Google bulut xizmati Google Drive deb nomlanadi. U hujjat yaratish (Google Docs) va bulutli saqlash imkoniyatlarini (Gmail elektron pochta, Google Translate avtomatik tarjimoni, GoogleMaps xaritalash xizmati, Google Talk messenjeri) o’z ichiga oladi. Google Drive sizga Internetdagi va qattiq diskdagi fayllarni har qanday joydan, hatto yo’lda saqlash va kirish huquqini beradi. Internetdagi, kompyuterdagi yoki mobil telefondagi faylga kiritilgan o’zgarishlar Google Drive o’rnatilgan barcha qurilmalarda aks etadi (2-rasm).
2 Rasm. Google ilovalari.
Yuqoridagilardan kelib chiqadigan bo’lsak, bulutli hisoblash ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va amaliy rivojlantirishda, shuningdek mutaxassislar, aspirantlar va talabalar uchun masofaviy o’qitish uchun keng istiqbollarga ega.
Bulutli texnologiyalar nafaqat kelajak, balki ko’p jihatdan ular allaqachon mavjud bo’lgan hozir zamon texnologiyalari.
Shunday qilib, yangi ta’lim standartlariga o’tish davrida bulutli texnologiyalar o’qituvchi va talabaning yangi axborot madaniyatini shakllantirishga yordam beradi va loyiha usullari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini birlashtirish uchun noyob imkoniyat yaratadi.
Bulutli texnologiyalarni o’quv jarayonida qo’llash ta’lim maydonini ochiq qilish imkonini beradi.
Texnologiyalar va ularni ta’limda qo’llanilishini ko’rib chiqaylik:
Hozirgi kunda ta’lim jarayoniga oliy o’quv yutrtlariga Google ilovalari internet texnologiyasi asosidagi yangicha elektron ta’lini joriylashtirishni taklif etmoqda. Microsoft kompaniyasining Word, Excel, Power Point, kabi mashxur dasturiy vositalariga bugungi kunda Google kompaniyasinng Google Apps(Disk), Google Hujjatlar, Google electron table, Google Taqdimot kabi ilovalari raqabatdoshlik qilib, ularning ommabopligi o’sib bormoqda. Shular qatorida biz bulutli texnologiyalarining o’rnini ham ta’kidlab o’tishimiz zarur. Google Apps Education
Edition va Microsoft Live@edu kabi mashxur bulutli latformalarinin ta’kidlashimiz zarur, undan tashqari bulutli ombor vazifasini ta’minlovchi Microsoft Scive Drive va Apple Cloud ta’kidlashimiz va ularni ta’lim jarayoniga qo’llashning dolzarb tomonlarini ko’rib chiqamiz. Ta’lim jarayonida bulutli texnologiyalarini qo’llashdan maqsad yanada egiluvchan infrostrukturadan foydalanuvchilarni qo’llashlarini ta’minlash, yanada qo’llashga qulay bo’lgan servislardan, electron resurslardan foydalanishni amalga oshirishni maqsad qilib oladi desak, mubolag’a bo’lmaydi. Bu jarayonni tashkilotlar uchun, oquv maskanlari hamda alohida foydalanuvchilar uchun qo’llash unumli amalga oshiriladi. Ta’limga “bulutli” texnologiyalarinin qo’llash, o’quv maskanlarini umuman ta’lim tizmini local axborot infrastrukturan yaratishdan holis qiladi, hisoblash resurslarinin yanada ratsional fydalanishga yo’naltirilgan, foydalanuvchilar uchun so’rov asosida kerak bo’lgan “bulutda” joylashgan hisoblash resurslarini qo’llash imkoiyatlari va perspektivalarini ochib beradi.
Zamonaviy apparat va dasturiy ta’minot tasnifi zamonaviy dunyoda kundan kunga mukammallashib boradi, har bir ta’lim tashkiloti o’zining texnik va dasturiy bazasini yangiliklar bilan, qolaversa, yangilab borishga, tez o’zgaruvchi kompyuterlarnin turlari bilan,talabalarni ular bilan ta’minlab turishga tog’ri keladi. Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’limga joriy etilishi planlashtirilgan natijalarga erishish , butun AT infrostrukturasinin hafsiz, ishonchli va samarali ishlashi sharoitida amlag oshiriladi.
Ishlanayotgan axborotni doimiy kattalashishiuni samaradorligini oshirishga kundan kunga o’sayotgan talablarni taqdim etish mumkin.AT indrastrukturani rivojlanishi va harajaatlarni amayishiga talablr quyilib, ta’lim tashkilotlarining ATresurslarga ehtiyoji bilan bog’liq bo’lib boradi. Servis ATlarni rivojlanishning bir turi bo’lgan bulutli hisoblashlar(Cloud Comting) asosidagi axborot texnologiyalarinin rivojlantirsh yuqoridagi masalani hal qilishning eng perspektiv innovatsion IT servislarinin rivojlantirishning yo’nalishlaridan hisoblanadi.
Xulosa
Xulosa o’rnida shuni aytishim kerakki, men kurs ishida “Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishda ineraktiv metodlardan foydalanish va ularni dars jarayoniga tadbiq qilish” mavzusini o’quv jarayonida qanday foydalanilishini yoritdim.
O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va «Ta’lim to’g’risida»gi qonunda o’quv jarayoniga ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy etish mamlakatimiz ta’lim tizimini isloh qilishning asosiy ko’rsatkichlaridan biri sifatida e’tirof etilishi bejiz emas. Chunki, pedagogik texnologiya ta’lim jarayonini inqirozdan holi etish, uni bozor iqtisodi sharoitiga mos holda takomillashtirish va Davlat ta’lim standarti talablariga muvofiq kadrlar tayyorlashning muhim omillaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Mamlakatimizni Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, «Kadrlar masalasini hal etmas ekanmiz , sa’y-harakatlarimiz kutilgan natijalarni berishi , hayotimiz , ma’naviyatimiz o’zgarishi qiyin kechadi. Demakki , zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilish , zamon talablariga mos kadrlar tayyorlash ishini yo’lga qo’yish faoliyatimizning bosh yo’nalishi bo’lmog’i darkor…».
Zero ta’lim jarayonini tashkillashda axborot–kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanayotgan ko’pgina rivojlangan mamlakatlar o’quv jarayonini sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarishga erishayotganliklari hayotda o’z tasdig’ini topmoqda. Ushbu bitiruv malakaviy ishda bayon etilgan ma’lumotlar esa bu axborot–kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish salohiyati to’g’risida fikr yuritishga asos bo’ladi. Ayniqsa, tashhizlanuvchan o’quv maqsadlarini belgilash, talabalarni mustaqil bilim olishga undash, o’quv jarayonini doimo rivojlanib boruvchi dinamik tizim sifatida loyihalash kabi tashkiliy-uslubiy ishlarni amalga oshirishda innovatsion texnologiyalar katta imkoniyatlarga ega.
Innovatsion texnologiyalar joriy etish tajribasini o’rganish va unga maqsadli yondashish, o’quv jarayonini insonparvarlashtirish, bunda talabani sust ob’ektdan faol sub’ektga aylantirish, bilish faoliyatining aniq maqsadlarga yo’nalganligini hamda o’quv jarayonini ishlab chiqarish jarayoni kabi takrorlanuvchanligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
Mening fikrimcha ta’limda ko’plab innovatsion usullar samarali bo’lib, ayniqsa ta’limda aniq maqsad qo’yish yoki fanlararo bog’lash, aniq maqsadga erishish ko’p foydali xisoblanadi. «Maqsadli yondashuv» uslubi ta’limda o’quvchi, talabalarni ijodiy fikrlashga, fanning mazmun mohiyati va maqsadini o’rgatadi. U nafaqat o’quv-bilim faoliyatini tizimlashtiradi, jadallashtiradi, balki ta’lim oluvchilarning umumiy madaniyatini yuksaltirishga ham xizmat qiladi, predmetlararo bog’lanish tufayli maqsadlar turli darajada namoyon bo’ladi: masalan informatika va axborot texnologiyalari fanining maqsad va darajalari kuydagilardan iborat:
Informatika va axborot texnologiyalariga bog’liq bir necha fanlarni birlashtirib, maxsus kurslar yaratish. Informatika va axborot texnologiyalar o’quv fanlarining turli bo’laklarini ma’lum bir blokka birlashtirish, bir mavzuni ikki yoki bir necha predmetlar asosida o’rganish, bilimlarni umumlashtirish asosida axborot texnologiyalar bo’yicha yaratilgan kurslarni o’rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |