Kurs ishining amaliy ahamiyati:
Tadqiqot ishi materiallari ta’lim muassalalari talabalari uchun amaliy va mustaqil faoliyatda qo‘llashda amaliy ahamiyat kasb etadi.
Kirish
Jamiyatning ma’naviy takomili unda amalga oshiriladigan ta’lim - tarbiya ishlarining mazmuni, shakl va mohiyatiga bog’liqdir. SHu boisdan ham ta’limdagi yangilanishni, respublikamizda amalga oshirilayotgan bosqichma - bosqich ta’lim tizimini pedagogik talqin qilish, bu jarayonni samaradorli kechishini ta’minlash zaruriyati yuzaga keladi. Hozirgi yoshlarning har jihatdan mukammal barkamol, keng dunyoqarashga, ijodiy tafakkurga, intellektual salohiyatga ega bo’lgan shaxslar qilib tarbiyalashimiz zarur. Vatanimiz kelajagi bo’lgan yoshlarimizning bilimdonligi, ma’naviy kamoloti, g’oyaviy yetukligi davrimizning dolzarb vazifalaridandir.
O’zbek xalqi ta’lim-tarbiyaga oid boy merosga ega bo’lib, avlodlarga insonparvarlik, kamtarlik, mehnatsevarlik, do’stlik birodarlik, mehr-oqibat kabi umuminsoniy fazilatlarni tarbiyalab kelgan. Ma’lumki, bolalarning asosiy vaqti o’yin bilan o’tadi. O’yin - maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlanishining muhim vositasi, ularning asosiy faoliyati bo’lib hisoblanadi. O’yin jarayonida bola shaxsi faoliyat sub’ekti sifatida shakllana boshlaydi. O’yin o’zoq davrlardan beri mashhur olimlar, pedagog-psixologlar, faylasuflar, sotsiologlar, etnograflar va madaniyat arboblari diqqatini o’ziga qaratib kelgan.
Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va etuk, shu bilan birga maktabga tayyorlagan holda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 11-moddasida: “Maktabgacha ta'lim bola shaxsini sog`lom va yetuk, maktabda o`qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko`zlaydi. Bu ta'lim olti-etti yoshgacha oilada, bolalar bog`chasida va mulk shaklidan qat'i nazar boshqa ta'lim muassasalarida olib boriladi”,2- deb ta’kidlangan. Darhaqiqat, ta’lim-tarbiya qanchalik erta boshlansa, uning samarasi shunchalik erta namoyon bo‘ladi va insonning butun hayot tarziga ijobiy ta’sir qiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning eng asosiy va yetakchi faoliyatlaridan biri o‘yindir. etakchi faoliyat deb bolaning ayni shu yoshida tez – tez ko‘zga tashlanib turadigan xatti – harakatiga aytamiz.
Etakchi faoliyat shunday faoliyatki, bu faoliyat tufayli bolaning psixik jihatdan o‘sishida jiddiy o‘zgarishlar yuz beradi. Boshqacha qilib aytganda, mana shunday asosiy faoliyat jarayonida bolaning barcha psixik prosesslari anchagina o‘sadi. O‘yin bola hayotida mana shunday asosiy faoliyatlardan biridir. O‘yin shu qadar universial, shu qadar ko‘p qirrali va qudratli faoliyatdirki, barcha yoshdagi bolalarni o‘yindan boshqa kamolga yetkazishni tasavvur etish qiyin.
Xozirgi vaqtda umumta’lim maktablarda ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarni uchratishimiz mumkin. Bu bolalar maktab o’quv fanlarini o’zlashtirishda qiyinchiliklarga duch keladilar. Lekin ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar bilan aqli zaif bolalar va tengdoshlarini farqlash lozim. Aqli zaif bolalar bilan ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar o’rtasida qo’yidagi farqlarni ko’rishimiz mumkin. Aqli zaif bolalarda nutq va harakatning buzilganni butun rivojlanishi davomida ko’rishimiz mumkin. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarda esa nutq va harakatning buzilishi bog’cha yoshida baratarf etiladi. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar mustaqil rasm chiza olishlari ertaklar eshitishda tashabbus ko’rsatishlari mumkin. Harakat dinamikasi borgan sari yaxshilanib boradi. Masalan, bo’laklarga bo’lingan rasmlarning bir butunligini yig’ishda uncha qiyinchiliklarga uchramaydi vazifalar murakkablashib, rasm bo’laklar soni 46 oshsagina pedagog yordam beradi. Bunday bolalar maqol va latifalar, topshiriqlar mazmuni to’g’ri tushunadilar. Lekin normal tegdoshlariga nisbatan tushunishlari aniq saviyadao’ladi.
O’z holatlarini aksariyat hollarda anglaydilar mustaqil yoki kattalar
yordamida to’g’rlaydilar. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar mantiqiy tafakkuri hotirasi idrok etishi o’z tengdoshlariga nisbatan biroz orqada qoladi. Ruhiy rivojlanishning bunday orqada qolishiga sabab, ona xomiladorlik vaqtida turli xil taksikoz xodisalari yuz berishi, ovqatlanishining buzilishi oqibatida bo’lishi mumkin. Onaning turli xil verusli gepotet, ich terlama, gripp kabi kasalliklar bilan kasallanishi yoki bola tug’ilishi jarayonida asfeksiya holati munosabati bilan bo’lishi mumkin. Shu sabablar bolalarning psixik kamol topib borishining orqada qolishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |