Kurs ishi mavzu: Toshkent vohasi toponomikasi


Toshkentning hududiy chegaralar



Download 54,42 Kb.
bet2/4
Sana05.07.2022
Hajmi54,42 Kb.
#742994
1   2   3   4
Bog'liq
ASOMIDDIN KURS ISHI — копия

1.2. Toshkentning hududiy chegaralar
Toshkent viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat.Respublikaningsimoli-sharqida. 1938-yil 15-yanvda tashkil kilingan. Shimoliy va shimoli-gʻarbdan Qozogʻiston Respublikasi, shimoli-sharqdan Qirgʻiziston Respublikasi, sharqdan Namangan viloyati, janubidan Tojikiston Respublikasi, janubi-gʻarbdan Sirdaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni (Toshkent shahri maydonisiz) 15,3 ming km². Aholisi (Toshkent shahri aholisisiz) 2.4 million kishidan ziyod (2004). Viloyat tarkibida 15 ta tuman (Bekobod, Boʻka, Boʻstonliq, Zangiota, Oqqoʻrgʻon, Ohangaron, Parkent, Piskent, Chinoz, Yuqori Chirchiq, Yangiyoʻl, Oʻrta Chirchiq, Qibray, Quyi Chirchiq), 17 shahar (Angren, Bekobod, Boʻka, Doʻstobod, Keles, Olmaliq, Oqqoʻrgʻon, Ohangaron, Parkent, Piskent, Toshkent, Toʻytepa, Chinoz, Chirchiq, Yangiyoʻl, Yangiobod, Gʻazalkent), 18 shaharcha (Alimkent, Boʻzsuv, Gulbahor, Zafar, Iskandar, Krasnogorsk, Nurobod, Olmazor, Salor, Tuyaboʻgʻiz, Chigʻiriq, Chorvoq, Eshonguzar, Yangibozor, Yangi chinoz, Yangihayot, Oʻrtaovul, Qibray), 146 qishloq fuqarolari yigʻini bor. Markazi — Nurafshon shahri.


II-bob.Toshkent shahri toponomikasi va bazi manbalarda Toshkent
2.1.Toshkentning qadimgi nomi
Toshkent o`rta asr yozma manbalarida Choch (arabcha Shosh yoki Joj), Tarbend, Tarkan va Binkent nomlari bilan atalgan
Toshkent haqidagi birinchi tarixiy ma'lumotlar milodning dastlabki asrlariga to'g'ri keladi. Chunonchi, shaharning geografik o'rniga oid ma'lumotlar yunon olimi Klavdiy Ptolemeyning “Geografiyadan qo'llanma” asarida uchraydi. Ptolemey bu asarida yer sharining obod qismini 26 xaritada tasvirlagan. Shu xaritalardan birida O'rta Osiyo va uning atrofidagi o'lkalar tasvirlangan. Unda Xitoyga boradigan savdo yo'li ustida, aniqrog’i Yaksart (Sirdaryo) havzasining sharqida Terri Lapideya degan joy ko'rsatilgan. Olimlar ana shu yunoncha nomni “Tosh qo'rg'on” deb tarjima qilib, Toshkentga nisbat berishgan
Toshkent shahrining nomi yozma manbalarda Choch, Chochiston, Shosh, Shoshkent shakllarida ham uchraydi. “Choch” so'zi ham sug'd tilida “tosh” demakdir. Shosh esa Choch nomining arabcha shaklidir. Choch yoki Shosh deganda Toshkent hamda uning atroflari tushunilgan.Yozma manbalarda kelltirilishicha, Toshkentning qadimgi nomi “Choch” bo`lgan. Toshkent arablar tomonidan bosib olingach, arab alifbosida “ch” xarfining yo`qligi bois, asarlarda “Shosh” deb yuritilgan. Ilk o`rta asrlarda shahar “Choch”, “Shosh”, “Shoshkent” deb nomlangan.X asrda noma'lum muallif tomonldan fors-tojik tilida yozib qoldirilgan “Hudud ul-olam” (“Dunyoning sarhadlari”) nomli asarda bunday deyiladi: “Choch katta viloyat, xalqi jangovar, boy va sahiydir. U yerda o'q-yoy tayyorlanadi Binkat Chochning poytaxti4. , ayni vaqtda podshoning qarorgohidir”4
4‘’Hudud ul-Olam’’-movarounahr tavsifi
Arabinavis olimlardan Istahriy, Ibn Havqal, Muqaddasiy va boshqalar (IX – X asrlar) o'z asarlarda Shosh viloyatining markazi Binkat shahri deb ko'rsatganlar. Binkat hozirgi Eski jo'va va Chorsu oraligida bo'lgan. Binkat nomi forscha-tojikcha bo'lib,“ko'rimli shahar demakdir (“bin– “ko'rinish, “ko'zga tashlanish”, “kat” – sug'dcha “ shahar, qishloq, manzilgoh” degan ma'noni bildirgan Buyuk Abu Rayhon Beruniy o'zining “Qonuni Mas'udiy” asarida “Binkat – bu Shoshning poytaxti, turkiy tilda “Toshkand”, yunonchadan arabchaga tarjima qilsang, – “Buri al-hijori” (“Tosh mino­ra”) deb yozgan5. Beruniyning so’zlarini boshqa olimlar ham tasdiqlagan. Masalan, Mahmud Qoshg'ariy o’zining “Devonu lug'otit turk” asarida “Tarkan – Shoshning nomi, uning asli nomi Toshkand bo’lib, “g’ishtdan qurilgan shahar demakdir”, deb yozgan. Demak, poytaxtimiz nomining “Toshkent” shakli birinchi bor Abu Rayhon Beruniy asarlarida uchraydi va shahar boshqanomlar bilan ham atalgan, nihoyat hozirgi nomi tilimizda qat’iy o’rin olgan.
5Abu Rayhon Beruniy “Qonuni Mas'udiy”
1.2.Toshkent qadimgi va o’rta asr mualliflari manbalirda
Toshkent shahrining tarixi va toponimiyasiga oid mukammal ma'lumotlami O'rta Osiyoni Rossiya bosib olgandan keyingi davrdagi rus mualliflari Ye.T. Smirnov (“Drevnosti v okrestnostyax Tashkenta”. 1895), A. Mayev (“Aziatskiy Tashkent. 1876), I.I. Dobrosmo'slov (“Tashkent v proshlom i nastoyashem”. 1912) N. Lokoshin . A.Shishov kabilar asarlaridan topish mumkin.Toshkent toponimini ko'p adabiyotlarda “Tosh shahar” deb izohlanadi. Shu so'zda ma'lum ma'noda shahar tarixi ham o'z aksini topgan. Arxeologik izlanishlar natijasida shahar hududida tosh asriga oid buyumlar ko’plab uchragan. Toshkentdagi qabristonlardan birida topilgan haft jo'sh (bronza) ko'zgular, turli mamlakatlaming tangalari shaharning kamida 2000 yillik tarixidan darak beradi. Xususan, Vatanimiz poytahti Toshkent shaharining YUNESKO e`tiboriga tushib, 2009 yilda 2200 yillik tavallud kunining nishonlanishi alohida e`tiborga loyiq
Ilk yozma manbalar Sirdaryo-Yaksart havzasini dehqonchilik aholisi va ko‘chmanchilar o‘rtasidagi chegara sifatida izohlaydi. Strabonning ma’lumot berishicha, Yaksart sug‘diylar va ko‘chmanchilarni ajratib turadi. Dionisiy Periget esa Sug‘diyona ortida Yaksart oqimi bo‘ylab saklar joylashganligi haqida yozadi. Mil. avv. I mingyillik Toshkent vohasidagi ko‘chmanchi aholi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lsak-da, Ohangaron va Chirchiq vohalarida Burgulik madaniyati misolida o‘troqlashgan chorvadorlar maskanlari kuzatiladi. Bu madaniyatga oid turarjoylar yerto‘la va yarim yerto‘lalardan iborat bo‘lsa, moddiy madaniyat buyumlari qo‘lda ishlangan sopol idishlar, bronza mehnat qurollari, jangovar qurollar va taqinchoqlardan iborat. Ularning moddiy madaniyati g‘arbda Sirdaryoning chap qirg‘og‘i, sharqda Yettisuv, Oltoy va Sibirgacha bo‘lgan hududlardagi madaniyat bilan o‘xshashlik topadi.

Burgulik madaniyatining so‘nggi bosqichida Toshkent vohasining janubi-g‘arbidagi yarim yerto‘lalar o‘rnida mustahkam qal’a va qal’a devorlariga ega bo‘lgan shahar qad ko‘taradi. Ushbu ko‘hna shaharning devorlari va minoralari kvadrat shaklidagi g‘ishtlar va paxsalardan bunyod etiladi. Ko‘hna shaharning rejaviy tuzilishi, mudofaa inshootlari uslublari va bu qatlamdan topilgan sopol buyumlar qadimgi dehqonchilik madaniyatining G‘arb antik me’morchilik an’analarini eslatadi. Bundan xulosa chiqargan Yu.F. Buryakov, ushbu ko‘hna shaharni manbalarda eslatilgan va mil. avv. IV-III asrlar qal’asi Yaksart orti Antioxiyasi bilan bog‘laydi. Yuqorida eslatganimizdek, antik davr mualliflari Yaksart-Sirdaryoni sug‘diylar va saklar o‘rtasidagi chegara sifatida tasvirlab, o‘troq sug‘diylardan farq qilgan holda, saklarning ko‘chmanchi turmush tarzida hayot kechirganligini ta’kidlaydilar Arxeologik ma’lumotlar natijalariga ko‘ra, ko‘chmanchi saklar o‘troqlashib, Burgulik madaniyatiga asos soladilar.


Ammo, mil. avv. III asrga kelib, bu madaniyat qishloqlari bo‘shab qoladi. Chunki aynan mana shu davrda Yevroosiyo dashtlaridagi xalqlarning katta ko‘chishlari (migratsiya) bo‘lib o‘tadi va bu migratsiya jarayonlari O‘rta Osiyo hududlariga yangi qabilalarning kirib kelishiga sabab bo‘ladi.Yozma manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, Sirdaryo-Yaksartning yuqori oqimi bo‘ylab Toshkent vohasiga qadimgi dunyoning kuchli uyushmalaridan biri bo‘lgan dahlar konfederatsiyasiga kiruvchi qabilalar guruhi kirib keladi6. Bu konfederatsiyaga kiruvchi ayrim qabilalar Sirdaryoning quyi oqimlarida, Qadimgi Xorazm sivilizatsiyasi ta’sirida bo‘lmagani bois, mil. avv. IV-II asrlardayoq ular shahar madaniyatidan xabardor edilar. Tadqiqotchilarning fikricha, Toshkent vohasiga kirib kelgan ko‘chmanchilar to‘lqini Burgulik madaniyati qishloqlariga chek qo‘yadi. Shu bilan birgalikda, bu hududlarda ko‘p sonli aholining o‘z madaniyati, dehqon-chorvachilik ko‘rinishidagi an’analari asosida bolgan.
6‘’O’zbekiston milliy ensiklopediyasi’’-2001
Bu vohaga ilk shaharsozlikni Sirdaryo-Yaksartning quyi oqimlaridan chiqqan, o‘zlari bilan xom g‘isht va paxsa qurilishi an’analariga ega aholi olib keldi. Nisbatan qadimgi shaharlardan biri Sirdaryo-Yaksartdan 80 km uzoqlikda, uning o‘ng qirg‘og‘ida bunyod etilgan Qanqa shahridir. Ayrim tadqiqotchilar bu ko‘hna shaharni Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida deb hisoblaydilar. Hozirgi Toshkent shahri hududlarida ham mil. avv. II asrga kelib, shahar – manzilgohiga asos solinadi. Toshkent hududidagi halqa devorlar bilan o‘rab olingan Shoshtepa aynan mil. avv. II asrga oiddir. Xitoy manbalaridan “Katta Xan sulolasi tarixi” ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent vohasi Yuni yoki Yuynichen nomi ostida tilga olinadi. Yosha (Yaksart) daryosi bo‘yidagi bu mulk yarim ko‘chmanchi Qang‘ ittifoqining beshta kichik mulki tarkibida bo‘lgan. Qang‘ tarkibida Yuni ko‘plab mustahkamlangan qishloqlari va shaharlari bo‘lgan urbanizatsiyalashgan mulklardan biri hisoblangan.

Toshkent vohasining Qang‘ tarkibida bo‘lishi ichki iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga turtki bo‘lgan bo‘lsa, uning karvon savdo yo‘llari tutashgan joyda joylashganligi urbanizatsiya jarayonlarining rivoji uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu yo‘l Xitoy va Sharqiy Turkistondan O‘rta Osiyo vohalari orqali Yaqin Sharq, Kavkaz, Janubiy va Sharqiy Yevropaga olib borgan. Ilk bosqichlarda asosiy trassalar O‘rta Osiyoning janubiy hududlarida shakllangan bo‘lsa-da, ayni vaqtda, o‘sha ilk shakllangan davrdan boshlaboq, savdo yo‘lining tarmoqlaridan biri Sirdaryo orqali o‘tgan. Bu yo‘llar madaniyatlar almashinuvi va iqtisodiy aloqalarda katta ahamiyatga ega bo‘lib, bu holatni Toshkent vohasidagi urbanizatsiya jarayonlarida ham kuzatishimiz mumkin. Urbanizatsiyaning ilk bosqichlarida Yuni mulkining nisbatan yirik ilk shaharlari Qanqa, Shohruhiya kabilar bunyod etiladi. Yuni mulkining poytaxti Yuynichen shahrini ayrim tadqiqotchilar hozirgi Toshkent o‘rnida joylashtirsalar ayrimlari YoshaYaksart vohasidagi Qanqa o‘rnida deb biladilar. Fikrimizcha, ikkinchi taxmin to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Chunki yozma manbalar ham bu davrga oid shu hududlardagi yagona shahar markazi haqida ma’lumotlar beradi. Aynan mil. avv. I asrdan boshlab, bu ko‘hna shahar kengayib boradi va Qovunchi madaniyati davriga kelib, maydoni 150 gektarga yetadi. Qanqa Baqtriya va Sug‘dning shaharlari kabi chunonchi, quyi va o‘rta Sirdaryo havzasidagi eng yirik shaharlardan biri edi. Ayrim tadqiqotchilar Qanhani Qang‘ hukmdorlarining qishki qarorgohi bo‘lgan deb hisoblaydilar. Xan sulolasi Xitoy solnomalari ma’lumot berishicha, “Qang‘ hukmdori Qanqaga tez-tez tashrif buyurishdan mamnun bo‘lgan”. Sosoniylar davri manbalarida Toshkent vohasi Choch (Chochiston) nomi bilan tilga olinadi. Bu voha ko‘p qirrali iqtisodiyot va urbanizatsiya jarayonlarining rivoji uchun qulay hudud hisoblangan. Shu bilan birga muhim savdo-iqtisodiy aloqalar va etnik ko‘chishlar chorrahasida joylashgan.


Mintaqa tog‘lari turli foydali qazilmalar va ma’danlarga, avvalo, oltin va kumush hamda foydali minerallarga nihoyatda boy . IX-X asrlarga oid arab geograflarining asarlarida Iloqning Chochdan mustaqil siyosiy viloyat bo‘lganligi nisbatan aniqroq kuzatiladi. Ammo, har ikkala viloyat ushbu manbalarda birgalikda, yagona tarixiy-madaniy va siyosiy uyushma sifatida eslatiladi. Bular orasida X asrning birinchi yarmida yashab o‘tgan yirik arab geograflaridan biri Istaxriyning ma’lumotlari ayniqsa, diqqatga sazovordir. Uning ta’kidlashicha, Movarounnahrda Choch va Iloq viloyatlari mavjud bo‘lib, har ikkala viloyatning hududi 2-3 kunlik yo‘l va “butun Movarounnahrda aholi soniga ko‘ra bu viloyatlarga teng keladigan viloyat yo‘q”. Istaxriy asarining arab tilidagi matnida berilishicha, “bu viloyatlarda qishloqlar, o‘zlashtirilgan yerlar va jome’ masjidlari (arablarda machitlar shaharlarning asosiy belgilari hisoblangan – M.M.) juda ko‘p va ular tekislikda joylashmagan, yaylovlari va chorvalari ham juda ko‘p. Chochda (arabchada – Shosh) va Iloqda darvozalari, devorlari rabotlari va qal’alari bo‘lgan shaharlar ko‘p, kanallar shaharlar ichidan oqib o‘tadi”.
Istaxriy o‘z asarida har ikkala viloyatning umumiy chegaralarini berib, barcha shaharlarni sanab o‘tadi va Turkistonda Shoshdan katta viloyat yo‘qligini ta’kidlaydi. Uning yozishicha, “Shosh va Iloq qo‘shilgan bo‘lib, ular o‘rtasida hech qanday bo‘linish yo‘q. Qurilishlar, bog‘lar, bo‘stonlar Iloqdan to Choch vohasigacha (fors matnida) uzluksiz cho‘zilib boradi. Iloqda oltin va kumush konlar joylashgan”7. yana bir arab geografi Abulqosim ibn Havqal Istaxriy ma’lumotlarini deyarli to‘liq takrorlaydi. Choch va Iloq haqida gapirar ekan Ibn Havqal bu viloyatlarda boy shaharlar ko‘pligini ta’kidlaydi Choch-Iloqning shahar madaniyati rivoji asosan, tog‘-kon metallurgiyasi ishlab chiqarishi bilan bog‘lanadi. Vohadagi shaharlarning nisbatan to‘liq ro‘yxati va ularning tasnifi, shahar madaniyatining gullab-yashnashi X asr geograflari tomonidan (10 dan 17 tagacha shahar markazlari) eslatiladi. Tadqiqotchilar tomonidan ayrim shahar markazlari Tunket, Abrlig‘, Namudlig‘, Kuxisim kabilarni o‘rganish bo‘yicha maxsus tadqiqotlar o‘tkazilgan.

7Istaxriyning (X asr) “Kitab al-masalik val-mamalik” asari

XULOSA


Download 54,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish