Kurs ishi mavzu: "Informatika va axborot texnalogiyalari fanini o’qitishda interaktiv metodlardan foydalanish" Termiz -2022 mundarija kirish I bob. Informatikani o’qitishning interaktiv texnologiyalar


Informatika fanini o‘qitishda interaktiv ishlanmalar yaratish texnologiyasi



Download 1,58 Mb.
bet3/6
Sana16.12.2022
Hajmi1,58 Mb.
#888214
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5 Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitishda interaktiv

1.2 Informatika fanini o‘qitishda interaktiv ishlanmalar yaratish texnologiyasi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’atining 2010 yil 17 aprel 3/1-sonli qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2010 yil 28 apreldagi 164-sonli buyrug‘iga muvofiq Toshkent davlat iqtisodiyot unversitetida 2010 yil 10-14 may kunlari “Oliy o‘quv yurtida ta’lim texnologiyasini loyihalashtirish, rejalashtirish va amalga oshirish” mavzusidagi o‘quv seminari tashkil etildi. Bu seminarda ta’lim jarayonini interaktiv texnologiyalar asosida tashkil etish, uning hozirgi kundagi dolzarbligi, ta’lim jarayonida tutgan o‘rni, samarasi, afzalliklari haqida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasining masofali o‘qitish markazi ham o‘z faoliyati davomida ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilariga “Interaktiv texnologiyalar”, “Axborot texnologiyalar va masofali o‘qitish”, “Yuksak manaviyatli barkamol shaxs” hamda “Barkamol avlodga yo‘naltirilgan tarbiya texnologiyasi” maxsus kurslari o‘tishmoqda. Hozirgi kunda barcha ta’lim muassasalarida interaktiv texnologiyalardan foydalanib, o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish, kafolatli natijaga erishish, o‘quv mashg‘ulotlarida qaytar aloqaga tayanish, ta’lim sifati va mazmunini, samaradorligini oshirish davr talabidir. Texnologiyaning tavsifi. Ushbu mashg‘ulot talabalarni o‘tilgan yoki o‘tilishi kerak bo‘lgan mavzu bo‘yicha yakka va kichik jamoa bo‘lib fikrlash hamda xotirlash, o‘zlashtirilgan bilimlarni yodga tushirib, to‘plangan fikrlarni umumlashtira olish va ularni yozma, rasm, chizma ko‘rinishida ifodalay olishiga o‘rgatadi. Bu texnologiya talabalar bilan bir guruh ichida yakka holda yoki guruhlarga ajratilgan holda yozma ravishda o‘tkaziladi va taqdimot qilinadi. Texnologiyaning maqsadi. Talaba larni erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga, jamoa bo‘lib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlab ulardan nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga, jamoaga o‘z fikri bilan ta’sir eta olishga,uni ma’qullashga, shuningdek, mavzuning tayanch tushunchalariga izoh berishda egallagan bilimlarini qo‘llay olishiga o‘rgatish. Texnologiyaning qo‘llanishi: ma’ruza (imkoniyat vasharoit bo‘lsa), seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida yakka tartibda yoki kichik guruhlarda o‘tkazish hamda nazoratdarslarida qo‘llanishi mumkin. Ta’lim sohasidagi ta’lim beruvchi har bir o‘quv mashg‘ulotini yaxlit holatda ko‘ra bilishi va uni tasavvur etish uchun o‘quv mashg‘ulot jarayonlari loyhalashtirilib olinishi kerak. O‘quv mashg‘ulotlarni interaktiv metodlardan foydalanib tashkil etish, interaktiv ko‘rgazmali ishlanmalardan foydalanish talaba-o‘quvchilardagi bilim va ko‘nikmalarni, fikrlash qobiliyatlarini, hozirjavoblilik darajalarini o‘sishiga imkon yaratadi. O‘qituvchi tomonidan o‘quv mashg‘ulotining rejalashtirilish ko‘zlangan maqsadga va kafolotli natijaga erishishga zamin yaratadi. Ta’lim berish jarayonida ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyati bosqichlarining ketma-ketligi va mazmuni hamda ularda qo‘llaniladigan vositalar texnologik xaritada o‘z aksini topadi. Informatika fanining ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida interaktiv metodlarni to‘g‘ri tanlash va undan to‘g‘ri foydalanish o‘tilayotgan mavzuning mazmun-mohiyatini to‘liq ochib berishga xizmat qiladi. Natijada ta’lim beruvchi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga erishadi, hamda kelgusidagi ishlarni rejalashtiradi, ya’ni o‘tilgan mashg‘ulotni tahlil qiladi va o‘zgarishlar kiritishni belgilab oladi. O‘quv jarayoni maqsad va vazifaga, mazmunga, amalga oshirish texnologiyasiga, kutiladigan natijalarga va kelgusidagi rejalarga bog‘liqdir. Ta’lim berish jarayonida metodning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo‘yicha to‘la axborot beriladi. Shu sababli, ularning har biri alohida nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan: ijobiy, salbiy tomonlari, afzalliklari va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi. Bu interaktiv metodlar tanqidiy, aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o‘z g‘oyalari, fikrlarini yozma va og‘zaki shaklda ixcham bayon etish, himoya qilishga imkoniyat yaratadi.
Informatika fanini o‘qitishda interaktiv ko‘rgazmali, didaktik ishlanmalar o‘quvchi-talabalarning muammoli vaziyatlarni hal qilishga bo‘lgan fikrlash qobiliyatini o‘stirishga xizmat qiladi.
Biz quyida Informatika fanini o‘qitishda interaktiv ko‘rgazmali, didaktik ishlanmalar yordamida o‘quvchi-talabalarga dars berishning namunaviy ko‘rinishini keltirmoqdamiz. Informatika va axborot texnologiyalar fanida “Internet-global kompyuter tarmog‘i.” mavzusini talabalarga jonli va qiziqali, mulohazalarga boy qilib o‘tish hozirgi kunning talabi hisoblanadi. Ushbu interaktiv ko‘rgazmali, didaktik ishlanmada mavzuning bayoni, o‘yinlar, test savollari o‘z aksini topgan. Interaktiv ko‘rgazmali-didaktik ishlanma MS Power Point dasturida tayyorlangan. Ishlanma o‘zining yaxshi tartibda tuzilgani bilan talabani zerktirib qo‘ymaydi. Talabani mulohaza yuritishga majbur qiladi, mavzuni mukammal o‘rganishga imkon yaratadi hamda o‘qituvchi (ta’lim beruvchi)ning kafolatli natijaga erishishiga sababchi bo‘ladi. Hozirgi kunda interaktiv texnologiyalar, interaktiv uslublarning soni juda ko‘payib ketgan. Biz ularning ta’lim muassasalarida keng tarqalganlari, o‘qitiladigan aniq fan va predmetlarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ba’zi pedagogik texnologiyalarning foydalanish uslubiyotini keltiramiz. Uslubning mohiyati. Ushbu uslub o‘tilgan (chorak, semester yoki o‘quv yilida tugagan) o‘quv predmeti yoki bo‘lim barcha mavzularini talabalar tomonidan berilgan tushunchalarga mustaqil ravishda o‘z izohlarini berish, shu orqali o‘z bilimlarini tekshirib baholashga imkoniyat yaratish va o‘qituvchi tomonidan qisqa vaqt ichida barch talabalarni baholay olishiga yo‘naltirilgan. Uslubning maqsadi. Talaba larni mashg‘ulotda o‘tilagan mavzuni egallaganlik va mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalarni o‘zlashtirib olingalik darajalarni aniqlash, o‘z bilimlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, o‘zlarining bilim darajalarini baholay olish, yakka va guruhlarda ishlay olish, safdoshlarning fikriga hurmat bilan qarash, shuningdek o‘z bilimlarini bir tizimga solishga o‘rgatish. Uslubning qo‘llanishi: o‘quv mashg‘ulotlarining barcha turlarida (dars boshlanishi yoki dars oxirida, yoki o‘quv predmetining biron bir bo‘limi tugallaganda) o‘tilgan mavzuni o‘zlashtirganlik darajasini baholash, takrorlash, mustahkamlash yoki oraliq nazorat o‘tkazish uchun, shuningdek, yangi mavzuni boshlashdan oldin talabalarning bilimlarini tekshirib olish uchun mo;ljallangan. Ushbu uslubni mashg‘ulot jarayonida yoki mashg‘ulotning bir qismida yakka, kichik guruh hamda jamoa shaklida tashkil etish mumkin. Ushbu uslibda uyga vazifa berishda ham foydalansa ham bo‘ladi. Texnologiyaning tavsifi. Ushbu mashg‘ulot talabalarni o‘tilgan yoki o‘tilishi kerak bo‘lgan mavzu bo‘yicha yakka va kichik jamoa bo‘lib fikrlash hamda xotirlash, o‘zlashtirilgan bilimlarni yodga tushirib, to‘plangan fikrlarni umumlashtira olish va ularni yozma, rasm, chizma ko‘rinishida ifodalay olishiga o‘rgatadi. Bu texnologiya talabalar bilan bir guruh ichida yakka holda yoki guruhlarga ajratilgan holda yozma ravishda o‘tkaziladi va taqdimot qilinadi.
Texnologiyaning maqsadi. Talaba larni erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga, jamoa bo‘lib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlab ulardan nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga, jamoaga o‘z fikri bilan ta’sir eta olishga,uni ma’qullashga, shuningdek, mavzuning tayanch tushunchalariga izoh berishda egallagan bilimlarini qo‘llay olishiga o‘rgatish. Texnologiyaning qo‘llanishi: ma’ruza (imkoniyat vasharoit bo‘lsa), seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida yakka tartibda yoki kichik guruhlarda o‘tkazish hamda nazoratdarslarida qo‘llanishi mumkin.
II BOB. TA’LIM BERISHDA INTERAKTIV ISHLANMALAR YARATISH TEXNOLOGIYASI

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish