Kurs ishi mavzu: Nutqiy muloqot xususiyatlari



Download 44,62 Kb.
bet6/6
Sana18.07.2022
Hajmi44,62 Kb.
#824369
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi M.Shahlo 1 kurs magistr

ICHKI NUTQ

Ichki nutq nutq faoliyatining alohida xili hisoblanadi. Ko`pincha ichki nutq amaliy va nazariy faoliyatni rejalashtirish fazasida vosita sifatida nomoyon bo`ladi. Agar biz biron-bir qiyin masalani yechayotgan bo`lsak uni o`z-o`zimiz bilan maslahat (muhokama) qilib olamiz. Tabiyki ichki nutq chala-yarim, uzuq-yuluq - ya’ni fragmentar xarakterga ega bo`ladi. Sababi biz o`z fikrimizni, nima haqida o`ylab nima haqida "gapirayotganimizni" o`zimiz juda yaxshi tushunamiz.

Ikkinchi tomondan, ichki nutqda biron vaziyatni idrok qilish paytida anglashilmovchilik bo`lmaydi. Ichki nutq xaddan tashqari sharoitga bog’liqdir. Ichki nutqni artikulyatsiya a’zolarining harakatlarini (lablar, tilning harakatlari) qayd qilish yo`li bilan tekshirish mumkin. Ammo bu holda ichki nutqning mantikiy jihatdan oxirigacha olib boilmaydigan, real ovoz chiqarishgacha yetkazilmaydigan talaffuz qilish harakatlarigina o`rganiladi.

YOZMA NUTQ

Yozma nutq monologik nutqka juda yaqin turadi. Shu sababli ba’zi qo`llanmalarda uni monologik nutqning turi ham deb ko`rsatishadi. Monologik nutqning barcha xususiyatlari yozma nutqqa ham xosdir. Yozma nutq ogzaki monologik nutqka nisbatan birmuncha batafsilrokdir. Chunki yozma nutq jarayonida suhbatdoshdan keluvchi teskari aloqaning bo`lmasligi. Bizdan suhbatdoshimiz biror narsani so`ray olmaydi, tushungan yoki tushunmaganini izhor qila olmaydi. Shu sababli hamma narsani batafsil, oldindan tushuntirishga, izhor qilishga harakat qilamiz. Bu jihatdan yozma nutq og’zaki nutqqa nisbatan nihoyatda murakkab. Yozma nutqni o`zlashtirish va uni tushunish uchun maxsus tartibda ta’lim olmoq zarur.

Yozma nutq, o`z mohiyati jihatdan, nutqning eng ixtiyoriy turidir. Agar biz bayon qilmoqchi bo`lgan fikr o`ylaganimizdek chiqmasa biz uni yana boshdan boshlaymiz. Yozma nutq ham turli darajada va shaklda bo`lishi mumkin. Kimdir yozma nutq davomida og’zaki nutqqa suyanadi o`zicha gapirib turadi), kimdadir yozma nutq to`liq ichki planga to`liq o`tgan. U shunchalik o`rganganki, tashqi nutqqa suyanmaydi, guyoki "o`ylamaydi", gaplar o`z-o`zidan quyilib kelaveradi. Yozma nutqning natijalari ham doimo ko`zga tashlanib turadi. Shu sababli tartibli nutqqa o`rgatishni yozma nutqdan boshlash kerak.

MULOQOTning vazifalari B.F.Lomov va L.A.Karpenkoning fikricha, muloqotning 3 xil vazifasi mavjud: 1. Kommunikativ (axborot uzatish) vazifa. Muloqotning kommunikativ jihatida individlarning ozaro malumot almashinishi sodir boladi. 2. Interaktiv (hamkorlikda harakat qilish) vazifa. Muloqotning interaktiv jihatida individlar nafaqat bilim va goyalar, balki harakatlar bilan ham ozaro tasirni amalga oshiradilar. 3. Perseptiv (ozaro birgalikda idrok etish) vazifa. Muloqotning perseptiv jihati muloqot jarayonida ozaro bir-birini idrok qilish orqali tushunishdir, yani muloqotning ushbu jihatida bir kishining ikkinchi kishi tomonidan idrok qilinishi, tushunilishi, baholanishi kuzatiladi. Muloqot – bu birinchi navbatda axborot bilan bogliq noyob hodisa, oziga xos axborot jarayonidir. Umuman olganda, axborot jarayonlari axborotni qabul qilish, saralash, saqlash, uzatish va boshqalardan iborat ijtimoiy jarayonlardir. Axborot jarayonlari butun jamiyat organizmini qurshab olib, barcha ijtimoiy tizimlarni qamraganligi, ijtimoiy hayotning har qanday, hatto, eng kichik qismida ham mavjudligi bilan ahamiyatlidir.


  • 26 «Kommunikatsiya» atamasi fanga XX asrning boshida kirib kelgan. «Kommunikatsiya» lotincha communicatio, communico sozlaridan kelib chiqqan bolib, boglayman, muloqot qilaman manolarini anglatadi. Ijtimoiy fanlarda kommunikatsiya birgalikda harakat qilish, ozaro tasir haqidagi ilmiy bilim sohasi hamda ushbu jarayonlar va ularning natijalarini ifodalash uchun qollaniladi. Kommunikatsiya muammolariga tadqiqotchilar, ayniqsa, Ikkinchi jahon urushidan keyin qiziqa boshlashdi yillar boshida falsafa va sotsiologiya ilmiy adabiyotlarida kommunikatsiya tushunchasining yuzdan ortiq tarifi yuzaga keldi. Masalan: 1.«Kommunikatsiya – bu murakkab dinamik tizimlar va uning axborotni qabul qilish, toplash, ozgartirish imkoniga ega qismlari ortasida axborot almashinuvi». 2.«Kommunikatsiya – bu axborotni oziga xos almashish, uning emotsional va intellektual mazmunini aks ettirish jarayoni». 3.«Kommunikatsiya – insonlarning kognitiv (kognitiv – shaxsning tashqi malumotni aqliy idrok etish va qayta ishlash qobiliyatini bildiruvchi atama) va mehnat faoliyati jarayonida ozaro munosabatlarga kirishishining oziga xos shakli». 4.«Kommunikatsiya – noverbal va verbal harakatlar natijasida axborot olish».


  • 27 Kommunikatsiyaning tarixiy taraqqiyoti Kanadalik sotsiolog Marshal Maklyuen fikricha, kommunikatsiya usulining almashishi tarixning rivojlanish bosqichlarini ifoda etadi. Shunga kora u insoniyat rivojlanishning quyidagi davrlarini ajratgan: ogzaki kommunikatsiya (bu davrda jamoa doirasida kommunikativ muhit kommunikantlarni bevosita har tomonlama qamrab olgan); yozma kommunikatsiya (yozilgan xabarlar vaqt va makon tosiqlarini kesib otgan); nashr-kommunikatsiya (kommunikantlarni yalpi qamrab olishning oshishi, «Gettenberg galaktikasi»ning yaratilishi, yani bosma kitoblar chop etish texnologiyasining ixtiro qilinishi); multimedia kommunikatsiyasi (bevosita muloqotga global miqyosda kirishish).


    28 Kommunikatsiya tadqiqotlari Kommunikatsiya muammolarini gumanitar, tabiiy va texnik fanlar vakillari tadqiq qilishadi. Faqat insonlararo emas, balki hayvonlararo, kompyuterlararo, «inson-mashina» va aloqa tizimlarida axborot almashinuvini organuvchi fanlarning vakillari – kibernetiklar, biologlar, etologlar, semiotiklar axborot almashinuvini kommunikatsiya deb ataydilar. Shuningdek, XX asrning 60-yillarida amerikalik sotsiloglar (Lazarsfeld, Lippman, Lassuell, Merton, Maklyuen va boshqalar) oz tadqiqotlarida «ommaviy kommunikatsiya» atamasini ham qollay boshladilar. Shu tariqa, kommunikatsiya nazariyasi mustaqil fan sifatida shakllanib borib, ozining predmeti, kategoriyalar apparati, oz qonuni va tarixiga ega boldi. Kommunikatsiya nazariyasi axborot almashinuvining universal mexanizmlari va qonuniyatlarini organadi. Shuningdek, uning ommaviy kommunikatsiya nazariyasi, shaxslararo kommunikatsiya nazariyasi kabi tarmoqlari ham mavjud.



    Foydalanilgan adabiyotlar


    • D.R.Babayeva NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

    • 14. Asqarova M. va boshqalar Kichik yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish. –T., 2001. 427 15.

    • Abduazimov O. Multimedia - noyob ne’mat. //«Xalq so‘zi» gazetasi, 2002, 28-fevral.

    • “BIZNES MULOQOT VA AKADEMIK YOZUV” fanidan O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

    • M. MAXSUDOVa MULOQOTPSIXOLOGIYASI

    O'quv qo'llanma
    A.V.Petrovskiy. “Umumiy psixologiya”, 1992 yil.
    P.V.Ivanov .“Umumiy psixologiya”, 1972
    Download 44,62 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish