Kurs ishi mavzu: “Detalda og’ma qirqim bajarish, kesim yuzasining haqiqiy kattaligini aniqlash va qolgan qismining aksonometrik proeksiyalarini bajarish.” Bajardi
Bog'liq Kurs ishi mavzu “Detalda og’ma qirqim bajarish, kesim yuzasinin
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
Himoyaga ruxsat etiladi
“Tasviriy sa’nati” kafedrasi
mudiri ________B.Qurbonova
«_____»__________ 2021 yil
“CHIZMACHILIK (Mashinasozlik)”
fanidan
KURS ISHI Mavzu: “Detalda og’ma qirqim bajarish, kesim yuzasining haqiqiy kattaligini aniqlash va qolgan qismining aksonometrik proeksiyalarini bajarish.”
Bajardi:
“Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” mutaxassisligi
bakalavr yo’nalishi 2-kurs 19.25-guruh talabasi
G’aniyeva Nodiraxon
Ilmiy rahbar: Z.Boboyeva
Farg’ona 2021
MUNDARIJA I Kirish II. Asosiy qism Aksonometrik tasvirlar va ularinng turlari.
Qiyshiq burchakli frontal izometrik tasvir.
Aksonometriktasvirinibajarish.
Aksonotmetrik tasvirini chizish usullari.
Mavzu yuzasidan bir soatlik dars ishlanma tayyorlash.
Xulosa va tavsiyalar Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
KIRISH.
Kurs ishining dolzarbligi. Yangi O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning yuqori o’rinlarida ta’lim va tarbiyaga katta e’tibor berish, yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlash masalalari o’rin egallamoqda. Ta’lim-tarbiya va ilm-fan mazmunini yangilash, yangicha boshqarish, yangicha qurish va isloh etish davom etmoqda. Shu munosabat bilan fanlarni o‘qitishdagi an’anaviy usullardan noan’anaviy usullarga, ta’limning interfaol usullariga o‘tish orqali bunga erishish mumkinligi ko‘rinib turibdi.
Shunday ekan chizmachilik darslarida ham Pedagogik texnologiyalardan foydalanib mavzularni bayon etish o‘qituvchiga o‘qitish jarayonini loyihalash va amalga oshirish uchun keng faoliyat maydonini yaratadi. Natijada ta'lim jarayonida o‘qish-o‘qitish jarayonlarini loyihalash bo‘yicha aniq va etarli qoidalar amalga oshiriladi. Bu esa ayni paytda har bir pedagog o'qituvchi uchun ijodiy izlanish yo‘lini ochib beradi.
Chizmachilik darslarida o'quvchilarga “Modelning to’g’ri va qiyshiq burchakli dimetrik proeksiyalari hamda trimetriyasini qurish. Aksonometrik proyeksiyalarda qirqim” mavzusini o'qitish jarayonida interfaol metodlar, innavatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llash o'tilayotgan mavzuning samarali, qiziqarli va tushunarli bo'lishining aniq belgisi hisoblanadi. Bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o‘quvchi-talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini chuqur o‘zlashtirishga, mustaqil o‘rganib tahlil qilishlariga, xatto xulosalarini ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi hamda tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchanlik vazifasini bajaradi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz” nomli kitobida “Farzandlarimizni mustaqil fikrli, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun dolzarb va hech qachon ahamiyatini yo’qotmaydigan vazifadir...” deb bildirgan fikrlari haqiqatdan ham bugungi ta’lim-tarbiya jarayoniga nechog’lik yuksak e’tibor berishimiz lozimligini takror yodimizga solib turadi.
Kurs ishimning dolzarbligi shundaki umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilarida Modelning to’g’ri va qiyshiq burchakli dimetrik proeksiyalari hamda trimetriyasini qurish. Aksonometrik proyeksiyalarda qirqimlar mavzusini o’rganishda qulay va sodda metodlarni ishlab chiqish orqali grafik bilimlarini rivojlantirish.