Vaziyat modelining qurilishi. Keysologning keysni ishlab chiqish bo’yicha faoliyatining ushbu bosqichidagi mazmunini uning quyidagi qarorlari belgilaydi:
Keys qanday bo’ladi: syujetli yoki syujetsiz?
Keysdagi voqealar axborotni bayon qilishning vaqt bo’yicha izchilligi o’tmishdan hozirgi keladigan yoki keys-xotira yoxud bashoratli bo’ladimi?
Vaziyatga oid mashq qanday janrda bayon qilinadi: hikoya yoki esse yoxud tahliliy yozishma yoki boshqacha shaklda?
Keysolog qabul qilingan yechim asosida vaziyat modelini ko’radi.
Keysdagi vaziyat modeli vaziyat sub’ekti faoliyatining ideal in’ikosidan iborat bo’ladi va ifodalangan muammo tashuvchisi rolini bajaradi. Tashqi ko’rinishiga ko’ra bu hodisalarning muayyan zanjiri yoki hodisalar doirasi, hodisalar bog’lami va shu kabilar bo’lishi mumkin.
Model vaziyatning turga oid belgilarini tanlash asosida shakllantiriladi (…-jadvalga qarang).
Vaziyat modelini qurish muvaffaqiyati uning o’rganilayotgan mavzu yoki o’quv predmetiga muvofiq bo’lishi darajasiga qarab, shuningdek, unda nostandart, muayyan nuqtai nazarlar borligiga ko’ra belgilanadi. Bu esa, unga muammoning noodatiy yechimini baxsh etib, tadqiqotchilik motivastiyasini hosil qiladi.
Keys matnining yozilishi. Keysolog keysni yozishga kirishishdan oldin quyidagi masalalarga doir yechimlarni qabul qiladi:
Keys o’z hajmiga ko’ra qisqa yoki o’rtacha miqdorda yoxud katta bo’ladimi?
Bu savolli keysmi yoki keys-topshiriqmi?
Keysda muammo qanday usulda beriladi?
usul – muammoni keysolog ifodalaydi.
usul- vaziyatdagi muammo yaqqol ifodalanadi, lekin bunda vaziyatning zarur elementlaridan biri (masalan, sheriklar haqidagi) axborot bo’lmaydi.
usul-matnda vaziyat sub’ektlari o’rtasidagi ziddiyat mavhum ifodalanadi.
Keys tuzilmasi bo’yicha qanday bo’ladi?
Gap shundaki, keys bu shunchaki mohirona bir hikoya yoki muayyan voqealarning optimal sonli sahifalardagi oddiy bayoni emas. Yuqorida qayd qilinganidek, u avvalo, muayyan o’quv maqsadlariga erishish uchun qo’llaniladigan pedagogik vositadir.
Shu sababli keys tuzilmasi uch asosiy tarkibiy qism bilan belgilanadi:
motivastion – keysning dolzarbligi, uning maqsadi va tinglovchi keysni hal qilishda erishadigan o’quv natijalarini belgilaydi;
syujetli – u keysdagi amaliy vaziyat mazmunini ochib beradigan harakatlar, voqealar majmuidan iborat bo’ladi;
informasiop – u vaziyat tahlili uchun zarur axborotni o’z ichiga oladi.
Syujetli va informastion qismlar nisbatan mustaqil tarzda va chambarchas bog’liq holda ham amal qilinsh mumkin (…-sxema).
Tinglovchining hal qilishi uchun taklif etiladigan har qanday keysda uning maqsadi va topshirig’i, savollari aniq ifadalangan bo’lishi lozim. Ular topshiriqni hal etish uchun zarur va etarli axborot xajmini o’z ichiga olishi kerak
Xulosa Kurs ishi davomida interaktiv metodlar va texnalogiyalar qnachalik muhum o’rin tutishini va bu texnalogiyalar asosida tashkillashtirilgan darslar samaradorligi nega yuqori bo’lishini tushundim. Key-study interfaol texnalogiyasi orqali guruh bo’lib ishlsh va muammoli vziyatni hal qilishning eng samarali usuli ekanligini tushinib yetdim. Muammoli vaziyat har qanday mvzu uchun ham to’g’iri kelavermas ekan bu metodni qo’llash uchun ham mavzu to’g’iri tanlanishi kerak. Har qanday metodning ham yutuq va kamchiliklari bo’ladi keys-study metdini yutuqlarini “aqliy hujum” metdi orqali solishtirsam maqsadga muovofiq bo’ladi. Aqliy hujum metdida butun sinifni qamrab olish qiyin masala va e’tiborni jalb qilsh potensiali nisbatan pasroq, ya’ni o’quvchga biror savol berilsa u javobni bilmasligi mumkin bu esa darsni u uchun zerikarli bo’lishiga olib keladi. Keys-study metodi esa buni aksi bu metdo orqali butun jamoani qamrab olish, kichik guruhlarga bo’linib ishlash mumkin, qiyin savol bo’lgan taqtirda o’quvchilar biragalikda muammoni hal qilishi mumkin. Bunda guruhlarnig kuch jihatidan teng taqsimlangani juda mumhum. Bu metodni kamchilik taraflari ham mavjud ya’ni mavzuni o’tish jarayonida guruhlarga bo’linishga va darsga oldinroq tayyorlanishga to’g’iri keladi yani o’tiladigan mvzu guruhlarga oldindan berilishi kerak bo’ladi. Savolini tuzish ham shu kabi juda muhim chunki berilayotgan savol dars qanchalik qiziqarli va tushunarli bo’lishiga ta’sir o’tqazadi. Bundan tashqari yana bir qancha metodlar bilan farqini ko’rib chiqdim bular “baliq sikleti”, 6x6x6, yoki “case” metodlari keys-study va case metodi bir turdagi metodlarga kiradi, lekin dars jarayonini tashkil qilish va har bir bosqichda qilinadigan ishlar ham turlicha. Keys-stduy metodi muammoli ta’lim uchun eng qulay usullardan biri deb o’ylayman chunki yuqorida keltirilganidek insonn e’tibor bergan narsasisni gina tushina oladi agar zeriksa yoki e’tibor qilmasa hechnarsani tushina olmaydi, e’tibor muammoli ta’limning ham bir qismi misol uchun guruhlarga bo’linib ishlash davomida biror kichik element ham muamo yechimi bo’lishi mumkin bu esa jamoadan e’tiborli bo’lishini talab qiladi. Guruhda o’quvchi ham o’zini aktiv bo’lishga harakat qiladi chunki odamning tabiatida ham guruh bo’lib ishlash imkoniyati bor va bu bizni eng yaxshi odatlarimizdan biridir. Zamonaviy talim tobora rivojlanishda yutqzib borayotgan O’zbekistonni ta’lim sohasi qanchalik rivojdan orta qolganini ko’rsatdi, ta’lim metodlari va ularni amalda qo’llash nisbatan past ko’satgichga ega. Oliy va o’rta ta’lim vazirligi tominidan tafsiya e’tilayotgan metodlar bular dunyoning eng mashhur metodlari va bu metodlarnig aksari bizda juda kuchli effect beradi lekin bizda bu metodlar qo’llanish darajasi juda past. Aytmoqchi bo’lganim ta’lim sohasida yangi yosh kadrlar maktab, kolej, yoki texnikumlarga yo’l olar ekan qanday o’qitshi kerak ekanligini tushinishi ular yurt va halq taqdiriga qanchlaik dahildor ekanligini tushinishi kerak.