II bob. Dunyoning eng yirik mexmonxona zanjirlari.
2.1. “Marriott International” mehmonxona zanjiri.
AQSh mehmonxona zanjiri “Marriott International” dunyoning eng katta transmilliy kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Korporatsiyaning ma’lumotiga ko’ra hamma turistlarning 4 tasidan biri shu mehmonxona zanjirida tunaydi.
1927 yil may oylarida 26 yoshlik Yuta Djon Marriott Vashingtonda o’zining xotini bilan to’qqiz joyli gazakxona ochdi. O’zining bilimdonligi sababli “Buyuk depressiya” yillarida oson o’tib ketishini ta’minladi. 30 yoshining oxirlarida esa u The Shoppe Inc restoran zanjirlari va katering bilan shug’ullanuvchi korxona egasiga aylandi. Djon Marriott o’zining birinchi mehmonxonasi 1957 yilda qurdi. Bu mehmonxona “Twin Bridges Marriott Hmehmonxona” nomli bo’lib Virjiniya shtatining Arlington shahrida qurilgan edi. Djon o’zining biznesini bir xil familiyali qilishni niyat qilgan edi va keyinchalik kompaniya boshqaruvini o’g’liga topshirdi. Kichik Marriott ham bu ishga otasidan qolishmadi. 1964 yil kompaniya “Marriott Corporation” nomiga o’zgartirildi. Korporatsiya mehmonxona va restoran biznessi bilan bog’liq barcha sohalarga e’tibor berishni boshladi. 1977 yilda franshiza orqali milliardlab foyda olishni boshladi. Korporatsiya 80-yillarning oxiriga kelib uchta konsepsiya ishlab chiqib faol ravishda ish yuritdi. Bu kompaniya AQShning uchta sektorida faoliyat yurita boshladi ya’ni to’liq kompleks xizmatli mehmonxonalar (Marriott suites), qimmat bo’lmagan mehmonxonalar (Residence Inn) va qimmat bo’lmagan mmehmonxonalar (Fairfield Inn).
90-chi yillar boshida Marriott Corporation AQSh tashqarisida bir necha o’nlab mehmonxonalari bor edi. Diversifikatsiya prinsipidan kelib chiqib ya’ni (hamma tuxumlarni bir savatda saqlama) maqolidan kelib chiqib, 1993 yilda korporatsiya ikkita kompaniyaga Marriott International (mehmonxonalar va ko’chmas mulk bilan shug’ullanadigan kompaniya) va Host Marriott (Ko’chmas mulk operatsiyalari bilan va oziq – ovqat yetishtirish bolan shug’ullanadigan kompaniya)ga bo’lindi. Bu bilan Marriot International foal ravishda xalqaro bozorga kirib bordi. Hozirgi kunda AQSh va 64 ta davlatda 3400ga yaqin obyekti mavjud bo’lib 150 mingdan1 ortiq xodimlari ishlaydi. Xonalar soni esa 700 mingga yaqin. 2010 yil 10 nayabrda bildirilgan ma’lumotga qaraganda Marriott International 2015 yilgacha 600 ga yaqin mehmonxonalarni ko’paytirishni ma’lum qilgan.
Marriott International mehmonxonalari bandligi dunyoning boshqa raqobatchichlarining o’rtacha hisobidan 10%ga ortiq. Bu bilan to’g’ri raqobatchilarga qaraganda Marriott International ancha qimmat ta’riflari mavjud. Bu bandlikka va qimmatlikka individual va guruhli mijozlarning ulkan darajada qondirilishi natijasi. Kompaniyaning xonalarini band qilish uchun butundunyo bronlash sistemasidan yoki internetdan foydalanish mumkin. Bu bilan birga “mehmonlarni bilmoq” texnologiyasi qo’llaniladi. Takroriy mehmonlar uchun har chegirmalar berishadi.
2.1 - jadval
Marriott kompaniyasi tarkibiga kiruvchi mehmonxona zanjirlari
Do'stlaringiz bilan baham: |