O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
2-BOSQICH _____-GURUH
TALABASI OCHILOV AHRORNING
TARIXIY O’KLASHUNOSLIK FANIDAN YOZGAN
KURS ISHI
Mavzu: Sopollitepa ilk dehqonchilik madaniyati
Termiz-2022
MUNDARIJA
Kirish.……………………………………………………………………..…...3-bet
I Bob. Sopollitepa ilk dehqonchilik madaniyati
1.1. Sopollitepa madaniyatining arxeologik o`rganilish tarixi…………………6-bet
1.2. Sopollitepa madaniyatida yozuv va taqinchoqlar……...............................13-bet
II Bob. Sopollitepa madaniyatining taraqqiyot bosqichlari
2.1. Sopollitepa madaniyatining taraqqiyot bosqichlari ……………………..19-bet
2.2. BMAK ning ilmiy yangiliklari……….….………………………………..33-bet
Xulosa va tavsiyalar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Ilovalar.
Kirish.
“Oʻzbekiston – buyuk yoʻllar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiyalar, dinlar, madaniyatlar” mavzusida madaniy meros haftaligi doirasida Termiz shahrida “Oʻzbekiston – sivilizatsiyalar chorrahasi“ xalqaro arxeologiya sayyohlik forumi boʻlib oʻtdi. Forumda qatnashish uchun mamlakatimiz hududlari va 80 dan ortiq xoriji davlatlardan kelgan dunyo ilm-fani vakillari – taniqli arxeolog olimlar, muzeylar va ilmiy institutlar rahbarlari Termiz Xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. Muhtasham Sanʼat saroyida oʻtkazilayotgan forumning tantanali ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Aziz Abduhakimov, Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish Butunjahon jamiyati raisi F. Abduholiqov, Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov, Fransuz milliy ilmiy tadqiqotlar markazining tadqiqotlar boʻyicha faxriy direktori, professor P. Lerish, AQSHning Xofstra universiteti Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo boʻyicha dasturi direktori, professor A. Naymark va boshqalar Surxon vohasining milliy va dunyo davlatchiligi tarixida tutgan oʻrni, ilm-fan, sanʼat va madaniyat rivojiga qoʻshgan hissasi, shuningdek,bu yerda ilk bor oʻtkazilayotgan arxeologik konferensiyaning ahamiyati haqida soʻz yuritishdi. Tadbir davomida Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish Butunjahon jamiyati ilmiy kengashi raisi, akademik E.Rtveladzening video tabrigi, shuningdek, “Oks Iskandariyasi – Kampirtepa: Oks boʻyidagi shahar-qalʼa” hamda “Kushon merosi” nomli videoroliklar namoyish etildi. Shoʻbalarga boʻlingan holda davom etgan konferensiya ishida taniqli sharqshunos olimlarning Oʻzbekiston, Markaziy Osiyo va dunyo tarixining soʻnggi olamshumul kashfiyotlari haqidagi shov-shuvli maʼruzalari tinglandi.1
Oʻzbek-Fransuz ekspeditsiyasi 1993-yildan buyon Surxondaryodagi bir necha tarixiy yodgorliklar ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda, -deydi Fransiya milliy ilmiy tadqiqotlar markazi professori P. Lerish. – Manimcha, jahon sivilizatsiyasi tarixini oʻrganishda Surxondaryodagi tarixiy yodgorliklar muhim oʻringa ega. Jumladan,
____________
Do'stlaringiz bilan baham: |