Bugungacha demokratik tamoyillar asosida rivojlanayotgan mamlakatlarning o’tish davri tajribalariga asoslanib, bu davrning uchta asosiy yo’li yoki «model»i shakllanganligini ta'kidlash mumkin. - Bugungacha demokratik tamoyillar asosida rivojlanayotgan mamlakatlarning o’tish davri tajribalariga asoslanib, bu davrning uchta asosiy yo’li yoki «model»i shakllanganligini ta'kidlash mumkin.
- Uning birinchisi - klassik an'anaviy yo’l hisoblanadi. «Klassik yo’l» - deganda, insoniyatning demokratik taraqqiyot yo’liga o’tishning dastlabki shakli va uning dunyodagi ko’pchilik mamlakatlar taraqqiyotida samara bergan andozasi tushuniladi. Bu yo’lning xarakterli xususiyati shundaki, unda tashqi kuchlarning aralashuvisiz, mamlakatning o’z ichki imkoniyatlariga tayangan holda demokratik jamiyatga o’tishi amalga oshadi. Bu yo’lning yana bir asosiy xususiyati shundaki, u uzoq tarixiy bosqichda amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |