O‘rganilish tarixi. Avstraliya aborogenlarning ajdodlari bu qit`aga 40000 yil muqaddam ko`chib kelganlar. Avstraliya hududida yevropaliklar kelgunga qadar chorvachilik, dehqonchilik va temir nimaligini bilmagan aborogen qabilalari istiqomat qilishardi. Ularning asosiy mashg`uloti temirchilik va ovdan iborat edi. XVIII asr oxirlarida mamlakat hududida 300000 aborogen yashagan. 1606 yili gollandiyalik dengizchi V. Yanszon yevropaliklardan birinchi bo`lib, Avstraliya qirg`oqlariga yetib kelgan. 1643 yilda yana bir golland dengizchisi A. Tasman mamlakatning shimoliy qirg`oqlari va Tasman orollarini o`rganib chiqdi. Avstraliya odam yashaydigan materiklar orasida eng keyin kashf etilgan. Yevropaliklardan birinchi bo‘lib Avstraliya quruqligiga qadam qo‘ygan kishi niderlandiyalik Uilyam Yanszondir. U 1606-yilda Keyp-York yarimorolini tekshirdi va materikka Yangi Gollandiya deb nom berdi. Shu sana Avstraliyaning kashf etilgan vaqti bo‘lib, geografiya tarixiga kirdi. Keyinchalik, ispaniyalik L.Torres, niderlandiyalik A.Tasman va boshqalar materikni o‘rgandilar. 1770 yilda ingliz kapitani J. Kuk Avstraliyaning sharqiy qirg`oqlariga kelib tushdi va qit`ani Britaniya mulki deb e`lon qildi. XVIII asr oxirida Avstraliyada birinchi ingliz manzilgohi – Sidney shahriga asos solindi. Angliya Avstraliya hududidan mahbuslarni surgun qilish joyi sifatida foydalandi. 1901 yilning 1-yanvarida Avstraliyadan dominion mavqeini olgan Avstraliya Ittifoqi tashkil topdi. I jahon urushi davrida Avstraliya qo`shinlari Fransiya va Yaqin Sharqda olib borilgan harbiy harakatlarda ishtirok etdi. Urushdan so`ng Avstraliya Nauru oroliga ega bo`ldi. 1931 yilda Avstraliya Vestminster statutiga ko`ra tashqi va ichki siyosatda to`la mustaqillikni qo`lga kiritdi. Avstraliya II jahon urushi davrida antigitlerchilar ittifoqi tarafida turib jang qildi. 1967 yilda aborogenlarga barcha fuqorolik huquqlari berildi.
Geologik tuzilishi. Avstraliya qadimgi geologik o‘tmishda Gondvana materigining bir qismi bo‘lgan. Mezozoy erasining oxiriga kelib Avstraliya mustaqil materik tariqasida shakllandi. Materik asosini qadimgi qattiq va mustahkam platforma tashkil etadi. U Hind-Avstraliya litosfera plitasining bir bo‘lagidir. Platformaning mustahkam kristalli zamini materikning shimolida, g‘arbida va markaziy qismlarida yer yuzasiga chiqib yotadi. Sharqiy qismidagi Katta Suvayirg‘ich tizmasi gersin tog‘ burmalanishida ko‘tarilgan. Keyingi tektonik harakatlar natijasida Yangi Gvineya, Tasmaniya — materik orollari quruqlikdan ajralib qolgan. Kuchli zilzilalar kuzatilmaydi, vulqonlar umuman yo‘q.