2.2. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning daktil nutqini eksperemental
o’rganish natijalari
Maktabgacha yoshidagi eshitishda nuqsoni bo‟lganbolalarning nutqini holatini
tekshirish natijalari tahlili maktabgacha yoshidagi eshitishda nuqsoni
bo‟lganbolalarning lug‟at boyligini shakllantirish yo‟llarini darajasini aniqlash
imkoniyatini berdi.
Maktab yoshidagi eshitishda nuqsoni bo‟lgan bolalarning nutqini tekshirish
jarayonini oddiydan murakkabga qaratib olib bordik va aniqlangan natijalardan
shuni ko‟rish mumkin-ki, maktabgacha yoshidagi eshitishda nuqsoni bo‟lgan
bolalarning lug‟at boyligini shakllantirilib borishiga qaramay o‟quvchilar javoblari
juda past ko‟rsatkichni ko‟rsatdilar. Maktabgacha yoshidagi eshitishda nuqsoni
bo‟lgan bolalarning lug‟at boyligini tekshirish bo‟yicha topshiriqlarni bajarilishi
talab qilingan topshirig‟imizning natijalari 1- jadvalda foiz ko‟rsatkichlarida
ko‟rsatilgan. Ta‟kidlovchi eksperementda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri 17 -
sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtioslashtirilgan ta‟lim muasasasiining
10 nafar o‟quvchilari qatnashdilar, Eshitishda nuqsoni bo‟lgan bolalarning daktil
nutqini eksperemental o‟rganish L.R.Mo‟minova tomonidan ishlab chiqilgan
(ekspressiv va impressiv nutqni tekshirish uchun) metodikalari asosida o‟rganildi.
Eksperementimizda eshitishda nuqsoni bo‟lgan o‟quvchilarga og‟zaki va yozma
topshiriqlar berildi.
Eshitishda nuqsoni bo‟lgan bolalarning daktil nutqining umumiy holati 1
– jadvalda ko‟rsatilgan. Eksperement jarayonida tekshirilgan bolalarning
insonning gavda qismlarini to‟g‟ri nomladilar. Eshitishda nuqsoni bo‟lgan
bolalarning 10 tasi (100%) uy jihozlaridan predmetlarni nomladilar. Predmetlarni
kategoriya bo‟yicha umumlashtirish yuzasidan berilgan, fikr yuritishga
yo‟naltirilgan topshiriqlar eshitishda nuqsoni bo‟lgan bolalarda katta qiyinchilik
tug‟dirganligi aniqlandi. Eshitishda nuqsoni bo‟lgan bolalarning 8tasi (80%) uy
jihozlaridan predmetlarni umumlashtirdilar, qolganlari esa predmetlarni
rag‟batlantiruvchi yordamidan, ko‟rsatmasidan so‟ng ham (eksperementator
predmetni ko‟rsatadi va so‟raydi: “Qani aytchi, bu nima edi?”) Eshitishda
nuqsoni bo‟lgan bolalarning 6 tasi (60%) uy jihozlaridan predmetlarni
umumlashtirdilar, bolalarning 2tasi (20%) umumiy tushunchani ifodalaydigan
so‟zlarni xususiy tushunchani ifodalaydigan so‟zlarni xususiy tushunchani
anglatadigan so‟zlar bilan almashtirdi. Oyoq kiyimlarini ifodalovchi rasmlar
guruhini bolalar “tuflilar”, idish tovoqlarni – “piyolalar”, “ichadigan narsalar”,
mebellarni – “shkaflar”, transportlarni – “mashinalar” deb nomladilar. Lekin
bolalar topshiriqni xato bajarsalar ham, daktil nutqi vositasida so‟zlarni to‟g‟ri
nomladilar.
Eshitishda nuqsoni bo‟lgan bolalardagi lug‟at boyligining kamligi
so‟zlarga sifatlar topishda, predmetlarning belgilarini nomlashda ham namoyon
bo‟ldi. Eshitishda nuqsoni bo‟lgan bolalarning 8 tasi (80%) uy jihozlaridan
predmetlarni belgisini nomladilar, qolganlari esa predmetlarni nomlay olmadilar,
lekin eksperementatorning rag‟batlantiruvchi yordamidan, eshitishda nuqsoni
bo‟lgan bolalarning 2 tasi (20%) predmetlarni belgilarini nomladilar.Eshitishda
nuqsoni bo‟lgan bolalardagi lug‟at boyligining kamligi so‟zlarga sifatlar topishda
qiyinchilik tug‟dirdi.
So‟zlarga antonimlarni topish. Ko‟rsatma: bolaga avval birin-ketin
ko‟rsatilgan rasmlarni nomlash, so‟ngra so‟zlarga antonimlarni topish taklif
qilindi. Eshitishda nuqsoni bo‟lgan bolalardagi lug‟at boyligining kamligi
so‟zlarga antonimlarni topishda qiyinchilik tug‟dirdi. Eshitishda nuqsoni bo‟lgan
bolalarning 6tasi (60%) so‟zlarga antonimlarni topdilar, qolganlari esa
predmetlarni nomlay olmadilar, lekin eksperementatorning rag‟batlantiruvchi
yordamidan, eshitishda nuqsoni bo‟lgan bolalarning 4 tasi (40%) so‟zlarga
antonimlarni topdilar.
Predmetlar va harakatlar tasvirlangan rasmlar bo‟yicha gaplar tuzish: “Bu
qo‟g‟irchoq. U olma ushlab turibdi. Bu o‟quvchi . O‟quvchi dars tayyorlayapti”
Eshitishda nuqsoni bo‟lgan bolalardagi lug‟at boyligining kamligi so‟zlarga gap
tuzishda qiyinchilik tug‟dirdi. Eshitishda nuqsoni bo‟lgan bolalarning 6 tasi
(60%) rasmlar bo‟yicha gaplar tuzdilar, qolganlari eksperementatorning
rag‟batlantiruvchi yordamidan, eshitishda nuqsoni bo‟lgan bolalarning 4 tasi
(40%) rasmlar bo‟yicha gaplar tuzdilar. Eshitishda nuqsoni bo‟lgan bolalar lug‟at
zaxirasini
tekshirish
natijalari
ularda
gaplar
sintaksisining
deyarli
rivojlanmaganligi aniqlandi. Tekshirilgan eshitishda nuqsoni bo‟lgan bolalarning
barchasi rasmlarga qarab gap tuzishda bitta so‟z bilan chegaranishlari aniqlandi.
Masalan, Malika taklif qilingan rasmlarni ko‟rib chiqib (rasmda bola
tasvirlangan, u olma ushlab turibdi)- “bola” deb “gap” tuzdi. Eksperement
jarayonida eshitishda nuqsoni bo‟lgan bolalardan ba‟zilarigina nutqida faqat
sodda gaplardan foydalanishlari aniqlandi. Eshitishda nuqsoni bo‟lgan bolalar
tomonidan tuzilgan gaplarda ko‟makchi so‟zlarning yo‟qligi ko‟zga tashlanadi.
Tekshirish jarayoni eshitishda nuqsoni bo‟lgan bolalar nutqida so‟zlar tartibi
buzilishining ham ko‟p hollarda uchrashi mumkinligini ko‟rsatadi. Lekin bolalar
topshiriqni xato bajarsalar ham, daktil nutqi vositasida so‟zlarni to‟g‟ri
nomladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |