Kurs ishi mavzu: amerika qo’shma shtatlari sanoatining hududiy tasnifi topshirdi: Mahmatrayimov Shahzod Qabul qildi: Matnazarova Guliston ( imzo)
201 turizm Mahmatrayimov sh geografiya kurs ishi (2)
1.2. Amerika Qo’shma Shtatlari xo‘jaligi va iqtisodiy rayonlar AQSH YIM hajmi bo‘yicha jahonda Xitoydan keyingi ikkinchi o‘rinda turadi va jahonning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlatlaridan biri hisoblanadi. AQSHning yuzlab transmilliy korporatsiyalarining ko‘plab xorijiy davlatlarda keng tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi mamlakatning iqtisodiy qudratini va jahon xo‘jaligidagi o‘rnini yanada yuksaltiradi. Shuningdek, AQSH moliyaviy tizimining ulkan salohiyati hamda AQSH dollarining asosiy xalqaro valyuta funksiyasini bajarayotgani mamakatning jahon iqtisodiyotiga kuchli ta’sir qilishini ta’minlaydi. 1933-yil noyabrida Sovet Ittifoqi bilan diplomaticKmunosabatlar oʻrnatilganligidir. Ikki mamlakat oʻrtasida munosabatlar meʼyorlashganligi ularning iqtisodiy aloqalarini faollashtirildi. 1935 va 1937-yillarda Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan SSSR oʻrtasida ikki mamlakatning oʻzaro foydali iqtisodiy munosabatlari rivojlanishiga imkon beruvchi savdo bitimlati tuzildi. Ruzvelt 1937-yil 5 oktabr kuni Chikagoda soʻzlagan nutqida agressorlar atrofida karantin oʻrnatishga chaqirdi. U fashistik davlatlarning bosqinchilik harakatlarini ham keskin qoraladi. 1939-yil 26 iyul kuni Amerika Qoʻshma Shtatlari Yaponiya bilan savdo shartnomasini bekor qildi. 1939-yil 4 noyabrda Ikkinchi jahon urushi boshlangandan soʻng betaraflik haqidagi qonun qayta koʻrib chiqildi va bu Angliya hamda Fransiyaga Amerika Qoʻshma Shtatlaridan qurol-yarogʻ sotib olish imkonini berdi.Amerika Qoʻshma Shtatlari milliy daromadining 66,3 % sanoatda hosil qilinadi. Sanoat ishlab chiqarishning yarmiga yaqini sanoat korporatsiyalari qoʻlida. Ular orasida: „Ekson“, „Mobil“, „Teksako“, „Shevron“, „Standard oyl of Kaliforniya“, „Standard oyl of Indiana“, „Galf oyl“ neft, „Jeneral motore“, „Ford motor“, „Kraysler“ avtomobil, „IBM“, „Jeneral elektrik“, „ITT“ elektr mashinasozligi, „YU. S. Stil“ poʻlat quyish, „Dyupon de Nemur“ kimyo va boshqa korporatsiyalar bor. Harbiy sanoat korporatsiyalari orasida „Jeneral daynemiks“, „Lokxid“, „Makdonnel Duglas“, „Grumman“, „Xyuz eyrkraft“ yetakchi oʻrinni egallaydi. Avia-raketa-kosmik, energomashinasozlik, elektron, shuningdek neft kimyosi, atom va energetika sanoati gʻoyat tez suratlar bilan taraqqiy etmoqda. Elektr energiyaning 74 % issiqlik elektr stansiyalarida, 12,1 % GESlarda, 14,1 % AESlarda hosil qilinadi. Neft (Meksika qoʻltigʻi sohilidagi Galf, Kaliforniya, Alyaska), tabiiy gaz va oltingugurt (Galf), kumir (Appalachi va Markaziy havzalar), temir ruda (Yuqori koʻl atrofi), fosforit (Florida), uran, rangli metallar, kaliy tuzlari va sh.k. qazib olinadi. Qora metallurgiyaning asosiy markazlari – Chikago, Pittsburg, Detroyt, Klivlend, Buffalo, Baltimor, Filadelfiya. Alyuminiy sanoati Galf atrofida hamda Kolumbiya va Tennessi daryolari havzalarida joylashgan. Sanoatning yetakchi tarmogʻi – mashinasozlik va metallsozlik. Sanoat va energetika asbob-uskunalari, qurilish va qishloq xoʻjaligi mashinalari ishlab chiqarish asosan shimoli-sharqiy shtatlarda, elektrotexnika va aloqa vositalari ishlab chiqarish shimoli-sharq va Kaliforniyada Yoʻlga qoʻyilgan. Avtomobilsozlikning bosh markazi Detroyt shahri Samolyotlar, raketa va kosmik texnika ishlab chiqaruvchi zavodlar asosan Los-Anjeles, San-Diyego, Boston, Nyu-York, Filadelfiya, Baltimor, Buffalo, Dallas, Atlanta va boshqa shaharlarda joylashgan. Kemasozlik (asosan harbiy kemasozlik) Amerika Qoʻshma Shtatlari shimoli-sharqiy sohili portlarida rivojlangan. Atom sanoatining asosiy markazlari – Ok-Rij, Padyuka, Portsmut, Eyken, Xanford. Kimyo sanoati ximikatlar, plastmassalar, kimyoviy tola, sintetik kauchuk, loklar, kir yuvish vositalari, boʻyoqlar, maʼdanli oʻgʻitlar va sh.k.ni ishlab chiqaradi. Mazkur tarmoq korxonalari asosan shimoli-sharqiy shtatlarda, Meksika qoʻltigʻi sohilidagi shaharlarda joylashgan. Harbiy sanoat asosan Kaliforniya, Nyu-York, Texas, Konnektikut, Missuri, Massachusets, Virginiya shtatlarida. Yengil sanoat tarmoqlaridan eng salmoklisi toʻqimachilik (koʻproq Shimoliy Karolina, Janubiy Karolina va Jorjiya shtatlarida) va tikuvchilik (Nyu-York va janubiy shtatlar). Charm-poyabzal sanoati yaxshi rivojlangan. Oziq-ovqat sanoati oʻz xom ashyosi bilan yaxshi taʼminlangan. Uning yetakchi tarmoqlari – goʻsht, sut, un, yogʻ, qand-shakar, konserva, alkogolli, alkogolsiz ichimliklar, tamaki. AQSHda bir nechta yirik sanoat mintaqasi shakllangan. Bunday hudud- lardan eng qudratlisi Atlantika okeani va Buyuk ko‘llarga tutash shtatlarni qamrab olgan Shimoliy sanoat mintaqasi hisoblanadi. Unga mamlakat sanoat ishlab chiqarishining deyarli yarmi to‘g‘ri keladi. Boshqa yirik sanoat mintaqalari qatoriga Appalachi tog‘lari bo‘ylab joylashgan Janu- bi-sharqiy, asosan, neft va neft-kimyo sanoatiga ixtisoslashgan Meksika qo‘ltig‘i hamda mamlakat janubi-g‘arbidagi Kaliforniya sanoat mintaqalari kiradi.Qishloq xo‘jaligi. Asosiy qishloq xo‘jalik ekinlari – bug‘doy, makka- jo‘xori, soya, paxta, shakarqamish, qandlavlagi, turli sabzavot va mevalar. Makkajo‘xori, soya, tamaki va paxta eksporti bo‘yicha AQSH jahonda 1-o‘rinda turadi. Chorvachilikning asosiy tarmoqlari – qoramolchilik, parrandachilik va cho‘chqachilik. Go‘sht va sut mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha AQSH jahondagi yetakchi davlatlardan biri. AQSHda turli tarmoqlarga ixtisoslashgan qishloq xo‘jalik mintaqalari vujudga kelgan. Kordilyera tog‘lari etaklarini egallagan Buyuk tekisliklardagi bug‘doy mintaqasi, Markaziy tekisliklarning shimolidagi makkajo‘xori mintaqa- si, Missisipi havzasining janubidagi paxta mintaqasi (92-rasm), Buyuk ko‘llarga tutash shtatlaridagi sut mintaqasi shular jumlasidandir. Download 3,6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |