4-jadval
Iqtisodiyotda nodavlat sektori33 (% hisobida)
|
1995 yil
|
2000 yil
|
2010 yil
|
Y a I M
|
58.4
|
72,6
|
81,7
|
Sanoat
|
49,1
|
63,9
|
91,0
|
Qishloq xo’jaligi
|
97,6
|
99,1
|
99,9
|
Qurilish
|
62,1
|
81,2
|
89,6
|
Transport
|
13,9
|
30,7
|
56,0
|
Aloqa
|
x
|
82,4
|
96,1
|
Chakana savdo aylanmasi
|
91,7
|
96,8
|
99,9
|
Pullik xizmat
|
34,6
|
57,1
|
81,7
|
Tashqi savdo
|
x
|
70,4
|
79,4
|
Bandlik
|
69,0
|
75,9
|
79,1
|
Iqtisodiy adabiyotlarda Yevropaning yetakchi mamlakatlari hisoblanadigan Fransiya va Germaniyada davlatning iqtisodiyotga aralashuv darajasi 48 foiz, «superkommunistik» Skandinaviya mamlakatlarida 54-55 foiz deb ko’rsatiladi.
Статистик тўплам, Т., “Ўзбекистон, 2011, 64-бет”
23
Bu ko’rsatkichlar bozor mukammal, o’zini o’zi tartibga solib turuvchi tizim, davlatning unga aralashuvi iloji boricha past darajada bo’lishi kerak deb hisoblaydigan klassik bozor iqtisodiyotini ma’qul ko’radigan Shimoliy Amerika modeli ko’rsatkichidan ancha yuqoridir. 4-jadvaldan ko’rinib turibdiki, O’zbekistonda davlatning iqtisodiyotning barcha sohalaridagi ulushi va aralashuvi muttasil kamayib bormoqda.
2010 yilda mamlakatimizda davlat sektorining ulushi yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishda 18,3 foiz, sanoatda 9,0, qishloq xo’jaligida 0,1, ko’rilishda 10,4, transportda 44,0, aloqada 3,9, chakana savdo aylanmasida 0,1, pullik xizmat ko’rsatishda 20,6, tashqi savdoda 8,3 va bandlikda 20,9 foizni tashkil etdi. Bu raqamlar davlatning mamlakat iqtisodiyotidagi o’rnini to’liq ko’rsata oladimi? Yo’q, albatta. Iqtisodiyotdagi davlat sektoridagidan hayotimizdagi davlatning urni va roli ancha katta va rang-barangdir.
Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida davlat iqtisodiyotni tartibga solish, qayta taqsimlash mexanizmi orqali aholi manfaatlarini himoya qilishi, iqtisodiy faoliyatning huquqiy asoslarini, bozor shart-sharoitlarini yaratishi, iqtisodiy erkinlik va tenglikni kafolatlashi, bozor institutlarini shakllantirishi, tadbirkorlik tizimlarini qaror toptirish va rivojlantirishga ko’maklashishi, raqobat muhitini vujudga keltirishi, tarkibiy qayta ko’rishlarni amalga oshirishi zarur. Bunda davlat tartibga so-lishning moliya, kredit, soliq, valyuta siyosati, narx-navoni nazorat qilish vositalaridan keng foydalanadi. Davlat yirik dastur va loyihalarni moliyalashtiradi, chet el investisiyalarini kiritishga kafolat bo’ladi.
O’tish davrida davlatning iqtisodiyotni tartibga solish roli nafaqat davlat sektori, balki xususiy sektorga nisbatan ham muntazam kuchayib bordi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish davlat institutlari tomonidan amalga oshiriladigan va mamlakatni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan qonunchiliq ijroiya va nazorat harakteriga ega bo’lgan chora-tadbirlar tizimini amalga oshirishdir.
Bozor munosabatlariga o’tish jarayonida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ahamiyati shakllangan bozor tartiblaridan ancha ustun bo’ldi. Bu - tabiiy. O’tish davrida qabul kilinadigan iqtisodiyotga oid qonun, uaror va qoidalarning ko’lami g’oyat keng bo’lib, ularning hayotga tatbiq etilishi muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, o’tish davri sharoitida bozor mexanizmining hali to’laqonli ishga tushib keta olmasligini ham nazardan chetda qoldirmaslik lozim. Ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tish o’z-o’zidan yuz bermaydi. Shuning uchun ham, davlatning asosiy vazifalaridan biri ushbu jarayonni tartibga solish, iqtisodiyotning bir maromda faoliyat ko’rsatishini ta’minlash maqsadida bozor infratuzilmasini shakllantirishdir.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida O’zbekistonda davlat qo’yidagi asosiy iqtisodiy vazifalarni bajardi:
-pul emissiyasi, pul-kredit, soliq va byudjet tizimini tartibga solish;
-fuqarolarning huquq va erkinliklarini. mulkdorlar va xo’jalik subyektlari huquqlarini kafolatlash;
-makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash;
24
-monopoliyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish va raqobat muhitini yaratish;
-ilm-fan va axborot texnologiyalarini rivojlantirish; -faol tashqi iqtisodiy siyosat yuritish;
-umumdavlat ahamiyatiga ega ishlab chiqarish, ijtimoiy va ekologik infratuzilmani rivojlantirish;
-kam ta’minlangan aholi guruhlarini ijtimoiy himoyalash; -atrof-muhitni muhofaza qilish;
-iqtisodiyotning tarmoq va hududiy tarkibini optimallashtirish; -mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash;
-bozor munosabatlarining huquqiy asoslarini yaratish;
-ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish va hokazolar.
O’zbekistonda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish huquqiy, ma’muriy va iqtisodiy usullar bilan birgalikda olib borildi. Turli mulk shaklidagi korxonalar va bozor institutlarining (bank, birja, aksionerlik jamiyatlari) faoliyat ko’rsatishi me’yorlarini ta’minlovchi, bozor sharoitiga mos yangi soliq sug’urta, aholini ijtimoiy himoyalash, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, raqobat muhitini yaratish, kichik va xususiy biznesni qo’llab-quvvatlash bo’yicha qonunlar tizimi yaratildi.
Iqtisodiy faoliyatning alohida sohalarini boshqarish ta’kikdlash, ruxsat berish va majburiy chora-tadbirlar orqali amalga oshirildi. Ma’muriy yo’l bilan monopolist korxonalar va ijtimoiy ahamiyati yuqori mahsulot narxlari ustidan davlat nazorati o’rnatildi. Alohida tovarlar eksport va import kvotalari o’rnatildi yoki lisenziyalar belgilandi. Ijtimoiy sohalar va ekologiya masalalarida ham davlatning ma’muriy usullaridan foydalanildi.34
Tartibga solishning yaxlit iqtisodiy usullari tizimini yaratish davlatning o’tish davridagi eng muhim vazifalaridan biri hisoblandi. Shu maqsadda davlatning iqtisodiy siyosati (pul-kredit, moliya-byudjet, soliq, valyuta, bojxona, narxlar, amortizasiya va boshqalar) ishlab chiqildi va izchil amalga oshirildi. Shuningdek, davlat buyurtmasi, kvotalar, lisenziyalar, byudjetdan moliyalashtirish, prognozlashtirish va dasturlar ishlab chiqish kabi tartibga solish vositalaridan keng foydalanildi.
2008 yilda boshlangan global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan davlatning bosh islohotchi bo’lishiga oid tamoyil naqadar to’g’riligini va hayotiyligini yana bir bor tasdiqladi. Global inqiroz sharoitida ko’plab davlatlar juda katta miqdordagi oltin-valyuta zaxiralari va jamg’armalarini o’z moliya-kredit tizimini saqlab qolishga sarflashga majbur bo’ldi. Shu yo’l katta bankrotliklarning oldini oldi, iqtisodiyotning arteriyasi hisoblanadigan bank tizimini xalokatdan ko’tkardi. Birgina AQShning o’zi Federal zaxira jamg’armasidan bir necha yuz milliard dollardan iborat mablag’ni inqiroz oqibatlarini yumshatishga sarfladi. 2010 yilning boshida Shveysariyaning Davos shahrida o’tgan an’anaviy xalqaro iqtisodiy forumda davlat arboblari va iqtisodchilar «davlat aralashmaganida hamma narsa bir
Н.Тўхлиев Тараққиётнинг ўзбек модели. Т.:2012.119-122 бетлар
25
zumda barbod bo’lar edi» deb ruy-i rost tan oldilar. Bu gap zamirida global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz "eshik qoqqan" murakkab sharoitda mamlakatlar bank-moliya tizimiga davlat yordamga kelmaganida butun jahon iqtisodiyoti bir zumda inqiroz botqog’iga g’arq bo’lar edi, degan e’tirof bor35.
O’zbekistonda makroiqtisodiy barqarorliq katta oltin-valyuta zaxiralarining mavjudligi, rivojlanish jamg’armasi imkoniyatlari, tashqi qarzning minimumga tushirilganligi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida bunday murakkab masalarni o’z vaqtida samarali hal qilish imkonini berdi. Osiyo taraqqiyot bankining O’zbekistondagi doimiy vakolatxonasi rahbari Kazuxiko Xiguchi haqli ravishda ta’kidlaganidek, "o’zbek modeli"ning o’ziga xos jihatlaridan biri shundaki, davlat boshqaruvi makro darajada, bozor iqtisodiyotini shakllantirish esa mikro darajada amalga oshirishni nazarda tutadi. O’zbekistonda izchillik bilan amalga oshirilayotgan islohotlar mutanosib va barqaror rivojlanishga, sanoatni modernizasiya qilish va texnologik qayta jihozlashga xizmat qilayotir. Makroiqtisodiy, tuzilmaviy va institusional o’zgarishlarda, ayniqsa, kichik biznesni rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash borasida ulkan yutuqlar qo’lga kiritilmoqda".
Erkin raqobat davrlaridan farqli o’laroq, bugun zamonaviy iqtisodiyotda miqdor va sifat o’zgarishlari yuz berib, faoliyat ko’rsatish tizimi g’oyat murakkab va ziddiyatli tus olmoqda. Agar o’tgan asrda monopoliyalar iqtisodiyotda noyob holat sifatida uchragan bo’lsa, endilikda har bir bozor, tarmoqlarning katta qismi monopol korxonalar ta’siriga tushib qolayotir. Transmilliy korporasiyalar bozor va uniig segmentlaridan kattaroq ulush olish maqsadida keng tomir yoymoqda. Natijada, iqtisodiyotni muvozanatga keltirib turuvchi bozor mexanizmining to’laqonli faoliyat doirasi toraymoqda. Ikkinchi tomondan, keng aholi qatlamlarini ijtimoiy himoyalash, iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini ta’minlash vazifalarining ahamiyati ortmoqda.
Mamlakat iqtisodiy taraqqiyoti bilan bog’liq shunday sohalar borki, ular odatda ulkan hajmlarda investisiyalar kiritishni talab qiladi. Oddiy tadbirkor va korxonalarning bunga qurbi yetmaydi. Ko’p hollarda bu sohalar daromad keltirmaydi yoki foydasi uzoq vaqtdan keyin kelishi mumkin. Odatda, bunday sohalar, masalan, transport, kommuni-kasiya, ekologiya, energetika xizmatlaridan barcha barobar foydalanadi. Davlat bozor tizimining samarali ishlashiga yordam ko’rsatuvchi muhit va poydevor yaratadi, iqtisodiyotiing barcha ishtirokchilari uchun teng imkoniyatlar beruvchi yagona qoidalarni joriy qiladi, raqobatni rag’batlantiradi, tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshiradi. daromadlarni taqsimlaydi, keng aholi qatlamlarini ijtimoiy himoyalash maqsadida uni qayta taqsimlaydi, iqtisodiy o’sishni qo’llab-quvvatlaydi va hokozo.
Davlatning islohotchilik roli va ahamiyati shu bilan tugamaydi. O’zbekistonda davlat ijtimoiy sohadagi islohotlarga ham rahnamolik qilib kelmoqda. Shu maqsadda davlat byudjetidan ta’lim, sog’likni saqlash, sport, kommunal xizmat va boshqa ijtimoiy sohalarga sarflanadigan mablag’lar hajmi yildan yilga oshirilmoqda. Ta’lim, sog’liqni saqlash, sport va uy-joy bilan ta’minlash sohasida amalga oshirilgan islohotlar ko’lami keng va samarasi g’oyat yuqori. Ijtimoiy infratuzilma barqaror faoliyat ko’rsatmokda va
И.А.Каримов Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари // – Т: Ўзбекистон, 2009. 49-бет
26
rivojlanmokda. 2010 yilda O’zbekistonda 9860 umumta’lim maktabida 4676,1 ming o’quvchi, 1539 o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida 1623,1 ming o’quvchi, 66 oliy ukuv yurtida 300 mingdan ziyod talaba tahsil oldi36.
1997 yildan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi izchillik bilan va samarali amalga oshirilmoqda. Dastur aholining uzluksiz ta’lim olishini, ta’lim tizimining jamiyatda sodir bo’layotgan o’zgarish va yangilanishlarini, iqtisodiyotdagi yuqori malakali kadrlarga bo’lgan extiyojlarni nazarda tutadi. 2004-2010 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy davlat dasturi doirasida maktablarning aksariyat qismi qaytadan qurildi, ta’mirlandi va rekonstruksiya qilindi, gaz, suv va aloqa vositalari bilan ta’minlandi, markazlashgan kanalizasiya tarmoqlariga ulandi.
1998-2010 yillarda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o’quv muassasalarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish maqsadida 2,5 trillion so’m mablag’ sarflandi37.
Har yili ta’lim sohasiga ajratilayotgan harajatlar YaIMning 10-12 foizini tashkil etmoqda.
1998 yilda sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi qabul qilindi. Dasturga muvofiq mamlakatimizda butun tibbiyot tizimini tubdan qayta qurish, ko’p sarf-harajat talab etadigan va samarali bo’lmagan tibbiy yordamdan yangi zamonaviy ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat turlariga o’tish boshlandi. Sog’liqni saqlash tizimini qo’llab-quvvatlash maqsadida birgina 2010 yilda 2 trillion so’mdan ziyod mablag’ sarflandi. Bu sohodagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biri ona va bola salomatligini muhofaza qilishdir. Mamlakatimizda davlatning bevosita ishtirokida qudratli farmasevtika sanoati yaratildi.
Qishloq aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlash davlat dasturi amalga oshirildi. O’tgan davr mobaynida davlat kafolati bilan kommunal soha rivoji uchun 700 million AQSh dollari miqdoridagi uzoq muddatli imtiyozli xorijiy investisiya va kreditlar jalb etildi. Umuman har yili davlat byudjetining yarmidan ziyodrog’i ijtimoiy sohaga sarflanmoqda. Birgina ta’lim sohosiga ajratilayotgan mablag’lar mamlakat yalpi ichki mahsulotining 10-12 foizini tashkil etmoqda. Bu qadar keng ko’lamli harajatlarni faqat davlat kuchi va imkoniyatidan foydalanib amalga oshirish mumkin, xolos.
Bundan tashqari davlat iqtisodiy erkinlikni ta’minlaydi, iqtisodiy-ijtimoiy va institusional islohotlarni amalga oshirishning strategik maqsad va vazifalarini belgilaydi, raqobat va tadbirkorlik tuzilmalarini shakllantiradi va rivojlanishini qo’llab-quvvatlaydi, tarkibiy qayta qurishlarni amalga oshiradi, ishlab chiqarishning tarmoq va xududiy nisbatini ta’minlaydi, yagona moliya, kredit, soliq valyuta, narx siyosatini amalga oshiradi.
Global moliyaviy iqtisodiy inqiroz davlatning iqtisodiyotga aralashuvini kuchaytirdi. Bu sharoitda davlat bankrotlik yoqasiga kelib qolgan korxona va xizmat
Н.Тўхлиев Тараққиётнинг ўзбек модели. Т.:2012. 126 бет
Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А.Каримовнинг 2011 йилнинг асосий якунлари ва 2012 йилда Ўзбекистонни ижтимоий-иқтисодий ривожлантиришнинг устувор йўналишларига бағишланган Ўзбекистон Республикасининг Вазирлар Маҳкамасининг мажлисидаги «2012 йил Ватанимиз тараққиётини янги босқичга кўтарадиган йил бўлади» мавзусидаги маърузасини ўрганиш бўйича ўқув қўлланма.-Т.: «O`qituvchi» НМИУ, 2012.
бет
27
turlarini qayta milliylashtirib, «tiriltirib» yana o’z tasarrufidan xususiy qo’llarga sotish amaliyotini ham qo’lladi.38
Iqtisodiyotni modernizasiya qilish, ishlab chiqarishni diversifikasiyalash jarayonida davlatning o’rni va roli katta. Modernizasiyalash ijtimoiy-iqtisodiy jarayon bo’lib, iqtisodiyotning asosiy negizini o’zgartirmasdan turib, muttasil takomillashtirish bo’yicha davlat tomonidan jahon taraqqiyotining zamonaviy tendensiyalarini hisobga olgan holda ko’riladigan chora-tadbirlar tartibotidir. Modernizasiyalash davlatning investision va ijtimoiy siyosatini o’zida ifoda etib, soliq tartibini takomillashtirishni, iqtisodiyot tarkibini davlat tomonidan boshqarishni, boshqaruv organlari vazifalariga o’zgartirishlar kiritishni taqozo etadi. Modernizasiyalash milliy iqtisodiyotning xalqaro raqobatbardoshligini oshirishga yo’naltirilgan iqtisodiyotni tarkibiy, institusional, texnologik takomillashtirish jarayoni sifatida davlatning islohotchiligiga tayanadi. Davlat modernizasiyalashning faol subyekti sifatida uning maqsadi, vazifalari, ustuvor yo’nalishlari, uni amalga oshirish sur’atlari, resurslari va innovasion asoslarini belgilaydi. Modernizasiya ilmiy va mehnat sig’imi yuqori bo’lgan texnologiyaga o’tishni anglatadi va ishlab chiqarishning innovasion yo’nalishini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |