KIRISH
O`zbekiston Respublikasi “Talim to`g`risidagi qonun va kadlar tayyorlash milliy dasturi” yuksak umumiy madaniyatga,kasb-hunar ko`nikmalariga, ijodiy va ijtimoiy va ijtimoiy faollikka, mantiqiy mushohada qilish hamda ijtimoiy hayotdagi muammolarning oqilona yechimlarini topish mahoratiga ega bo`lgan istiqbol vazifalarini odilona baholay oladigan kadrlar yangi avlodni shakllantirish,shuningdek, har tomonlama barkamol, ta`lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda, mukammal tarbiyalashni nazarda tutgan pedagogik g`oyani ilgari suradi. “Ta`lim to`g`risidagi”gi qonunda pedagogik kadrlar tayyorlashni rivojlantirishga alohida e`tibor berilgan. Bu sohani rivojlantirish uchun yangicha fikrlaydigan, o`qitishning zamonaviy metod, shakllaridan samarali foydalana oladigan yuqori malakali pedagogik kadrlar zarur. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan bugungi kunda barkamol avlodni tarbiyalash , umumta`lim maktablari , oliy va o`rta maxsus ta`lim sohasidagi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ilm-fan, ta`lim hamda ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishga katta e`tibor berilmoqda. O`quv jarayonida samaradorlikka erishish uchun zamonaviy ilg`or pedagogik texnologiyalar, ma`naviy dars usullari va o`zaro faol o`quv jarayonini tadbiq qilish lozim. O`zaro faol o`quv jarayonini tatbiq qilish uchun o`tiladigan mavzuni o`quvchi va talabalar uyda mustaqil o`qib, o`rganib kelishlari talab qilinadi. Jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichida barkamol insonni tarbiyalash eng asosiy, kechiktirib bo`lmaydigan muhim vazifalardan biridir. Shu jihatdan kelganda olganda,mamlakatimizda sog`lom avlod dasturi harakatining keng tus olgani “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida ta`lim-tarbiya tizimining tubdan islih etilayotgani ham ana shu ulug`vor vazifalarni amalga oshirish yo`lidagi muhim qadamdir. O`zbekiston Respublikasi Mustaqil Davlat suverenligini qo`lga kiritgan birinchi kunlaridanoq uzluksiz ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan keng islohotlar milliy tarbiya va ta`lim tizimini takomillashtirishga zamon talablari bilan uyg`unlashgan jahon andozalariga mos “Milliy model”ni hayotga tatbiq qilishga qaratildi. Jamiyatimizdagi fuqarolar tafakkurini yangilash,milliy o`zlikni anglash va umumbashariy qadryatlarni o`zlashtirish orqali o`qituvchilarning iste`dodlari,qobiliyatlarini tatbiq etib, estetik tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish davlat umumiyligi siyosati darajasidagi masalalardan biri sifatida belgilab berilishi yosh avlodni har tomonlama kamol toptirish uchun ta`lim-tarbiyaning barcha sohalarida,ularning omillari va vositalarini ishga solishni taqozo etmoqda. Hozirda ta`lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo`nalishlardan biri interfol ta`lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Barcha fan o`qituvchilari dars mashg`ulotlari jarayonida interfaol usullardan brogan sari kengroq foydalanmoqdalar. Interfaol usullarni qo`llash natijasida o`quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish , o`z fikrini bayon qilish, sog`lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko`nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi. Bu masalada amerikalik psixolog va pedagog B.Blum bilish va emotsional sohalarda pedagogik maqsadlarning taksonomiyasini yaratgan. Kurs ishini tayyorlashdan maqsad matematika fani o`qitish jarayonidatakrorlash va umumlashtirish darslarida B.Blum taksonomiyasidan va uning toifalaridan foydalanib o`qitish uslubini ishlab chiqish hamda talaba yoshlar ongiga singdirish tizimini yaratishdan iborat. Kurs ishi mavzusi qiziqarli va hayotiy masalarni o`rganishni maqsad qilib hozirgi zamon talablariga mos dolzarb bo`lib, barcha fanlarni o`qitishda dastur-ul amal bo`lib yordam beradi. Olingan maqsadga ko`ra kurs ishi kirish ,asosiy qism va xulosa shaklida rejalashtirildi. Asosiy qismda Blum taksonomiyasi haqidagi hamda ushbu taksonomiyani takrorlash va umumlashtirish darslarida qo`llash loyihasi, interfaol mashg`ulot samaradorligi ochib beriladi. Xulosa qismida olingan natijalar, o`rganilgan bilimlar, tahlil qilinga kurs ishini bajarishda foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |