1.3. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va isloh etishda o’zbek modelining o’rni va ahamiyati
Iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish va uning siyosatdan ustunligini ta’minlashning qanday zarurati bor edi? O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, uning siyosatdan ustunligini ta’minlash - demokratik va bozor o’zgarishlarining asosi, deb ta’kidlaydi. Iqtisodiyot mafkuraviy tazyiqlarsiz, o’ziga xos ichki qonun va qoidalarga muvofiq rivojlangandagina demokratik siyosiy va ijtimoiy islohotlar uchun mustahkam moddiy asos yaratiladi. «Birinchi navbatda iqtisodiy negizni (bazisni) barpo etish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish ya ngi jamiyat qurishning eng muhim shartidir. Bunda iqtisodiy o’zgartirishlar strategiyasi mafkuradan butunlay xoli etilishi, ya’ni siyosiy maqsadlarga erishish vositasi bo’lib xizmat qilmasligi kerak»22.
Sho’rolar davrida iqtisodiyot yetmish yil hukmronlik q ilib kelgan kommunistik mafkuraning siyosatning qurboniga aylangan edi. Natija ma’lum. Iqtisodiyot ham bamisoli tirik organizm - erkin harakat qilgandagina yuksalishi mumkin. Zug’um ostida qolsa, o’zidagi mavjud imkoniyatlarni ruyobga chiqara olmaydi. Sobiq ittifoq - sho’rolar davrida milliy iqtisodiyotlar mehnat taqsimoti
21 Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва Сенатининг 2010 йил 12 ноябрдаги қўшма мажлисидаги “Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси” мавзусидаги маърузаси. -Т., 2010., 18-бет.
Ислом Каримов. Асарлар, 1-жилд, Т., «Ўзбекистон», 1996, 301-бет.
15
va ixtisoslashuvi kabi qator iqtisodiy qonuniyatlar va prinsiplar orqali amalda markazga bog’lab qo’yilgan, hukmron mafkura va siyosatga tamoman bo’ysundirilgan edi.23
Sho’rolar davrida mavjud mehnat taqsimoti va ixtisoslashuviga ko’ra, sobiq respublikalarning iqtisodiy rivojlanishida, bir tomondan markazdagi yirik sanoat birlashmalari qatnashar edi. Ularning faolligi, eng avvalo, qayta ishlash va konchilik sanoati kompleksi tarmoqlariga qaratilgani ham sir emas. Bu ishtirok milliy respublikalar sanoatining muayyan darajada o’sib, nisbatan zamonaviy texnologiyalar, yangi ishlab chikarish tarmoklarining paydo bo’lishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi, albatta.24
1990-yillarning boshida O’zbekiston sanoat mahsuloti umumiy hajmida sobiq ittifoq vazirlik va idoralariga bo’ysunuvchi birlashma va korxonalar ishlab chikdradigan mahsulotlar hajmi 30 foizga yetgan edi. Ittifoq -respublika vazirlik va idoralariga qarashli korxona va birlashmalarda esa 54 foiz sanoat mahsuloti ishlab chiqarilar edi. Ikkinchi tomondan. O’zbekistonning Rossiya va boshqa respublikalardan keltiriladigan ishlab chiqarish va iste’mol tovarlariga bog’liqligi g’oyat kuchli edi. Iqtisodiy o’sishning tashqi omillarga bog’lanib qolganligi yakunlovchi ishlab chiqarish bosqichi ahamiyatining 75 haddan tashqari oshishiga, maxalliy mashinasozlikning esa zaifligicha qolishiga olib keldi. O’zbekistonda barcha sanoat mahsulotlari tarkibida mashinasozlik sanoatining ulushi nihoyatda past edi. Bunday taqsimot oqibatida sanoat asbob-uskunalari, texnologiya, fan-texnika yutuqlari tashqaridan olib kelinadigan mahsulotlarning asosiy yo’nalishi bo’lib qolaverdi. Cheksiz fosforit konlariga boy o’lkamizga, hatto gugurt ham tashqaridan olib kelinar edi.
O’zbekistonda mashinasozlikning asosi bo’lgan dastgoxsozlik ayniqsa zaif rivojlangan edi. Natijada ishlab chiqarish vositalari va sanoat materiallari ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, zamonaviy yirik yalpi ishlab chiqarish talablariga javob beradigan avtomat va yarim avtomat murakkab dastgohlar ishlab chiqarishni keng yo’lga qo’yib bo’lmasdi. Bularning barchasi metropoliya va mustamlaka xalqlar o’rtasidagi munosabatlarning amaldagi yakqol ifodasidir. Metropoliya hyech qachon mustamlaka o’lkaning jadal ri vojlanishini istamaydi. Uni doim o’z tizginida tutib, har xil yo’llar bilan ipsiz bog’lab turishdan manfaatdordir.
Iqtisodiyotning siyosat va mafkuraga bo’ysundirilgani yirik o’rta va kichik korxonalar o’rtasidagi nisbatga ham salbiy ta’sir ko’rsatmasdan qolmadi. Sobiq ittifoq vazirlik va idoralari tomonidan milliy respublikalarda, asosan, yirik korxona va birlashmalar qurildi. Chunki sobiq ittifokdagi mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv shunday amaliyotni taqozo qilar edi. Zo’rma -zo’raki tiqishtirilgan
Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А.Каримовнинг 2012 йилда мамлакатимизни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2013 йилга мўлжалланган энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасидаги «Барча режа ва дастурларимиз Ватанимиз тараққиётини юксалтириш, халқимиз фаровонлигини оширишга хизмат қилади» мавзусидаги маърузасини ўрганиш бўйича Ўқув-услубий мажмуа. – Тошкент: Иқтисодиёт. - 2011. 4-бет
Н.Тўхлиев Тараққиётнинг ўзбек модели. Т.:2012.63-бет
16
bunday amaliyotlar natijasida O’zbekiston iqtisodiyoti ham "gigantomaniya" degan xavfli "xastalikka" chalindi. Bu, albatta, o’lkamizda sanoat ishlab chiqarishning an’anaviy turlarini rivojlantirish, mehnat jamoalarining faolligi va tashabbuskorligini oshirish, bozor kon’yunkturasiga tezkor moslashishga katta monelik qildi.
Xalqaro tajribadan ma’lumki, bir turdagi mahsulot ommaviy ishlab chiqariladigan joyda yirik ishlab chiqarish yaxshi samara berishi mumkin. Mayda (bir nafardan 19 kishigacha mehnat qiladigan) korxonalar 1980-yillarda AQShdagi barcha korxonalarning 26,1, Yaponiyada 49,4 va Italiyada 43,4 foizini tashkil etgan. Kichik korxonalar (ya’ni yigirmadan 99 kishigacha ishlaydigan korxonalar) mos ravishda 28,4, 27,7 va 30,4 foizga teng edi. O’rta korxon alar (bunga yuzdan 499 kishigacha ishlaydigan korxonalar kiradi) 24,0, 14,6 va 14,2 foiz, 500 nafardan oshiq ishchi mehnat qiladigan yirik korxonalar 21,5, 8,2 va 12,1 foizni tashkil etardi. Ushbu raqamlardan ko’rinib turibdiki, zamonaviy iqtisodiyotga ega Yaponiyada ishchilarning qariyb yarmi kichik korxonalarda mehnat qilgan. Mayda va kichik firmalar ish bilan band bo’lgan yaponlarning to’rtdan uch qismini birlashtirgan. Kichik korxonalar - iqtisodiyot poydevori, degan gapda hikmat ko’p.25
Yirik korxonalar mayda ishlab chiqarishga nisbatan bozor kon’yunkturasiga qiyin moslashadi, har qanday yirik ishlab chiqarish jarayonida katta -kichik bo’shliqdar paydo bo’lishi tabiiy. Yirik korxonalar ularning hammasini ham yolg’iz o’zi hal etishi qiyin. Bunday sharoitda kichik ishlab chiqarish yordamga kelishi va paydo bo’lgan bo’shliqni to’ldirishi mumkin. Kichik ishlab chiqarish, o’z navbatida, ists’mol bozorini tovar bilan to’ldirish, a holini ish bilan ta’minlashni yaxshilash, raqobat muhitini yaratishga xizmat qiladi.
Shuro zamonida sanoat mahsulotlari takibida ishlab chiqarish vositalari bilan iste’mol buyumlari ishlab chikaradigan ishlab chiqarish o’rtasidagi nisbatni mutanosib deb bo’lmasdi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ma’lumki, iste’mol buyumlari ishlab chiqarish bunda ustuvor o’rin tutishi, jadalroq rivojlanishi lozim.
Qazib oluvchi va qayta ishlovchi tarmoqlar rivojlanishi o’rtasida ham nisbat buzilib keldi. Mineral xom ashyolarning katta qismi qayta ishlanmagan yoki yarim tayyor mahsulot holida O’zbekistondan olib chikib ketilardi. Deyarli barcha kon-ruda, metallurgiya kombinatlarida xom ashyoni qayta ishlash darajasi g’oyat past bo’lgan. Buning sababi shuki, konchilik sanoati sohasidagi ittifoq ahamiyatidagi yirik korxonalarning asosiy faoliyati resp ublikamizda mineral xom ashyoni to’la qayta ishlash, vertikal integrasiya jarayoni, diversifikasiyani rivojlantirishga emas, balki xom ashyo ishlab chiqarish va markazga yetkazib berishga yo’naltirilgan edi.
Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А.Каримовнинг 2012 йилда мамлакатимизни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2013 йилга мўлжалланган энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасидаги «Барча режа ва дастурларимиз Ватанимиз тараққиётини юксалтириш, халқимиз фаровонлигини оширишга хизмат қилади» мавзусидаги маърузасини ўрганиш бўйича Ўқув-услубий мажмуа. – Тошкент: Иқтисодиёт. - 2011. 26-27 бетлар
17
Bu boradagi salbiy oqibatlardan yana birini sanoat korxonalarini mahalliy ishchi kadrlar bilan ta’minlashda ham ko’rish mumkin. Bu sohadagi vaziyat shunday ayanchli holga olib kelingan ediki, zamonaviy korxonalar narida tursin, nisbatan ancha past rivojlangan sanoat sektorida ham mahalliy ishchi kadrlarning umumiy miqdori juda kam edi. 50-60 yillarda ishga tushirilgan Navoiy, Zarafshon, Muborak, Angren, Yangiyer singari industrial shaharlar sobiq markaz vazirlik va idoralariga buysunuvchi yirik sanoat korxonalari bazasida bo’lgani uchun ularga zarur ishchi kadrlar ittifoqning boshqa respublikalaridan, asosan Rossiyadan ko’chirib keltirildi. Xolbuki, O’zbekistonning o’zida ishchi kuchi, salohiyatli kadrlar va mutaxassislar kam emasdi. Kam bo’lsa, ularni o’qitish, tayyorlash va kasbga yunaltirish ham mumkin. Bu, bir tomondan, mahalliy aholiga nisbatan e’tiborsizlik bilan qarashning, ikkinchi tomondan, mustamlakachilikka asoslangan siyosatning natijasidir. Bunday yondashuv nafaqat mahalliy millat vakillari orasidan yetuk ishchi kadrlar yetishib chiqishiga, balki, sanoatning jadal suratlarda rivojlanishiga ham monelik qiladi. Natijada mahalliy ishchi kadrlarni tayyorlash va tarbiyalash masalasi o’tgan asrning 20-30-yillarda qanday dolzarb ahamiyat kasb etgan bo’lsa, keyinchalik ham shundayligicha qolaverdi. Maxalliy millat vakillari Toshkent samolyotsozlik
birlashmasi, vagon ta’mirlash zavodida 20-30 foizdan oshmadi. Konmetallurgiya, mashinasozlik kabi tarmoqlarda ham vaziyat deyarli shundayligicha qoldi.
18
Do'stlaringiz bilan baham: |