1-chizma Xorijiy investitsiyalrga ta’sir etuvchi omillar5
______________________________________
5. N.N. Imomov. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirirsh.//T.:TDIU, 2011.-188
2-chizma. Xorojiy investitsiyalarning tasniflanish belgilari.
Hududiy joylashtirish bo’yicha investitsiyalar ichki va tashqi investitsiyalarga bo’linadi.
Hozirgi kunda bir qator mamlakatlarda moddiy ishlab chiqarish jarayonidagi investitsiyalshdan tashqari ijtimoiy-madaniy sohalar uchun, fan tarmoqlari uchun, madaniyat, ta’lim, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport sohalari uchun investitsiya mablag’lari ajratilmoqda.Bu investitsiyalarning alohida bir ko’rinishi bo’lib, asosan kishilarning sog’ligini saqlash, aqliy va ma’naviy rivojlanishi uchun, hayotini uzaytirish hamda kishilarning ish faoliyatida ijodiy qatnashishi va uning samaradorligi oshishi uchun sarflanadi.
Investitsiyalar iqtisodiy va boshqa faoliyat obektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar hisoblansa, investitsiya faoliyati subektlarning investitsiyalarini amalga oshirish bilan bog’liq harakatlari majmui investitsiya faoliyati deb yuritiladi. Investitsiya faoliyati tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning bir ko’rinishidir, shuning uchun ham tadbirkorlikka xos bo’lgan belgilar, ya’ni mulkiy mustaqillik, tashabbuskorlik va tavakkalchilik unga ham xos bo’lgan xususiyatdir.
Bozor iqtisodiyotida investitsiya faoliyatini moliyalashtirish investorlar tomonidan moliyaviy resurslarni jalb qilish yo’li bilan kreditlar evaziga, muomalaga, qonunchilikda belgilangan holda, qimmatli qog’ozlar va zayomlar chiqarish hisobiga olib boriladi. Invaesitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish yo’nalishlari O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini barqarorlashtirish korxonalar ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun bir qancha tadbirlar hamda investitsiya dasturlari va loyihalarini ishlab chiqilmoqda. Hozirgi vaqtda investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish investitsiya siyosatining asosan quyidagi yo’nalishlariga amalga oshirilmoqda ya’ni:
- Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish uchun aniq maqsadni ko’zlab siyosat o’tkazish, xorij investitsiyalari uchun , tovarlarni eksport qilishda o’z daromadlaridan foydalanishda birqancha imtiyozlar tartibini joriy etish;
- Xorijiy investitsiyalarni asosan kapital manbalarini Respublika iqtisodiyotiga jalb qilish uchun huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, shart-sharoitlarni yanada takomillashtirish;
- O’zbekiston jahon talablari darajasidagi texnikalar olib keladigan iqtisodiyot tizimni rivojlantirishga yordam beradigan xorij investitsiyalariga nisbatan ochiq eshiklar siyosati o’tkazish.
Hozirgi kunda Respublikamizda investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning quyidagi manbalari mavjud:
1. Korxona va jismoniy shaxslar jamg’armalari;
2. Bank kreditlari hisobidan moliyalashtirish;
3. Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlar mablag’lari hisobiga moliyalashtirish;
4. Xorijiy investitsiyalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |