Korrelyatsiyaning juft koeffitsiyentlari matritsasi
Ko‘rsatkich
|
Y
|
x1
|
x2
|
x3
|
x4
|
x5
|
Y
|
1
|
|
|
|
|
|
x1
|
0,75
|
1
|
|
|
|
|
x2
|
0,73
|
0,34
|
1
|
|
|
|
x3
|
0,74
|
0,29
|
0,40
|
1
|
|
|
x4
|
-0,51
|
-0,33
|
-0,46
|
0,45
|
1
|
|
x5
|
0,72
|
0,40
|
0,22
|
0,36
|
0,37
|
1
|
Biroq shuni ta’kidlash joizki, korrelyatsiyaning juft koeffitsiyentlari
boshqa omillarning natijaga ta’siri holatida olingan. Ularning ta’siridan
ajratib, natijaviy va omilli ko‘rsatkichlar orasidagi bog‘lanishni sof
holdagi sonli xarakteristikasini olish uchun korrelyatsiyaning xususiy
koeffitsiyentlari hisoblanadi.
3.6-jadval
Korrelyatsiyaning xususiy koeffitsiyentlari matritsasi
Ko‘rsatkich
|
Y
|
x1
|
x2
|
x3
|
x4
|
x5
|
Y
|
1
|
|
|
|
|
|
x1
|
0,59
|
1
|
|
|
|
|
x2
|
0,48
|
-0,136
|
1
|
|
|
|
x3
|
0,39
|
0,019
|
0,003
|
1
|
|
|
x4
|
-0,36
|
0,090
|
-0,14
|
-0,14
|
1
|
|
x5
|
0,31
|
0,098
|
0,16
|
0,48
|
0,082
|
1
|
Korrelyatsiyaning xususiy va juft koeffitsiyentlarini
taqqoslaganimizda boshqa omillarning rentabellik darajasi va
o‘rganilayotgan omillar orasidagi bog‘lanishga ta’siri yetarlicha
ahamiyatli: korrelyatsiyaning xususiy koeffitsiyentlari juft
koeffitsiyentlaridan ancha pastligini ko‘rish mumkin. Bu korrelyatsion
modelga kiruvchi omillar rentabellikka nafaqat bevosita, balki bilvosita
ham ta’sir ko‘rsatishidan darak beradi. Shuning uchun chalg‘ituvchi
omillar ta’siridan tozalagach, biroz chambarchas bog‘lanish hosil bo‘ldi.
Regressiyaning nazariy chizig‘i (tenglamadan hisoblangan)
haqiqiysidan (empirik) kamroq og‘sa approksimatsiyaning o‘rtacha
xatoligi shunchalik kam bo‘ladi. Bu esa bog‘lanish tenglamasining
shakli to‘g‘riligidan dalolat beradi. Bizning misolda u 0,0364 yoki
3,64% ga teng. Iqtisodiy hisob-kitoblarda 5-8% gacha xatolikka yo‘l
qo‘yilishi mumkinligini hisobga olsak, ushbu tenglama o‘rganilayotgan
bog‘lanishni yetarlicha aniq ifodalaydi degan xulosaga kelish mumkin.
Bunday katta bo‘lmagan xatolik bilan ushbu tenglama bo‘yicha
rentabellik darajasini oldindan taxmin qilish mumkin.
Xulosa va Takliflar
Hozirgi mavzu shundan iborat edi. Mavzuni qo’ldan kelgancha yoritishga harakat qildim. Moliyaviy tahli usullari nima uchun kerakligi haqida gaplashadigan bo’lsak- korxonani analiz qilishimiz uchun har bir usul alohida o’rin egallaydi. Korrelatsiya va regressiya usllari Statistikada ikkita tasodifiy o'zgaruvchi o'rtasidagi bog'liqlikni aniqlash muhim ahamiyatga ega. Bu bir o'zgaruvchiga boshqalarga nisbatan bashorat qilish imkoniyatini beradi. Regressiya tahlili va korrelyatsiya ob -havo prognozlarida, moliyaviy bozordagi xatti -harakatlarda, tajribalar orqali jismoniy aloqalarni o'rnatishda va boshqa real ssenariylarda qo'llaniladi.
Regressiya - bu ikkita o'zgaruvchining o'zaro bog'liqligini aniqlash uchun ishlatiladigan statistik usul. Ko'pincha ma'lumotlar yig'ilganda boshqalarga bog'liq bo'lgan o'zgaruvchilar bo'lishi mumkin. Bu o'zgaruvchilar o'rtasidagi aniq bog'liqlikni faqat regressiya usullari yordamida aniqlash mumkin. Bu munosabatni aniqlash bir o'zgaruvchining boshqasiga bo'lgan xatti -harakatini tushunish va bashorat qilishga yordam beradi.
Korrelyatsiya - bu ikkita o'zgaruvchining o'zaro bog'liqligining kuchliligi. Korrelyatsiya koeffitsienti boshqa o'zgaruvchining o'zgarishiga qarab bir o'zgaruvchining o'zgarishini aniqlaydi. Statistikada korrelyatsiya ikki o'zgaruvchining statistik aloqasi bo'lgan qaramlik tushunchasi bilan bog'liq.
Ular o’rtasidagi farq shundan iboratki - Regressiya ikkita tasodifiy o'zgaruvchilar o'rtasidagi munosabat shaklini beradi, va korrelyatsiya o'zaro munosabatlarning mustahkamlik darajasini beradi.Regressiya tahlili natijalarni ekstrapolyatsiya qilish va bashorat qilishga yordam beradigan regressiya funktsiyasini ishlab chiqaradi, bunda korrelyatsiya faqat qaysi yo'nalishda o'zgarishi mumkinligi haqida ma'lumot beradi.Agar korrelyatsiya koeffitsienti yuqori bo'lsa, aniqroq chiziqli regressiya modellari tahlil bilan beriladi. (| r | ≥0.8) Hodisa va jarayonlarning belgilari munosabatlarni o'rganish uchun ahamiyatiga ko'ra ikki sinfga bo'linadi. Boshqa tegishli belgilarning o'zgarishiga olib keladigan belgilar deyiladi faktorial , yoki shunchaki omillar. Omil belgilar ta'sirida o'zgaruvchan belgilar deyiladi samarali.
Korrelyatsion bog‘lanishni tekshirishda ko‘zlanadigan ikkinchi vazifa bir hodisaning o‘zgarishiga qarab, ikkinchi hodisa qancha miqdorda o‘zgarishini aniqlashdan iborat. Afsuski, korrelyatsion tahlil usuli - korrelyatsiya koeffitsiyentlari bu haqida fikr yuritish imkonini bermaydi. Regression tahlil deb nomlanuvchi boshqa usul mazkur maqsad uchun xizmat qiladi.
Regressiya so‘zi lotincha regressio so‘zidan olingan bo‘lib, orqaga harakatlanish degan lug‘aviy ma’noga ega. Bu atamani statistikaga kirib kelishi ham korrelyatsion tahlil asoschilari F.Galton va K.Pirson nomlari bilan bog‘liqdir.
Regression tahlil natijaviy belgiga ta’sir etuvchi omillarning samaradorligini aniqlab beradi.
Regression tahlil amaliy masalalarni yechishda muhim ahamiyat kasb etadi. U natijaviy belgiga ta’sir etuvchi belgilarning samaradorligini amaliy jihatdan yetarli darajada aniqlik bilan baholash imkonini beradi. Shu bilan birga regression tahlil yordamida iqtisodiy hodisalarning kelajak davrlar uchun istiqbol miqdorlarini baholash va ularning ehtimol chegaralarini aniqlash mumkin.
Regression va korrelyatsion tahlilda bog‘lanishning regressiya tenglamasi aniqlanadi va u ma’lum ehtimol (ishonch darajasi) bilan baholanadi, so‘ngra iqtisodiy-statistik tahlil qilinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
I. O’zbekiston Respublikasi prezidenti asarlari
1.Tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik — har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak., 2017 yil 14 yanvar / Sh.M. Mirziyoyev. — Toshkent : O‘zbekiston, 2017.
2.Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Sh.M. Mirziyoyev. - Toshkent : O‘zbekiston, 2016.
II.O’zbekiston Respublikasi qonunlari
1.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: «O‘zbekiston», 2019
2. O’zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonuni, 2016 yil 13 aprel.
III.Darsliklar
1.Vahobov A.V., Ishonqulov N.F., Ibroximov A.T. “Moliyaviy va boshqaruv tahlili”. Darslik. T.; Iqtisod-Moliya, 2013. -600 b.
2.Raximоv M. Iqtisоdiyot sub`ektlari mоliyaviy hоlatining tahlili. O’quv qo’llanma. T.; Iqtisod-Moliya, 2015. -392 b.
3.Jonathan Berk and Peter DeMarzo, Corporate finance 4thEdition(Pearson,2017).
4.Subramanyam K.R. Financial statement analysis. 11th edition. New York, Mc Graw-Hill Education, 2016. - 814 pages.
IV.Internet saytlari
1.www.investopedia.com- Investopedia internet nashri
2.www.gov.uz – O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali.
3.www.lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi.
4.www.mf.uz – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy sayti.
5.www.cbu.uz – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti.
6.www.stat.uz – O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasining rasmiy sayti.
7.https://blog.darcmatter.com/7-private-equity-strategies-investors-should-know/
Do'stlaringiz bilan baham: |