Faktoring operatsiyasini amalga oshirganlik uchun komissiya to`lovi ikki asosiy omilga bog`liq bo`ladi:
-birinchidan, MYBning faktoring operatsiyasiga jalb qilingan pul mablag`larining oboroti va summasiga;
-ikkinchidan, faktoring uchun jalb qilingan kredit resurslarining miqdori va foiz stavkasiga bog`liq. Odatda, faktoring bo`yicha komissiya to`lovi bank (faktor) tomonidan mijozga to`lab berilgan pul mablag`lariga kunlik foiz stavka o`rnatish va uni undirish orqali amalga oshiriladi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi tasirida ko`pgina mamlakatlarning iqtisodiyotida yuzaga kelayotgan noto`lovlar faktoring operatsiyalarining ahamiyati va dolzarbligini yanada oshirdi.
Faktoring operatsiyasi pul mablag`larini undirish bo`yicha majburiyatni va to`lamaslik riskini o`zida ifodalaganligi bois, u riskli operatsiyalar qatoriga kiradi. U risk bilan bog`liq bo`lsada, lekin yuqori foydali bank biznesi, moliya marketingining samarali vositasi, iqtisodiyotni rivojlantirishning zamonaviy jarayonlarga mos bo`lgan bank operatsiyalarining integratsiyalashgan shakllaridan biri xisoblanadi. Faktoring operatsiyalari xalqaro iqtisodiy munosabatlarida ham qo`llanilib, uni xalqaro kreditning shakli sifatida qarash mumkin. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda eksportyorning importyorlarga bo`lgan pul talablari maxsus faktoring kompaniya tomonidan sotib olinadi ( inkassatsiya qilinadi).
XX asrning 50-yillaridan boshlab, amerika banklari tomonidan to`lovlarning to`xtab qolishi, to`lay olmaslik, shuningdek, eksportyorlarning kreditlarga bo`lgan ehtiyojining o`sishi faktoring operatsiyalarining rivojlanishiga sabab bo`ldi.
1988-yilda xususiy xuquqni unifikatsiyalash Xalqaro instituti tomonidan qabul qilingan xalqaro faktoring to`g`risidagi konventsiyaga asosan quyidagi 4 ta belgidan kamida 2 tasini qondirgan operatsiya faktoring hisoblanishi mumkin. Bular quyidagilar:
Qarz majburiyatlarini oldindan to`lab berish shaklida
kreditlash jarayonining yuzaga kelishi.
Mol yetkazib beruvchining buxgalteriya hisobi, ayniqsa, sotuv hisobining tizimli yo`lga qo`yilganligi va yuritilishi.
Mol yetkazib beruvchi qarzning inkassatsiya qilinganligi.
Mol yetkazib beruvchini kredit riskidan sug`urta qilish.
O`zbekiston Respublikasida faktoring operatsiyalari XX asrning 90-yillaridan boshlab tijorat banklari amaliyotida qo`llanilib kelinmoqda. Banklar va bank faoliyati to`g`risida‖gi O`zbekiston Respublikasi qonunining 4- moddasiga binoan uchinchi shaxslar nomidan majburiyatlarning bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish, uchinchi shaxslardan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |