Kurs ishi mavzu; O`zbekiston Respublikasi Mustaqil pul tizimini joriy qilinishi Bajardi


Inflyasiya, uni kelib chiqish sabablari, shakllari, oqibatlari va undan chiqish yo’llari



Download 0,58 Mb.
bet4/6
Sana26.03.2022
Hajmi0,58 Mb.
#511928
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Adilova S

1. Inflyasiya, uni kelib chiqish sabablari, shakllari, oqibatlari va undan chiqish yo’llari
Inflyasiya lotincha infeotio so’zidan olingan bo’lib shish, burtish, ko’pchish ma’nosini anglatadi.
Inflyasiya so’zi XIX asr o’rtasidan boshlab iqtisodiy termin sifatida
qo’llana boshlagan, ungacha tibbiyotda xafli usma kasalini ifodalashda qullanilgan.
Lekin xaqiqatda ham xavfli, u umumiqtisod uchun xavfli.
Inflyasiya so’zining iqtisodiy ma’nosi-muomilada mavjud bo’lgan tovarlar va ularning bahosiga va miqdoriga nisbatan ko’p pul chiqarish demakdir.
Inflyasiya so’zi pul muomilasi sohasida AŠShning Shimoliy va Janubiy shtatlari o’rtasida grajdanlar urushi bo’lganda muomilaga juda ko’p miqdorda (450 mln grin bek) qoђoz dollor chiqarilgan vaqtidan boshlab qullanila boshlagan.
Ularni sotib olish qobiliyati ikki yildan keyin 50 foizga tushib ketgan.
Tarixga ko’ra urush va boshqa ofatlar sababli davlat xarajatlarining oshib ketishi, inflyasiya bilan o’zviy boђliq. Masalan, Angliyada kuchli inflyasiya XIX asrning boshida Napolion bilan urush davrida, Fransiyada franso’z revolyusiyasi davrida, Rossiyada XIX asrning o’rtalarida nomoyon bo’lgan. Germaniyada juda yuqori sur’atlardagi inflyasiya 1923 yillarda bo’lib, muomiladagi pul massasi 496 kvintillion markaga yetgan va pul birligi trillion markaga qadrsizlangan. Oldingi inflyasiyalarning xususiyati shundagi, ular ma’lum davrda nomoyon bo’ladi. Ќozirgi davr inflyasiyasi odatda doimiy (xronik) xarakterga ega bo’lib, xo’jalik faoliyatining barcha sohalarini qamrab olish bilan, pul, omillaridan tashqari boshqa iqtisodiy omillarga ta’sir qilishi bilan farqlanadi.
Inflyasiyaning asosiy sabablari.
a) Jamђarma va iste’mol o’rtasidagi.
b) Talab va taklif o’rtasidagi
v) Muomiladagi pul muassasi va xo’jaliklarning naqd pulga bo’lgan talabi o’rtasidagi nomutonosibliklardir.
Bulardan tashqari pul talabining tovar taklifidan oshishi natijasida pul muomilasi qonunning bo’zilishi, ishlab chiqarish xarajatlarining o’sishi natijasida tovarlar bahosining oshishi va shu sababli pul massasining ortib borishi, ishlab chiqarishni qisqarishi, ba’zan byudjet difisetini qoplash uchun qo’shimcha pul chiqarish va boshqalar ham sabab bo’ladi.
Inflyasiyani yuzaga keltiruvchi omillarni ichki va tashqi sabablarga bo’lish mumkin.
Ichki omillar mamlakatni monetar – pul siyosati hamda xo’jalik faoliyati bilan boђliq (nomutonosiblik, baholardagi davlatni yakka xokimligi, noto’ђri kredit siyosati, pul muomilasi qonunining bo’zilishi va boshqalar).
Tashqi omillarga jahon iqtisodida bo’lgan inqirozlar (xomashyo, yoqilђi, valyuta buyicha), davlatning valyuta siyosati, davlatning boshqa davlatlar bilan bo’ladigan noqonuniy operasiyalari va boshqalar kiradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib inflyasiya deb ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishida yuzaga keluvchi disproporsiyalar sababli tovarlar va xizmatlar bahosining umumiy va to’xtovsiz o’sishi va natijada pul muomilasi qonununing bo’zilishi oqibatida pul birligining qadrsizlanishiga aytiladi.
Inflyasiya quyidagi shaklda nomoyon bo’ladi.
1. Tovar va xizmatlar bahosining o’zluksiz va tartibsiz o’sib borishi natijasida pulning qadrizlanishi va uni sotib olish qobiliyatining tushib ketishi.
2. Chet el valyutasiga nisbatan milliy valyuta kursining tushib ketishi.
3. Milliy pul birligida oltin narxining oshib borishi va boshqalar.
Xalqaro amaliyotda inflyasiyaning quyidagi turlari mavjud.
1. Sudraluvchi inflyasiya. Baholarning o’rtacha yillik usishi 5-10
foizdan oshmaydi. Inflyasiyaning bu turi ko’proq rivojlangan mamlakatlarga xos bo’lib, malakaviy iqtisodiy rivojlanish darajasiga kadar baholar oshishi 3-4 % atrofida ham bo’lishi mumikin. Bu inflyasiya aksincha ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishni takomillashtiruvchi omil sifatida nomoyon bo’ladi.
2. So’zib yuruvchi inflyasiya. Bunda narx navo tezroq o’sa boshlaydi. Iqtisodiy o’sish suratlari pasayadi., ishsizlik ko’paya boradi. Inflyasiya yiliga 8-12 % atrofida bo’ladi.
3. Shiddatli. Bunda baholarni o’rtacha yillik o’sishi 10-100 % (ba’zida 200 % gacha) bo’lishi mumkin. Inflyasiyaning bu turi rivojlanayotgan mamlakatlarga xos.
4. Giperinflyasiya. Baholarning o’sish sur’atlari yiliga 200 foizdan oshib ketadi. Bu inflyasiya mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishining inqirozli davriga mos keladi va u iqtisodiyot tarkibiy qismlarini o’zgarishi bilan boђliq.
Adabiyotlarda shu kabi stagflyasiya (inflyasiyani iqtisodiy tanglik bilan birgalikda yuz berishi), loqal (bir mamlakat yoki jahon miqyosida), ichki (bir mamlakat ichida), ochiq (qachonki baholari o’sishi sezilgan holda), yopiq (sekretiy – tovar va xizmatlar sifatini baho o’zgarmagan holda yomonlashuvchi, tovar defiseti sodir bo’lganda) inflyasiya tushunchalari mavjud.
Inflyasiyadan farqliroq deflyasiya narx-navo pasayishini, pul qadrini ortishini bildiradi. U sababli inflyasiyadan yutqazishlar deflyasiya yordamida qoplanishlar sodir bo’ladi.
Inflyasiyadan chiqish uchun:
1. Ishlab chiqarishni rivojlantirish, uni rivojlanishini raђbatlantirish (soliq tizimi, past foizli kreditlar va boshqalar bilan).
2. Raqobatbardosh tovar ishlab chiqarish va uni jahon bozoriga chiqarish.
3. Muomiladgi pul muassasini cheklash va boshqalar.
Xozirgi sharoitda inflyasiyaga qarshi kurashish choralari.
1. Ish xaki va ijtimoiy tulovlarni indesasiyalab borish.
2. Tijorat banklari kreditlari bo’yicha foizlarini kayta ko’rib chiqib turish.
3. Pulning bankdan tashkariga xarakat qilishiga yo’l quymaslik (kassa apparatlarini joriy etish va boshqalar).
4. Šimmatli qoђozlar bozorini kengaytirish va boshqalar.
Inflyasiyaning iqtisodiyotga ta’siri.
1. Ishlab chiqarishni stixiyaligi kuchayadi, tarmoqlar mutonosibligi bo’ziladi.
2. Bo’sh mablaђlarni ishlab chiqarish sohasidan muomila (savdo) sohasiga oqib o’tishiga sabab bo’ladi.
3. Tovarlarni normal xarakati bo’zilib bozordan bozorga kuchib yurishi sodir bo’ladi.
4. Olib sotarlikga keng yo’l ochiladi.
5. Iste’mol va extiyojni izdan chiqaradi. Šadrsizlangan puldan qochish uchun kerakli, keraksiz tovarlar sotib olinadi.
6. Tovarlarni kreditga sotish qisqaradi.
7. Bank foizlari oshadi, o’zoq muddatli kredit berish barham topadi.
8. Aholi mablaђlarini jamђarmaga jalb etish qiyinlashadi.
9. Barter munosabatlari vujudga keladi.
10. Byudjet taqchilligi sodir bo’ladi, emissiyaga zo’r beriladi va u inflyasiyani yanada kuchaytiradi.
Ma’lumki, har bir davlat o’zining pul tizimiga ega bo’ladi. O’zbekistonning 

mustaqil davlat sifatida ajralib chiqishi uning mustaqil pul tizimiga ega bo’lishi 


taqozo qildi. Mustaqil pul tizimini tashkil topishining 1 bosqichi 1993 yildan boshlab «so’m-kupon»larning muomalaga chiqarilishi hisoblanadi. O’zbekiston pul tizimini qurishning ikkinchi bosqichi - 1994 yil iyuldan boshlab milliy valyuta «so’m»ning muomalaga chiqarishi bo’lib, u O’zbekiston tarixidan juda katta ahamiyatiga ega. 
Yoar bir davlatning pul tizimi ma’lum elementlaridan tashkil topadi va qonun 

asosida yuqori davlat organlari orqali boshqarib boriladi.


O’zbekiston Respublikasi pul tizimi elementlari bo’lib, qo’yidagilar 

hisoblanadi: 


- pul birligining nomi; 
- pul birligining turlari - qog’oz va metall pullar;
- ularni muomalaga chiqarish qoidalari; 
- pul, kredit, valyuta boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat organlari;
- naqd pulsiz to’lov oboroti va kredit pullar (chek, veksel) muomalasini olib 

borishda davlat tomonidan belgilangan shartlar;


- milliy valyutani chetga olib chiqishi va chetdan olib kelish qoidalari;
- xalqaro hisob-kitoblarni tashkil qilish asoslari;
- milliy valyutani chet el valyutasiga almashtirish tartibi va davlat tomonidan 

o’rnatilgan valyuta kursi.


Alohida olingan davlatning pul tizimi o’z xususiyatlariga ega bo’lib, uning 

elementlari u yoki bu tomoniga o’zgarishi mumkin.


Pul tizimi ijtimoiy hayotning ko’zgusi hisoblanadi desak xato bo’lmasa kerak. 

Shuning uchun ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni pul tizimini ob’ektiv talablar, ya’ni 


pul tizimining yagona bo’lishi, pul birligi qiymatining doimiyligi va pul 
muomalasining talabga qarab o’zgarib turishi kerakligini qo’yadi. 
Sobiq SSSRning davlat sifatida tarqalib ketishi markazlashgan pul tizimining

ham tugashiga olib keldi. Natijada ba’zi respublikalar rublni o’z milliy valyutasi sifatida ishlatib turgan holda o’z pul siyosatini olib bordi. Estoniya, Latviya, Litva, Ukraina birinchi bo’lib rubl zonasidan chiqib o’z milliy valyutasini qabul qilishdi.


Keyinchalik Ozarboyjon, Qirg’iziston va Moldaviya respublikalari bu yo’nalishni davom qildirdilar. Rubl tizimida vujudga kelgan tartibsizliklar, milliy valyutalar va kuponlarning muomalaga chiqarilishi, yagona pul-rubl zonasining tugatilishiga, uning har xil kursga ega bo’lishiga olib keladi.
1992 yil oxiriga kelib Rossiyada tovarlar bahosining oylik o’sishi 25-30 
foizgacha ko’tarildi. Moskva valyuta birjasida rublning nominal qiymati bir dollarga 
125 rubldan, dekabr 1992 yilda 485 rublgacha, mart 1993 yil 1 dollar 660 rublgacha 
tenglashdi. Pul qadrini tushishi, naqd pul etishmovchiligiga, oxirgi esa ish xaqi, 
nafaqalarni to’lashda qiyinchiliklar bo’lishiga olib keldi. SSSR mavjudligining oxirgi banklar to’g’risidagi qonunga asosan davlat banki o’rniga Markaziy bank, mustaqil davlatlarda Markaziy (yoki milliy) banklar tashkil qilindi.
Rossiya Markaziy banki pul emissiyasi bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalarni 

bajarish huquqini o’z qo’liga oldi. Undan tashqari davlat pul belgilarini bosib 


chiqaruvchi muassasa Rossiyada joylashgan edi. Mustaqil davlatlar Markaziy 
banklarning pul muomalasini olib borish bo’yicha harakatlari cheklangan edi. 
Natijada pul taqchilligi yuzaga keladi va u alohida olingan respublikalarda har xil 
darajada namoyon bo’ldi. Masalan, Rossiya Markaziy banki muomalaga chiqargan 
pullarda Rossiyaning salmog’i 1991 yil dekabrida 64 foizini tashkil qilgan bo’lsa, 
1992 yil iyuniga kelib emissiyasining 77 foizi Rossiyani naqd pul bilan ta’minlashga 
yo’naltirilgan. Qolgan barcha respublikalarni naqd-pul bilan ta’minlashgan uchun 
muomalaga chiqarilgan pullarning faqat 23 foizigacha sarflangan, ya’ni boshqa 
respublikalar ehtiyojini pul bilan ta’minlash salmog’i tushib ketgan. Masalan, Belorussiya, Gruziyaning salmog’i 3 foizdan 1,5 foizgacha, Ukraina va Boltiqbo’yi 
respublikalarining salmog’i yanada ko’proq qisqargan. O’zbekistonda ham pul 
resurslari taqchilligi naqd pulga bo’lgan talabning qondirilmaganligida namoyon 
bo’lgan. Shu iqtisodiy tanglik sharoitida pul tizimini shakllantirish bo’yicha mustaqil 
davlatlar oldida ikki alternativ yo’l turardi.
1. Yagona pul tizimi zonasi - rubl zonasida qolish va yagona pul siyosatini olib borish;
2. O’z milliy valyutasini muomalaga chiqarib o’z pul tizimiga ega bo’lish va 
qo’shni mamlakatlar inflyatsiyasidan o’zini himoya qilish;
Pul taxchilligi davom qilayotgan va Rossiya rubllari barqaror bo’lmagan 

sharoitda pul taqchilligini yo’qotish maqsadida ko’pgina respublikalar, jumladan, 


O’zbekiston ham mustaqillikning birinchi yillarda pul tizimini shakllantirishning 
loyihasini tuzdi, yuqorida ta’qidlaganimizdek, muomalaga kupon talonlar chiqarildi 
va keyinchalik O’zbekiston o’zining milliy valyutasini muomalaga chiqardi. 
O’zbekiston milliy valyutasi-so’mning muomalaga chiqarilganiga qariyb o’n yilcha 
vaqt o’tdi va u pul sifatida barcha jarayonlarda ishlatilib kelmoqda.
O’zbekiston milliy pul tizimining asosiy elementi bo’lmish so’m jamiyat 

manfaatlariga xizmat qiladi. Shuning uchun pul tizimining asosiy vazifasi milliy 


pulimizning qadrini mustahkamlashdan iborat. Bu juda mas’uliyatli va oson 
bo’lmagan vazifa. O’zbekistonning o’z iqtisodini bozor talablariga mos ravishda 
rivojlantirishga qaratishi, bozor iqtisodiga o’tishda O’zbekistonning o’ziga xos 
xususiyatlariga ega ekanligi milliy valyutaning barqaror bo’lishini taqozo qiladi.
Yoozirgi kunimiz, iqtisodimizning rivojlanishida amalga oshirilayotgan 

iqtisodiy jarayonlar, katta qurilishlar va moliyalashtirishlar O’zbekiston iqtisodiy 


mustaqillikka erishish uchun to’g’ri yo’l tanglaganini ko’rsatib turibdi. Zero mustaqil 
pul tizimiga ega bo’lmasdan iqtisodiy jihatdan mustaqil davlat bo’lish mumkin emas.

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish