodgorliklari – Sopollitepa va so’ngra Jarqo’ton topildi . O’sha paytdayoq ularni o’ganish boshlandi(Ahmadali Asqarov) va tadqiqotlar fanga qadimgi dehqonlar hamda shahar quruvchilarning yuksak rivojlangan hayratomuz sivilizatsiyasini
ochib berdi . so’ngra ma’lum bo’lishicha , bu sivilizatsiya qasrlar , ibodatxonalar , rivojlangan fortipikarsiya va hunarmandchilikka ega bo’lgan bepoyon Baqtriya – Marg’iyona sivilizatsiyasi tarkibiga kirgan . uning aholisi janubda Mesopotamiya va Hindistondagi markazlar bilan va shimolda dasht chorvadorlari bilan (Amdronov madaniyati vakillari) madaniyati zonasi bilan qalin savdo aloqalarini olib borgan . Bu kashfiyotlar va 1970 – yilda tashkil etilgan arxeologiya institute doirasida davom etirilgan tadqiqotlar o’sha paytdayoq O’zbekistonnnig janubiy hududlarini qadimgi shahar tipidagi yuksak rivojlangan sivilizatsiyaning bepoyon arealiga kiritish mumkinligi haqidagi fikriga asos bo’ldi. Ana shu vaqtda Janubiy vohalarga cho’l bronza madaniyati vakillarining kirib kelish manzaralari namoyon bo’la boshladiki bu hol O’rta Osiyo mintaqasida qadimgi sivilizatsiyalarning umumiy qiyofasining shakllanishida migratsiya jarayonlarining rolini aks errirar edi
___________________
2.O’zbekiston tarixi jurnali Toshkent 2003 – yil , 4 son.
3.O’zbekiston tarixi jurnali Toshkent 2003 – yil , 4 son.
O’zbekiston hududidagi madaniyatlarning tarkib topishiga oid bir yoqlama qarashlarni yuzaga keltirdi. Holbuki , u o’zining geografik mavqei , o’rtada joylashganligi tufayli qabilalar va madaniyatlar o’zaro ta’sir maydoni bo’lib qolgan edi .Institut arxeologlari tomonidan shaharlar , qishloq manzillari, o’troq aholining mikropollari va ko’chmanchilarning qabrlarini o’rganishga alohida ahamiyat berildi . Varahsha arki va qasri joylashgan yerda qazish ishlari davom ettirildi(Shishkin , Nilsen). Shimoliy Baqtruya qishloqlaridagi qasrlarda olib borolgan qazish ishlari paytida ham yangi tasvirlar topildi. Janubiy So’g’d qishloqlaridagi uy-joylarni Kabanov tadqiq etdi. Institut tashkil etilgandan so’ng qadimiy shaharlarning vujdga kelish jarayonini yangi, rejali asosda o’rganish yo’lga qo’yildi.Afrosiyob, Axsikent, Quva, Toshkentni o’rganish diqat markazida turdi. Afrosiyob qo’rg’onida qadimgi Samarqandni o’rganishga alohida e’tibor berildi va bu hol 1945 yilda maxsus Samarqand arxeologiya bazasining tashkil etilishida o’z aksini topdi(Terenojnik , so’ngra esa Jukov). 1958 – yilda Afrosiyob otrryadi (rahbar rahbari, so’ngra G’ulomov) tuzilishi bilan qal’adagi ishlar keng avj oldirildi. Ishda asosiy diqqat – e’tibor mudofaa devorlarini , irrigatsiyani shahar dahalarini , hunarmandchilik mahsulotlarini o’rganishga qaratildi. Ilk o’rta asrlarga mansub aslzodalarning devorlarida ajoyib syujetli tasvirlar saqlanib qolgan saroy imoratlari mavjud mavzelarning topilishi tadqiqotlarning eng katta yutig’I bo’ldi, ushbu topilmalar dunyo san’atinig noyob kolleksiyasi sirasiga kiritildi.
O’zbekiston Fanlar Akademiyasining Akademigi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi, Abu Rayhon Berniy nomidagi davlat mukofotining laurenti, tarix fanlari doktori, taniqli tarixchi arxeolog olim, arxeologiya fanining chuqur bilimdoni, tashkilotchi rahbar, ezgulik yo’lini o’zining hayot tamoyili qilib olgan ustoz va bag’ri keng inson, professor Ahmadali Asqarov bu yili 70 ga to’ldi.Ahmadali maktabda o’qib yurgan kezlaridayoq o’qimishli , hayot achchiq – chuchuklarini tatigan , ustozlari o’gitini olishga intilar , maktab ustozlari tomonidan tavsiya etilga ilmiy va badiiy adabiyotlarni qunt bilan o’qir , ustozlariga chuqur hurmat esa uning hayot tamoyiliga aylangan edi. Maktab kutubxonasidan boshlangan , ilm xazinasi – kutubxonalarga bo’lgan intilish , Ahmadalining bir umrlik turmush tarziga aylandi , uni manaviy kamolotga yetakladi.Talabalik yillaridayoq o’zbek arxeologiyasining otasi , taniqli olim akademik Yahyo G’ulomovning ilmiy maruzalari va u kishi bo’lgan muloqtlar yosh Ahmadali Asqarovning keyingi hayot yo’lini belgilab berdi. Chunki , ustoz Yahyo G’ulomov institutda O’zbekistonda arxeologiyasidan maxsus kurs o’qitdilar. Talabalik yillarida boshlangan ustoz – shogirdga xos ilk munosabatlar uzoq davom etib , o’zining samarali mahsulini berdi. Bir necha o’n yillar o’tgach , olim o’z hayotida iz qoldirgan ustozi haqida xotirlab shunday yozadi : “Men o’z G’ulomov va Gryaznovlardan saboq olgan bo’lsam rahbarlik ish faoliyati sirlarini yana bir akademik ustoz Mo’minovdan o’rgandim)”(A.Asqarov) .4 Yosh mutaxassisdagi tashkilotchilik qobiliyati , arxeologiya faniga bo’lgan fidoyilik , o’ziga va atrofdagilarga nisbatan talabchanlik , hayotda va ilmdagi prinsipiallik , halol poklik o’sha paytdayoq O’zbekiston FA rahbariyati etiborini o’ziga tortdi. Nihoyat , Ahmadali Asqarov 1970 – yili yangi tashkil etilgan Arxeologiya institutining direktori etib tayinlandi.5 Ahmadali Asqarov ilmiy izlanishlarini Buxoro viloyatidan boshadi. Uning ibtidoiy davr yodgorliklarini o’rganish borasida qilgan ishlari Zarafshon va uning irmog’lari bo’lib ustoz akademik Yahyo G’ulomov olib borgan ilmiy qidiruv ishlari bilan uzviy bog’liqdir. O’rta Osiyo sharoitida bnza ibtidoiy jamoa xo’jaligining ikki yo’nalishda rivojlanishi haqidagi ustoz Yahyo G’ulomov o’rtaga tashlagan g’oya Ahmadali Asqarovning ilmiy izlanishlari tufayli yangi malumotlar bilan boyitildi. Xususan Ahmadali Asqarov dash va cho’l mintaqada yashagan chorvador aholining madaniyatini o’rganish ishida salmoqli natijalarg erishildi. Ayniqsa , Zamonbobo madaniyatining o’rganishda olimni alohida xizmatarini takidlash lozimdir. Bu madaniyatga oid qadimgi qabriston va ibtidoiy qishloq qoldiqlari ochib o’rganildi. Uy – joy qurilishi , moddiy madaniyat ashyolari va dafn urf – odatlarini chuqur tahlil qilish natijasida dasht – ho’l hududlariga xos bo’lgan Zamonbobo madaniyati tariflab berildi va alohida qadimgi madaniyat sifatida arxeologiya faniga kiritildi.
____________
4.Ahmadali Asqarovning ilmiy va pedagologik faoliyati. Toshkent-Samarqand 2005.
5.Ahmadali Asqarovning ilmiy va pedagologik faoliyati. Toshkent-Samarqand 2005.
Ahmadali Asqarov ilmiy izlanishlarini Buxoro viloyatidan boshadi. Uning ibtidoiy davr yodgorliklarini o’rganish borasida qilgan ishlari Zarafshon va uning irmog’lari bo’lib ustoz akademik Yahyo G’ulomov olib borgan ilmiy qidiruv ishlari bilan uzviy bog’liqdir. O’rta Osiyo sharoitida bnza ibtidoiy jamoa xo’jaligining ikki yo’nalishda rivojlanishi haqidagi ustoz Yahyo G’ulomov o’rtaga tashlagan g’oya Ahmadali Asqarovning ilmiy izlanishlari tufayli yangi malumotlar bilan boyitildi. Xususan Ahmadali Asqarov dash va cho’l mintaqada yashagan chorvador aholining madaniyatini o’rganish ishida salmoqli natijalarg erishildi. Ayniqsa , Zamonbobo madaniyatining o’rganishda olimni alohida xizmatarini takidlash lozimdir. Bu madaniyatga oid qadimgi qabriston va ibtidoiy qishloq qoldiqlari ochib o’rganildi. Uy – joy qurilishi , moddiy madaniyat ashyolari va dafn urf – odatlarini chuqur tahlil qilish natijasida dasht – ho’l hududlariga xos bo’lgan Zamonbobo madaniyati tariflab berildi va alohida qadimgi madaniyat sifatida arxeologiya faniga kiritildi. Tadqiqotchinig cho’l - dasht yerlarida yashagan qadimgi aholidan qolgan yodgorliklarni davrlashtirish va ular qoldirgan moddiy madaniyat izlarini o’rganish masalalariga doir 20 dan ortiq ilmiy maqolalari va bir kitobi (Pervobitnaya kultura v nizovyax Zarafshana) ham muallifligda chop etilgan.Arxeologik tadqiqot natijalarigaqaraganda, Qadimgi Termiz o’rnidagi manzilgohga miloddon avvalgi 1 ming yillikning o’rtalarida asos solingan1. Bu manzilgohga qadimgi odamlar tomonidan “Termite” deb nom qo’yilgan. Tadqiqotchilarning fikricha, bu so’z qadimgi “Avesto” so’zidan olingan bo’lib u daryoninh narigi tomonidagi manzilgoh degan ma’noni anglatgan. Tez orada Termita Amudaryoni o’ng va chap sohillarini birlashtirib turuvchi kechuvchilardan biriga aylandi. Taxmin qilinishicha Aleksandr Makedonskiy tomonidan tashkil etilgan”Oks bo’yidagi Aleksandriya” shahri “Tarmita ” o’rnida barpo etilgan. Keyinchalik ko’chmanchilar tomonidan vayron etilgan. Bu shahar Salavkiylar shohi Antiox tomonidan qayta tiklangan va unga “Oks bo’yidagi Antioxiya” nomi berilgan. Termita – Termiz shahri Yunon – Baqtriya shohlari hukmdorligi davrida o’z tarqqiyotida yangi bosqichlarga ko’tarilib , u tom manoda shaharga aylandi . Shahr bu davrda 10 ga ortiq maydonni ishg’ol etgan va u shimoliy Baqtriyaning eng yirik shaharlari qatoridan joy olgan . U yunon – Baqtriya davlatining shimoliy hududlaridagi harbiy tayanch shahri bo’lib , u poytaxt yo’lidagi asosiy kechuvni himoya qilgan . Tarmita – Termiz Yunon – Baqtriya davrida faqatgina poytaxt ostonasidagi harbiy tayanch shahar bo’lmay , balki shimoliy Baqtriyadagi eng yirik iqtisodiy va madaniy madaniy markaz ham hisoblangan . Bu davrda shaharda hunarmandchilikning qator turlari keng rivojlangan bo’lgan . O’zaro Tovar almanishuvi jarayonida tanga pullarning o’rni sezilarli bo’lgan . Shaharning iqtisodiy hayotda tashqi savdoning ahamiyati ancha salmoqli bo’lgan . Topilmalarga qaraganda , Tarmita – Termiz bu davrda shimoliy g’arbiy Hindiston shaharlari bilan yaqindan savdo va madaniy aloqalarni o’rnatgan . Shaharning Yunon – Baqtriya davlati tarkibida bo’lishi , bu yerda madaniy integratsion jarayonni yanada uyg’unlashuviga olib keldi . SHahar aholisi ellin va hind madaniyati ananalari bilan yaqindan tanishib , o’zlarinig estetik qarashlari va mahalliy an’analaridan kelib chiqqan holda ijodiy tahlil qildilar va o’z hayotlariga moslashtirdilar .1917-1990 yillar davri fani mamlakatimiz tarixida o’z o’rni bor. Arxeologiya fanining boshqa fanlar singari bir qator yutuqlarni qo’lga kiritganligini inkor qilib bo’lmaydi, albatta. O’rta Osiyo arxeologiyasi sho’ro hukmronligi yillarida ma’lum muvoffaqiyatlarga erishdi, albatta. Ammo, etmish yildan ortiq daar mobaynida biz yosh avlodga o’tmishimiz tarixini o’rganishda juda ko’p chalkashlik va xatoliklarga yo’l qo’ydik. Jumladan, asrlar davomida ajdodlarimiz yaratgan madaniyat tariximiz «buyuk og’alar», qolaversa turli bosqinchi va kelgindi xalqlarning bevosita ta’siri ostida rivojlanganligini «e’tirof» qilib, tariximiz g’uborli va yuzaki bitildi. Xalqimiz yaratgan asl tariximiz, madaniyatimiz ildizlari adolatli ochib berilmasdan kelindi. Shunga qaramasdan, 1919 yilda hamma uchun «umumiy» bo’lgan mamlakatda moddiy madaniyat tarixi Akademiyasining ta’sis qilinishi bir qator ijobiy rol o’ynadi. Arxeologiya fani endilikda mehnatkash xalqqa xizmat qilishi rejalashtirildi. Arxeologiya tadqiqotlarning yangi tekshirish tamoillari ishlab chiqildi.
II Bob. Akademik Yahyo G’ulomovning tarix fani rivojidagi o’rni.
2.1 “Xorazm sug’orilish tarixi” asarining arxeologiyadagi ahamiyati
Ma’lumki, tarix bu munavvar ko`zgu,xalq manaviyatining asosidir.U xalqimizning ijtimoiy,siyosiy iqtisodiy va manaviy hayotining taxlilchisi, jamiyat taraqqiyotining muhim tomonlarini ibrat tarozisida o`lchab beruvchi fandir degan edi muhtaram prezidentimiz I.A.Karimov. Darhaqiqat insoniyat million yillik evolutsiya mahsulidir.Biz ertangi kunni boshlashdan oldin hamisha kechagi kunimizga ya’ni tariximizga nazar tashlaymiz.Qadim zamonlardan beri mamlakatimiz hayotida asosiy masalalardan biri suv va sug’orish ishlari edi. O’zR Fanlar akademiyasi akademigi, professor Y.G’.G’ulomov “Xorazm kabi asosiy farovonligi sug’orma dehqonchilik qilish bilan bog’liq bo’lgan mamlakatda irrigatsiyaga g’amxo’rlik qilish davlat ishi edi”6 deb, haqiqatda ham Xorazm iqtisodiy hayotini, ayniqsa, sug’orish ishlariga bevosita bog’liq ekanligini to’g’ri talqin etadi. Yangi kanallar qurish, yangi yerlarni o’zlashtirish, sug’orish ishlarini kengaytirish kabi masalalar Xorazmning iqtisodiy hayotini va siyosiy mavqeyini belgilashda asosiy omillardan biri edi. Abulg’ozixon, Munis, Ogahiy va Bayoniyning tarixiy asarlarida ham bu masalalar bo’yicha ancha ma’lumotlar berilgan. Akademik V.V.Bartold ham XIX asr Xorazmda yozilgan tarixiy asarlarda sug’orish ishlari bo’yicha ancha ma’lumotlar keltirilgan. Hozirda mustaqil O`zbekistonning viloyatlaridan biri bo`lgan Xorazm bunda 300-400 yil oldin qay ko`rinishda edi degan savolga Yahyo G’ulomovning “Xorazmning sug`orilish tarixi”kitobidan atroflicha ma’lumot olsa bo`ladi. Bu asar 1959- yil nashrdan chiqqan bo`lib,bu asar adibning bir necha o`n yillar davomida izlanish mahsulidir.Asar IX bobdan iborat bo’lib, asar boblarida Xorazmning qadimdan toki oktyabr to`ntarilishigacha bo`lgan davrdagi iqtisodi,irrigatsiya tizimi,shaharlari qal’alari haqida juda ko`plab qiziq ma’lumotlar berilgan.Asarning maqsadi shundaki, asar asosan Xorazmni sug’orishda xalq tajribasining to’planish tarixini o’rganish hamda ba’zi bir tadqiqotchilar o’ylaganidek, tuproqning unumsiz bo’lib qolishi va sho’rlanishi tufayli sahroga aylangani emas, ming yillar davomida mehnatkash dehqonlarning ko’z yoshi, peshona teri va qoni to’kilgan voha tuprog’idagi qadimgi sug’orish tarmoqlarini o’rganishdan iboratdir. Asarning vazifasiAmudaryo etaklarida sun’iy sug’orishning vujudga kelishi va uning rivojlanishiga hissa qo’shgan, eng qadimgi zamonlardan boshlab, to bizning zamonimizgacha bo’lgan davrni tahlil etishdan, shuningdek, Xorazmning siyosiy hamda iqtisodiy taraqqiyoti bilan chambarchas bog’liq bo’lgan uning irrigatsiyasi haqidagi o’tmishni konkret o’rganishdan iboratdir.Asarning dolzarbligi shundaki, sug’orish masalasida chinakam tarixiy haqiqatni ochish kerak. Qadimgi o’zanlarni va shu o’zanlar negizida vujudga kelgan qadimgi sug’orish sistemalarini o’rganish oldimizda turgan murakkab vazifalardan biridir. Sug’orish tarmog’ining umumiy sxemasi, “qadimiy sug’orma yerlar”ning tashlab ketilgan vaqti va buning sabablarini o’rganishdan iborat. Atrofi unumsiz sahrolar bilan qamrab olingan Xorazm “iqlimi va tuproq sharoiti kanal va suv inshootlari bilan sun’iy sug`orish sistemasini sharq dehqonchiligining asosi qilib qo`ygan”ulkan Sharq territoriyasining bir qismidir. Xorazmda dehqonchilikning yuqori madaniyati juda qadim zamonlarda sun’iy sug`orish asosida vujudga kelgan va xuddi Misr,Mesopotamiya hamda sharqning boshqa mamlakatlaridek taraqqiy etgan.Nima uchun qadim zamonlarda katta-katta yerlarda hamda Amudaryodan olinadigan ulkan,sug`orish uchun qulay suv resurslariga ega bo`lgan mamlakat yer tanqisligidan qutila olmadi?Nima uchun XVII asrda va XIX asrning birinchi yarmida Xorazm aholisi katta-katta yerlarni sug`ora oldi,to`g`riroq qilib aytganda,sug`orishni tiklay oldiyu,keyinchalik bu tadbirlarni davom ettira olmadi va gullayotgan rayonlarning vayron bo`lishiga yo`l qo`ydi?Bu savollarga javob berish uchun mamlakatning rivojlanishidagi ayrim ayrim tarixiy davrlarni jiddiy o`rganish talab qilinadi,chunki faqat shu yo`l bilangina Xorazmdehqonlariga va Sharqning boshqa mamlakatlari dehqonlariga ishlab chiqarish kuchlarining o`ziga xos rivojlanish sharoitlari u yoki boshqa bir davrda irrigatsiya tarmoqlari to`g`risida g`amxo`rlik qilish,uni kuzatib turish,shuningdek davlatning ichki va tashqi saqlashda davlat hokimiyatidan qay darajada talab qila oladi.
Osiyo mamlakatlari hukumatlarining bajarishi lozim bo`lgan iqtisodiy funksiyasi,ya’ni ommaviy ishlarni tashkil qilish funksiyasi kelib chiqadi.Markaziy hukumat qo`lidagi yerlarni sun’iy sug`orish sistemasi agar shu hukumat irrigatsion hamda qurilish ishlariga beparvo qarasa,darrov tushkunlikka uchragan,bu esa boshqa tushuntirib bo`lmaydigan faktni, ya’ni qachonlardan beri yashnab yotganbutun-butun hududlarning hozir biz ko`rib turgan unumsiz sahroga aylanish faktini tushuntirib beradi.Shu sababli bu joylarda suvni tejash va undan birgalashib foydalanish talab qilingan. Biz haqiqatdan ham Xorazm va O`rta Osiyo boshqa viloyatlarining butun tarixida shu faktni ko`ramiz. Ba’zi bir hokimlar davrida,yashnab turgan Xorazm vohasi hokimlari o`rtasida janjal obyektiga aylangan hamda har bir hokim Xorazmga boy o`lja sifatida qaragan va undan istagancha foydalanishga harakat qilgan,ammo uning obodonligi haqida hech qanday g`amxo`rlik qilmagan.Ko`pincha hokim o`z foydasini ko`zda tutib,katta-katta kanallarning boshini berkitib qo`ygan va bu bilan gullab yotgan tumanlarni sahroga aylantirgan.Boshqa bir hokimlar davrida esa bunday harakatlar “yomonlik deb,fuqaroni talash,unga zulm qilish deb”qaralgan.Shunday hokimlar ham bo`lganki,ov vaqtida ot ustida kanal boshini payxon qilib,unga zarar yetkazgani uchun hokim o`z o`g`lini qatl qilgan.Bunday jazoga o`sha zamon solnomachilari adolatli jazo deb qaraganlar.O’ng qirg’oq va chap qirg’oq qadimgi sug’orilgan yerlarning umumiy tarixiy topografik ko’rinishi Xorazmning ijtimoiy hayotida bo’lib o’tgan katta ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlardan darak beradi. Xorazmning salavkiylarni quvib chiqarishda arshohiylarning mahalliy quldorlik imperiyasining va Yunon-Baqtriyaning tashkil topishida qanday rol o`ynaganligi haqida,shuningdek Xorazmning Qang`yuy podsholigi tarkibida bo`lgan vaqtidagi siyosiy mavqeyi haqida ma’lumotlar yo`q.Biz Bartoldning nuqtayi nazariga qo`shilib,Qang`yuy podsholigi Qozog`iston territoriyasida,Sirdaryoning o`rta oqimi havzasida joylashgan deb bilamiz.Ammo bu hodisalarning hammasida Xorazm katta rol o`ynaganligiga quydagi tarixiy faktlar va ma’lumotlar bizni ishontiradi:
a)taxminan Janubiy Qozog`iston hududida joylashgan Qang` mamlakati haqida,eramizgacha bo`lgan II asr Xitoy ma’lumotlari xabar beradi;
b)barcha tarixiy ma’lumotlar Qang` podsholigi Sug`d ustidan hukumdorlik qilish uchun kurashda Yunon-Baqtrya kuchli raqibi bo`lganligini ko`rsatadi;
v)Qang`-Sirdaryo bo`yidagi viloyatning nomi;bu nom juda qadimiy bo`lib Qang`yuy podsholigi nomi ana shu nomdan olingan,chunki katta qang`li qabilasining nomi ham “Qang` mamlakatidan chiqib kelgan kishilar”degan manoni anglatadi;“Qang’yuy davri” deb ataladigan turli tipdagi shahar orasida Amudaryoning o’ng qirg’og’idagi ancha erta qurilgan kanal bo’yida joylashgan Bozorqal’a alohida diqqatga sazovordir.Shahar xarobalari qadimgi katta “Uzun uy” pastligi yonidagi tekislikda joylashgan.U katta, deyarli kvadrat shakldan iborat qo’ra bo’lib, har tomoni taxminan 0.5 kmga cho’zilgandir. U qo’sh devorlar bilan o’rab olingan va devorlar o’rtasida keng yo’lak qoldirilgan. Devorlar juda ko’p katta burjlar bilan mustahkamlangan.Tashqari tomonga chiqarilib qurilgan ikkita burch bu darvozaga tayanch bo’lib xizmat qiladi.Tozabog’yob makonlari atroflarida sug’orish inshootlari izlarining yo’qligi bu davrda dehqonchilik sun’iy sug’orishga asoslanmagan, balki “qayir yerlari”dan, ya’ni daryo adog’idagi yer osti suvlari yuza bo’lgani sababli tuproqda dehqonchilik ekinlarining o’sishi uchun nam yetarli bo’lgan joylardan foydalanilgan. Jonbosqal’a dastlab qadimgi sug’orilgan yerlar uchun qulay bo’lgan strategik punktda chegara qal’a sifatida barpo etilgan. Tashqi qishloqlarning va qal’a ichidagi “otashkada”ning vujudga kelishi bu qal’aning dehqonchilik vohasining xuddi chegarasida joylashgan aholi yashaydigan aholi yashaydigan yirik punkt sifatida tobora o’sishi bilan bog’liq. Shahar xarobasi ochiq qismining g’arb tomoniga o’tkazilgan kanal Anqoqal’a rayonida katta Bozorqal’a kanalidan olib kelingan bo’lib, Jonbosqal’a tepaligidan shimol tomondagi pastlikka tugaydi. Bozorqal’a, Jonbosqal’ava Qo’yqirilganqal’a Amudaryoning o’ng qirg’og’idagi qadimgi dehqonchilik vohasining mustahkamlangan yirik punktlari bo’lib, ular qadimgi toshqin suvlari havzasida va bu vohaning sharqidagi magistral kanal havzasida joylashgan. Xorazmning magistral kanallari taxminan eramizgacha bo’lgan I ming yillikning o’rtalarida, xorazmlik podsholar boshchiligida Xorazmda xorazm-masssaget davlati tashkil topgandan keyin vujudga kela boshladi. Xorazmliklar Janubiy Turkmaniston vohalarini bosib oldilar, bu vohalarda hukumdorlik qilish va o’z mustaqilligi uchun ahamoniylar Eroni bilan kurash olib bordilar.Iskandar yurishlari boshlanish arafasidagi davrda ko’pdan-ko’p magistral kanallar rivoj topdi, keyinchalik bu kanallar zaminida, S.P.Tolstov tomonidan o’ziga xos Xorazm “ellinizmi” deb xarakterlangan ancha yuqori madaniyat vujudga keldi.
Xorazmning deyarli hamma qadimgi kanallari, qoida tariqasida yoki bir yoki bir necha Qang’yuy tipidagi qal’alar bilan bog’liqdir.Shunday qilib eramizdan ilgari III-II asrlarda Xorazm podsholigining tarixiy maydondan tushib qolishiga Qang` davlatining kuchayishi va bu davlat tomonidan Xorazmning zabt etilishi sabab bo`ladi.O’rta Osiyo quldorlik tuzumi kushonlar davrida o`zining yuqori nuqtasiga yetdi.Bu davrdagi sug`orish ishlari ilgarigiga nisbatan misli ko`rilmagan darajada o`sganligini ko`rsatadi.Bu o`z navbatida jamoalarning yemirilishi bilan bir vaqtda quldorlik aristokratiyasi yirik yer egaligining zo`rayishi natijasida sug`oriladigan maydonlarga bo`lgan talabning o`sishiga bog`liq.Irrigatsiya tarmoqlarining kengayishi Sho’raxon, Katta Guldursun,Kichik Qirqqiz,Tuproqqal’a,Qizilqal’a,Ayozqal’a,Qo`rg`oshinqal’a kabi yaxshi mustahkamlangan shahar va qal’alarning qurilishiga sabab bo`lgan.Arxeologik qazish ishlari bu faoliyatning butun rivojlanish sxemasini aniqladi;bu sxemaga muvofiq kanaldan chiqqan har bir shaxobcha oldiga majburiy ravishda qal’a qurilgan,har bir kanalning oxirida ham majburiy tartibda shunday qal’a qurilgan.Katta Guldursunning mudofaa inshootlari ham qal’a ichidan ham qishloq territoriyasidan topilgan.Bu yodgorliklar qal’ani kushonlar davrida emas, balki undan ancha oldin I-II asrlarda qurilganligidan dalolat beradi. Sho’raxon qal’asining shu suvayirg`ichda vujudga kelishiga bir tomondan Qirqqiz va Tuproqqal’a vohalarida irrigatsiyaning zo`r berib o`sishi sabab bo`lgan bo`lsa,ikkinchi tomondan Bozorqal’a vohasida irrigatsiyaning tiklanishi sabab bo`lgan bo`lishi mumkin.Katta Guldursun qo`sh devor bilan o`rab olingan noto`g`ri to`rtburchak (280X230 m) shaklidagi antikqal’a bo`lib,nayzasimon shinaklari bor.U ham Sho’raxonqal’asi singari ikkita katta kanal Qirqqiz va Tuproqqal’a kanallari bir-biridan ajralgan joyda joylashgan.Ichki hovlida ilk kushon nusxasidagi qizil loydan ishlangan katta imoratlarning izini ko`rish mumkin.Tolstov Ayozqal’a qishlog`idagi qo`rg`onlarni dehqonchilik aholisining patriarxal tipdagi katta jamoalari yashagan joy deb qaraydi*.Jumladan, u “Jeldikqal’a bilan Guldursun o’rtasida joylashgan juda yuvilib ketgan qumlar bilan qoplangan taqirlarda mayda sug’orish tarmoqlarining izlari ko’rinib turar, ammo katta ariq o’zanidan darak ham yo’q edi”7 -deb ta’kidlab o’tadi.Istaxriy tasvirlagan Madra kanali haqiqatdan ham G`oziobot kanali bo`lib chiqsa, u holda u hozirgi Shoxobot kanalining quyi havzasi tumanning suv bilan ta’minlagan deb taxmin qilsa bo`lar edi;ammo bu tuman G`oziobot oqadigan pastlikdan yuqoridaligi sababli bunday taxminga o`rin qolmaydi.1932-1933 yillarda o`tkazilgan GAIMK tomonidan o`tkazilgan arxeologik ishlarning natijalari asosida tarix fani juda muhim va qimmatli materiallar bilan boyidi.Biz endi faktik materiallarga asoslanib, bronza davridayoq Farg`ona dehqonlari tomonidan tog`oldi polososining manzarasini chizib ko`rsata olamiz.Beruniyning Afrig’ ko’shki haqidagi ma’lumotida Fil shahrining borligi qayd qilinadi. N.Veselovskiy Beruniyning shu joyini quyidagicha o’qigan: “Al-Fir deb qal’aga aytar edilar. U shahar devorlarining tashqarisida loy va g’ishtdan qurilgan va biri ichiga ikkinchisi baland uchta devoir bor edi va ularning hammasidan podsholarning ko’shki baland edi… va (Afrig’) o’z ko’shkini Iskandardan keyin 660 yilda Al-Firning ichiga soldi”. Hatto bu har turli o’qilishiga qaramay, Xorazm (Fil-Kat) shahri 305-yilda Afrig’ ko’shki qurilmasdan va bu yerga afrig’iylarning qarorgohi ko’chirilmasdan ilgari ham mavjud ekanligi ma’lum bo’ladi. Ammo Kat kanali rustog’ida, hatto kushonlar davriga oid yodgorliklar ham mavjud emas.Xorazmdagi toshqin kanallari, Misrdagi singari, doim oqib turadi, faqat qishdagina to’xtaydi.“Xorazm Jayhunning butun foydasini ola bilgan mamlakatdir” degan edi Istahriy o’z qo’lyozmalarida. Istahriyning bu aytgan so’zlari Gerodotning Misr haqida aytgan so’zlarini esga tushiradi.Gerodot Butun Misrni “Nil hadyasi” deb hisoblagan.Yer sharining ikki buyuk daryosi juda ham bir-biriga o’xshaydi, chunki ular xalq xo’jaligida bir xil vazifani bajaradi.Bu daryolar sharofati bilan ibtidoiy odam ulug’ sahrolar doirasi ichida yashay olgan.Amudaryo etaklarini o’zlashtirish istiqbollari juda porloq va xilma-xildir. Amudaryoning suv havzalarini sug’orish va paxta dalalarini kengaytirish uchun rejali ravishda foydalanish mamlakat xalq xo’jaligi qiyofasini o’zgartirdi. Bu ishni davom ettirish sahroning o’lik qumlarini, shu jumladan, mehnatkash dehqonlarning ko’z yoshi, peshona teri va qoni to’kilgan qadimda sug’orilgan hamma yerlarni ham gullayotgan dehqon dalalari va bog’lariga aylantiradi.
Professor Y.G’ulomov Xorazmning sug’orish ishlari haqida bunday deb yozadi: “Tarixchi Ogahiy yovmutlarning xivaliklar bilan kurashish voqealarini juda ajoyib tasvirlaydi. Bu saroy tarixchisi turkmanlarni doimo “qaroqchi” va “isyonchi” deb atab kelgan, ularga dushmanlik ruhida bo’lsada, o’zi buni xohlamasa-da, uning asarlaridan qadim zamonlardan beri Sharqda dehqonchilik sun’iy sug’orishga bog’liq bo’lgani, u ishlab chiqarishning asosi, madaniyat tayanchi ekanligi va shuning bilan birga hukmron sinflar qo’lida ezish quroli bo’lib kelganiligi ko’rinib turadi…Suvdan sinfiy hukmronlik quroli sifatida foydalanish siyosati Gerodotdan tortib, to so’nggi o’zbek xonlari hukmronligi davrigacha davom etib kelgan.
Ma’lumki, o’lkamizda arxeologiya fani chorizm istilosidan so’ng, mustamlakachilarning o’lkani tadqiq qilib, topilgan osori atiqalarni Peterburg va Moskvaga tashib keta boshlaganlaridan so’ng shakllana boshlagandi. Yahyo G’ulomovgacha bo’lgan davrda toshkentlik savdogar Akram Asqarov, samarqandlik Abu Said Maxzum, 1929 yilda Qashqadaryoda, keyin esa Yettisuvda arxeologik tadqiqotlar o’tkazgan Turdi Mirg’iyosovlar faoliyat olib borishgandi.Ular orasida Turdi Mirg’iyosov chin ma’nodagi vatanparvar arxeolog edi. Ayniqsa u Yettisuvda faoliyat olib borarkan, To’qmoq tumani chekkalarida qadimgi shaharga tegishli obidalar borligini, ammo ular rahbarlarning e’tiborsizligi, mahalliy aholining loqaydligi natijasida vayrona holga kelayotganidan kuyunib tegishli idoralarga uch marotaba telegramma yuborishga majbur bo’lgandi.
Turdi Mirg’iyosov kuyunchaklik bilan “Biz Verniyga uchta xabar yubordik.Ammo hech qanday javob olomadik. Oradan yana uch yil o’tsa, bu minoradan hech narsa qolmaydi. Qisqacha qilib aytganda, turkistonlik arxeologlar bu yerdagi yodgorliklarni o’z panohiga olishmasa fan va tarix uchun qimmatli manbalarning hammmasi yo’q bo’ladi va avlodlarning qarg’ishiga uchraymiz”.Bundan ko’rinadiki, mustamlakachilar tarixiy obidalarga emas, qimmatbaho topilmalarga e’tibor qaratishgandi.Yahyo G’ulomov arxeologiyada ma’lum bir tajriba, ko’nikma orttirgach, ana shunday jonkuyar Turdi Mirg’iyosov hamda kasbdoshi Rashid Nabievlar bilan 1936 yilda Xorazmda o’zining mustaqil tadqiqotlarini boshlab yubordi.1937 yildan boshlab, ular safiga arxeolog A.I.Terenojkin hamda arxitektor B.Zasipkinlar qo’shildi.O’sha vaqtda Toshkentdan chiqgan poezd to’g’ri Xorazmga bormas, negaki 1947 yilgacha vohaga temir yo’l yotqizilmagandi. Shunday vaziyatda bir guruh arxeologik ekspeditsiyaning Turkmanistonning Chorjo’y shahridagi bekatga borishi, u yerdan yo Amudaryodagi kemalar orqali, yoki Buxoro qumliklaridan ot, tuya, eshaklarda olis Xorazmga borishining o’zi ming mashaqqat edi. Ana shunday holatda Yahyo G’ulomov va safdoshlari 1936 yildan 1947 yilgacha yilda ikki marotaba olis vohaga tashrif buyurishardi.Shuningdek, qum barxanlari Xorazmdagi obidalarni o’z bag’riga olganicha qadim sir asrorlarni mahkam bekitib olgan, ish g’oyat qiyin edi.Bu haqda Yahyo G’ulomov o’z kundaligiga o’sha mashaqqatli onlarni shunday bitgandi: «barxanli qumliklar bilan qoplangan taqirlardan iborat bu zimziyo ko’hna o’lkada na mashina va na ot arava yura olar edi. Guruhimizning asosiy transport vositalari ustiga xurjinlarida oziq-ovqat, ko’rpa-to’shak, palatka, plajet, teadolit hamda qozon tovoq va qumg’on ortilgan 5-6 eshaklardan iborat edi».Ana shunday mashaqqatlarga qaramay, arxeologik guruh, Guldursun, Norinjonqa’lada tadqiqotlarini boshlab yubordi.Qum issig’i arxeologlarni charchatsada topilayotgan qadim osori atiqalar yanada ularni ixlos bilan tarixni o’rganishga undardi. Ba’zida esa qum barxanlari orasida halokatli voqealar ham ro’y berib turardi.Xususan, 1937 yil yozida Yahyo G’ulomov qadimgi kanal izlarini xaritaga tushirish maqsadida, yolg’iz o’zi Norinjonqa’ladan chiqib, uchrayotgan arxeologik materiallarga qiziqqanicha, guruh joylashgan yerdan 10-12 km uzoqqa borib qoladi. Qolaversa, yo’lda uchragan noyob topilmalar bilan arxeolog yelkasidagi sumka tobora og’irlashib borar, yo’l uchun na non, na suv olingandi. Buning ustiga jazirama issiqdan, arxeolog charchagani, chanqaganidan ortga qaytarkan, adashib Teshikqa’la tomon borib qoladi.Kuni bilan u qumlikdagi jaziramada yurganidan, suvsiraganicha og’zi qurib, tili tanglayiga yopishib qolgan, oyog’ida umuman madoriyam qolmagandi.U zo’rg’a o’tovga yetib bordiyu, ostonaga yetgach yiqilib hushidan ketdi.Boshqa bir gal esa qayiqda daryo bo’ylab suzisharkan, daryoda to’lqin ko’tarilib, suvga cho’kishiga oz qolgandi.O’shanda yaratgan egam omon-eson ularni qirg’oqqa sog’ chiqargach, Yahyo G’ulomov kech bo’lib qolganiga qaramay, yolg’iz o’zi yana to’qayzorni kesib o’tgan yakka oyoq yo’ldan arxeologlar joylashgan guruh tomon yo’l oladi.Shunda u bir halokatdan zo’rg’a qutulib, yana bir falokatga yo’liqdi: to’satdan uning oldidan bo’rilar galasi chiqib qoldi.Bo’rilar arxeologdan qirq qadam naridagi qamishzorda qandaydir hayvonni g’ajishardi. Yahyo G’ulomovni sezib, bo’rilarning avval quloqlari dikkaydi-yu, so’ngra tumshuqlarini yuqori ko’tarib, birdaniga 5-6 ta bo’ri arxeologning yo’lini kesib o’tib, ikki tomonda xuddi karvondek tizilib turishdi.Shunda Yahyo G’ulomov qo’rqish alomatini sezdirmay, qadamini bir xil bosib, yo’l-yo’lakay bir qo’li bilan qamish popiltiriqlaridan yulib, ikkinchi qo’li bilan cho’ntagidagi gugurtni olib, ularni yoqqanicha ma’shala qilib oldi.Bo’rilar galasi o’ljasini yeb to’yganidanmi yo qamish ma’shalasidan qo’rqqanidanmi, xudo bu safar ham arxeologni qutqarib, eson-omon Teshikqa’ladagi kasbdoshlari oldiga yetkazdi7.Ha, Yahyo G’ulomov hayotida shunday sermashaqqat, qiyin kunlar ko’p bo’lgan.Ammo undagi ilmga fidoyilik, tarixga ixlosning qa’tiyligi bois, Yahyo G’ulomov arxeologiyada ko’plab qadim qa’lalarning sirini ochib, katta o’zgarish qildi.Ayniqsa Vyatkindek teran tarixchidan so’ng, Sergey Tolstov bilan Xorazmda ko’p yillar hamkorlik qilishi uning ilmu fanda yuksak natijalarga erishishiga sababchi bo’ldi.Aynan Yahyo G’ulomovning 1936 yilda Quyi Amudaryoning har ikkala sohilidagi qa’lalarda boshlab yuborgan tadqiqotlari, undagi topilayotgan fanga noma’lum sirlarning kashf etila boshlashi, Sergey Tolstov ekspeditsiyasining tashkil topishiga sabab bo’ldi deyish mumkin. Natijada 1937 yildan S.Tolstov o’z hamkasblari bilan
___________________________
7.Y.G’ulomov.Xorazmning sug’orilish tarixi. T.: O’zSSRFA 1959, 13-bet
ilmiy tadqiq qilib, “Xiva va undagi me’moriy yodgorliklar” mavzusida 1941 yilda nomzodlik ishini himoya qildi. O’sha yili fan sohasida, xususan arxeologiyada istiqbolli izlanishlar olib borayotgan Yahyo G’ulomovni Qori-Niyoziy boshchiligidagi yana bir ilmiy ekspeditsiyaga a’zo qilib kiritishdi.Ya’ni, T.N.Qori-Niyoziy, M.M.Gerasimov, L.V.Oshanin, A.A.Semyonov, V.N.Kononov, B.N.Zasipkin H.T.Zaripov, S.Ayniy, M.Sheverdin, Mixnovskiy, Turkevich, Zizenkov, Krintsitskaya, Sprishevskiy, Al`baum, Tatevosyan, Zavalin, N.A.Kim, Usta Akrom va Usta Shirin Murodov, Malik Qayumov kabi turli soha vakillaridan tashkil topgan ekspeditsiya safida Yahyo G’ulomov ham 15-24 iyunda Samarqandda bo’ladi.Biroq Yahyo G’ulomovning asosiy tadqiqotlari, fundamental ilmiy ishlari Xorazm bilan bog’liq edi. Shu bois u urushdan ilgarigi arxeologik tadqiqot ishlarini qo’lyozma asarlardagi voqeliklar jarayoni bilan taqqoslab chiqishga intildi. Ma’lumki, 1941 yilda boshlangan urush sabab O’zbekistonga ko’plab keksalar, bolalar, zavod-fabrikalar, 31 ta oliy o’quv yurti, 7 ta harbiy akademiya bilan birga ijod va ilm ahli ham evakuatsiya qilib ko’chirilgandi. Ijodkorlar orasidaA.Axmatova, N.Virta, S.Gorodetskiy, A.Deych, K.Zelenskiy, YA.Kolas, B.Lavrenov, V.Lugovskoy, N.Pogodin, I.Sel`vinskiy, A.Tolstoy, V.Yan kabi ko’plab o’sha davrning mashhur yozuvchi, shoir, dramaturglari bor edi. O’zbek ijodkorlari bilan boshlangan hamkorlik va do’stlik natijasida Oybek va A.Deych “Alisher Navoiy” ocherkini, Hodi Zarif, V.Jirmunskiy bilan hamkorlikda “O’zbek qahramonlik eposi”ni, Uyg’un A.Tolstoy ko’magida “Ona” p`esasini yaratishdi.Bunday hamkorlik olimlar orasidayam davom qildi. Xususan, Yahyo G’ulomov Rossiyalik B.Grekov, V.Struve, K.Trever, A.Yakubovskiy, S.P., M.E.Voronets, V.A.Shishkin, shuningdek o’zimizning yurtdoshlardan T.N.Qori-Niyoziy, E.SH.Rajabov, V.I.Zohidov kabi olimlar bilan birgalikda «O’zbekiston xalqlari tarixi» asarining ikki tomligini yaratishga kirishdi. Mualliflar jamoasi tomonidan yaratilgan ushbu asar fundamental tadqiqot bo’lib,1-tomning bosh muharriri S.Tolstov, maxsus muharrir esa Yag’yo G’ulomov qilib belgilangandi.Bu orada urush tugab yuqoridagi olimlar o’z yurtlariga jo’nab ketishadi. Natijada endigina mashinkaladan chiqgan, ammo tahrir qilish lozim bo’lgan asarni Moskva, Leningrad shaharlariga olib borib mualliflarga o’qitish, tahrir qildirish, ilmiy muhokama qildirish ishlari ishlari Yahyo G’ulomov zimmasiga tushadi.Garchi yuqoridagi asar o’sha davr mafkurasi va talabi asosida yozilgan bo’lsada, keyingi davrda yaratilgan O’zbekiston xalqlari tarixiga poydevor vazifasini o’tadi.Bu orada Yahyo aka Moskvadagi sobiq ittifoq Fanlar akademiyasining Moddiy madaniyat (arxeologiya) instituti doktoranturasiga kiradi. Shu tariqa ham o’zining ilmiy ishini davom etdirishga, hamda ikki tomlik asarni shaharlar oralab qatnab nashr etdirshga ulguradi. Xullas, ikki tomlik tarix urush davri qiyinchiliklariga qaramay, ilmu fan bilan shug’ullanishga harakat qilgan olimlarning fidoyiligi edi.Urushdan so’ng Yahyo G’ulomov, ko’p yillar davomida Quyi Amudaryo bo’ylarida olib borgan ilmiy tadqiqot ishlarini umumlashtirgan holda, 1950 yili Moskvada doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqladi. Ana shu ilmiy ishi asosida 1957 yilda ruscha, 1959 yilda bo’lsa o’zbekcha «Xorazmning sug’orilish tarixi» monografiyasi yuzaga keldi.Ushbu fundamental, ilmiy akademik asar Yahyo G’ulomovning tarixshunoslikda g’oyat teran tadqiqotchi ekanligini ko’rsatdi.Chunonchi, sun’iy sug’orishga asoslangan quyi Amudaryo xalqlari hayotida obi hayotning tutgan o’rni, asrlar mobaynida u bilan bog’liq bo’lib o’tgan voqea hodisalar monografiyada haqqoniy yoritilgani sabab, asar keng shuhrat qozondi. Dunyoga mashhur Ermitaj muzeyi direktori , akademik B.B.Piotrovskiy ta’kidlaganidek, “Yahyo G’ulomovning O’rta Osiyo xo’jalik hayotining asosi hisoblangan sug’orish sohasidagi tadqiqotlari haqiqatan ham buyukdir”.Yahyo G’ulomov ushbu asarni yozish jarayonida Xorazmda o’zi va S.Tolstov o’tkazgan arxeologik ekspeditsiya natijalariga tayanibgina qolmasdan, ilgarigi davrda sug’orilish tarixiga, suv xo’jaligi tizimiga doir yaratilgan asarlarniyam qunt bilan o’rgandi. Aynan xonlikning bosh mirobi bo’lib ishlagan Munis, Ogahiylar, xonlar sulolasiga mansub Bayoniy, “Turkistonning sug’orilish tarixi” va o’lka tarixiga oid yana yuzlab asarlar yozgan V.V.Bartol`d, Xorazmda bo’lib bebaho manbalar to’plagan Kaul`bars, Kun singari olimlar asarlariga e’tibor berdi.Bundan tashqari, “Xorazmning sug’orilish tarixi” mavzusidagi doktorlik ishi va monografiyasini yozish jarayonida arab, fors tilidagi qo’lyozma asarlar, rus tilidagi kitoblardan 267 tasini o’qib o’rgandi, o’z asarida ana shu manbalardan iqtibos keltirib o’tdi. Ulardagi voqeliklar jarayonini bir-biriga taqqoslab chiqdi, shulardan kelib chiqib mavzuga yondoshgan holda sohaga doir betakror asar yaratdi. Bunday asarlar orasida Yahyo akaning e’tiborini tortgani, bevosita vohada bo’lib, ko’rgan-kechirganlari , ilmiy tadqiqot ishlarini monografiyalarga muhrlagan Morgunenkov va Sinzerlinglarning faoliyatlari bo’ldi.Ma’lumki, F.P. Morgunenkov (1880-1939) uzoq yillar davomida o’lkadagi irrigatsiya, melioratsiya, gidrotexnika sohasidagi murakkab muammolarning ilmiy–amaliy yechimini topish uchun tinimsiz harakat qilgan. Olim O’rta Osiyo Davlat universiteti talabalariga saboq berish bilan bir qatorda O’zbekiston Suv xo’jaligi Bosh boshqarmasi va “Davlatsuvloyiha” institutida ham samarali faoliyat ko’rsatgan.Tarixdan ma’lumki, Chor Rossiyasi O’rta Osiyoni istilo qilgandan keyin o’lkadagi suv muammolarini hal qilish va yangi yerlarni o’zlashtirish, daryo transportini yo’lga qo’yish kabi muammolarni buyuk knyaz` N.K.Romanov, baron A.V.Kaul`bars, polkovnik A.I.Gluxovskoy, akademik V.V.Bartol`d, tadqiqotchilar V.A.Obruchev, N.G.Petrusevich kabi mutaxassisslar ham o’rganganlar. Xususan, 1893 yilda A.I.Gluxovskoy o’zining «Amudaryo suvlarini eski o’zani orqali Kaspiy dengiziga oqizish hamda Amu–Kaspiy–Volga daryosi va Mariin kanallari tizimi orqali Afg’oniston chegarasidan Peterburg va Boltiq dengiziga suv yo’li ochish» nomli kitobida Petr 1ning 1716 yildagi «Hindistongacha suv yo’lini izlab topish” haqidagi topshirig’ini bajarsa bo’ladi, deb yozgandi.Biroq ulardan farqli o’laroq F.P.Morgunenkov suv tizimida bir qator ixtirolar ham yaratgandi. Uning Turkistondagi ilk faoliyati 1910 yildan ko’zga tashlanadi. Shu yili u V.Aleksandrov va A.Yesaev kabi tadqiqotchilar qatori suvni balandlikka ko’tarib berish imkoniyatiga ega so’rg’ich (nasos) loyihasi uchun guvohnoma olgandi. 1915 yilda injener qish va toshqinlar vaqtidagi Amudaryoning ortiqcha suvlari bilan Janubiy-sharqiy Kaspiydagi bo’z yerlarni o’zlashtirish g’oyasini ilgari surdi o’z asarida ( “Predpolojeniya ob oroshenii yugo-vostochnogo poberej`ya Kaspiyskogo morya zimnimi i izbitochnimi pavodkovimi vodami Amu-dar`i” / “ Zapiski Russkogo Texnicheskogo obshestva”, 1915. № 6-7.Unda Taxiatosh qisnog’idan olingan kanal Sariqamish ko’li yaqinidan o’tib, Eski O’zboyning 500 km. irmog’iga ulanishi va daryo suvlarini Balxondagi Nebit dog’ etaklarigacha oqizish taklif etilgandi. Yosh injener o’ta og’ir va serxarajat loyihani asoslash niyatida yangi yerlar “Kaliforniya va Misriga aylanadi”, ? deb yozgandi. 1915 yilda F.P.Morgunenkov Mirzacho’ldagi Romanov kanalini kengaytirshsh bilan 175 ming desyatina yangi yerlarni o’zlashtirish mumkinligini isbotladi. Shu bilan bir qatorda u kanaldan suvni qo’tarib berish imkoniyatiga ega bo’lgan o’zining propellerli nasoslarini o’rnata boshladi. Muhandisning Turkistondagi samarali faoliyatini Rossiya Yer ishlari mahkamasi xodimi A.A.Tatishev yuqori baholagandi.1918 yilda Turkistonda paxtachilikni rivojlantirish maqsadida 50 mln so’m mablag’ ajratish to’g’risida hukumat qarori qabul qilinadi. Uning aksariyat qismi rus dehqonlari joylashtirilgan Mirzacho’lni o’zlashtirishga yo’naltirilishini hisobga olgan F.P.Morgunenkov “Nikol`skiy” posyolkasi yaqinida dastlabki zemlesosni o’rnatdi. Uning rus fotografi Prokudin–Gorskiy tomonidan olingan surati amerikalik arxeolog Xantingtonning “Turkiston al`bomi”dan o’rin olgandi.Markazdan Mirzacho’lni o’zlashtirish imkoniyatlarini o’rganishga safarbar etilgan injenerlar G.K.Rizenkampf, I.G.Aleksandrov, V.F.Bulaevskiy, V.D.Ifrin, N.D.Proxorov, B.K.Ladigin, tuproqshunos I.A.Dimo, agronomlar R.R.Shreder, G.S.Zaytsevlar bilan birga kelgan P.F.Morgunenkov sug’orish muammolarini chuqur o’rganishga harakat qildi. Hususan u R.R.Shreder bilan birga yerlarni sug’orish asosida paxtaning yangi navlarini ekish va yaxshi hosil yetishtirish imkoniyatlarini asosladi. Keyinchalik “Davlat suvloyiha” institutida ishlayotgan vaqtida P.F.Morgunenkov Chirchiq, Angren, Keles daryolarida gidrotexnik inshootlar qurish loyihasini tuzdi. Iqtidorli injenerning takliflari Bo’zsuv gidroelektrostantsiyasi qurilishi jarayonida e’tiborga olindi.1926 yilda F.P.Morgunenkov rahbarligida G.P.Sazonov, M.N.Yermolaev, B.X.Shlegel` tomonidan Amudaryoning Qoraqum orqali o’tgan eski o’zanida quriladigan yirik kanal loyihasi tayyorlandi (Morgunenkov F.P., Sevast`yanov I.A. Irrigatsionnie perspektivi Turkmenii. — M., 1925).Unda Bo’sag’a qishlog’i yaqinidan olingan va soqasida suvni boshqarish inshooti qurilmagan 2 ta 4 km. uzunlikdagi kanallar orqali daryo suvlari qurib qolgan Kalif O’zboyiga yo’naltirilishi ko’zlangandi. Oradan bir oz vaqt o’tib, 100 km. uzunlikdagi kanal yaqinida o’t-o’lanlar paydo bo’ldi va cho’lda ekilgan paxtadan yaxshi hosil olindi. Kelgusida o’zani 400 kmga yetkazilgan kanal orqali Murg’ob, Tajan va Atrek vohalari yerlari sug’orila boshlandi. Ammo mazkur yirik loyiha amalga oshirilgan vaqtda uning asosiy ijodkori dunyodan o’tgandi.1927 yilda F.P.Morgunenkov injener V.V.Poslavskiy bilan hamkorlikda Janubiy Xorazm sug’orish tizimini qayta qurish imkoniyatini o’rgandi va bir qator foydali takliflar berdi. Ular orasida Amudaryoning Ustyurt va Qoraqum chegarasida bo’lgan, ammo qurib qolgan O’zboy nomli o’zani orqali ortiqcha suvlarini Kaspiy dengizi tomonga oqizish haqidagi yangi g’oyalar ham bor edi. 1927 yilda Morgunenkov, Sinzerling kabi mutaxassislarning taklifi bilan sobiq ittifoq suv xo’jaligi komissariyati tassarufida Quyi Amudaryo del`tasidagi sug’orish kanallari boshqarmasi ? Upradik tashkil etildi va uning xodimlari Xorazm vohasining sug’orish tizimlarini qayta o’rganishni ham boshladilar.Ma’lumki, o’sha yillari aynan suv xo’jaligi tizimida katta kamchilik va nuqsonlar ro’y bergan, davlatning millionlab mablag’lari o’zlashtirib yuborilgandi. 1928 yilning bahorida, Toshkentda bo’lib o’tgan O’rta Osiyo suv xodimlarining sud jarayoni katta shov-shuvlarga sabab bo’lganicha bor edi. Negaki ushbu sudda shu davrdagi O’rta Osiyo suv inshooatlarining qurilishidagi katta kamchilik , nuqsonlar, salbiy jihatlar fosh qilingan edi.Sudda davlat ayblovchisi , prokuror Kondurushkin O’rta Osiyo “mirob”larining ishida “bosqinchilik, zararkundachilik va sabotaj”ning barcha qonuniy belgilari bor ekanligini isbotlagan edi.Buning ustiga, Moskvadagi Davlat reja qo’mitasi suv sektsiyasi rahbarlari Novatstsi, Kenig, Seydler va Rizenkampflarning O’rta Osiyo Suv boshqarmasi boshliqlari Rikunov, Proxorov va Mor bilan birga to’la rejalashtirilgan va texnikaviy hamkorlikda rivojlangan faoliyatlari haqida gapirar ekan, Kondurushkin shunday dahshatli so’zlarni tilga oladi: “ Sudda, biz tashkiliy qarshilikka, ustamonlar to’dasining fitnasiga duch kelib turibmiz”.Ushbu suddagi tergov materiallari salkam 50 tomni tashkil etgan, ayblov fikri esa mayda bosmada yozilgan 162 sahifada bayon qilingan edi.Ish Toshkentda bo’lib o’tgan Moskvadagi Oliy Sudning sayyor yig’ilishida besh hafta mobaynida ko’rib chiqilgandi.Suddagi qora kursida yuqorida nomi tilga olingan -Rikunov, Proxorov va Mordan tashqari, ularning o’rinbosarlari-Riskin, Shugaevskiy va Sharov, shunindek,O’rta Osiyo suv xo’jaligi Boshqarmasining ma’sul lavozimlarini egallagan 17 nafar sudlanuvchi ( jami-23 kishi) o’tirib, javob berishgandi. Sudda ayblangan kishilarning ism-shariflaridan ko’rinib turibdiki, o’lkadagi yer, suv sharoitini bilmay, bu tizimga rahbarlik qilgan mustamlakachilar endigina qad ko’tarayotgan sho’ro davlatining, xalqning millionlab mablag’larini o’zlashtirib yuborishgandi.Talabalik davrida Yahyo G’ulomov sud materiallari bosilgan “Pravda vostoka” gazetasini o’qib, faqat afsus va nadomat chekardi xolos. Chunki, mahalliy miroblar, yetuk olimlar fikriga e’tibor berilmay qilingan loyihalar natijasida Janubiy Xorazm suv tizimida ham ko’plab xato, nuqsonlarga yo’l qo’yilgandi. Sud materiallariga ko’ra, “ko’zda tutilgan smetadagi pul faqat 6 million rubl edi.1924 yilda ishga kirishildi.2.519.900 rubl sarf qilingandan keyingina, asosiy inshooatlar noqulay o’rinda qurilganligini, ularni 25 kilometr nariga surish kerakligini “payqab qolishdi”.Bu ishlarni to’xtatib, yangi loyiha bo’yicha ishga kirishdilar.Yangi loyiha esa 1927 yilning sentyabrida ham, ya’ni quruvchilar tergovda javob bera boshlagan paytda ham tayyor bo’lmagan edi.Yangi loyiha 61 million so’mlik smetaga asoslangan edi.Janubiy Xorazm fojiasi shu bilan ham yakunlanib qolmadi.Quruvchilar ustidan sud bo’layotgan kunlarda Sormovodan “zemlesos”lar kelishi kutilayotgan edi.Sormovoga 1.200 ming so’mlik, 2 “zemlesos” buyurtma berilgan bo’lib, “O’rtaOsiysuvxo’jaligi” o’z ishlarini rivojlantirish uchun daryo flotiliyasini ochishni mo’ljallagan edi.-Janubiy Xorazmda esa birorta zovur ham qazilgani yo’q,-deb ta’kidlanadi sud hisobotida.Sud hukmiga ko’ra, Rikunov va Mor huquqlardan mahrum qilinmagan holda 6 yil qamoq jazosiga hukm qilinadi. Proxorov-3 yilga.Eng qattiq jazo esa ikkinchi darajali shaxs bo’lgan muhandis Siromyatnikovga tegishli: u huquqlardan mahrum qilingan holda 6 yil qamoq jazosiga hukm qilindi.Sud Moskvadagi Davlat Reja Qo’mitasi Suv sektsiyasidan Rizenkampf va boshqalarni sud javobgarligiga jalb qilish haqida qaror chiqardi ( ammo ularning birortasi ham javobgarlikka tortilmadi ), 23 nafar ayblanuvchining 3 nafari esa oqlandi. Ha, suv xo’jaligi tizimida ana shunday achinarli, fojiali holatlar ham bo’lgan edi. Bu voqealarni talabalik davrida gazetadan o’qigan Yahyo aka kuyunib qo’ygan bo’lsa, keyinchalik o’zi suv tizimi bilan shug’ullanarkan, bevosita sudda ko’rilgan vohada bo’larkan, fojialar ko’lami naqadar katta bo’lganini his etdi.Yahyo G’ulomov shu tariqa suv xo’jaligi tizimidagi yutug’u kamchiliklarni o’rganib, soha xodimlarining tajribalarini , o’zining ekspeditsiyada to’plagan ma’lumotlarini boshqa manbalarga taqqoslagan holda “Xorazmning sug’orilish tarixi” monografiyasini yaratdiki, ushbu asar mavzuga har tomonlama keng yondoshilganligi bilan e’tiborli, umri boqiy asardir. Monografiya arxeolog-tarixchining Quyi Amudaryo bo’ylaridagi odam oyog’i yetib bormagan, ammo bir paytlari gullab yashnagan qa’lalarda olib borgan tadqiqotlari natijasida yozilgandi.Goh piyoda, gohida otu eshakda yurganicha, daryo va anhorlar yoqalab yurib, shu sohaning tajribali mutaxassislari bilan maslahatlashib ko’plab ma’lumotlar to’plagan, qa’lalarda tekshirishlar olib borgandi.Ana shu izlanishlari uning ushbu asarida o’z aksini opgan.Garchi mavzu sug’orilish tarixi bo’lsada, suv bu hayot ekan, daryo bo’yida barpo etilgan qa’lalar, ulardagi turmush tarzi, umuman olganda Amudaryo, uning quyi qismidagi hayotning, odamzotning ilk izlaridan tortib to 1950 yilgacha bo’lgan tarix sadolari monografiyada yoritilgan.Asar 1957 yilda rus tilida, 1959 yilda esa o’zbek tilida nashr qilingan. Ma’lumki, Yahyo G’ulomov yashab ilmiy faoliyat olib borgan davr, sho’ro davrining mafkuraviy bosimlari ko’p bo’lganidan, muallif asarida chorizm mustamlakachiligi, sho’rolarning kollektivlashtirish, quloqlashtirish davridagi sug’orish tizimidagi holatni, qatag’on qurboni bo’lgan O’rta Osiyolik Yevropada o’qigan birinchi irrigator Muhammad Aminadinov faoliyatini yoritaolmagan. Albatta, teran tafakkurli akademik o’sha mash’um yillarda hayot qanday kechganligini yaxshi anglar, biroq bosma nashrda, xususan yoqlangan dissertatsiyasi va kitobida bu to’g’rida ochiq yozaolmas, yozgan taqdirdayam nashr etdirolmasdi.Biroq shunday bo’lsada, ushbu monografiya orqali nafaqat Quyi Amudaryo bo’ylaridagi eng qadimdan to 20 asrning 50 yillarigacha bo’lgan sug’orish tizimini, balki hayot jarayonini ham bilish, tarix sadolarini anglash, saboqlaridan xulosa chiqarish mumkin.
2.2. Zamonbobo arxeologik mangilgohi tadqiqotlarida Yahyo G’ulomovning faoliyati
Zamonbobo – bronza davrida Zarafshon vohasida tarqalgan madaniyat. Zamonbobo qabristoni 1950 yilda Yahyo G‘ulomov tomonidan topilgan, so‘ng A.Asqarov tomonidan o‘rganilgan. Zamonbobo madaniyati yodgorliklari mil. av. II mingyillikka oid.Zamonbobo qabristoni Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidan 15 km shimoli-g‘arbda, Zamonbobo ko‘lining shimoliy qirg‘oqlarida joylashgan. Bu yerda 1950-1964 yillarda arxeologik tadqiqot ishlari olib borilgan. Jami 46 ta qabr ochilgan. Qabrlar katakomba – lahad tipida qazilgan. Juda ko‘p qabrlarda ikkita – erkak va ayol skeleti uchraydi. Uchta qabrda erkak va ayol skeleti bilan birga bola skeletiham topilgan.Ayrim qabrlarda skelet yer sathidan 10-50 sm, boshqalarida esa 70-130 sm chuqurlikda joylashgan. Chuqur qazilgan qabrlar boyligi bilan ajralibturadi. Zamonbobo qabrlari so‘nggi zamonlarda buzilgan, chunki hamma skelet juda yomon saqlangan, faqat 3 ta qabrdagi suyaklar anatomik to‘liq saqlangan va buzilmagan. Buzilmagan shu qabrlar asosida aytish mumkinki, Zamonbobo madaniyatida odamlarni yonbosh qilib, g‘ujanak holda ko‘mish odat bo‘lgan. Boshlari sharq va shimol tomonga qaratilgan. Har bir skelet oldida, uning bosh qismida bittadan sopol idish uchraydi. Bir nechta qabrdan chaqmoqtoshdan yasalgan paykonlar ham topilgan. Ayollar skeletlari yonidan ko‘plab qimmatbaho va oddiy toshlardan yasalgan taqinchoqlar, bitta qabrdan misdan yasalgan oyna, pichoq, yana bittasidan silindr shaklidagi oltin munchoq topilgan.Zamonbobo madaniyati qishloqlari. Zamonbobo madaniyatiga oid birinchi qishloq 1961 yilda topilgan, 1961-1964 yillarda A.Asqarov tomonidan o‘rganilgan. U Zamonbobo ko‘lidan yarim km sharqda joylashgan. Yodgorlik balandligi 4 m gacha yetadigan qum barxanlari tagida qolib ketgan.Zamonbobo qishlog‘ida odamlar yerto‘lalarda yashashgan. Shunday yerto‘lalarning biri cho‘zinchoq shaklda bo‘lib, uzunligi 23,5 m, kengligi 9 m gacha, chuqurligi 1 m gacha boradi. Yerto‘laning umumiy maydoni 170 m2. Shunday katta yerto‘laning bitta eshigi bo‘lgan, eshikning eni 50 sm, uzunligi 2 m ga teng. Yerto‘la hududida alohida-alohida joylashgan o‘choqlar, xo‘jalik o‘ralari topilgan. Yerto‘la topilmalari chaqmoqtoshdan yasalgan paykonlar, tegirmon toshlari, toshdan yasalgan munchoqlar, terrakota-haykalchalar va ko‘plab hayvon suyaklaridan iborat.Zamonbobo qishlog‘i atrofi mudofaa devori bilan o‘ralgan. Qishloqning janub tomonida olib borilgan tadqiqotlar natijasida 2 m qalinlikdagi, 40 m uzunlikdagi qal’a devori ochilgan. Devor 25-30 sm gacha saqlanib qolganZamonbobo madaniyatiga oid ikkinchi qishloq Zamonbobo ko‘lidan 6-7 km g‘arbda joylashgan, lekin bu yerda yirik arxeologik tadqiqotlar olib borilmagan.Zamonbobo madaniyati kulolchiligi. Zamonbobo qishlog‘ini o‘rganish asnosida sopol pishiriladigan ikkita xumdon topilgan bo‘lib, asosan uning olovxonasi saqlangan. Olovxona 90 sm diametrli materik yerni qazib yasalgan, olovxona devorlari toshqol holiga kelgan. Xumdonning o‘tin tashlaydigan yo‘lagi, olov yonganda issiq havo tepaga ko‘tariladigan yo‘laklari ham saqlangan.8
Qabristondan Zamonbobo madaniyatiga oid 45 ta butun sopol idish topilgan. Sopollar asosan qo‘lda yasalgan, kulollik charxida ishlangan sopollar kam uchraydi. Zamonbobo sopollariga tashqi bezak berilmagan.Kulolchilik ashyolariningasosiy shakllari–chapya, kosa, silindr shaklidagi qadah kabi idishlar bo‘lib, umuman sopol idishlarning o‘n uch tipi aniqlangan. Zamonbobo sopollari majmuasi juda ko‘p tipining tag qismi tuxumsimon qilib ishlangan. Yuqorida eslab o‘tganimizdek, Zamonbobo madaniyati ko‘chmanchi chorvador va dehqonchilik madaniyatiga xosdir. Zamonbobodan topilgan xumdon ikki yarusli bo‘lib, issiqlikni saqlashda qo‘l keladi. Undan tashqari, kulollik charxining paydo bo‘lishi ham zamonboboliklarning hunarmandchilikda erishgan yutuqlari hisoblanadi, chunki undan oldin O‘rta Osiyoda chorvador xalqlar kulolchilik charxidan foydalanishni bilmaganlar.Zamonbobodan topilgan taqinchoqlar.Taqinchoqlar asosan qimmatbaho toshlar – feruza, aqiq, lojuvard, serdolik kabilardan silindr, romb, xoch, yarim oy, aylana shakllarida yasalgan. Tashqi tarafi odam aksini ko‘rish mumkin bo‘lgan darajada silliq ishlangan.Metalldan ishlangan ashyolar.9
8. O’zbekiston tarixi jurnali Toshkent 2003 – yil , 4 son.
9. Ahmadali Asqarovning ilmiy va pedagologik faoliyati. Toshkent-Samarqand 2005.
Zamonboboliklar metallni eritishni, undan har xil buyumlar yasashni yaxshi bilishgan. Bu yerdan topilgan oyna, pichoq, igna, baliq tutishga mo‘ljallangan qarmoqlar buning misolidir.
Zamonbobo madaniyatining paydo bo‘lishi arxeologiya fanida hozirga qadar o‘z yechimini topgani yo‘q. Ma’lumki, Zarafshon vohasida 50 dan oshiq neolit davri Kaltaminor madaniyati yodgorliklari topilgan. Fikrimizcha, Kaltaminor madaniyati izsiz yo‘qolib ketmagan. Fandagi birinchi qarashga binoan, Zamonbobo madaniyati neolit davri Kaltaminor madaniyati vorisidir. Ikkinchi g‘oya tarafdorlari Zamonbobo madaniyatining paydo bo‘lishini Qora dengiz bo‘ylariga xos Yamnaya madaniyati bilan bog‘laydilar. Yamnaya madaniyati bilan Zamonbobo moddiy madaniyatidagi, ya’ni sopol idishlarning tuxumsimon shakllaridagi, idishlarni silliqlashdagi o‘xshashliklar bu g‘oyaning yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan. Ikkinchi g‘oya o‘z vaqtida olimlar tomonidan tanqid qilinib, eslab o‘tilgan o‘xshashliklar sopol yasashda texnik belgilar ekanligi, lekin etnik masalalarni yechishga asos bo‘la olmasligi aytilgan.So‘nggi vaqtlarda Baxtariya va Marg‘iyonada o‘tkazilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida Zamonbobo madaniyatining paydo bo‘lishi va etnik masalalar xususida yangi fikrlar aytildi. Haqiqatdan ham Baxtariya – Shimoliy Afg‘oniston yodgorliklaridan Zamonbobo madaniyatiga xos ashyolar topilmoqda.Sopol qopqonlar, xoch shaklidagi taqinchoqlar, to‘g‘nag‘ichlar shular jumlasiga kiradi. Shu materiallar asosida V.I.Sarianidi Zamonbobo madaniyatining paydo bo‘lishini Baxtariya bilan bog‘laydi va yoshini mil. av. IImingyillik oxiri va I mingyillik boshlari bilan belgilaydi.Uning fikricha, baxtariyaliklar Amudaryo va Qashqadaryo orqali Zarafshon (Zamonbobo) bo‘ylariga borgan. Ular mahalliy sharoitga moslashgan, dehqonchilik hamda chorvachilik bilan ham shug‘ullanishgan. Shu bilan birga, Andronovo-Tozabog‘yob madaniyati aholisi bilan ham madaniy va iqtisodiy aloqada bo‘lgan. Zamonbobo madaniyatini yoshartirish masalasini A.Asqarov ham qo‘llamoqda.Zamonbobo madaniyatining paydo bo‘lishi shu tarzda qo‘yiladigan bo‘lsa, tabiiy ravishda muayyan masalalar tug‘iladi va ularni hal etishga g‘oya asoschisi V.I.Sarianidi ham ojizlik qiladi.Ma’lumki, baxtariyaliklar yuqori darajada rivojlangan me’morchilik, kulolchilikka ega bo‘lishgan. Zamonboboliklar esa yerto‘lalarda yashagan. Yasagan sopollari ko‘proq neolit davri sopollarini eslatadi. Yoki murdani ko‘mish marosimini olaylik. Zamonboboliklar qabrlarida erkak va ayol skeleti birga uchraydi. Bu odat baxtariyaliklarga xos emas va ancha ibtidoiy odat hisoblanadi.
Bizning fikrimizcha, zamonboboliklar, shubhasiz, baxtariyaliklar yoki tozabog‘yobliklar bilan madaniy aloqada bo‘lgan, lekin etnik jihatdanbaxtariyaliklar bilan bog‘lanmaydi. Hozircha, arxeologik manbalar yanada to‘liqroq to‘planmaguncha, Zamonbobo madaniyatining paydo bo‘lishi, yoshi masalalari ochiq qolaveradi.Yahyo G’ulomov 1950 yil kuzida qadim Buxorodagi ko’hna madaniyat osori-atiqalarini izlab topish maqsadida shogirdlari Zarafshon vodiysining quyi qismiga yo’l oladi. Fanda Moxondaryo ekspeditsiyasi deya atalgan va moziy bag’ridagi ko’plab sirlarni kashf qilgan arxeologlar guruhining tadqiqot ishlariyam natijali bo’ldi. Arxeologlar Varaxsha, Moxondaryo, Gurdush va Bujayli kabi Zarafshondan ajralib chiqqan o’zanlarda tadqiqotlar olib borib, katta natijalarga erishdilar.Arxeologiyada katta tajriba orttirgan Yahyo aka Bujaylining quruq o’zani yoqalab Qorako’l tumanidan shimoliy g’arbda joylashgan Zamonbobo ko’liga katta umid bog’lardi. Negaki, Bujayli o’zanidagi toshqinlardan hosil bo’lgan ushbu ko’l qurib, sho’r bosib yotgan bo’lsada, o’tmishdagi ovchi-baliqchi, ibtidoiy dehqonchilik bilan shug’ullangan ajdodlarimiz uchun rizq maskani hisoblanganligi taxmin qilinardi.Biroq dastlab arxeologlar hafta davomida ko’lning atrofida qazishma ishlarini olib borib biron natijaga erishaolmay tashvishga tusha boshlashdi. Biroq hammadan ham ko’p Yahyo G’ulomov topilmalardan umidvor edi.Domlaning sadoqatli shogirdlaridan Abdulahad Muhammadjonov bu haqda shunday yozadilar: -Bunday bo’lishi mumkin emas, bu yerdan qadimgi madaniyat izlari topilishi kerak, ularni topmasdan biror qadam ham oldinga ekspeditsiya siljimaydi, degan fikrda qa’tiy turib olgan edi. Nihoyat, YA.G’ulomovning fikri to’g’ri bo’lib chiqdi.Haftaning oxiriga borib palatkani ( arxeologlarning palatkasi nazarda tutilmoqda-U.B) yonidan maydalanib ketgan suyaklar va sopol idish parchalari sochilib yotgan joy topildi. 300 kvadrat metrlik maydon zudlik bilan qumdan tozalandi.Yaxshilab supurilgan taqir ustida diametri 1,2-1,5 metr keladigan betartib joylashgan chuqurlarning og’zi ko’zga yaqqol tashlanardi. Bu asrlar davomida bizgacha saqlanib kelgan, gumbazini shamol uchirib ketgan qadimgi qaristonning qoldiqlari- btidoiy madaniyat obidalaridan biri edi. Nihoyatda ehtiyotlik bilan go’rlar birin-ketin kavlab ochila boshlandi. Ularda qo’l-oyoqlari bukilib, g’ujanak holda ko’milgan odam skeletlari bilan birga, sopol idishlar va chaqmoqtoshdan yasalgan kamon o’qi paykonlari, turli xil toshmunchoq va marjonlar, jez zebi-ziynatlar qo’shib ko’milgan edi. Bu miloddan avvalgi 2 minginchi yillikning o’rtalarida dehqonchilik va chorvachilik bilan kun kechirgan ibtidoiy qishloq ahlining qabristoni bo’lib, fanga “Zamonbobo madaniyati” nomi bilan kiritildi”8 ( A.Muhammadjonov, “Yahyo G’ulomovni xotirlab”, T, 2008 yil, “Sharq” nashriyoti, 35 bet).Bunday noyob topilmalar ekspeditsiyaning keyingi yillardagi faoliyatida yana topildi. Zamonbobodan g’arbdagi Kichik va Katta Tuzkon nomlari bilan atalgan qadimiy ko’llar atrofidan miloddan avvalgi 5-3 minginchi yillarda yashagan ovchi- baliqchi aholining chaylalari o’rni topilganiyam fan uchun katta yangilik edi.Keyinchalik bu hududlarda domlaning shogirdlaridan Ahmadali Asqarov, O’tkir Islomovlar ham tadqiqot ishlarini olib borib, tarixning yangi sahifalarini boyitdilar.Xullas, Moxondaryo ekspeditsiyasi tufayli katta va kichik Tuzkonda neolit davriga ( miloddan avvalgi 5-3 ming yillik ) mansub ovchilar va baliqchilar manzilgohi, bronza davrida ( miloddan avvalgi 2 ming yillik) yashagan ko’chmanchi chorvadorlar qarorgohi, antik zamonlarga oid ashyolar, Axsikentdagi nodir topilmalar o’rganildi. Shu kabi Obirahmat, Ko’lbuloq, Takalisoyda ko’plab ibtidoiy manzilgohlar topildi. Ushbu obidalarni tadqiq qilish tufayli ibtidoiy davrda yashagan ajdodlarimiz hayoti, ibtidoiy dehqonlar yaratgan qadimgi madaniyat, urf-odatlari, e’tiqodi, xo’jalik yuritish tizimiga oid ma’lumotlar, o’zbek fanining , tarixshunosligining obro’si oshishiga xizmat qildi.
_________________________________
10. Ahmadali Asqarovning ilmiy va pedagologik faoliyati. Toshkent-Samarqand 2005.
11.Y.G`ulomov “Xorazmning sug`orilish tarixi” Toshkent, O’zSSRFA, 1959
Xulosa.
Yahyo G’ulomov ilmiy faoliyati davomida, o’zining o’rganganlari, ilmiy kuzatishlari, tarixiy manbalarni tadqiq qilish natijalari , bilganlarini keng omma e’tiboriga havola qilish niyatida “ O’zbekistonda moddiy madaniyat asarlarini saqlash va o’rganish yo’lida” ( Toshkent, O’zkomstaris nashri, 1934, № 29 bet, rasmli), “Keksa san’atning qari ustasi” ( “Guliston” jurnali 1935, № 2 ), “O’tmish izlari” (arxeologik tekshirishlar).- “Guliston”, 1937, № 4, ), “Minoraning tiklanishi”, ( “Sots, Fan va turmush” 1939, № 11 ), “Tarixiy yodnomalar” ( “Sots, Fan va turmush”, 1939, № 12) “Qadimgi Poykand” (“ Guliston” 1939, № 11 ), “Qadimgi zamon ishlarini o’rganish” , (“ Sots. fan va turmush” 1939, № 1 ), “Qizilqum ichida qadimgi madaniyat izlari” (“Sots. Fan va turmush “, 1939, № 7-8 ), “Qizilqum ichida” ( “Guliston”, 1939, № 6, ( “Noviy istochnik po istorii zavoevaniya Turkestana russkim sarizmom” , Izv. Uzb. filiala AN , 1941), “Pamyatniki goroda Xivi”( Tashkent. Uz FAN, 1941g) , «Alisher Navoiyning davrini o’rganish haqida» ( «Ulug’ o’zbek shoiri» kitobida, Tashkent, 1948, 3-24 betlar), “XV asrda O’rta Osiyo shaharlarida binolar ansamblining traditsiyasi haqida”. –( T, 1948 ) , “Chupan – Ata» ( Trudtsi In-ta istorii i arxeologii AN Uzbekistana, T.1.Tashkent. 1948, s. 22-34), “ Beruniy Amudaryo oqimining tarixiy gidrografiyasi haqida” ( «Beruniy – o’ta asrning buyuk olimi “ to’plamida), Toshkent, 1950 yil , 70-76 betlar) , ” O’zbekistonda arxeologiya” Toshkent, «O’zbekiston » nashriyoti, 1956 y, 43 b, “Nukus shahri” ( “Fan va turmush” jurnali”, 1957 yil № 5, “Qadimgi sak qavmlari”, (“Fan va turmush”, 1957 yil , № 4 ), “Xonbandi “ ( “Fan va turmush” jurnali, 1958 yil, № 4,), “Tarixshunoslikda etnografiya vazifalari” (“O’zbekiston Madaniyati” gazetasi, 1959 yil 10 iyun`), “Qadimgi madaniyatimiz izlaridan”. “O’zfan akadnashr, 1960 yil), ( “Fan va turmush” kutubxonasi), “Jizzax tarixiga oid” ( “Qizil O’zbekiston” gazetasi, 1963yil 3 yanvar), “ Axsiket obidalari izidan “ ( “ Fan va turmush” jurnali , 1964 yil №8 ), “ Mashhur kishilar qabri izidan” ( “ Fan va turmush” jurnali 1966 yil № 11), “Paxtachilik qachon boshlangan?” ( “Fan va turmush” jurnali, 1966 yil № 1), “Ko’hna tarix izlari” ( “ Sovet O’zbekistoni” gazetasi, 1967 yil 29 oktyabr), “Tarix tilga kirganda” ( “O’zbekiston madaniyati” gazetasi, 1967 yil 25 fevral), “V. L. Vyatkin haqida xotiralar” ( “O’zbekistonda ijtimoiy fanlar “ jurnali , 1969 yil № 11,) “Arxeologiya nima?” , “ Saodat” jurnali, 1972 yil № 4, ) “Qiz qal’asi” ( “ Fan va turmush”, 1972 yil № 10) kabi ko’plab maqola va risolalar chop etdirdi. “O’zbekiston xalqlari tarixi”, “Samarqand tarixi” asarlariga hammualliflik qildi.Ushbu asarlarning nomiyoq tarixga qiziquvchi o’quvchilarda qiziqish uyg’otadi. Shulardan kelib chiqib bugungi istiqlol davri farzandlari va kelajak avlod uchun yuqoridagi maqolalarni to’plab, ruscha asarlarini tarjima qilib Yahyo G’ulomovning saylanma asarlarini nashr etmoq lozim.Akademik Yahyo G’ulomov nafaqat tarixchi olim, arxeologik ekspeditsiyalar natijasida to’plangan osori atiqalarni avaylab saqlashga intildi, balki moziyni yanada chuqur tahlil eta oladigan tadqiqotchilarni yetishtirish uchun jon kuydirib,Rossiya shaharlaridagi ilm maskanlariga iqtidorli talabalar, aspirantlarni yo’llab turdi.1956-59 yillarda O’ZFA tarix va arxeologiya institutiga direktorlik qilgan paytida esa, tarixga oid qo’llanma, monografiyalar yozish uchun tadqiqotchilarga yetarlicha shart sharoitlar yaratib berish bilan birga, tarixchi aspirantlar uchun qo’shimcha joy olishgayam muvaffaq bo’ldi.Ayni paytda esa u o’z davrining fidoyi kishisi ham edi.Kunlarning birida Yahyo G’ulomov «Vecherniy Toshkent» gazetasida poytaxtimiz ko’chalaridan birining ozoda, shinamligi haqidagi maqolani o’qib qoladi.Yolg’on va maqtovdan iborat bu maqolani o’qigach, akademikning fig’oni falakka chiqadi. Ma’lumingizki, keyingi paytlarda Toshkentda qonunbuzarlar, bezorilar, o’g’ri-o’triklar ko’payib qoldi.Bundan odamlarning tinchligi va osoyishtaligi buzilmoqda. Shunday bir vaziyatda she’r va ashulalar mashq qilishni birpas to’xtatib, bu ishni o’z egalariga qo’yib bersangiz, o’zingiz esa bevosita mas’uliyatli vazifangiz bilan shug’ullansangiz, ko’p ma’qul ish bo’lardi». Ushbu xat respublikamizning qonunchilikni muhofaza qiluvchi eng yuqori lavozimdagi boshlig’iga yozilgan ekan. Abdulahad domlaga qarab, yuzida tashvish bilan bu xatni jo’natsak oqibati nima bo’lar ekan, deb xavotirlandi.Shunda Yahyo aka “qachongacha qo’rqib yashaymiz. Kimdir bularni aytishi kerak-ku, «Qarg’adan qo’rqqan tariq ekmaydi», xat oxirida imzoyimiz bor”, deb qo’ydi. Abdulahadning tashvishlanganicha bor edi. O’sha davrda yuqoridagi rahbarlarga ochiq so’zlarni yozib yuborish, o’z hayotini tahlikaga solish bilan barobar edi. Domla buni yaxshi bilar edi. Zero, u odamlar tashvishi, elu-yurtning g’ami bilan yashardi. O’sha qaltis zamonda bunday xatni yozib yuborishning o’zi jasorat edi.Yana bir voqea esimda. Domlaning Fathulla aka ismli qadrdon sinfdosh do’sti bor edi. U tez-tez domlani yo’qlab kelar va ishdan keyin yoshlik davrini eslab, domla bilan chaqchaqlashib o’tirardilar. Fathulla aka nafaqada bo’lib, oilasi o’rta hol darajada edi. Domla do’stini moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlab turardi. Agar Fathulla aka uzoq vaqt ko’rinmay qolsa, domlaning o’zi borib hol-ahvolini bilib, uyiga o’zi bilan olib kelardi. Fathulla akani haftalab uyidan yubormasdi. Chunki u domlaning haqiqatdan ham sadoqatli, shirinsuxan do’sti edi. Bir kuni qizg’in suhbat orasida Fathulla aka hayotdagi kamchiliklardan, yaramas illatlardan va nafaqaning kamligidan so’z yurita boshladi. Domla do’stining so’zini bo’lmadi, oxirigacha tingladi. So’ngra do’stiga qarab hazil aralash: «Fothi, so’zlab bo’lding-mi, aytgan gaplaring haq gaplar. Ammo kimga shikoyat qilyapsan, o’zi! Axir, shu hukumatni qo’lingga qurol olib, o’zing o’rnatgan emasmisan! Endi bu yog’iga chidashga to’g’ri keladi», deb qo’ydi. Ushbu kinoya bilan aytilgan so’zning tagida chuqur falsafiy ma’no bor edi”9.
____________________
12.O’zbekiston tarixi jurnali Toshkent 2003 – yil , 4 son.
Do'stlaringiz bilan baham: |