Kurs ishi mavzu: amerika qo’shma shtatlari sanoatining hududiy tasnifi topshirdi: Mahmatrayimov Shahzod Qabul qildi: Matnazarova Guliston ­­­­­­ ( imzo)


I BOB. AMERIKA QO’SHMA SHTATLARI GEOGRAFIYASI VA SANOATI



Download 3,6 Mb.
bet3/23
Sana10.07.2022
Hajmi3,6 Mb.
#772805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
201 turizm Mahmatrayimov sh geografiya kurs ishi (2)

I BOB. AMERIKA QO’SHMA SHTATLARI GEOGRAFIYASI VA SANOATI

    1. AQSHning joylashgan o’rni, tabiati, aholisi va geografiyasi


Maydoni – 9,631,418 km.kv . Aholisi (2019-y.) 328 mln. Poytaxti – Vashington.Amerika Qo‘shma Shtatlari jahon mamlakatlari orasida maydoni jihatidan 4-, aholisi soni bo‘yicha esa 3-o‘rinda turadi. Shuningdek, AQSH iqtisodiy, harbiy-siyosiy va ilmiy-texnologik qudrati bo‘yicha zamonaviy jahonning yetakchi davlatlaridan biridir. AQSH hududi 3 qismdan iborat: Shimoliy Amerika materigining o‘rta qismidagi kontinental shtatlar, Shimoliy Amerikaning shimoli-g‘arbida joylashgan Alyaska hamda Tinch okeandagi Gavayi orollari. AQSH 3 ta – Atlantika, Tinch va Shimoliy Muz okeaniga chiqish imkoniyatiga ega. U quruqlikda faqat Kanada va Meksika bilan chegaradosh. AQSH va Kanadaning chegarasi jahon bo’yicha ikkita davlat o’rtasidagi eng uzun chegara hisoblanadi. Bering bo’g’izi orqali AQSH Rossiya bilan chegaradosh. Atlantika okeanining Amerika Qoʻshma Shtatlari qirgʻogʻida koʻrfaz va qoʻltiqlar juda koʻp, sohillari asosan pasttekislikdan iborat; eng katta yarim orol – Florida. Mamlakat relyefi uch turga boʻlinadi. Gʻarbdagi Kordilyera togʻ tizmasi Amerika Qoʻshma Shtatlari hududining uchdan bir qismini egallaydi. Tinch okean sohili baland togʻlar (Alyaska tizmasida Amerika Qoʻshma Shtatlari va butun – 6194 m balandlikdagi Mak-Kinli choʻqqisi joylashgan; bundan tashqari Qirgʻoqboʻyi tizmalari va Kaskadli togʻlar, Syerra-Nevada togʻlari bor). Sharqiy mintaqani Qoyali togʻ tizmalari egallagan. Mazkur ikkala togʻli mintaqa oraligʻida Kolumbiya va Kolorado platolari bor. Katta Havza choʻl yassi togʻliklarini chuqur daralar bir-biridan ajratib turadi. Sharqda uncha baland boʻlmagan Appalachi togʻlari (balandligi 2037 m gacha, Mitchell togʻi) boʻlib, uni torgina Atlantika boʻyi pasttekisligi okeandan ajratib turadi. Kordilyera bilan Appalachi oʻrtasida Markaziy tekisliklar, Buyuk tekisliklar (yoki Preriy platosi) va Meksikaboʻyi tekisliklarini oʻz ichiga olgan ichki tekisliklar joylashgan. Shim.da suv-muz shaklidagi relyefli Lavrentiy tepaligining bir qismi joylashgan. Amerika Qoʻshma Shtatlari – foydali qazilma zaxiralari va xilma-xilligi jihatidan dunyoning eng boy mamlakatlaridan biri. Koʻmir, neft, gaz, mis, qoʻrgʻoshin, pyx, uran, temir, titan rudalari, simob, oltin, molibden, volfram, fosforit konlari mavjud. Tosh va kaliy tuzlari, oltingugurt va boshqa minerallar ham bor. Amerika Qoʻshma Shtatlari hududining deyarli hammasi moʻ`tadil va subtropik mintakalarda, Alyaska – subarktika, Floridaning janubiy qismi tropik mintaqalarda joylashgan. Mamlakatning shimoli-sharqiy va sharqiy qismlari iqdimiga iliq Golfstrim oqimi, Tinch okean sohili iqlimiga sovuq Kaliforniya oqimi anchagina taʼsir oʻtkazadi. Hudud yuzasining tuzilish xususiyatlariga koʻra shimoliy va janubiy mintaqalar oʻrtasida havoning faol almashinuvi munosabati bilan ob-havo tez-tez oʻzgarib turadi. Amerika Qoʻshma Shtatlari ichki mintaqalarining iqlimi – kontinental, Kordilyera ichki hududlarida keskin kontinental. Bismark shahrida (Shimoliy Dakota shtati) yanvarning oʻrtacha harorati –19’, iyulda 21°, Chikago shahrida yanvarda –3,7° va iyulda 32, G. Meksikaboʻyi pasttekisligi va Atlantika boʻyi pasttekisligining janubiy qismida subtropik iqlim. Yangi Orlean shahrida yanvarning oʻrtacha harorati 12°, iyulda 27,4°. Atlantika boʻyi sohilining shimoli-sharqiy qismi va Tinch okean boʻyi sohilining shimoliy qismida – dengiz iqlimi. NyuYorkda yanvarning oʻrtacha harorati –0,8°, iyulda 23". Tinch okean sohilining janubida Oʻrta dengizga oʻxshash iqlim, Kordilyera janubiy qismining ichki tumanlarida juda issiq va qurgʻoqchil. Havoning eng past harorati (–64° gacha) Yukon yassi togʻligi (Alyaska)da, eng yuqori harorati esa (50°) Ajal vodiysi (Kaliforniya)da kuzatilgan.Oʻrtacha-yillik yogʻin Alyaskaning janubi-sharqida va Vashington shtatining gʻarbida – 3000-4000 mm, mamlakatning janubi-sharqida – 1500-2000 mm, ichki tekisliklarda – sharqda 1500 mmdan gʻarbda 3000 mm gacha. Amerika Qoʻshma Shtatlarining koʻp daryolari Atlantika okeani havzasiga quyiladi. Mamlakat hududidan dunyoning eng yirik daryo tizimlaridan biri – Missuri bilan Missisipi daryosi oqib oʻtadi. Appalachidan oqib kelib Atlantika okeaniga quyiladigan daryolar (Gudzon, Potomak va boshqalar) – qisqa, tez va sersuv. Kordilyeraning daryo tarmogʻi siyrakroq. Bu yerdagi Kolumbiya, Kolorado kabi soylar chuqur daralardan oqib oʻtadi. Mamlakat shimolida, Kanada chegarasida Buyuk koʻllar (Yuqori koʻl, Guron, Michigan, Eri, Ontario) bor. Katta Havza togʻida Katta Shoʻr koʻl, Floridada koʻpdan-koʻp sayoz koʻl va qoʻltiqlar, Alyaskada muzliklardan hosil boʻlgan tektonik koʻllar, jumladan, Iliamna koʻli bor. Ichki suvlardan sanoat va kommunal suv taʼminoti, kema qatnovi, sugʻorish va gidroenergiya manbai sifatida barakali foydalaniladi. Tuproq qoplami xilma-xil. Shimoli-sharqda serajriq podzol (kulrang) va qoʻngʻir oʻrmon tuproq, janubi-sharqda qizgʻish va sargʻish tuproq, Ichki tekisliklarda qoramtir preriy, qoratuproq va toʻq sur, Kordilyeraning togʻ oraligʻi platosida quruq dashtlarning kulrang va och sur tuproqlari. Mamlakat shimoli-sharqida aralash va qaragʻay oʻrmonlari, janubida keng bargli, Tinch okean sohili va Kordilyera yon bagʻirlarida igna bargli oʻrmonlar ustun. Markaziy tekisliklarning gʻarbidagi ayrim joylarda oʻtsimon preriy oʻsimlikzorlari, Buyuk tekisliklar, Kordilyera platosi va vodiylarida quruq dashtlarning oʻsimliklari saqlanib qolgan. Kordilyera yassi togʻligining qurgʻoqchil qismini yarim choʻl va choʻllar egallaydi. Muhofazaga olingan yirik tabiat obʼyektlari orasida Iyellouston milliy bogʻi, Yosemit milliy bogʻi, Sekvoyya, Grand-Kanon milliy bogʻlari, Mamont va Karlsbad gʻorlari bor. AQSH – prezidentlik respublikasi: prezident davlat va hukumat rahbari hisoblanadi. Siyosiy-hududiy tuzilishi nuqtayi nazaridan, AQSH 50 ta shtat va Kolumbiya federal poytaxt okrugidan iborat federatsiyadir. 48 ta shtat hamda Kolumbiya okrugi (Vashington shahri) kontinental shtatlar hududida joylashgan, 49-shtat Alyaska, 50-shtat esa Gavayi hisoblanadi.Tabiiy sharoiti va resurslari. AQSH hududi yirikligi uchun tabiiy sharoiti juda xilma-xil. Kontinental shtatlarning sharqiy va markaziy qismlari, asosan, tekisliklardan iborat, g’arbiy qismidan esa Kordilyera tog’larining bir nechta tarmoqlari o‘tgan. Alyaska va Gavayi shtatlarining relyefi ham, asosan, tog’li. Alyaska hududida Shimoliy Amerika materigining eng baland nuqtasi – balandligi 6194 metr bo‘lgan Denali (oldingi nomi – Mak-Kinli) cho‘qqisi joylashgan. Materikning eng past nuqtasi – Ajal vodiysi (-86 m) ham AQSHda, Kaliforniya shtatida joylashgan. AQSH ko’mir, neft, tabiiy gaz, temir, turli rangli metallar rudalari, mineral tuzlarning yirik zaxiralariga ega. Ayniqsa, mamlakatning g‘arbiy tog‘li hududlari mineral resurslariga boy. Ammo AQSHda sanoat ishlab chiqarishining hajmi yirikligi tufayli mamlakat mineral xomashyoning ko‘p turlarini import qiladi.Kontinental shtatlarning hududi, asosan, mo‘tadil va subtropik, Alyaskaning katta qismi subarktika va arktika, Florida yarimoroli hamda Gavayi orollari esa tropik iqlim mintaqasida joylashgan. Meksika ko‘rfaziga tutash hududlarda tropikdovullar (tornado) ko‘psodir bo‘ladi. AQSH suv va gidroenergetika resurslariga boy. Mamlakatning eng yirik daryolari – Missisipi, Missuri, Rio-Grande, Kolorado, Kolumbiya. Aholisi. AQSHning tub aholisi amerikalik hindular hisoblanadi. Lekin hozirgi davrda hindular mamlakat aholisining juda kam qismini tashkil etadi. Amerikaliklar tarkibida Yevropa mamlakatlaridan turli davrlarda ko‘chib kelganlarning avlodlari ko‘pchilikni tashkil qiladi. Shu bilan birga, AQSH aholisi tarkibida Lotin Amerikasi mamlakatlari (ayniqsa, Meksika)dan ko‘chib kelganlar, qora tanlilar, mulatlar va boshqa irqiy guruhlarning ulushi ancha yuqori hamda borgansari oshib bormoqda.AQSHda 1790-yildan boshlab har 10 yilda muntazam ravishda aholi ro‘yxatlari amalga oshiriladi. 1790-yildan 2010-yilgacha AQSH aholisisoni deyarli 80 barobarga oshgan va uning o‘sishi hozirgacha davom etmoqda. Hozirgi bosqichda AQSH aholisining tabiiy kopayishi yillik hisobda 0,3–0,4% ni tashkil etib, jahon bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan (1,2%) ancha past, ammo rivojlangan davlatlarning o‘rtacha ko‘rsatkichiga (0,0%) nisbatan birmuncha yuqori bo‘lmoqda. Migratsion o‘sish esa yillik hisobda 1-1,5 %ga teng. AQSHda shahar aholisining ulushi 80% dan yuqori. Eng yirik shaharlari - Nyu-York, Los-Anjeles, Chikago, Xyuston, Filadelfiya. AQSH hududida 3 ta megalopolis shakllangan: shimoli-sharqdagi «Boston–Vashington» (Bosvash), Buyuk ko‘llar bo‘yidagi «Chikago-itsburg» (Chipits) va Tinch okean bo‘yidagi «San-Fransisko–San-Diyego» (Sansan).AQSHning rasmiy tili – ingliz tili. Shuningdek, aholisining 50 mln. kishiga yaqini kundalik hayotda ispan tilida so‘zlashadi. Ispanzabon amerikaliklarning ulushi Meksika chegarasiga yaqin joylashgan Nyu-Meksiko, Kaliforniya, Texas, Arizona, Nevada shtatlarida ayniqsa, yuqori (20-45 %). AQSHda aholizichligi o‘rta hisobda 1 km2 ga 35 kishi, lekin uning turli qismlarida ancha farq qiladi. Bunga, asosan, tabiiy sharoit kuchli ta’sir etadi. Shimoli-sharqiy, janubi-sharqiy va g‘arbiy okeanbo‘yi shtatlarida aholi zichligi eng yuqori darajada bo‘lsa, tog‘li shtatlarva ayniqsa, Alyaskada aholi ancha siyrak joylashgan


Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish