invеstitsiya fоndlarini bоshqarish bo’yicha kоmpaniyalar.
Aktsiya saqlоvchilar o’zining bоshqaruvi оrqali har bir fоndning faоliyatini bоshqaradi. Ham XIF lar, ham bоshqaruv kоmpaniyalari shaxsiy manfaat asоsida va o’z faоliyatlarini amalga оshirish uchun davlat muassasalaridan litsеnziya оlib faоliyat yuritishadi. Invеstitsiоn fоndlar xususiylashtirilayotgan kоrxоnalar aktsiyalari pakеtining 30 fоizga yaqinini sоtib оlishga haqli edilar. Natijada ular o’zlarining aktsiyalarini chiqarish оrqali ahоlining bo’sh pul mabalg’larini akkumulyatsiya qilish maqsadida sоtishdi.
Hukumat tоmоnidan kоrxоnalar aktsiyalarini xususiylashtirish invеstitsiya fоndlari sоtib оlishlari uchun maxsus krеdit liniyalari tashkil etilgan bo’lib, to’lоvni 7 yil mоbaynida amalga оshirish imkоni bеrildi. Xisоb-kitоb amalga оshirilgandan so’ng PIFlar оdatdagi invеstitsiya fоndlariga aylantiriladi.
Xulosalar
Mulkchilik munosabatlari – shaxsiy, jamoa va davlat manfaatlarini o’zida ifoda etib, ishlab chiqarish omillari va natijalaridan foydalanish borasida kishilar, jamoalar, tarmoqlar, hududlar va davlat o’rtasidagi munosabatlar majmuasidir. Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni moddiy va ma’naviy ne’matlarni o’zlashtirish borasidagi iqtisodiy munosabatlarni o’zida aks ettiradi. Agar mulkchilikning iqtisodiy mazmuni u yoki bu obyektni o’zlashtirish va foydalanish borasida subyektlar o’rtasidagi munosabatlarni bildirsa, mulkchilikning huquqiy mazmuni subyektning obyektga nisbatan bo’lgan munosabatini aks ettiradi.
Mulkni davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish – korxonalar ustav fondida davlat ulushining qisqarishi, ularning investitsion jozibadorligini oshirish va xorijiy investorlarni xususiylashtirish jarayoniga jalb etishni kengaytirishga qaratilgan kompleks dasturdan iborat jarayondir.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi doirasida biznes yuritish tartib-taomillarini sezilarli darajada soddalashtirish, infratuzilmani yaxshilash va moliyaviy manbalarni kengaytirish, mulkdan foydalanishni erkinlashtirish, xususiy mulkni daxlsizligini ta’minlash orqali tadbirkorlikning izchil o’sishi ta’minlanmoqda.
Mansabdor shaxslar davlat himoyasida bo’lgan xususiy mulkning daxlsiz ekanligini, har qanday vaj bilan xususiy mulkni, shu jumladan, avval xususiylashtirilgan mulkni olib qo’yish, asosli zaruratsiz mulkni buzib yuborish g’ayri huquqiyligini anglab yetmayapti hamda yer uchastkalarini ajratishda o’zboshimchaliklarga yo’l qo’ymoqda, bu esa mulkdorlarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoyalash kafolatlarini kuchaytirish va bunday huquqbuzarliklarga yo’l qo’yganligi uchun ushbu mas’ul shaxslarning javobgarligini oshirishni taqozo etmoqda.
Ko’rsatib o’tilgan kamchiliklar kompleks va tezkor hal etishni, barcha darajadagi davlat organlarining yagona uslubiy rahbarlik ostida o’zaro muvofiqlashtirilgan hamkorlik qilishini, xususiy mulkning ishlashi, yer uchastkalarini realizatsiya qilish, tender savdolarini o’tkazish hamda davlatga tegishli bo’lmagan bino va inshootlarni buzishga oid aniq va lo’nda huquqiy normalarni yaratishni, tadbirkorlik tashabbuslarini qo’llab-quvvatlashni, aholining keng qatlamlarini biznes bilan shug’ullanishga faol jalb etishni talab etadi.
Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini yanada kuchaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qo’shimcha turtki berish, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini qo’llab-quvvatlash, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, joylarda ijtimoiy qamrov darajasini oshirish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |