Kombinatorika tushunchalaridan yana biri – bu guruhlashdir. Guruhlash deganda berilgan chekli to’plam elementlaridan tuzilgan to’plam ostilar tushuniladi. Boshlang’ich sinf o’quvchisini berilgan to’plam elementlaridan to’plam ostilarni tuzishga doir topshiriqlar bilan tanishtirib borish orqali ularda mustaqil fikrlash ko’nikmasi tarkib topishi, kombinatorik mazmundagi topshiriqlarni to’g’ri va to’liq bajarish malakasi hosil bo’lishini tajriba ko’rsatmoqda. Kombinatorik mazmundagi topshiriqlarni bajarishda o’qituvchidan katta mas’uliyat talab qilinadi. Birinchidan, berilgan topshiriqning kombinatorik topshiriq ekanligini aniqlash; ikkinchidan, kombinatorik topshiriqlarning qanday turiga mansubligini bilish: (o’rinlashtirish, o’rin almashtirish, guruhlash); uchinchidan, topshiriqning natijasini bilish (kombinatorikaga oid formulalardan foydalanib); to’rtinchidan, o’quvchi tomonidan kombinatorik topshiriqning bajarilishini nazorat qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |