Kurs ishi mavzu: O'zbekiston Respublikasi aholisini yuzaga kelishi mumkin bo'lgan favqulodda vaziyatlardan o'z vaqtida ogohlantirish va xabardor etishda mavjud tizim. Bajardi: Normuhammadiyev J. Sh Ilmiy rahbar: Aripxadjaeva M


I BOB.Favqulodda vaziyatlar va ularni oldini olish



Download 65,38 Kb.
bet2/4
Sana28.04.2022
Hajmi65,38 Kb.
#589079
1   2   3   4
Bog'liq
2 5271530897902933354

I BOB.Favqulodda vaziyatlar va ularni oldini olish.

1.1.Favqulodda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT)ning asosiy vazifalari.


Favqulodda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT)ning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat;
-Tinchlik va harbiy davrda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida huquqiy va iqtisodiy-me`yoriy hujjatlarning yagona konsepsiyasini belgilash, ishlab chiqish va uni amalga oshirish;
-Respublika hududidagi mumkin bo`lgan texnogen va tabiiy favqulodda vaziyatlarni ifodalash, bashoratlash ularning oqibatlarini baholash;
-Favqulodda vaziyatlarning oldini olish, odamlar xavfsizligini ta`minlashga,xavfli texnologiyalar va boshqa ishlab chiqarishlarning barqarorligini ta`minlashga qaratilgan ilmiy-texnik dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
-Boshqaruv organlari va tizimlarining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun muljallangan kuch va vositalarning doimiy tayyorligini ta`minlash;
-Aholini,boshqaruv organlari boshliqlarini, FVDT kuch va vositalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash;
-Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxirasini yaratish;
-Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish;
-Favqulodda vaziyatlardan zarar ko`rgan aholini ijtimoiy himoya qilishga oid tadbirlarni amalga oshirish;
-Favqulodda vaziyatlardan zarar ko`rgan aholini ijtimoiy himoya qilishga oid tadbirlarni amalga oshirish;
-Favqulodda vaziyatlarda aholini muhofaza qilish sohasida, shu jumladan ,ularni bartaraf etishda bevosita qatnashgan shaxslarning huquq va majburiyatlarini amalga oshirish;
-Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida halqaro hamkorlik qilish.
Respublika darajasidagi FVDT boshqaruv organlarinig asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:
-Tabiiy favqulodda vaziyatlar oqibatlarini imkoni boricha pasaytiruvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish, FV sharoitida xalq xo`jalik tarmoqlarining barqaror faoliyat ko`rsatishlarini ta`minlash;
-Aholi va hududlarni FVlardan muhofaza qilish sohasida Respublika maqsadli va ilmiy–texnik dasturlarni ishlab chiqishda qatnashish;
-Respublika markazlashtirilgan xabar berish tizimini yaratish va uni doimiy tayyor holda saqlash;
-Atrof-muhit hamda kuchli xavfli ob`yektlarning holatini kuzatish va nazorat qilish tizimini tashkil etish, FVlarni bashoratlash;
-Boshqaruv organlari, FVDT kuchlari va vositalarining FVlarda harakat qilishga tayyorgarligini ta`minlash;
-Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo`lmaydigan ishlarni, shu jumladan, evakuatsiya ishlarini o`tkazishga oid tadbirlarning bajarilishini ta`minlash, zarar ko`rgan aholi uchun hayot sharoitini yaratish;
- Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun Respublika moliyaviy va moddiy resurslar zahirasini yaratish;
-FVlardan zarar ko`rgan aholini ijtimoiy muhofaza qilishga oid tadbirlarni amalga oshirishda qatnashish;
-Favqulodda vaziyatlarda idoraga qarashli ob`yektlarning rahbarlari tarkibi, kuch va bositalarini, shuningdek xodimlarini tayyorlashni muvofiqlashtirish va boshqa ishlarni bajarish. FVDT boshqaruv organlarining ob`yektlar darajasidagi bazifalari quyidagilardan iborat:
-Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni bartaraf etish,ob`yektlar ishining FVlar chog`ida ishonchliligi va barqarorliligini oshirishga doir tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;
-Boshqaruv organlarining, ob`yektlar kuch va vositalarining FV chog`ida harakatlarga tayyorgarligini ta`minlash;
-Avariya–qutqaruv hamda boshqa kechiktirib bo`lmaydigan ishlarga shu jumladan, ob`yektlar xodimlarini evakuatsiya qilishga rahbarlikni amalga oshirish;
-Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish;
-Ob`yektlarning rahbarlar tarkibi, kuch va vositalari, shuningdek xodimlarini FVlardagi harakatlarga tayyorlashni tashkil etish;
-Har bir korxonaning FM boshligi FMni tashkil etilishini, uning holatini, kuchlarini, texnikasini doimiy tayyor holatda bo`lishligini nazorat etadi, hamda qutqaruv va qayta tiklash ishlariga rahbarlik qiladi. Korxona FMning boshlig`i shu korxona joylashgan rayon FMga va shu korxonaning yuqori tashkiloti FMsiga bo`ysunadi.
FM shtabi asosida quyidagi xizmatli tizimlar tashkil etiladi:
-Aloqa va tashviqot guruhi;
-Qutqaruv, qidiruv va o`ta shoshilinch ishlarni amalga oshirish guruhi; -Yong`inga qarshi va o`t o`chirish guruhi;
-Tibbiy xizmat ko`rsatish guruhi;
-Radiatsiya va kimyoviy qurollar ta`siriga qarshi ish olib boruvchi guruh;
-Jamoa tartibini saqlash guruhi;
-Elektr ta`minoti guruhi;
-Avariya-texnikani ta`mirlash uruhi;
-Panada va qochoqlar maskanida xizmat ko`rsatish guruhi;
-Transportda xizmat ko`rsatish guruhi;
-Moddiy ta`minot va boshqa vazifalarni bajaruvchi guruhlar;
-Bularga maxsus topshirlarni bajarish vazifalari topshiriladi.
Yuqoridagi har bir xizmatga FM boshlig`i tomonidan rahbar etib ob`yektda doimo ishlab kelayotgan, bo`lim, sex, smena boshliqlari tayinlanadilar. FVDT kuchlariga quyidagilar kiradi:
1. Fuqaro muhofazasi qo`shinlari;
2. Hududiy va ob`yektlarning harbiylashmagan umumiy-maxsus maqsadli tizimlari;
3. Mahalliy hokimiyat organlarinig (viloyat, shahar, va tumanlar) FVV (favqulodda vaziyatlar vazirligi ) ning qutqaruvchi komandalarining tizimlari;
4. FVVga to`g`ridan-to`g`ri hamda tezkor bo`ysunuvchi respublika ixtisoslashtirilgan tizimlari;
5. Vazirliklar va idoralarning harbiylashtirilgan hamda, professional-ixtisoslashtirilgan avariya- qutqaruv va avariya tiklash bo`limlari;
6. Ob`yektlarning ixtisoslashtirilgan tizimlari;
7. Qizil yarim oy, hamda Qizil xoch jamiyati ko`ngilli otryadlari;
8. Vatanparvar, mudofaaga ko`maklashuvchi tashkiloti. Bularning tarkibida respublikamiz bo`yicha, “Najodkor”, RQQM-(Respublika qidiruv-qutqaruv markazi hamda) SQXT (Suvdan qutqarish xizmati tizimlari) tuzilgan bo`lib, Respublikamiz miqiyosida bo`ladigan har qanday FVlarda fuqarolarni qutqarish vazifalarini bajaradilar;
FVDT ning mablag`i quyidagilardan tarkib topgan:
-Davlat byudjeti hisobidan;
-Mahalliy byudjet hisobidan;
-Vazirlik va uning tarmoqlari hisobidan;
-Muassasa va tashkilotlarning shaxsiy mablag`lari hisobidan;
-Qizil xoch; va Qizil yarim oy;
-Jamiyatining birlamchi zaxiralar hisobidan;
-O`zbekistonda kuzatiladigan tabiiy ofatlar va ularning oqibatlari va boshqalar.
Dunyoda shu davrga qadar tabiiy ofatlar doimiy ravishda bo`lib keldi va bundan keyin ham yuz berishi ehtimoli ko`p.
Shu bilan birga, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish borasida ko‘rilayotgan choralar tizimi faoliyati samaradorligining tahlili shuni ko‘rsatadiki, respublika aholisi va hududlarini muhofaza qilish sohasida bir qator muammoli masalalar mavjud:
birinchidan – tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlardan aholi va hududlar xavfsizligini ta’minlashni prognozlash, xavfni baholash, kuzatish va nazoratini amalga oshirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi bir qator ixtisoslashtirilgan muassasalar faoliyat yuritayotgan bo‘lishiga qaramasdan, favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va prognozlashning ta’sirchan tizimi yaratilmagan, buning oqibatida zilzilalar, xavfli gidrometeorologik hodisalar, ekzogen geologik jarayonlar, texnogen xususiyatli avariya va halokatlarning tahdidini har tomonlama tahlil qilish, ularning yuz berish xavfini aniqlash to‘liq amalga oshirilmayapti;
ikkinchidan – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining amaldagi tashkiliy-shtat birligi va shaxsiy tarkibining kamligi favqulodda vaziyatlar profilaktikasi va ularning oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlarni keng ko‘lamli va samarali amalga oshirishni ta’minlamayapti;
uchinchidan – ayrim shahar va tumanlarda quyi bo‘g‘in mavjud emasligi va rivojlanmagani favqulodda vaziyatlar bo‘limlari tomonidan profilaktik chora-tadbirlarni mamlakatimizda tizimli ravishda amalga oshirishga imkon bermayapti, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishda yuzaga keladigan muammolarni hal etish borasida aholi bilan keng qamrovli muloqot olib borish hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan samarali hamkorlik qilishni ta’minlamayapti;
to‘rtinchidan – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining professional qutqaruv otryadlari ma’muriy markazlarda joylashgani olis tumanlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ular sodir bo‘lganda qutqaruv otryadlarining jalb etilishida muayyan qiyinchiliklar tug‘dirib, ularni faqat favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlarigagina jalb etish bilan cheklaniladi;
beshinchidan – hududlarda favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish, prognozlash, oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish masalalariga jalb etilishi lozim bo‘lgan boshqaruv organlari, kuch va vositalarni muvofiqlashtiruvchi ta’sirchan mexanizmlar mavjud emas;
oltinchidan – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tuzilmalarini zamonaviy avariya-qutqaruv texnikalari, asbob-uskunalari, anjomlari va aloqa vositalari bilan ta’minlash darajasi qoniqarsizligicha qolmoqda;
ettinchidan – aholi va hududlarni tabiiy ofatlar va texnogen avariyalar xavfidan muhofaza qilish bo‘yicha muammolarni hal qilishda respublikaning ilmiy-tadqiqot salohiyatidan amalda to‘liq foydalanilmayapti;
sakkizinchidan – favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va prognozlash, ularning xavfi to‘g‘risida aholini xabardor qilish va ogohlantirish, shuningdek, qutqaruv ishlarini olib borishga jalb etilishi lozim bo‘lgan kuch va vositalarni muvofiqlashtirish va boshqarish ishlariga zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarini joriy etish ishlari sust olib borilmoqda;
to‘qqizinchidan – aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi zamonaviy talablarga javob bermaydi, kelgusida ushbu sohada ishlovchi professional kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimi mavjud emas.

1.2.Favqulodda vaziyatning tavsifi va uni oldindan bashorat qilish


Har qanday favqulodda vaziyatlar 8 ta korsatkich boyicha aniqlanadi:
Favqulodda vaziyatning nomlanishi (FV ni tarifi);
FV ning mohiyati (mazmuni);
FV ning sabablari;
FV ning shikastlovchi omillari;
FV da qaltislikni oshiruvchi omillar;
FV ni oldindan bilish mumkinligi (monitoring, bashorat, ogohlantirish, yumshatish);
FV ni bartaraf qilish (falokatdan qutqarish va boshqa kechiktirib bolmaydigan ishlarni bajarish);
Moddiy zararni aniqlash (bevosita va bilvosita).
Har qanday turdagi xavf-xatarli holatlar muayyan sharoitlarda, muhitda favqulodda vaziyatlarga olib keladi.
Yani:xavf-xatar (FV manbai, havfli tabiat hodisasi, Malum sharoit va muhitda
havf bor obektlar, ekologik vaziyat) FV oqibatlari turli tuman bo’ladi. Ular FV turiga, tusiga va tarqalish miqyosi (masshtabi)ga bogliqdir. FV oqibatining asosiy turlari: olim, odamlarni kasallanishi, inshoatlarning buzilishi, radioaktiv ifloslanishlar, kimyoviy va bakterial zaharlanishlar. Yana shuni alohida qayd qilish kerakki, FVning kopgina holatlarida boshqa zararli omillar bilan birga ruhiy jarohatlovchi holatlar ham mavjud boladi. Bu paytda ota kuchli tasodifiy tasirilar odamning ruhiy holatini buzulishiga olib keladi. Bu tasirning xavfli eri shundaki, bu ruhiy holat faqatgina shu tasir xududidagina emas, undan chiqqandan keyin ham davom etishi mumkin. FV havfini oldindan malum aniqlikda aniqlash mumkin bolsa, ammo, uning ruhiy tasirini aniq aytish mushkul hisoblanadi.
FVning zararli va xavfli omillari tasiri ostida joylashgan aholi, hayvonlar, inshoatlar, moddiy resurslarni barchasi - «Shikastlanish ochogi» deyiladi. Oddiy (bir turli) shikastlanish ochogi deb, faqat bir shikastlovchi omil tasirida hosil boladigan ochoq tushuniladi. Masalan: portlash, yongin natijasida buzilish, kimyoviy zaharlanish kuzatiladi. Murakkab (kop turli) shikastlanish ochogi deganda bir necha shikastlovchi omillar tasirida yuzaga kelishi tushuniladi. Masalan, kimyo korxonasidagi portlash, binolarning buzilishiga, yongin, kimyoviy zaharlanish kabi oqibatlarga, er silkinishi, kuchli boron, inshoatlarning buzilishidan tashqari, suv toshqini, yonginlar, elektr tarmoqlarining ishdan chiqishi, zaharli gazlarning chiqib ketishi natijasida zaharlanish va boshqa talofatlarga olib kelishi mumkin.
FVlardan himoyalanishning asosiy sharti, sharoitni baholay olish, keltirib chiqargan sababini va uning mexanizmini bilishdir. Jarayonning mohiyatini bilib, uning oqibatini oldindan aytib berish mumkin. Oz vaqtida va aniq olingan malumot samarali himoya uchun ota muhimdir.
FVlar quyidagilar natijasida paydo boladi:
Ogirlik kuchlari, er aylanishi yoki haroratlar farqi tasiri ostida paydo boladigan, tez kechadigan jarayonlar;
Konstruktsiyalar yoki inshoatlar materiallarining zanglashiga yoki chirishiga, fizik-mexanik korsatkichlarning pasayishiga olib keladigan tashqi tabiiy omillar tasiri;
Inshoatlarning loyiha ishlab chiqarish nuqsonlari (qidiruv va loyiha ishlaridagi xatolar, qurilish materiallari, konstruktsiyalar sifatining pastligi, qurilish ishlarining sifatsiz bajarilganligi, qurish va sozlash ishlarida texnika xavfsizligiga rioya qilmaslik va hakozo);
Ishlab chiqarish texnologik jarayonlarning inshoat materiallariga tasiri (meyoridan ortiq kuchlanishlar, yuqori harorat, titrashlar, kislota va ishqorlar tasiri, gaz-bug va suyuq agressiv muhitlar, mineral moylar, emulsiyalar tasiri);
Sanoat ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining va inshoatlarni eksplutatsiya qilish qoidalarining buzilishi (bug qozonlarining, kimyoviy moddalarning, komir konlarida metan gazining portlashi va hakozo);
Turli korinishlardagi harbiy faoliyatlar.
Kelib chiqishi va turidan qatiy nazar FVlarning rivojida tortta harakterdagi fazalarni ajratish mumkin:
uygonish, paydo bolish;
rivojlanish, avj olish fazasi;
eng yuqori darajasi, eng yuksak darajadagi fazasi;  pasayish, o‘tish fazasi (oqibatini tugatish).
Uyg‘onish fazasida bo‘lg‘usi FV ning zamini uchun sharoit yaratiladi: nohush tabiiy jarayonlar faollashadi, inshoatlarning loyiha ishlab chiqarish nuqsonlari yigila boshlaydi va koplab texnik nosozliklar yuzaga chiqadi, uskunalar ishida, injener texnolog xodimlar ishida nuqsonlar paydo boladi.
Uygonish fazasi davomiyligini aniqlash uchun, bu ham juda katta taxmin bilan seysmik, meterologik, sellarga qarshi va boshqa stantsiyalarning kuzatuvlarini juda sinchiklab organish va muntazam yozib borish orqaligina bajariladi.
Rivojlanish, avj olish fazasi inson omili asosiy orinni egallaydi. Statistik malumotlar 60% dan ortiq avariyalar inson hatosi tufayli roy berganligini korsatadi.
Eng yuqori darajadagi fazada esa odamlar va atrof muhitga havf solib turgan modda yoki energiyaning ozod bolishi, yani FV kuzatiladi.
FVning oziga xosligi shundaki, u zanjirsimon xususiyatga ega. Unda energiya tola, zaharli va biologik komponentlarning qoshilib ketishi tufayli uning rivojlanishi kop martalab ortib ketadi.
Pasayish, otish fazasi vaqt boyicha xavf manbaning jilovlab olish davridan boshlab to uning oqibatini bevosita va bilvosita bartaraf qilguncha ketgan vaqtdir.
Bu fazaning davomiyligi yillar, gohida 10 yillar davom etishi mumkin.
FVlarning shikastlanish sabab-oqibat zanjirini konkret sharoitda bilish, bunday vaziyatning oldini olish ehtimolini oshiradi va oqibatlarini tezroq tugatishga yordam beradi.



Download 65,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish