Kurs ishi mavzu: Mashinalar haqida ma’lumot beruvchi tizim dasturi. Bajardi: Fathiddinov. S tekshirdi: M. Maxmasoatov



Download 302,42 Kb.
bet1/4
Sana12.07.2022
Hajmi302,42 Kb.
#779632
  1   2   3   4
Bog'liq
Kurs ishi



Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Amaliy Matematika va Intelektual texnologiyalar fakulteti
Amaliy matematika va kompyuter tahlili kafedrasi

KURS ISHI


Mavzu: Mashinalar haqida ma’lumot beruvchi tizim dasturi.
Bajardi: Fathiddinov.S
Tekshirdi: M.Maxmasoatov

Reja:

  1. Kirish .

  2. Mashinalar haqida ma’lumot, kelib chiqish tarixi.

  3. Mashinalar haqida ma’lumot beruvchi tizim dasturi haqida.

  4. Xulosa.

  5. Foydalanilgan adabiyotlar.


Kirish
Mashinalar to’g’risida ma’lumot beruvchi bu tizim militsiya xodimlariga yordam beradi va ish samaradorligini yana ham oshiradi. Men tuzgan bu dastur C# dasturlash tilida tuzilgan bo’lib bu dastur mashinalarni monitoring qilishda yani mashinalarni ma’lumotlarini ma’lumotlar bazasiga avval kiritib so’ng kerak bo’lgan vaqtda mashina raqami, mashina egasining ism familiyasi, manzili, telefon raqami, mashinang rangini kiritganimizda ma’lumotlar bazasidan qidirib topib chiqarib beradi. Militsiya xodimlari odamlar yangi moshina olsa ularni daftarga kiritishi va chiqarishar edi ular bu mehnatlarni qo’lda amalga oshirishadi, bu ishni ularning qo’l mehnati yordamida amalga oshirilgan edi ko’p xodimlarning vaqti va energiyasi bu ishga ko’p sarflanar edi. Men shu maqsadda ularga mashinalar bazasini shakllantiradigan dastur tuzdim.

Mashinalar haqida ma’lumot.
Avtomobil (lotincha: mobilis – harakatchan) – dvigatel yorda-mida harakatga keltiriladigan relssiz transport vositasi. Yoʻlovchilar va yuk tashishga moʻljallangan.1751 – 52 yillarda Nijniy Novgorod gubernyasi (Rossiya) dehqoni Leontiy Shamshurenkov ikki kishi oyogʻi bilan yurgi-ziladigan "oʻziyurar aravacha" qurdi. I. P. Kulibin bir qancha muhim mexanizmlarni, mas, uzatmalar qutisini taklif qildi. Bugʻ mashinasi paydo boʻlgandan 131keyin ixtirochilar undan mexanik aravada foydalanishga harakat qildilar. 1769 – 70 yillarda fransuz harbiy muhandisi N. J. Kyuno artilleriya toʻplari uchun 3 gʻildirakli bugʻ aravasi qurdi. Algliyada 1802-yilda Trevitnik bugʻ mashinasi oʻrnatilgan A. qurdi. 1830-yilda rus ustasi K. Yankevich bugʻ A.lariga temirdan yasalgan 100 dan ortiq gaz quvurli bugʻ qozoni oʻrnatishni taklif etdi. Akkumulyatordan tok olib ishlay-digan elektr dvigatelli A. lar bilan ham koʻpgina tajribalar oʻtkazildi. Ichki yonuv dvigateli ixtiro qilingandan keyin A. lar muntazam rivojlantirila boshlandi. A.larga benzin va kerosin bilan ishlaydigan dvigatellar oʻrnatish bo-rasida turli mamlakatlarning koʻpgina ixtirochilari ish olib bordilar. 1885 – 86 yillarda Germaniyada Daymler benzin bilan ishlaydigan dvigatelni mototsiklga, Bens esa uch gʻildirakli A.ga oʻrnatdi. Temir gʻildiraklar oʻrniga yaxlit rezina shinalar, 1890-yildan esa pnevmatik re-zina shinalar ishlatila boshladi. Avto-mobilsozlik dastlab Fransiyada, soʻngra AQSH, Germaniya va Yaponiyada rivojlandi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishga-nidan soʻng avtomobil sanoati rivoj-langan mamlakatlar qatoriga qoʻshildi. Asaka shahri (Andijon viloyati)da Janu-biy Koreyaning DEU korporatsiyasi bilan hamkorlikda barpo etilgan "OʻzDEU avto" qoʻshma korxonasida 1996-yildan boshlab "Neksiya", "Damas" va "Tiko" yengil avtomobillari ishlab chiqara boshlandi. 1999-yilda Samarqandda ishga tushgan "SamKochAvto" oʻzbek-turk qoʻshma korxonasi M23.9, M24.9, M29 rusumli avtobuslar va 35.9, 65.9, 80.12, 85.12, 85.14 rusumli har xil yuk avtomobillari ishlab chiqaradi (qarang Avtomobil sanoati).A. turlari. A.ning transport, maxsus va poygaga muljallangan xillari bor. Transport A.lari yengil A., avtobus va yuk A. larga boʻlinadi. Maxsus A. ma’lum ishlar uchun moʻljallanadi va tegishli uskunalar bilan jihozlanadi.Oʻt oʻchirish, un tashish, sement gashish, sanitariya A.lari, axlat tashiydigan, avtokranlar, avtoyuklagichlar va boshqa maxsus A.lar shular jumlasidan. Poyga A. sportda ishla-tiladi. Yengil A. 2 dan 8 tagacha oʻrinli boʻladi. Ular berk kuzovli (sedan va limuzin), ochiq kuzovli (faeton) va ochila-digan kuzovli (kabriolet) boʻlishi mum-kin. Yuk A. 0,25 t dan 100 t gacha va undan ortiq yuklarni tashiydigan kuzovli, tirkamalar, yarim tirkamalarni tortish uchun muljallangan kuzovsiz boʻladi. Oʻtuvchanligi boʻyicha tekis va qiyin yoʻllarda yuradigan, harakatlanuvchi qismning tuzilishi boʻyicha gʻildirakli, gʻildirak-gusenitsali, yarim gusenitsa-li, pnevmatik galtakli va boshqa xillarga boʻlinadi.A. tuzilishi. Avtomobil dvigatel, transmissiya, yurish qismi, boshqarish mexanizmi, elektr jihozlar, kuzov yoki kabinadan iborat. Dvigatelning turiga qarab, bugʻli A. (keng tarqalmadi), ben-zinli A. (yengil va yuk A.), dizelli A. (yuk A., avtobuslar, yengil A.), ga-ballonli avtomobil (yengil, yuk A., avtobuslar), gaz generatorli avtomobil (ogʻir yuk ta-shiydigan A.), akkumulyatorlaa batareya-sida ishlaydigan A. (elektromobillar) xillarga boʻlinadi (yana qarang Avtomobil dvigateli). Transmissiya (kuch uzatmasi) dvigatelning aylantiruvchi momentini A.ning harakatlantiruvchi qismiga (gʻildiraklar, gusenitsalar va boshqalarga) uza-tadi. Uning mexaniq elektr-mexaniq gidromexanik xillari bor. Mexanik transmissiya eng kengtarqalgan. U, odatda, tish-lashish muftasi, uzatmalar qutisi, kardanli uzatma, bosh uzatma, differensialyaan tashkil topadi. Yurish qismi rama, osma, oʻq (koʻpriklar) va gʻildiraklardan iborat. Ramaga kuzov, kabina, dviga-tel, uzatmalar qutisi va boshqa mexanizm va uzellar mahkamlanadi. Yengil A. va avtobuslarda kuzovi rama vazifasini bajaradi. Osma rama (kuzov) bilan oʻqlarni elastik boglaydi va dinamik kuchlarni yumshatadi. Gʻildiraklarning mustaqil 132osmasi keng tarqalgan. Boshqarish mexa-nizmlariga rul boshqarmasi va tormoz tizimlari kiradi. Rul boshqarmasi A.ning harakat yoʻnalishini oʻzgartirish uchun xizmat qiladi. Rul chambaragi bu-rilganda valni, val esa oʻz navbatida rul mexanizmlarini, u esa sapfalarga oʻrnatilgan old gildi-raklarni bu-radi. A. ni boshqarishni yengillashti-rish uchun rul yuritmasiga gidravlik, pnevmatik yoki gidropnevmatik kuchay-tirgich oʻrnatiladi. Tormoz tizimi A. harakatini sekinlashtirish, toʻxtatish va bir joyda toʻxtatib turish (qoʻl tormoz yerdamida) uchun xizmat qiladi. Ish tor-mozi barcha gʻildiraklarga ta’sir etadi. Har qaysi gʻildirakka gidravlik, pnevmatik yoki pnevmogidravlik yuritma bilan ta’sir etuvchi barabanli yoki diskli tor-moz mexanizmi oʻrnatiladi. Tormozlash vaqtida friksion nakladkali tormoz kolodkalari gʻildiraklardagi tormoz barabanlari yoki disklarga qisiladi. Katta avtobuslar va ogir yuk A.lariga qoʻshimcha sekinlashtiruvchi tormoz oʻrnatiladi. Elektr jihozlar tok manbai (akkumulyatorlar batareyasi va dvigatelga oʻrnatilgan generator) va iste’molchilaridan iborat; dvigatelni oʻt oldirish va yurgizib yuborish tizimini ishlatish, tashqi va ichki yoritish, yorugʻlik va tovush signallari uchun zarur boʻladi.A. konstruksiyalari borgan sari ta-komillashtirib borilmoqda. A. konstruksiyasi koʻpgina omillar, mas, yoʻl va iqlim sharoitlari, yoʻlovchilar soni hamda yuk hajmi va boshqalarni hisobga olib yaratiladi. Konstruktorlar A. larni loyihalashda ularning sigimi, puxtali-gi, tejamliligi, bosh-qarish osonligi, shinamligi, oʻtagʻonligi va boshqa xususiyatlarini hisobga oladilar.Capeap Qodirov.

Download 302,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish