2. Investitsiyaviy loyihalarni tashkil etish va moliyalashtirish
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida ustuvor tarmoqlarda investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirishni rivojlantirishning zarurligini quyidagilar bilan izohlash mumkin:
-birinchidan, investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish yirik obyektlar barpo etish bilan bog'liq katta xarajatlarni moliyalashtirishni ko’zda tutadi;
-ikkinchidan, loyihaviy moliyalashtirishda investitsiya resurslari birlashib, yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish va moliyalashtirishga safarbar etiladi;
-uchinchidan iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida yirik ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish kompleks ekspertizaning yoki loyihaviy tahlilning tegishli tartibda amaiga oshirilishini talab qiladi;
2.2.1-rasm
Loyihaviy moliyalashtirish - bu investitsiya loyihalarini kreditlashning bir turi bo'lib, kreditor bu loyihani amalga oshirish bilan bog'liq risklarni qisman yoki to'liq o'z zimmasiga oladi. Agar banklarning oddiy kredit operatsiyalarida, eng avvalo, qarzdorning kreditga qobillyatlillgini o'rganishga, uning moliyaviy va iqtisodiy holatini, shuningdek, garov sifatida foydalanadigan mol-mulklarini baholashga asosiy ahamiyat berilsa, loyihaviy moliyalashtirishda loyihaviy tahlilga e'tibor qaratiladi. Loyihaviy tahlilning obyekti loyihaviy hujjatlar, ya'ni investitsiya loyihasining TIAsi hisoblanadi va u loyihaning moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini, loyiha bo'yicha xarajatlarni aniqlash, moliyalashtirish manbalari va risklarni baholashdek o'z maqsadiga ega bo'ladi. Loyihaviy moliyalashtirishning boshqa moliyalashtirish turlaridan asosiy farqi shundaki, bunda kreditni qaytarishning manbayi bo'lib, loyihani amalga oshirish natijasida olingan
daromad (foyda) hisoblanadi. Tijorat yoki investitsiya kreditlarida kreditning qaytarish manbasi bo'lb, qarzdorning umumiy faoliyatidan olgan doromadi bo'lishi mumkin. Loyihani amalga oshirish orqali ko'rilgan qo'shimcha daromad kreditni qaytarishning asosiy manbayi bo'lib hisoblanadi. Agarda loyihani amalga oshirish orqali qo'shimcha daromad olinmasa yoki loyiha bo'yicha ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish orqali iqtisodga erishilmasa, bunday moliyalashtirishni loyihaviy moliyalashtirish, deb bo'lmaydi, u biznes-reja asosida amalga oshiriladigan moliyalashtirish hisoblanadi.
Loyihaviy moliyalashtirishda quyidagi ishlarni bajarish juda muhlmdir, ya'ni loyihaviy moliyalashtirishning bosqichlari quyidagicha: texnik; tijorat; tashkiliy; iqtisodiy; huquqiy; moliyaviy; ekologik tahlil. Moliyaviy resurslarni jalb etish imkoniyati nuqtai nazaridan investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning ikki usuli: tashqi va ichki manbalarga asoslangan moliyalashtirish farqlanadi. Moliyalashtirishning tashqi manbalariga davlatning maxsus imtiyozli kreditlari (Davlat mulk qo’mitasi, Bandlik jamg’armasi, Dehqon va fermer xo’jaliklari jamg’armalari, Mikrokreditbankning maxsus resursi va h.k.); tijorat banklari kreditlari (Imtiyozli kreditlash maxsus jamg’armasi); qimmatli qog’ozlar chiqarish va sotishdan tushgan mablag’lar; xorijiy kredit liniyalari mablag’lari va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |