Kurs ishi mavzu: amerika qo’shma shtatlari sanoatining hududiy tasnifi topshirdi: Mahmatrayimov Shahzod Qabul qildi: Matnazarova Guliston ­­­­­­ ( imzo)



Download 3,6 Mb.
bet5/23
Sana10.07.2022
Hajmi3,6 Mb.
#772805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
201 turizm Mahmatrayimov sh geografiya kurs ishi (2)

1.3AQSHning sanoati
Sanoati. Yalpi sanoat mahsulotining hajmi bo‘yicha AQSH jahonda Xitoydan so‘nggi 2-o‘rinda turadi. AQSHda sanoatning barcha tarmoqlari yaxshi rivojlangan. Ayniqsa, aerokosmik sanoat, avtomobilsozlik, elekrotexnika, elektronika, tibbiyot asbob-uskunalarini ishlab chiqarish, atom mashinasozligi, harbiy-sanoat majmuasi, neft-kimyo sanoati kabi zamonaviy texnologiyalarga tayanib rivojlanayotgan sanoat tarmoqlarida AQSHning jahon miqyosida yetakchiligiyaqqol ko‘zga tashlanadi.Oxirgi yillarda AQSH jahonda tabiiy gazni qazib olishda 1- (yiliga 800 mlrd m3 dan ziyod), ko‘mirni qazib olish bo‘yicha 2- (yiliga 800 mln. tonnadan ortiq), neftni qazib olish bo‘yicha 2-3- (yiliga 500 mln.tonnadan ko‘p) o‘rinlarni egallamoqda. Neft-gaz sanoatining eng yirik rayonlari Texas, Kaliforniya va Alyaska shtatlarida shakllangan. Ko‘mir eng ko‘p miqdorda mamlakat janubi-sharqida joylashgan Appalachi ko‘mir havzasidan qazib olinadi. Mashinasozlik sanoati ko‘p tarmoqli bo‘lib, har xil shtatlarda turlicha ixtisoslashgan. Tinch okeanbo‘yi shtatlari (Kaliforniya, Vashington) aerokosmik sanoat va elektronika, Buyuk ko‘llarga tutash shtatlar (Michigan, Illinoys) avtomobilsozlik, shimoli-sharqiy Atlantikabo‘yi shtatlari esa kemasozlikning rivojlanganligi bilan alohida ajralib turadi. AQSHda bir nechta yirik sanoat mintaqasi shakllangan. Bunday hududlardan eng qudratlisi Atlantika okeani va Buyuk ko‘llarga tutash shtatlarni qamrab olgan Shimoliy sanoat mintaqasi hisoblanadi. Unga mamlakat sanoat ishlab chiqarishining deyarli yarmi to‘g‘ri keladi. Boshqa yirik sanoat mintaqalari qatoriga Appalachi tog‘lari bo‘ylab joylashgan Janubi-sharqiy, asosan, neft va neft-kimyo sanoatiga ixtisoslashgan Meksika qo‘ltig‘i hamda mamlakat janubi-g‘arbidagi Kaliforniya sanoat mintaqalari kiradi.Qishloq xo‘jaligi. Asosiy qishloq xo‘jalik ekinlari – bug‘doy, makkajo‘xori, soya, paxta, shakarqamish, qandlavlagi, turli sabzavot va mevalar. Makkajo‘xori, soya, tamaki va paxta eksporti bo‘yicha AQSH jahonda 1-o‘rinda turadi. Chorvachilikning asosiy tarmoqlari – qoramolchilik, parrandachilik va cho‘chqachilik. Go‘sht va sut mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha AQSH jahondagi yetakchi davlatlardan biri. AQSHda turli tarmoqlarga ixtisoslashgan qishloq xo‘jalik mintaqalari vujudga kelgan. Kordilyera tog‘lari etaklarini egallagan Buyuk tekisliklardagi bug‘doy mintaqasi, Markaziy tekisliklarning shimolidagi makkajo‘xori mintaqasi, Missisipi havzasining janubidagi paxta mintaqasi, Buyuk ko‘llarga tutash shtatlaridagi sut mintaqasi shular jumlasidandir.Amerika Qoʻshma Shtatlari – dunyoda iqtisodiy jihatdan eng yuksak darajada rivojlangan mamlakat. Yalpi milliy mahsulot, sanoat va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish hajmi, tovar va kapital eksport qilish, ishlab chiqarishning tuplanish va markazlashuvi, ilmiy tadqiqotlarga sarf-xarajat va sh.k. boʻyicha 1-oʻrinda turadi. Butun dunyodagi sanoat ishlab chiqarishning uchdan bir qismi Amerika Qoʻshma Shtatlari ulushiga toʻgʻri keladi. Xalqaro boshqaruv taraqqiyoti instituti oʻtkazgan tadqiqot maʼlumotlariga koʻra, 1994–96-yillarda iqtisodiy rivojlanish nuqtai nazaridan yetakchi davlatlar oʻrtasida ham Amerika Qoʻshma Shtatlari birinchi oʻrinda turibdi. Turizmi. AQSH tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlarning soni bo‘yicha jahonda yetakchilik qilmasa ham, turizm hisobiga eng katta daromad oluvchi davlat hisoblanadi. AQSHga ko‘proq Kanada va Yevropadan sayyohlar keladi. Florida, Kaliforniya va Gavayi shtatlarida dengizbo‘yi turizmi keng rivojlangan. Nyu-York, Chikago, Los-Anjeles va boshqa sha-harlarga har yili o‘nlab million sayyohlartashrif buyuradilar. Mamlakatda turizm rivojlanishi uchun juda boy tabiiy resurslar ham mavjud.1933-yil 16-iyunda kuchga kirgan sanoatni qayta tiklash haqidagi qonun “Yangi yoʻnalish” doirasidagi yana bir muhim tadbir boʻldi .Bu qonun sanoatning davlat tomonidan joriy qildi. Birinchi jahon urushi natijasida Amerika Qoʻshma Shtatlari Dunyodagi etakchi davlatga aylanadi. Amerika kompaniyalari evropa mamlakatlariga ulkan miqdorda va yuqori narxlarda harbiy jihozlar, qurol –yaroq va oziq ovqat etkazib berdi. Koʻplab evropa mamlakatlari Amerika Qoʻshma Shtatlaridan urush olib borish uchun kredid oldilar va urushdan soʻng Amerika Qoʻshma Shtatlari oldida qarzdor boʻlib qoldilar amerika kompaniyalari urush davrida jami 35 mlrd. dollar foyda ko'rishdi. 1933-yil 12 mayda fermerlarga yordam haqidagi qonnnnnnun qabul qilindi. Ularning mahsulotlariga boʻlgan narxlarni oshirish zarur edi. Fermerlarga ekinzorlar maydonini va chorva turini qisqartirish haqida davlat bilan kontrakt tuzish taklif etildi. Buning uchun ularga mukofotlar berildi. Fermerlarning qarzlari davlat hisobiga qabul qilindi va nomaʼlum muddatga toʻxtatib qoʻyildi. Davlat yuzminglab fermerlarga kredit berdi. Norentabel fermalar tugatildi. “Yangi yoʻnalish” Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi ijtimoiy munosabatlarni liberallashtirish uchun ijtimoiy qonnunchilik sohasida muhim siljishni amalga oshirildi. 1935-yili Amerika Qoʻshma Shtatlari Kongressi “Vagner qonuni ” ni qabul qildi.Mazkur qonun boʻyicha ishchilar jamoaviy shartnomalar tuzish huquqiga va ish tashlash huquqiga ega boʻlishdi.Kasaba uyushmalari huquqlarining va ish tashlash huquqining tan olinganligi ishchilar sinfining oʻz saflari birligi uchun kurashiga yangi turtki berdi. Kasaba uyushmalari soni koʻpayib ketaboshladi. Tan olingan markaz – Amerika mehnat federatsiyasi bilan birga yangi kasaba uyushma tashkiloti – Ishlab chiqarish kasaba uyushmalari komiteti paydo boʻldi. Bu tashkilot 1938-yilda Ishlab chiqarish kasaba uyushmalari kongressi deb nomlandi. Ruzvelt Prezidentligi davrida ichki siyosatning liberallashtirilganligi tashqi siyosatda ham aks etdi. Amerika Qoʻshma Shtatlarining tashqi siyosati yanada moslashuvchan va haqqoniyroq boʻlib qoldi. Yangi maʼmuriyatning tashqi siyosatdagi birinchi yirik ishi Energetika-AQSH eng qudratli yoqilqi-energetika sanoatiga ega. Uning asosini ko'mir,neft va tabiiy gaz bilan yaxshi ta'minlangan energiya resurslari tashkil etadi.Ko'mir sanoati-mamlakatning muhim sanoat tarmoqlaridan biri hisoblanadi. AQSH ko'mir qazib olish hajmi bo'yicha Xitoy va Rossiyadan keyingi o'rinda turadi. Mamlakatda ko'mirning asosiy qismi Appalachi ko'mir hovzasidan qazib olinadi. Shuningdek ko'mir Markaziy hovzada (Illinoys va Indiana shtatlarida), Vayoming, Kalarado,Nyu-Meksika kabi tog'li shtatlarda qazib olinmoqda. AQShda jami ko'mirning 2/3 qismi ochiq usulda qazib olinadi. Qazib olinayotgan ko'mirning asosiy iste'molchisi issiqlik elektr stansiyalari (IES) hisoblanadi. Hozirgi vaqtda mamlakatda yiliga 1 mlrd ga yaqin ko'mir qazib olinmoqda. AQShda neftga bo'lgan ehtiyoj mamlakat ichki qismidan qazib olinayotgan neft va Kanada, Venesuela va Fors qo'ltig'i mamlakatlaridan import qilinayotgan neft hisobiga qondirilmoqda. AQSH neftning aniqlangan zaxirasi bo'yicha g'arbning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar orasida birinchi va dunyodagi birinchi o'nlik mamlakatlar qatoriga kiradi. Mamlakatning asosiy neft qazib oluvchi shtatlarga Texas, Luiziana, Alyaska, Kaliforniya kabi shtatlar kiradi.Mamlakatlarning tabiiy gazga bo'lgan ehtiyoji Texas, Luiziana, Oklaxoma, Nyu-Meksika, Vayoming shtatlaridan qazib olinayotgan tabiiy gaz va Kanadadan import asosida olib kelinayotgan tabiiy gaz hisobiga qondirilmoqda. AQSH tabiiy gaz qazib olish bo'yicha faqat Rossiyadan keyinda turadi. Neft AQSH yoqilg'i-energetika xo'jaligining asosini tashkil etadi. Dunyoning eng yirik neft monopoliyalariga «Eksson», «Teksako», «Golf oyl» kabi korporasiyalari kiradi.AQSH elektroenergiya ishlab chiqarish bo'yicha ham elektrostansiyalarning yalpi quvvati bo'yicha ham dunyoda birinchi o'rinni egallaydi. Elektro energiya ishlab chiqarish tarkibida ko'mir, gaz,mazutga tayanib ishlovchi issiqlik elektrstansiyalarining ulushi 70 foizni, 22 foizni GES va AESlarga, muqobil energiya manbalari (geotermal, quyosh va shamol stansiyalariga 1 foiz to'g'ri keladi) AQSH AESlarda ishlaydigan energiya bloklarining soni bo'yicha ham dunyoda birinchi o'rinni egallaydi. Atom elektrostansiyalar asosan sharqda qurib ishga tushirilgan. Mamlakatda mingdan ortiq GESlar ishlab turibdi. Eng yirik katta elektr stansiyalar Tennesi va Vashington shtatlar qurilgan. Vashington shtatida esa Kolumbiya daryosiga umumiy quvvati 20 mln kvt bo'lgan dunyodagi eng yirik GESlar kaskadi bunyod etilgan. Qora metallurgiyasanoati AQShning shimolida Illi-noys, Indiana, Ogoyo,Pensilvaniya, Merelend kabi shtatlarida qurib ishga tushirilgan. Mamlakat qora metallurgiya sanoati Appalachi rayoni havzasidan qazib olinayotgan kokslanuvchi ko'mirga va Buyuk ko'llar rayonidan qazib olinayotgan temir rudaga tayanib ishlaydi. Biroq so'nggi yillarda Kanada va Lotin Amerikasi mamlakatlaridan xom-ashyo resurslarining tashib kelinishi mamlakatning Atlantika sohillarida qora metallurgiyaning yangi markazlari (Baltimor, Filadelfiya) vujudga keldi.

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish