2.1.3 rasm Qusam Ibn Abbbos Maqbarasi
2.1.4 rasm Qusam Ibn Abbos Maqbarasi xozirgi ko’rinishi.
2.2. Qusam Ibn Abbos maqbarasiga ekskursiya tashkil qilish.
«SAMARQAND -ER YUZINING SAYQALI»
nomli ekskursiya xizmatining
DASTURI
Davomiyligi: 3 soat
Masofasi: Samarqand shahri bo’ylab 15 km
Ekskursiya maqsadi: Qusam Ibn Abbos maqbarasi bilan tanishtirish
Ekskursiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan guruh: xorijdan tashrif buyurgan turistlar
Ekskursiya mavsumi: yil davomida
GIDNING INDIVIDUAL MATNI NAMUNASI
1-obyekt. Shohi Zinda maqbarasi.
Maqbara qarshisida. Hurmatli ekskursantlar! Siz bilan Samarqandning mashhur Shohi Zinda maqbarasi qarshisida turibmiz. Samarqandning qadimgi o‘rni Afrosiyobni tomosha qilgan sayyohlar uning janub tomoniga yursalar, qiyalikda joylashgan, moviy gumbazlari quyosh nurida yarqirab turgan Shohizinda ansanbmliga duch keladilar. Samarqandliklar uchun muqaddas ziyoratgohga aylangan bu ulug‘ yodgorlik uzoq-yaqindan kelgan sayyohlar uchun doimo suyukli ziyoratgohdir.
Shohizinda ansamblining shakllanishi eramizning XI asrlaridan boshlangandir. Shohizinda so‘zining ma’nosi “tirik shoh” bo‘lib, qariyib ming yildan buyon bu nom xalq o‘rtasida yashab kelmoqda. Musulmon tarixchilarining yozishlaricha, tirik shoh-Muhammad payg‘ambarimizning amakivachchasi Qusam ibn Abbosga berilgan unvondir. Samarqandlik tarixchi Abul Hakimiyning yozishicha, Qusam ibn Abbos payg‘ambarimizning muborak yuzlarini ko‘rgan oxirgi kishidir. Musulmon tarixchilarining yozishlaricha, Qusam ibn Abbos VIII asrlarda arab lashkarlari tarkibida Samarqandga kelgan va bu yerda dini islomni targ‘ib qilish bilan mashg‘ul bo‘lgan. Bir kuni Qusam ibn Abbos namoz ibodati bilan mashg‘ul bo‘lib turganida kofirlar hujumiga uchragan va uzilgan boshini qo‘liga olib g‘or orqali yerning tagiga tushib ketgan.
2.2.1 rasm
U to qiyomatga qadar tirik yurar emish. Qusam ibn Abbos kirib ketgan g‘orning oldida unga atab qabr yasalgan va XI asrda uning ustiga maqbara qurilgan. Maqbaradan tashqari bu yerda hashamatli ziyoratxona, masjid va chillaxonalar ham faoliyat ko‘rsatgandir. 1220 yili ro‘y bergan mo‘g‘ul istilosi Shohizinda maqbarasi taqdirida ham ayanchli rol o‘ynadi. Mug‘ullar bu yerdagi ko‘pgina inshootlar va qabrlarni ostin-ustun qilib tashladilar. Ammo, ular ham Qusam ibn Abbos qabriga tegishdan cho‘chidilar. Lekin, qarovsizlik oqibatidan bu qabr ham ancha xarobaga aylangan edi. XIV asrning boshlariga kelib samarqandlik din ahllari va rahbarlarning sa’y harakatlari bilan Qusam ibn Abbosning qabri ustiga qaytadan maqbara qurildi, ziyoratxona va chillaxona ham qayta ta’mirlandi.
Samarqand taxtiga Amir Temur o‘tirgach Shohizinda ansamblining hayotida ham katta o‘zgarishlar ruy berdi. Amir Temur bu yerdagi ko‘pgina, xarobaga aylangan inshootlarning o‘rniga yangisini qurdi, ko‘plarini qayta ta’mirladi, Qusam ibn Abbos qabri ustiga hashamatli qabrtosh o‘rnattirdi. Shuningdek, sohibqironning buyrug‘i bilan bu yerda yangi masjid ham barpo qilindi. Bu o‘rinda shuni aytishimiz lozimki, Shohizinda me’morchilik ansambli turli davrlarda har xil hukmdorlar va amaldorlar tomonidan barpo qilingan maqbaralar, masjid va madrasalardan iborat murakkab yodgorlikdir.
2.2.2 rasm
Xulosa
Dunyoviy ilmlardan bebahra inson dunyo kishisi bo‘la olmaydi. Buyuk ajdodlarimiz dunyoviy ilmlari ila dunyoni zabt etganlar. 1991 yil 31 avgustda ozbek xalqi uzoq vaqtlardan beri orziqib kutgan Istiqlolga erishdi. Mustaqillik yillarida yurtimiz qadim o’tmishini haqqoniy va tarixiy manbalarga yaratishining 80 asosiy maqsadi: ”…Har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o’ziga xos urf-odati va na’analarini hayotiy qadriyatlardan ayrim hollarda tasavvur etib bo’lmaydi. Bu borada, tabiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar eng muhim omillardan biri bo’lib xizmat qiladi”. Shu o’rinda mamlakatimizdagi tarixiy obidalarning qayta tiklanishi va ta’mirlanishi, aziz bobolarimiz qabrlari joylashgan maqbaralar muqaddas qadamjolarga aylantirilishi, tarixiy obidalarimiz obodligi yo’lida olib borilgan say-harakatlarni alohida ta’kidlab o’tmoq joiz. Tarixiy obidalarimizning g’oyat aniqlik va murakkab geometrik hisob – kitoblar asosida qad ko’targani, undagi nafis bezaklar va naqshlarning o’zaro uyg’unlashuvi, ham go’zal, ham mahobatli, mustahkam va muhtasham barpo etilgani hali hanuz kishilarni hayratga solib kelmoqda. O’zbekiston O’rta Osiyo mintaqasida o’z epigrafik yodgorliklari miqdori va noyobligi bilan yetakchi bo’lgani holda, bu borada nashr qilingan manbalar yetarlicha tahlil qilinib o’rganilmagan. O’zbekiston hududida asrlar davomida tabiat sinovlariga bardosh berib kelayotgan, shaharlarimiz ko’rkiga chiroy qo’shib turgan ushbu tarixiy obidalarimizning dunyo miqyosidagi ahamiyatini YUNESKO ro’yxatiga 4000 dan ziyod tarixiy obidalarning kiritilganligida yaqqol ko’rish mumkin. Bu obidalar ro’yxatidan joy olgan Samarqand me’moriy yodgorliklari alohida o’rniga ega. Hayotimizning barcha sohalari kabi ochiq tabiat qo’ynidagi me’moriy obidalarimiz ta’mirlanishiga ham katta e’tibor berildi. Yurtimiz istiqloli sharofati bilan biz – bugungi avlod dunyoni o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rar ekanmiz, jahon uzra nomlari mashhur bobokalonlarimizning qoldirgan merosini qaytadan kashf etayapmiz. Vatanimiz tarixini mukammal o’rganish va ilmiy konsepsisiyasini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” nomli asarida sobiq yurtboshimiz Islom Karimov “Biz xalqni nomi bilan emas, balki madaniyati, ma’naviyati orqali bilamiz, tarixining tag-tomirigacha nazar tashlaymiz! ” – degan g’oyatda muhim fikrni ilgari suradilar.
Samarqand qadimiy tarixi va me’moriy obidalari bilan jahon madaniyatida o’z o’rniga ega o’lka hisoblanadi. Uning tarixi qancha varaqlansa, shuncha yangiliklar chashmalari aksini beraveradi. Ilm-ma’rifat, ma’naviyat misoli nurdir. Quyosh barchaga barobar bo‘lgani kabi bu nur jahon uzra birdek taralaveradi. U chegara bilmaydi, davlat yo millat tanlamaydi. Azaldan dunyo bilmdonlari, ma’rifatparvarlari ana shu ziyo orqali yaqin aloqada bo‘lganlar. Bu ziyo ular uchun bamisoli oltin ko‘prik vazifasini o‘tagan.
Mamlakatimizda tarixiy obidalar haqida veb-sahifalar tashkil qilish bo’yicha ishlar boshlagan, mazkur ezgu ishlar kelgusida memoriy obidalar haqidagi tushunchalarni mustahkamlab, bilimlarimizni takomillashtirishga hissa qo’shadi.
Eng odil xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, Samarqand me’moriy yodgorliklari o’zining rang-barang koshinlari, betakror bezaklari, naqshlari, ulkan gumbazlari bilan O’rta Osiyo me’morchiligining noyob yodgorligi bo’lib, asrlar davomida insonlar ongi va qalbida madaniyat, ilm-ma’rifat va ma’naviyatni yuksaltiruvchi, tarbiyalovchi beshik vazifasini o’tab kelgan va shunday bo’lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |