KURS ISHI
MAVZU: KORXONA IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI
REJA:
I.Kirish
II.Asosiy qism.
1. Xizmat ko’rsatish korxonalari moliyasida yuzaga kelgan muammolar va ularni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar tizim.
2. Xizmat ko’rsatish korxonalari moliyasini boshqarishning iqtisodiy matematik modeli.
3. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xizmat ko’rsatish korxonalari moliyasini samarali tashkil etish mexanizmini takomillashtirish yo’llar.
III. Xulosa.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
KIRISH
Bozor munosabatlari sharoitida xizmat ko’rsatish iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan biri bo’lib, iqtisodiyotni yanada rivojlantirishda vositachi sifatida namoyon bo’lmoqda. Shu bilan bir qatorda, xizmat turlari ko’payib uning mamlakat yalpi ichki mahsulot (YIM)ida hissasi ortib bormoqda, xizmat sohasida yangi ish o’rinlari ochilib, xizmat ko’rsatish sifati oshib, aholi turmush farovonligi yaxshilanmoqda. Birgina misol, 2014-yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8,1 foizga oshdi hamda bozor xizmatlari ko’rsatish hajmi 15,7 foizga o’sdi, ularning yalpi ichki mahsulot tarkibidagi ulushi esa 53 foizdan 54 foizga oshdi.
Shuni ta’kidlash joizki, xizmat ko’rsatish tarmoqlari va xizmat turlari o’zimizga xos tarzda rivojlanib kelgan va rivojlanmoqda. Bu ko’p hollarda xizmatlarning milliyligi bilan bog’liqdir, chunki shunday xizmatlar borki, ular faqat o’zimizgagina xosdir, misol uchun, hashar orqali ko’rsatiladigan xizmatlar, homiylik xizmatining ayrim turlari, milliy to’y-hashamlarda qilinadigan xizmatlar va hokazo. Ammo shuni e’tirof etish kerakki, mamlakatimizda ushbu o’zimizga xos xizmat sohasi kam tadqiq qilingan va mos ravishda iqtisodiy adabiyotlarda mazkur masalaga bag’ishlangan materiallar kam yoritilgan. Hozirgi kunda jamiyat vakillarining zamonaviy, murakkab maishiy texnika, kompyuterlar va shaxsiy avtotransport bilan ta’minlanganligining keskin oshishi natijasida ularga ko’rsatilayotgan xizmatlarning kengayishiga sharoit yaratadi. Zamonaviy xizmat ko’rsatish turlarining kengayishi va rivojlanishi yangi daromadli faoliyat turlarining yuzaga kelishiga, aholi bandligini ortishishiga zamin yaratadi. Yangi daromad turlarining yaratilishi va aholi daromadlarining oshishi esa, o’z navbatda, soliq solish bazasini kengayishiga, byudjet daromadlarining ko’payishiga olib keladi.
Xizmatlar ko’rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish maqsadida unga qulay sharoit yaratish, uning iqtisodiyotdagi ulushini oshirish, xizmat ko’rsatish sohasi tarmoqlarida band bo’lgan aholi sonini yanada ko’paytirish va shu asosda aholi daromadlarini oshirish hamda ichki iste’mol bozorini sifatli turli-tuman zamonaviy xizmat turlari bilan to’ldirish pirovard maqsad sifatida namoyon bo’lib kelmoqda..
Taraqqiyotimizning bugungi bosqichi, ya’ni milliy iqtisodiyotni barqarorlashtirishda ishlab chiqarish tarmoqlari bilan bir qatorda xizmat ko’rsatish sohasining ham o’rni kun sayin kengayib bormoqda. Mamlakatimiz moliyaviy barqarorligini mustahkamlashda xizmat ko’rsatish korxonalari moliyasining mukammal tarzda yo’lga qo’yilganligi, moliyaviy jihatdan yuqori potensialga ega ekanligi hamda xizmat turlarining sifatliligi muhim rol o’ynaydi.
Xizmat ko’rsatish korxonalari moliya tizimini bozor iqtisodiyotining xalqaro andozalariga mos ravishda rivojlantirish hozirgi davrda o’ta dolzarb va ustuvor vazifalardan biri bo’lmoqda va shu bilan Iqtisodiyotda xizmat ko’rsatish sohasi moliyasini samarali tashkil qilishning ijobiy jihatlari o’ziga xosdir, ya’ni xizmat ko’rsatish sohasining tashqi omillar o’zgarishiga bog’liq emasligi, ortiqcha iqtisodiy mablag’ talab qilmasligi, yangi ish o’rinlarini yaratishda xarajatlarning kamligi va shu kabi bir qancha omillarning mavjudligidir. Shuni alohida ta’kidlash joizk, xizmat ko’rsatish sohasi sub’ektlarining shakllanishi va taraqqiy etishida hamda xizmat ko’rsatish korxonalari moliyasining yuqori samaradorlik bilan ishlashini ta’minlashda ayrim muammolarga ham duch kelinmoqda. Ushbu muammolarni bartaraf qilish, uning nafaqat amaliy, balki bir qator nazariy masalalarini ham hal etish lozimligi mazkur soha faoliyati samaradorligini hamda moliyaviy potensialini oshirish evaziga mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini barqaror rivojlanishiga olib borilishini taqozo qilmoqda. Bularning barchasi mazkur tadqiqot mavzusining dolzarbligini belgilaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |