Kuchli ijtimoiy siyosat: O’zbek modelining asosiy tamoyillaridai biri kuchli ijtimoiy siyosat yurgizish, aholining kam ta’minlangan ijtimoiy himoyaga muxtoj qismini qo’llab-quvvatlashdir. Bu tamoyil, birinchidan, o’zbek xalqining mentalitetidan, tarixiy madaniy qadriyatlaridan kelib chiqsa, ikkinchidan, o’tish davrining dastlabki bosqichidagi aholi tarkibi, bozor islohotlari aholi turmush darajasi hali ancha past holda saqlanib turgan sharoitda boshlanganligini ham nazarda tutadi. Bu vaqtda O’zbekiston aholisi jon boshiga to’g’ri keladiran real daromadlar, ish haqi miqdori, oziq-ovqat mahsulotlari, zarur hayotiy ehtiyoj buyumlari, uy-joy, ijtimoiy-madaniy muassasalar, maishiy xizmat bilan ta’minlanish darajasi bo’yicha sobiq ittifoq rsspublikalari o’rtasida oxirgi o’rinlardan biriga tushib qoldi. Mavjud demografik vaziyat - aholi sonining muttasil usib borishi yuqoridagi ko’rsatkichlarga yanada kuchliroq ta’sir o’tkazayotgan edi. Uchinchidan, o’tish davrida, bozor tan olmaydigan korxonalar va faoliyat turlari, samarasiz ishlayotgan ishlab chiqarishga barham berildi. Bu ishchi va xodimlar muayyan qismining vaqtincha ishsiz qolishiga yoki ularni qayta tayyorlashni taqozo etardi. Natijada, ularni ham ijtimoiy himoyalash zarurati paydo bo’ldi. Bunday vaziyatda O’zbekiston Respublikasi Prezidenta Islom Karimov «shok terapiyasi» to’g’risida gap ham bo’lishi mumkin emasligini, "bozor ko’pchilik uchun ozor" bo’lmasligini, O’zbekistonga xalqimizning nogironlar, nafaqadorlar, ko’p bolali oilalar, o’quvchilardan iborat nochor tabaqalarini ayaydigan bozor kerakligini qayta-qayta ta’kidladi. «Aholining muxtoj tabaqalarini ijtimoiy himoyalash sira kechiktirib bo’lmaydigan, eng ustuvor vazifa, amaliy harakatlarning eng asosiy qoidasi...»43 deb alohida uqtirib o’tdi.
Mustaqillik arafasida O’zbekiston kishi boshiga yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha sobiq ittifoqda 12-o’rinda turardi. Aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarish ittifoq ko’rsatkichidan ikki barobar past edi. Aholi jon boshiga xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish ittifoq darajasining 40 foizini tashkil etardi. Daromad
Ислом Каримов. Асарлар, 1-жилд, Т., «Ўзбекистон», 1996, 323-бет.
33
darajasi, asosiy turdagi mahsulotlarni iste’mol qilish bo’yicha eng oxirgi urinlarni egadladi44.
5-jadvaldan ko’rinib turibdiki, mustaqillikkacha O’zbekiston aholi jon boshiga chakana tovar aylanmasi, pullik va maishiy xizmat ko’rsatish bo’yicha sobiq ittifoq respublikalari o’rtasida faqat Ozarbayjon va Tojikistondan yuqorida turardi. Chakana tovar aylanmasi bo’yicha o’rtacha ittifoq ko’rsatkichidan 1,8, Rossiya, Belorussiyadai 2, Boltiqbo’yi respublikalarinikidan 2.6 barobar past edi. Pullik va maishiy xizmat ko’rsatish bo’yicha ham respublikamiz ko’rsatkichlari faqat Ozarbayjon va Tojikistonnikidan yuqori bo’lib. sobiq ittifoq Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Gruziya va Boltikbuyi respublikalari ko’rsatkichlaridan g’oyat past edi. Har ming kishiga oliy ma’lumotli vrachlar, o’rta maxsus ma’lumotli tibbist xodimlari va kasalxona o’rinlari bilan ta’minlanish bo’yicha ham axvol deyarli shunday edi. Uy-joy fondi borasidagi muammolar ham keskinlashdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |