Курс иши мавзу: Кар болалар мактабида дактил нутқига ўргатиш



Download 404,11 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana14.04.2022
Hajmi404,11 Kb.
#549677
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kar bolalar maktabida daktil nutqiga orgatish ishi mazmuni uslublari

Tadqiqotning maqsadi 
Kar bolalar maktabida daktil nutqiga o„rgatish ishi 
mazmuni, uslublarini o‟rganish. 
Tadqiqotning ob’ekti -
Eshitishda nuqsoni bo‟lgan bolalar. 
Tadqiqotning predmeti -
Eshitishda nuqsoni bo‟lgan bolalar daktil nutqini 
rivojlantirish jarayoni. 
Tadqiqotning maqsadiga muvofiq quyidagi vazifalar hal qilinadi: 
-
tegishli psixologik, pedagogik, metodik adabiyotlar va maktabgacha 
tarbiya muammosi amaliyotini o‟rganish va tahlil qilish;
-
eshitishda nuqsoni bo‟lgan bolalarni daktil nutqining o‟ziga xos 
xususiyatlarini eksperemental o‟rganish; 
-
tadqiqot natijalariga tayangan holda eshitishda nuqsoni bo‟lgan bolalar
daktil nutqini rivojlantirish bo‟yicha tavsiyalar ishlab chiqish. 
Tadqiqot jarayonida quyidagi metodlardan foydalaniladi: 
tadqiqot mavzusi bo‟yicha psixologik-pedagogik, metodik adabiyotlarni tahlil 
qilish; 


eshitishda nuqsoni bo‟lgan bolalar daktil va og‟zaki nutqini tekshirish (sinov 
eksperementi); 
pedagogik jarayonni kuzatish va tahlil qilish; 
tarbiyalanuvchilarning tibbiy – pedagogik hujjatlarini o‟rganish; 
bolalar, surdopedogoglar, tarbiyachilar va ota-onalar bilan yakka suhbatlar 
o‟tkazish. 
Kurs ishimiz kirish, 2 asosiy bob, xulosa va adabiyotlar ro‟yxatidan iborat.


I Bob.Muammoni o’rganishning ilmiy-nazariy asoslari 
 
1.1. Muammo bo’yicha pedagogik, psixologik, metodik adabiyotlar tahlili 
Bola o‟zlashtirib olishi uchun eng oson bo‟lgan nutq turi – og‟zaki nutqdir. 
Ruhan sog‟lom rivojlanayotgan bolalar og‟zaki nutqni atrofdagi kishilar bilan 
muloqot qilish jarayonida egallab oladilar. Me‟yorida rivojlanayotgan bolalar 
nutqining rivojlanishi yuzasidan chet el L.S. Vigotskiy, A.N. Gvozdev, N.X. 
Shvachkin, D.B. Elkonin, A.P.Sokolov, J. Piaje, A. Vallon va boshqalar kabi 
psixologlarining samarali ilmiy izlanishlar olib borishganini tan olmoq joiz. Nutqni 
rivojlantirish muammosiga yondashuv pedagoglar, psixologlar va metodistlarning 
(L.S.Vigotskiy, 
L.A.Venger, 
P.Ya.Galperin, 
V.V.Davitov, 
A.V.Zaporojes, 
N.N.Poddyakov, A.P.Usova, Ye.A.Flerina va boshq.) fundamental tadqiqotlarida 
asoslab berilgan bazaviy umumpsixologik pozisiyalar bilan belgilanadi. Ushbu 
tadqiqotlarda o‟qitish va rivojlantirishga bir xil qaralmaydi, lekin ayni paytda 
o‟qitishning bolalarga «yaqin rivojlanish hududi»ni yaratuvchi borliqda yo‟l topa 
olish vositalari va usullarini ishlab chiqishda yordam beruvchi yetakchi ahamiyatga 
egaligi ta‟kidlanadi (L.S.Vigotskiy). 
Nutqqa o‟rgatish muammosi doimo maktabgacha didaktikaning yetakchi 
muammolari qatorida turgan va bundan keyin ham shunday bo‟lib qoladi. Bolaning 
ona tilini o‟zlashtirishida o‟qitishning tutgan ahamiyati bir necha bor Sharq (Ibn 
Sino, Alisher Navoiy va boshq.) va G‟arb (Ya.A.Komenskiy va boshq.) 
mutafakkirlari, 
shuningdek 
K.D.Ushinskiy, 
Ye.I.Tixeyeva, 
A.N.Usova, 
L.A.Penevskayalar tomonidan qayd etilgan. 
Ibn Sino bolalar bilan baqirmasdan xotirjamlik bilan va uning shaxsiga 
tegmagan holda suhbatlashish, suhbatni hikoyalar va afsonalardan boshlash 
zarurligini uqtirgan. 
A.Navoiy so‟z, nutq va ularning inson hayotidagi axamiyatini obrazlar orqali 
yuqori badiiy shaklda ifodalagan. 


Ya.A.Komenskiy tabiiy qobiliyatni har tomonlama rivojlantirish g‟oyasidan 
kelib chiqqan holda ilk yoshdan boshlab bolalarga bilishni, harakat qilishni, 
so‟zlashni o‟rgatish kabi vazifalarni qo‟ygan. U «aql va nutq»ni rivojlantirish 
haqida bir xil qayg‟urish darkor, deb hisoblagan. Chunki, bola nutq tufayli o‟z 
fikrlarini ifodalaydi va atrofdagi kishilar bilan muloqotga kirishadi, nutqni egallab 
olish orqali u atrof-olamni anglaydi, boshqa bolalar bilan muloqot qilish natijasida 
esa bolada nutq va fikrlash rivojlanadi. 
K.D.Ushinskiy dastlabki ta‟limda ona tilini o‟qitish «bosh, markaziy 
predmetni tashkil etishi» haqidagi tezisni olg‟a surgan. Uning fikriga ko‟ra, 
«bolakay ushbu anchayin ulkan merosni uzoq vaqt mobaynida, balki hech qachon 
o‟zlashtira olmasligi – uni haqiqatdan ham o‟zining ma‟naviy boyligi qilib 
ololmasligi mumkin». 
Ye.I.Tixeyeva va K.D.Ushinskiyning izdoshlari ichida birinchi bo‟lib 
maktabgacha yoshga nisbatan «tilni o‟qitish» atamasini qo‟llagan. Uning fikriga 
ko‟ra, bolalar bog‟chasida tarbiyalash ishlari tizimining asosini birinchi yoshdan 
boshlab ona tilini muntazam o‟rgatib borish tashkil qilmog‟i lozim, bu o‟quvni u 
maktabgacha ta‟lim muassasasining asosiy vazifalaridan biri deb hisoblagan. 
Ona tilini o‟qitish muammosini hal etishga Ye.A.Flerina ham ulkan hissa 
qo‟shgan. U kattalarning bolalarga nisbatan pedagogik ta‟sirini tavsiflash uchun 
«o‟qitish» atamasini keng ma‟noda qo‟llagan. Ta‟limni bunday ma‟noda 
tushunishdan kelib chiqqan holda u uning uchta shaklini ajratib ko‟rsatgan: 
bolaning kundalik hayotida, uning xilma-xil faoliyati davomida o‟qitish; bolalar 
xohishiga ko‟ra uyushtirilgan guruh mashg‟ulotlari: «u yoki bu o‟quv tarbiya 
vazifalari butun guruh oldiga qo‟yiladigan» majburiy mashg‟ulotlar. 
Ye.A.Flerina «maktabgacha yoshdagi bolalarni o‟qitish muammosini tor 
darajada hal etish»ning xavfliligi haqida ogohlantirgan, maktabgacha yoshdagi 
bolani o‟qitishning o‟ziga xosligini ta‟kidlagan: «Bolalar bevosita hayot bilan 
muloqotga kirishish yo‟li bilan, tengdoshlari va kattalar misolida hamda 
mashg‟ulotlar va maxsus mashg‟ulotlarda tarbiyachining ko‟rsatib o‟tishi orqali 
o‟qib-o‟rganadilar». U o‟zining tarbiya tizimida san‟atga va undan har xil faoliyat 


turlarida, shu jumladan badiiy-nutqiy faoliyatda bola imkoniyatlarini rivojlantirish 
uchun foydalanishga asosiy o‟rinni bergan. 
A.P.Usova Maktabgacha ta‟lim muassasasida o‟qitishning umumiy 
nazariyasini ishlab chiqqani holda unda ona tilini o‟qitishga alohida o‟rin bergan. 
Uning fikricha, ta‟lim jarayonining o‟zi to‟g‟ri nutqiy rivojlanish kafolati bo‟lib 
xizmat qiladi, chunki «bolalarning nutqiy rivojlanishiga shunday sifatlarni 
kiritadiki, ular odatda, oddiy sharoitlarda zaif rivojlanadilar». Ta‟lim nutq 
rivojlanishi qonuniyatlari to‟g‟ri hisobga olingan taqdirda u barcha bolalar 
nutqining maqbul darajada rivojlantirilishini ta‟minlaydi, deb hisoblaydi 
A.P.Usova. U bolalarning mustaqil ravishda egallab olishlari qiyin bo‟lgan hikoya 
qilib berish qobiliyatini shakllantirishga alohida ahamiyat bergan. A.P.Usova ona 
tili bo‟yicha dasturni o‟zlashtirish uchun barcha bolalar bilan mashg‟ulot o‟tkazish 
lozim, deb hisoblagan. Ayni paytda u mashg‟ulot o‟tkazish metodikasini ishlab 
chiqish uchun ham ko‟p ishlarni amalga oshirgan. 
Maktabgacha ta‟lim muassasasida ona tilini o‟qitish ishlarining tuzilmasi 
L.A.Penevskaya tomonidan ishlab chiqilgan. U quyidagilarni o‟z ichiga olgan: 
bolalarning ona tilidagi lug‟atni va uning grammatik tuzilishini o‟zlashtirishlari; 
og‟zaki adabiy nutqni shakllantirish va tilning tovush tizimini o‟zlashtirish; hikoya 
qilishni o‟rgatish. Garchi, L.A.Penevskiy fikriga ko‟ra, «belgilangan til mazmuni 
uzil-kesil hal qiluvchi bo‟lmasa-da, «maktabgacha tarbiya natijasida bolalar ona tili 
bo‟lmish o‟zbek tilida to‟g‟ri, sof va ifodali so‟zlashni bilishlari, boy lug‟at 
zahirasiga ega bo‟lishlari, ravon va izchil hikoyadan qabul qilib olganlarini aytib 
bera olishlari shart». 
Keyingi yillarda maktabgacha yoshdagi bolalarga ona tilidagi nutqni o‟rgatish 
muammosiga doir tadqiqotlar ish tarkibini aniqlashtirish va ta‟lim metodikasini 
takomillashtirish 
yo‟llarini 
qidirish 
nuqtai-nazaridan 
olib 
borildi. 
Tadqiqotchilarning asosiy e‟tibori (nutqiy mashg‟ulotlar mazmuni va metodikasiga 
qaratildi, bu 
asta-sekin 
Ye.A.Flerina 
ogohlantirgan «nutqni o‟rgatish» 
tushunchasining torayishiga, amaliyotda esa - nutqni rivojlantirishga doir maxsus 
mashg‟ulotlar ahamiyatining oshishiga olib keldi. 


60-70- yillarda bolalar nutqini rivojlantirish masalalarini o‟rganish ishlari 
faollashdi. RSFSR Pedagogika fanlari akademiyasining Maktabgacha tarbiya 
bo‟yicha ilmiy-tadqiqot instituti huzurida nutqni rivojlantirish laboratoriyasi 
tashkil etildi. Uning jamoasi turli yosh bosqichlarida nutqni o‟rgatishning ilmiy va 
metodik asoslarini o‟rgandi (F.A.Soxin, O.S.Ushakova va boshq.) 
Bundan tashqari, muloqotdagi muammolar tufayli muloqot qilishni o‟rgatish 
(A.V.Zaporojes, A.A.Leont‟ev, M.I.Lisina, A.K.Markova, A.G.Russkaya va 
boshq); til va nutqqa nisbatan tahliliy munosabatni shakllantirish (L.I.Aydarova, 
L.E.Jurova, S.N.Karpova, D.B.Elkonin va boshq.); nutqiy faoliyatni uning barcha 
tarkibiy komponentlari bilan birgalikda rivojlantirish (A.M.Bogush, A.A.Leontev, 
AI.Polozov, V.I.Yashina va boshq.) masalalari faol ishlab chiqildi. 
Ushbu ishlar natijasida ona tilini o‟qitishga doir ishlar tarkibidan bolalarning 
til borlig‟ining elementlari haqidagi bilim va tasavvurlari, maktabgacha yoshdagi 
bolalarni lingvistik rivojlantirishni ta‟minlovchi til umumlashtirmalari ajralib 
chiqdi, bolalar bilan ta‟lim ishlarini olib borish dasturlari va metodikalari yaratildi, 
ularda asosiy e‟tibor aniq bilimlar, qobiliyat va ko‟nikmalarga emas, balki aqliy va 
badiiy qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratiladi («Maktabgacha ta‟lim muassasasida 
ta‟lim va tarbiyaning namunaviy dasturi», «Kamalak», «Rivojlanish» va boshq.) 
Adabiyotlarni tahlil qilish shuni ko‟rsatdiki, maktabgacha yoshdagi bolalarga 
nutqni o‟rgatishning zarurligi pedagogika fanida allaqachon isbotlangan bo‟lib, u 
shubhaga o‟rin qoldirmaydi. Hozirgi paytda bolalarning yuqori darajada aqliy va 
nutqiy rivojlanishini, ularning til qobiliyatlari shakllanishini ta‟minlash imkonini 
beruvchi bolalar o‟quvini tashkil etishning maqbul shaklini qidirish ishlari olib 
borilmoqda. Nazariy va amaliy tadqiqotlarda bunday ta‟limning mazmuni va 
shakllari haqidagi masalalar hal etiladi. Ilmiy maktablar, ilg‟or amaliy 
tajribalarning muqobil (variantli) dasturlari aynan ushbu jihatlari bo‟yicha 
farqlanadilar. 
Ona tilini o‟qitishni tashkil etishning yangicha mazmun va shakllarini izlash 
80-yillarning oxirida avj oldi, chunki bu davrga kelib bolalar bog‟chalarida 
pedagogik jarayonni tashkil etishning eng avvalo tarbiyachining bolalar bilan 


rasmiy, sub‟ekt-ob‟ekt tusidagi munosabatlarida ko‟rinadigan o‟quv-intizomiy 
modeli keskin tanqid ostiga olingan edi. Bu munosabatlar frontal mashg‟ulotlar 
mazmuni va shaklida juda sezilarlidir.
Vatanimizda zaif eshituvchi maktabgacha yoshdagi bolalarning o‟qishni 
o‟rganishga tayyorligini shakllantirish bo‟yicha korreksion-pedagogik ishlarda 
almashtirilgan fonemalar (konsentrik)usuliga ustunlik berilgan. Oxirgi yillarda zaif 
eshituvchi bolalar o‟qish va yozishni egallashga tayyorligini o‟rganishga 
yo‟naltirilgan bir qator tadqiqotlar qabul qilindi (U. Fayziyev, F. Qodirova, D. 
Nazarova, 
R. 
Raximova 
va 
boshqalar). 
Lekin 
maxsus 
adabiyotlarda 
o‟rganilayotgan muammo bo‟yicha zaif eshituvchi bolalarda to‟g‟ri talaffuz 
malakalarini shakllantirish komponentlarining turli-tumanligini hisobga oladigan 
kompleks tadqiqotlar yetarli emas. 
Zaif eshituvchi bolalarni og‟zaki nutqini muloqot quroli sifatida shaklantirish 
jarayonini 
o‟rganishga katta hissa qo‟shgan olimlar S.A.Zikov(12), 
V.A.Zviginsev(19),), I.V.Kol‟tunenko (11), L.P.Noskova, V.P.Ozerskaya, , 
G.V.Masievskaya, Ye, V.K.Vorobyev va boshqalar. 
Mualliflar ishlarida turlicha mezonlarni qo‟llanish, asosida karlik va zaif 
eshituvda nutqning rivojlanishi va nuqson tuzilishi xususiyatlari ajratib 
ko‟rsatilgan: fiziologik klinik, psixologik, lingvistik, psixolingvistik va boshqalar. 
So‟nggi davrda zaif eshituvchi bolarni nutq nuqsonlarini o‟rganishdagi 
muvaffaqiyatlar, tadqiqotchilarning o‟z faoliyatlarida nuqson tahliliga har 
tomonlama sindromol yondashuv metodologiyasiga ko‟proq tayanganliklari 
sababli erishilgan. Bunda o‟rganishning psixolingvistik aspekti birinchilardan 
hisoblanadi 
va 
bu 
olimlar 
S.A.Zikov(1999), 
V.A.Zviginsev(1989),), 
I.V.Kol‟tunenko (1981), L.P.Noskova, V.P.Ozerskaya va boshqa tadqiqotchilar 
ishida ifodalangan. Biroq R.M.Boskis so‟zlari bo‟yicha o‟tgan davrlardan farqli 
o‟laroq tadqiqotchilar orasida umumqabul qilingan qoidalarga qaraganda 
munozarali masalalar va ziddiyatlar ko‟proq bo‟lgan, logopediya rivojlanishining 
zamonaviy bosqichlarida tadqiqotchilar orasida umumiy qarashlar ko‟proq mavjud. 
Kishi ehtiyojlari azaldan agar u boshqa odamlar bilan birgalikda harakat qilgan 


hamda o‟zaro munosabatga kirishgan taqdirdagina qondirishi mumkin bo‟lgan. Bu 
hol sub‟ektda uning uchun nima muhim va ahamiyatli ekanligini aytish ehtiyojini 
keltirib chiqaradi. Bola aniq, ravshan nutqni egallay boshlaydi, birinchi yoshning 
oxiriga yetganda buning dastlabki belgilari paydo bo‟ladi. Murakkab talaffuzni 
talab qilmaydigan va oson aytiladigan «o-pa», «da-da», «bu-vi» va shu kabi 
ohangdosh so‟zlar jumlasidandir. Bola so‟zni talaffuz qilarkan, istaganiga 
erishishga – e‟tibor qilinishiga, erkalatishiga, o‟yinchoq va shu kabilarga 
erishishga intiladi. So‟z aloqa vositasiga aylanadi. Qo‟llaniladigan so‟zlar soni 
borgan sari to‟xtovsiz ortib boradi va ikki yoshga to‟lib borganda bolaning so‟z 
boyligi haddan ziyod kengayibgina qolmasdan, balki ularning grammatik 
shakllarini to‟g‟ri ishlatish ham mumkin bo‟lib qoladi, jumladan, murakkablashib 
va uzunroq qilib tuzila boshlaydi. Bolaning tili maktab yoshigacha bo‟lgan yillar 
davomida boyib boradi. 
Ayni paytda nutqsiz kommunikatsiya – imo-ishora, pantomimika, nutqning 
ohangidagi rang-baranglik ham rivojlanib boradi. Shu yillarda kommunikatsiya 
jarayonida teskari aloqalar shakllanadi – bola hamsuhbatining yuzlaridagi iffodani 
o‟qishga, uning ohangida ma‟qullash yoki ma‟qullamaslik alomatini payqashga, 
katta yoshdagi kishining so‟zlaridagi ilova bo‟ladigan va kuchaytiradigan qo‟l-
barmoqlari va yuz qatining ma‟nosini tushunishga o‟rganadi. Bularning hammasi 
unga o‟z harakatlarini to‟g‟irlab borish, munosabat jarayonida tegishli darajada 
hamjihatlikka erishish imkonini beradi


Download 404,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish