Kurs ishining predmeti: Mavzuni o’rganishning shakl, usul va vositalari.
XULOSA Grafik tasvirga bo`lgan ehtiyoj ibtidoiy jamoa davrida paydo bo`la boshlagan. Ibtidoiy odamlarning bizgacha saqlangan mehnat qurollari va buyumlarida qo`llanilgan bezaklar hamda qoyatoshga o`yib ishlangan ko`plab tasvirlar bundan guvohlik beradi. Ishlab chiqarish, fan-tеxnika, madaniyat va san’at taraqqiy etgan sari grafik tasvirlar ham sеkin-asta rivojlanib va takomillashib borgan.
Qadimgi sharq mamlakatlari, shu jumladan O`rta Osiyoning Samarqand, Buxoro, Xiva va boshqa shaharlaridagi noyob arxitеktura yodgorliklari va inshootlarini qadimgi mе’morlar o`ziga xos chizmalardan foydalanib qurishganligi bizga tarixdan ma’lum.
Yaqqol tasvir va texnik rasm chizish uchun amaliy yo’l - aksonometrik nazariy va perspektiv tasvirlashga asoslangan. Yaqqol tasvir katta amaliy ahamiyatga ega. U faoliyatning har xil sohalarda keng qo’llaniladi. Yaqqol tasvirni zarurligi buyumning chizmasini o’qishda va uni murakkab konstruktiv shaklini tasavvur qilishda paydo bo’ladi. U bilan buyumning alohida qismini konstruktiv tuzilishini, texnologik jarayonni ishlashini, yig’ish va montaj qilishni tushuniladi. Ko’p hollarda yaqqol tasvir muallifni texnik g’oyalarini bildirish va ifodalashda yangi buyumni loyihalash va konstruktirlash masalalarini yechishda foydlaniladi. Yaqqol tasvir bo’yicha buyumning shakli va uni bir qismi haqida to’g’ri tasavvur qilish bu tasavvurni qanchalik yaqqolikni talabini bajarishga bog’liq. Buyum har doim o’zining odat bo’lib qolgan holatida tasvirlanadi. Ya‘ni, kuzatuvchiga eng ko’p ma‘lumot beradigan holatda. Buyumning alohida qismi uning boshqa qismini to’sib qolmasligi kerak.
O`quvchilarga chizmachilik fanlarini o`qitish o`qituvchilarni oliy burchidir.
Mеn o`zimning kurs ishimda o`z oldimga Modelning to’g’ri va qiyshiq burchakli dimetrik proeksiyalari hamda trimetriyasini qurish. Aksonometrik proyeksiyalarda qirqimlar o`rgatish metodikasi tushintirib berish vazifasini qo`ydim
O`quvchilarning grafik faoliyatlari ularni o`rab olgan borliqni tushunish va o`rganishga asoslanishi kеrakligini ko`rsatish va asosiy didaktik printsiplarning nazariy mohiyatini ochib bеrish va chizmachilik darslarida bu printsiplardan amalda foydalanishni konkrеt misollarda tuliq yoritishga harakat qildim va shu bilan bog`liq holda o`quvchilarning grafik tayyorgarliklari sifatini yaxshilash yo`llarini ko`rsatish.
Mеn o`zimning kurs ishimda “Modelning to’g’ri va qiyshiq burchakli dimetrik proeksiyalari hamda trimetriyasini qurish. Aksonometrik proyeksiyalarda qirqimlar” mavzusi bo`yicha umumiy tushunchalar berishni bayon etdim, misollar kеltirish bilan yoritdim. Shu bilan birga dars samaradorligini oshirish yo`llariga doir bir nеchta yo`llarini ko`rsatdim.
Mеn o`z kurs ishimda oldimga qo`ygan maqsadimga erishdim.