Qonun ustuvorligini ta’minlash. O’zbek modelining yana bir harakterli tamoyili qonun ustuvorligini yoki ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotining huquqiy asoslarini ta’minlash bilan bog’liqdir. Chunki bozor munosabatlarining o’ziga xos qonun va qoidalari bo’lishi tabiiy. Xorijda bunday tartib va qoidalar bir necha yuz yillar mobaynida shakllanib, takomillashib kelgan. Ularni inkor etish yoki mensimaslik - xato. Global iqtisodiyotga integrasiyalashuv ham aynan shuni - ularga rioya etishni talab qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek, «ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotining qonunchilik asosini yaratish - bu faqat o’tish davrining majburiy shartigina bo’lib kolmay, balki huquqiy davlatni barpo etishning o’ziga xos xususiyati hamdir». Bu xulosadan ko’rinib turibdiki, bozorga o’tish sharoitida xo’jalik yuritishning muayyan yo’nalishlarini tartibga solish bo’yicha qabul qilinadigan qonunlar qisqa muddatga yoki tor sohalar bilan cheklanib qolmasdan, uzoq muddatlarga muljallangan jamiyat hayotining barcha jihatlarini huquqiy ta’minlashga qaratilgan bo’lishi lozim. Ayni paytda Prezidentimiz qonunlar xayotiy, amaliyot bilan uzviy bog’liq bo’lishi va undan kelib chiqmog’i, qonun xujjatlarining bevosita ta’sir kuchi shunga muvofiq fukarolarning ham huquqiy madaniyati yuqori bo’lishi lozimligini ta’kidlaydi. «Qonunning ustuvorligi shuni bildiradiki, asosiy ijtimoiy, eng avvalo, iqtisodiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinadi, uning barcha katnashchilari esa xech bir istisnosiz huquq normalarini buzganligi uchun javobgar bo’ladi».39
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 53-moddasida «Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-
И.А.Каримов Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари // – Т: Ўзбекистон, 2009. 63-бет
Ислом Каримов. Асарлар, 1-жилд, Т., «Ўзбекистон», 1996, 321-бет
28
xil shakldagi mulk tashkil etadi. Davlat ... barcha mulk shakllarining teng huquqligini va huquqiy jixatdan bab-barobar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxleiz va davlat himoyasidadir»40 deb mustaxkamlab qo’yilgan. O’zbekistonda «Yer, yer osti boyliklari, suv, usimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir».41
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni amalga oshirishni huquqiy-me’yoriy jihatdan ta’minlash maqsadida «O’zbekiston Respublikasida mulkchilik to’g’risida» (1990), «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtrish to’g’risida»gi (1991) O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar Maxkamasining «Mahalliy sanoat, aholiga maishiy xizmat ko’rsatish, davlat savdo va umumiy ovqatlanish korxona va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni tashkil etishning chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori va boshqa qonunosti hujjatlari qabul qilindi.
«Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to’g’risida» (1996), «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida» (1996), «Tabiiy monopoliyalar to’g’risida»gi (1997) qonunlar mamlakatimizda raqobat muhitini ri-vojlantirish, bozorlarda monopolistik holatlarning oldini olishda huquqiy asos bo’lib xizmat qilayotir.
Tadbirkorlik faoliyatining qonuniy asoslarini yaratish va takomillashtirish maqsadida 1995 yilda «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirish to’g’risida»gi qonun qabul qilindi. 1997-1999 yillarda esa «Xo’jalik yurituvchi subyektlarni davlat tomonidan nazorat qilish to’g’risida», «Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatalari to’g’risida», «Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatini kafolatlash to’g’risida»gi qonunlar qabul qilindi. 2000 yilda «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida»gi qonunning qabul qilinishi ham tadbirkorlik faoliyatining yanada kengayishi va mustahkamlanishida muhim ahamiyat kasb etdi.
Qonun ustuvor bo’lmagan joyda korrupsiya va boqimandalik, o’g’irlik yulg’ichlik g’aznani talash, tayyorga ayyorlik kabi jamiyat me’yoriy holatiga zid illatlar tomir otadi. Shular orasida bir qarashda oddiy, beozor tuyuladigan boqimandalikning ham xavfi juda katta.
Boqimandalik, o’zining lug’aviy ma’nosiga ko’ra, birovning qaramog’ida bo’lish, birovga boqimlik, nonxurlik, qaramlikni bildiradi.
Xo’sh, u qanday va qayerdan paydo bo’ladi?
Haddan tashqari markazlashgan reja va qat’iy taqsimot hukmron jamiyatda boqimandalik uchun iqtisodiy va ijtimoiy sharoit mavjud bo’ladi. Buni sobiq ittifoq misolida ko’rish mumkin. Chunki, moddiy ne’matlar ularni ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnatga muvofiq emas, sun’iy ravishda taqsimlash vositalari orqali bir xil, ya’ni hammaga teng bo’linar va iste’mol etilardi. O’tgan 70 yildan ko’prok davr mobaynida bunday kayfiyat ("Bersang - yeyman, ursang - ulaman!") kishilarning ongiga chuqur singib ulgurdi. Shuning uchun bunday kayfiyatdan qutulish tez va oson kechmaydi. Jamiyatni boqimandalik kayfiyatidan batamom forig’ etish mulkka egalik ko’nikmalarini to’la shakllantirish kabi muayyan davr, targ’ibot-tushuntirish, uqitish-o’rgatish ishlarini talab qildi.
Узбекистон Республикаси Конституцияси. - Т., «Ўзбекистон», 2003, 11-бет.
Ўша жойда. 12-бет
29
Albatta, hyech bir jamiyat boqimandalik rivoj topishidan manfaatdor emas. Lekin, shunga qaramay, u turli shakllarda zoxir bo’ladi.
Avvalo, boqimandalikning uch turini bir-biridan farqlash kerak. Birinchisi, eng oddiy, maishiy shaklda namoyon bo’ladi. Hyech qayerda ishlamaydigan, hyech kimga nafi tegmaydigan, birovlar mehnatining natijasini o’zlashtirishni odat qilgan, boshqalar hisobiga kun o’tkazib yuradiganlar shular jumlasidandir.42
Boqimandalikning ikkinchi turiga, uning yasama, soxta shakli kiradi. Masalan, sho’ro zamonida «og’alar»ning boshqa respublikalar aholini boqimandalikda ayblashi davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan edi. Go’yo milliy respublikalar o’zlarini o’zlari boqa olmaydi, shuning uchun milliy byudjet taqchilligini to’ldirish maqsadida umumittifoq byudjetidan dotasiya oladi, markaz boshqa o’lkalar uchun donorlik vazifasini bajaradi. Milliy respublikalar esa, aksincha, o’zlarini «umumiy qozon»ga ko’p ulush qo’shgan-u, ammo «cho’mich»da qoqilgan hisoblardi. Aslida yagona xalq xo’jaligi kompleksi deb atalgan xalqlar va milliy tuzilmalar konglomeratiga kim qancha bergani-yu, undan qancha olganini aniq aytish qiyin edi. Qizg’in baxslar natijasi o’laroq respublika xo’jalik hisobi tushunchasi paydo bo’ldi. Viloyatlar, shaharlar va tumanlar ham o’z xo’jalik hisobini tashkil etishga kirishib ketdi. Biroq ular biron-bir amaliy natija bermadi. Boshqacha bo’lishi ham mumkin emasdi. Bu boradagi baxs va extiroslarga SSSRning barham topishi, milliy respublikalar o’z davlat suverenitetini o’rnatishi, bozor munosabatlariga o’tish nuqta qo’ydi.
Boqimandalikning uchinchi shakli ancha uyushgan va takomillashgan. Unga qarshi samarali ko’rash olib borilmasa, jamiyatga juda katta iqtisodiy va ma’naviy zarar yetkazadi. Odatda u davlat, o’rta va quyi bo’g’inlarda yaratilgan moddiy ne’matlarni, resurslarni taqsimlash jarayonida sodir bo’ladi. To’g’ri, bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan moddiy-texnika ta’minoti, fondlarni taqsimlash, har xil limitlarni ajratish kabi mexanizmlarga barham berildi. Ammo xali ham turli xil darajalarda markazlashgan pul resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish institutlari mavjud. Xuddi ana shu joyda boqimandalik uchun imkoniyat vujudga kelishi mumkin.
Markazlashgan pul resurslarini shakllantirish va undan foydalanishning eng muhim quroli davlat byudjeti va maxalliy byudjetlardir. Byudjet daromadlari, asosan, soliqlardan hosil bo’ladi. Uning kichik bir qismi bojxona bojlari va resurs to’lovlari hisobiga to’g’ri keladi. Bevosita aholi daromadlaridan undiriladigan soliqlar hisobiga ham davlat byudjeti daromadlari shakllanadi. Mamlakatimizda korxona daromadlari va aholi daromadlaridan bevosita undiriladigan soliqlar sezilarli darajada o’sganligiga qaramasdan, ularning yalpi ulushi byudjet daromadlarining 40 foizga yaqinini tashkil etadi, xolos. Bilvosita soliqlar (asosan, aksiz va qo’shimcha qiymat soliqlari) miqdori biroz pasaygan bo’lsada, byudjet daromadlarida ularning hissasi baland - qariyb 50 foizga teng.
Davlat o’zi beradigan ayrim xizmatlarga haq to’lash, iqtisodiyotda harajallar darajasini nazorat qilish, daromadlarni taqsimlashdagi tengsizlikni bartaraf etish, mamlakat sanoatini chet ellik raqobatchilardan himoyalash va boshqa maqsadlarda soliq
Н.Тўхлиев Тараққиётнинг ўзбек модели. Т.:2012. 133-134 бетлар
30
undiriladi. Agar davlat u yoki bu turdagi mahsulot ishlab chiqarishni (tamaki, aroq) kamaytirishni xoxlasa, unga ko’proq soliq belgilaydi.
Iqtisodiyotni moliyalashtirishga ketadigan byudjet harajatlari hissasi barcha byudjet harajatlarining 50 foizdan ziyodrog’ini tashkil etmoqda. Byudjet harajatlarida ijtimoiy-madaniy tadbirlarning ulushi - 45,3 foiz.
Davlat hamma vaqt davlag byudjeti daromad va harajat qismlarining muvozanatda bo’lishidan manfaatdor. Agar byudjetning daromad qismidan harajati oshib ketsa, passiv byudjet balansi vujudga keladi. Bu - davlat byudjeti taqchilligiga olib keladi. 1995 yili mamlakatimizda davlat byudjeti taqchilligi yalpi ichki mahsulotning 2,8 foiziga teng edi. Necha yillardan beri faol byudjet balansi amal qilib kelmoqda.
Pul resurelaridan foydalanishni tashkil etishning davlat va mahalliy byudjetlaridan tashqari yana boshqa shakllari ham mavjud. Davlat sug’urta fondi, davlat bandlik, salomatlik, "Sog’lom avlod uchun” fondlari va boshqalar shular sirasiga kiradi. Ular davlat byudjeti mablag’larining harakatchanligini oshirishga, zarur bo’lganda mablag’lardan aniq yo’nalishlarda maqsadli foydalanishga xizmat qiladi. Ammo mavjud mablag’larni qayta taqsimlash chog’ida ijtimoiy ehtiyojlar zarar ko’rmasligi, davlatning muhim xayotiy zaruratlariga sarflanadigan harajatlar miqdori kamaymasligi lozim. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida aniq yo’nalishlar bo’yicha byudjetdan tashqari maxsus fondlar tashkil etiladi. Ular davlat va mahalliy byudjet vositalaridan ham foydalanishi mumkin.
Masalan, ijtimoiy sug’urta fondi turli xil nafaqalarni to’lash uchun pul resurelarini tashkil etishni ko’zda tutadi. U vaqtincha ish qobiliyatini yo’qotganlik, homiladorlik va tug’ish, sanatoriy va kurort xizmatlarini moliyalashtirish va boshqa maqsadlarga xizmat qiladi. Bu fond harajatlarining asosiy qismi turli nafaqalarga sarflanadi. U sug’urta yo’li bilan tashkil etiladi. Bu jarayonda turli mulk shakllaridagi korxona va tashkilotlar, ayrim shaxslar, xususan, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadiganlar majburiy tarzda ishtirok etadi.
Davlat bandlik fondi esa o’z ish joyini yo’qotgan va yo’qotish xavfi bo’lgan kishilarni moddiy qo’llab-quvvatlash hamda ularni boshqa mutaxassisliq kasb-hunarga o’rgatish uchun zarur vositalarni bir joyga to’plash maqsadida tashkil etiladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida xodimlarning malakasi va ma’lumotiga qarab ish joyi bilan ta’minlash kafolati o’z ahamiyatini yo’qotsa-da, ammo fuqarolarning o’z ish joyini egallash, mehnat qilish va erkin kasb tanlash huquqini ta’minlash mas’uliyatini davlat o’zidan soqit qilmaydi.
Ko’rinib turibdiki, byudjet va undan tashqari fondlar, vosita va mablag’larning o’z o’rni hamda ahamiyati bor. Ijtimoiy ahvolimiz, oila a’zolarimiz soni va tarkibiga qarab, har birimiz ulardan manfaatdorlik bilan, imtiyoz asosida foydalanish huquqiga egamiz. Shunday ekan, byudjet va fondlarga to’lovlardan bosh tortish yoki ulardan ozod bo’lishga urinish davlat hisobidan o’ziga moddiy qulaylik va ungaylik yaratish, oxir-oqibatda esa davlat oldidagi boqimandalikdan boshqa narsa emas.
Soliq to’lamaslik yoki firibgarlik bilan unga chap berish yoki o’ziga noqonuniy imtiyoz yaratib olish - jinoyatdir. Bo’larning hammasi «O’zbekiston Respublikasi fuqarolaridan va fuqaroligi bo’lmagan shaxslardan olinadigan daromad solig’i to’g’risida» (15.02.1991), «Mahalliy soliqlar va yig’imlar to’g’risida» (7.05.1993),
31
«Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqlar to’g’risida»gi (28.12.1993) qonunlarimiz hamda O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (24.04.1997) va Bojxona kodeksi (26.12.1997) va boshqa qonun-qoidalarni qo’pol ravishda buzishdir.
Agar bunday qulayliklarga ega bo’lish uchun shaxs, korxona yoki tarmoq «indulgensiya»ni qo’lga kiritsa, ya’ni o’zi uchun "zarur" qo’shimcha imkoniyatlarni qonuniy rasmiylashtirib olsachi? Buning yomonligi shundaki, unda ishlab chiqarish harajatlari, mahsulot tannarxi boshqa turdosh korxonalarga nisbatan past bo’ladi. Natija-da, yuqori daromad (foyda) oladi. Tabiiyki, o’z ishchi va xizmatchilariga ham yuqori ish haqi beradi. Shu yo’sinda tarmoq va guruh xudbinligi, boqimandaligi shakllanadi. Bir toifadagi, bir xil sharoitdagi korxonalar va ulardagi ishchi va xizmatchilar o’rtasida ziddiyat paydo bo’ladi. Chunki bir korxonada har bir so’m pul, mahsulot peshona teri evaziga, barcha jismoniy va aqliy imkonmyatlar to’la safarbar etilgan holda, zaxmat chekib topilsa, ikkinchi korxonada bunday imkoniyatga juda oson - sun’iy yo’l orqali erishiladi. Bunday psixologiya esa tez tomir otadi, atrof-muhitga salbiy ta’sir o’tkazadi. Uni iqtisodchilar «boqimandalik sindromi» deb ataydi. Negaki, ayrimlar davlat byudjeti vositalaridan "bemalol" foydalanishga o’rganib qoladi. Bunday toifadagilar, odatda, «chiptasiz yo’lovchilar»ga o’xshatiladi.
Deylik, xalq ta’limini takomillashtirishga 100 milliard sum mablag’ zarur. Bu raqam mamlakatning katta yoshdagi aholisi soniga taqsimlansa, 10000 so’mdan to’g’ri keladi. Ya’ni, ularning har biri xalq ta’limi rivoji uchun davlat byudjetiga shuncha miqdorda ulush qo’shishi lozim. Agar bu ish erkin va ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladigan bo’lsa, ayrim fuqarolar o’z ulushini - soliq boj va boshqa zarur to’lovlarni to’lamasligi mumkin. Natijada, mamlakat xalq ta’limini moliyalashtirish manbalarining muayyan qismidan mahrum bo’ladi. Moddiy ne’matlarni ishlab chiqarishga o’z hissasini qo’shmasdan turib, undan foydalanishga harakat qiladiganlar ana shunday «chiptasiz yo’lovchilar» hisoblanadi.
Aytish mumkinki, ijtimoiy boqimandalarning jamiyatga keltiradigan moddiy va ma’naviy zarari ko’lami jihatidan juda xavfli. Chunki bu toifadagi boqimandalar davlatning cho’ntagiga chang soladi. Lekin o’g’riga jazo bor-u, boqimandalik uchun aniq jinoiy javobgarlik yo’q Shuning uchun ham bu illat ancha yashovchan.
Ammo ijtimoiy himoyaga muxtoj yoki boshqa davlat byudjeti hisobidan kun kechiradiganlar, masalan, nafaqaxo’rlarni boqimanda yoki davlatga boqim, deb atash mumkin emas. O’zbekiston aholisining qariyb yarmidan ko’prog’i mehnatga qobiliyatli yoshdagilardir. Qolgan qismini esa mehnatga qobiliyatli yoshdan yuqori yoki pastlar, nogironlar, vaqtincha mehnatga layoqatini yo’qotganlar tashkil etadi. Odatda ular davlat byudjeti hisobidan nafaqa va imtiyoz bilan ta’minlanadilar.
Nima uchun ular davlatga boqimanda emas? Chunki, birinchidan, o’zini o’zi boqishga qurbi yetmaydigan fuqarolarga g’amxurlik ko’rsatish - ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti - davlatimiz siyosatining asosiy yo’nalishlaridan. Ikkinchidan, bugun byudjet hisobidan nafaqa yoki imtiyoz olib turgan fuqarolarning aksariyati ilgari o’z davlagi va uning ravnaqi yo’lida mehnat qilgan, kolaversa, nafaqa jamg’armasini shakllantirishga o’z hissasini qo’shgan. Maktab yoki undan kichik yoshdagilar, talabalar esa mamlakat kelajagidir. Ularga sarflanayotgan mablag’ istiqbolda bir necha o’n barobar bo’lib qaytadi.
32
Do'stlaringiz bilan baham: |